Reja: I. Kirish II. Asosiy qism Axsikent yodgorligi Qadimiy Axsikent yodgorligi turizm manziliga aylantirildi Chust madaniyati


Hudud: Namangan viloyati Kategoriya



Download 1,94 Mb.
bet2/6
Sana31.12.2021
Hajmi1,94 Mb.
#209644
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Axsikent yodgorliklari.

Hudud: Namangan viloyati

  • Kategoriya: Arxeologik obidalar

  • Xaritadagi joylashgan o'rni

    Axsikent yodgorligi -qаdimiy shаhаr хаrоbаsi. Nаmаngаn vilоyati To’rаqo’rg’оn tumаnidаgi Shаhаnd qishlоg’i hududidа, Sirdаryoning o’ng sоhilidа jоylаshgаn. 
    Tаriхiy mа’lumоtlаrgа qаrаgаndа, Ахsiкаt shаhri milоddаn аvvаlgi. 3 — 2-аsrlаrdа vujudgа кеlgаn, 9 — 10- аsrlаrdа Fаrg’оnа vоdiysining pоytахti bo’lgаn. 1219 yil mo’g’ullаr tоmоnidаn butunlаy vаyrоn qilingаn. Аsrning esкi o’rnidаn 5-7 кm g’аrbdа bunyod etilgаn yangi shаhаr Ахsi 14-17 аsrlаrgа оiddir. 
    Ахsiкаtni аrхеоlоgiк jihаtdаn o’rgаnish ishlаri 19-ахsiкаt охirlаri -20 аsr bоshlаridаn bоshlаngаn. 1885 yil N. I. Vеsеlоvsкip, 1914 yil I. А. Каstаn’е qаzish vа qidiruv ishlаri оlib bоrgаn. 
    Ахsiкаt хаrоbаlаridаn g’аrbrоqdа o’rtа аsrlаrgа оid yanа bir shаhаr хаrоbаlаri bоrligi аniqlаngаn. Акаdеmiк YA.F.G’ulоmоv vа аrхеоlоg I.Аhrоrоv mаzкur tаdqiqоtlаr аsоsidа bu yеrdа turli dаvrlаrgа оid ikkitа shаhаr bo’lgаnligini, ulаrdаn biri qаdimgi Ахsiкаt vа ikkinchisi Bоbur tug’ilgаn Ахsi ekаnligini birinchi bo’lib isbоtlаdilаr. 

    Qadimiy Axsikent yodgorligi turizm manziliga aylantiriladi


    Prezident Shavkat Mirziyoyev Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi Axsikent arxeologik yodgorlik majmuasini borib koʻrdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Axsikent eramizdan avvalgi III asrda tashkil topgan boʻlib, qadimgi Fargʻona davlatining poytaxti, Buyuk ipak yoʻlining asosiy shaharlaridan biri boʻlgan. Tarixiy manbalarda, xususan, “Boburnoma”da bu kentning alohida ahamiyati haqida koʻp yozilgan. Qadimdan bu yerda yer osti suv inshooti boʻlgani bois mudofaa uchun qulay sanalgan.

    Shahar Ark, ichki va tashqi shahardan iborat boʻlgan. Bu yerda oʻz davrida shishasozlik, kulolchilik, temirchilik, qurolsozlik kabi hunarmandlik turlari rivojlangan. 1620 yillarga kelib zilzila oqibatida ulkan shahar vayron boʻlgan.
    Bugungi kunda xarobalarning 60 gektarga yaqin qismi saqlanib qolgan boʻlib, Fargʻona vodiysidagi eng katta arxeologik yodgorlikdir. Arxeologlar tomonidan temirchilar ustaxonasi, X-XIII asrlarga oid hammom qoldiqlari, askarlar xonalari, jomeʼ masjidi, mudofaa devorlari, yer osti irrigatsiya tarmoqlari, hunarmandlar mahallasi, hukmdor qarorgohi – Ark qazib oʻrganilgan.

    Prezidentimiz topshirigʻiga muvofiq 2017 yilda Axsikent tarixiy yodgorligini asrab-avaylash va tadqiq etish, uning haqqoniy tarixini yaratish boʻyicha ulkan ishlar boshlandi. “Axsikent” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish va tadqiq etish direksiyasi» davlat unitar korxonasi tashkil etildi.

    Mazkur yodgorlik Namangan viloyatining sayyohlik salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Yurtimiz va xorijdagi sayyohlik koʻrgazmalarida qadimiy Axsikent haqida ham taqdimotlar oʻtkazilmoqda. Buning samarasida mahalliy va xorijiy sayyohlar oʻrtasida tarixiy yodgorlikka qiziqish ortmoqda. Hozirga qadar Belgiya, Avstriya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Eron, Pokiston, Hindiston kabi davlatlardan sayyohlar tashrif buyurgan. Qadamjoni tadqiq etish, uning jozibadorligini va sayyohlar oqimini oshirish maqsadida maxsus konsepsiya ishlab chiqilgan. Ayni kunda shu asosda Fargʻona vodiysida ichki turizmni rivojlantirish choralari koʻrilmoqda.

    Prezidentimizga Axsikent majmua bosh rejasi, uning tadqiqot olib borilgan obyektlari, hududda barpo etiladigan turistik majmua loyihasi haqida maʼlumot berildi.

    Unga koʻra, bu yerda muzey tashkil etiladi. Axsikentning qadimiy dovrugʻini tiklash maqsadida ramziy darvoza quriladi. Umarshayx Mirzo va Boburning Kamoliddin Behzod chizgan suratlari asosida ularning haykali bunyod etiladi. Sayyohlar uchun Sirdaryo boʻylab qayiqlarda sayr qilish, tuyada koʻhna shaharni tomosha qilish imkoniyati yaratiladi.

    Bir soʻz bilan aytganda, zarur infratuzilma, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari qurilib, Axsikent turizm manziliga aylantiriladi.

    Davlatimiz rahbari Axsikent tarixini ilmiy asoslangan holda chuqur oʻrganish, ajdodlarimizning asl oʻtmishi haqida maʼlumotlarni toʻplash va yosh avlodga singdirish boʻyicha tizimli ishlarni olib borish kerakligini taʼkidladi.

    – Axsikent – buyuk tariximiz koʻzgusi. Bobolarimiz yashagan, qahramonlik koʻrsatgan bu manzilda tariximizni tiklash uchun juda katta manba, oʻtmish dalillari bor. Biz shu paytgacha faqat mashhur shaharlarimiz tarixini oʻrgandik, bunday joylarga eʼtibor qilmadik. Maʼnaviyatimizni yuksaltirmoqchi boʻlsak, yoshlarimizni ota-bobolarimizning asl merosidan bahramand etib ulgʻaytirishimiz, xalqimizga yetkazishimiz kerak.



    Shavkat Mirziyoyev majmuada qadimiy tariximizni targʻib qiluvchi festival oʻtkazish, Namangan davlat universitetida arxeologiya taʼlim yoʻnalishlarini ochish boʻyicha tavsiyalar berdi. Tarixni tarixiy obyektlarda oʻqitish, maktab va universitetdagi amaliy mashgʻulotlar va darslarnig ayrimlarini shu yerda oʻtish zarurligini taʼkidladi.

    Download 1,94 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish