Reja: I. Kirish II. Asosiy qism Axsikent yodgorligi Qadimiy Axsikent yodgorligi turizm manziliga aylantirildi Chust madaniyati


SO‘G‘D VA FARG‘ONANING QADIMGI TARIXI VA MADANIY ALOQALARI



Download 1,94 Mb.
bet6/6
Sana31.12.2021
Hajmi1,94 Mb.
#209644
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Axsikent yodgorliklari.

SO‘G‘D VA FARG‘ONANING QADIMGI TARIXI VA MADANIY ALOQALARI



Farg‘ona vodiysi o‘zining tabiiy-geografik sharoitidan kelib chiqib, tarixiy taraqqiyotda qo‘shni hududlarning moddiy madaniyatidan farqini ancha katta ekanligi doimo sezilib turadi. Shuning uchun juda ko‘plab qadimshunoslar Farg‘onaning qadimgi davr qatlamlarini moddiy madaniyati to‘g‘risida yozganlarida uni ko‘pincha o‘ziga xos xususiyatlariga alohida e’tibor berishadi.

Lekin tabiiy geografik sharoit butun boshli vodiy ahlini boshqa xalqlar bilan bo‘ladigan xo‘jalik va madaniy aloqalariga to‘siq bo‘laolmagan. Masalan, Farg‘onaning eneolit yoki ilk bronza davri yodgorligi hisoblangan So‘x topilmasi g‘arbiy Eronning Jirofta yodgorligidan, Ikki daryo oralig‘idagi Xavaj yodgorligidan topilgan topilmalarning aynan o‘zginasidir. Bundan shunday xulosa kelib chiqadi-ki, o‘sha eneolit yoki ilk bronza davrida ham odamlar bir-birlari bilan juda yaqin aloqada bo‘lganlar. Agarda ikki o‘rtadagi aloqalar bir-birlariga yaqin bo‘lmaganda edi, ularning diniy-ilohiy va madaniy tushunchalari turlicha bo‘lishi kerak edi.

Ilk temir davridan faqat Sug‘d bilan Farg‘ona o‘rtasidagina emas, balki, ancha keng hududlarda – sharqda Sharqiy Turkistondan, g‘arbda janubiy Turkmaniston, shimoliy Eron va Kaspiy bo‘ylarigacha bo‘lgan hududlarda bir xil madaniyat tarqalganligini va bu madaniyatni juda keng mintaqalarda tarqalganligi uchun uni o‘rgangan olim Yu.A.Zadneprovskiy bu o‘xshashlikni sezib «Chustskaya etno-kulturnaya obщnost»-Chust etnik-madaniy birligi (umumiyligi) deb atadi. Chunki chust madaniyatini tashkil etgan aholining turmush tarzi, ishlab-chiqarish usullari, xo‘jalik-madaniy an’analari va diniy-ilohiy tushunchalari hududlardagi madaniy taraqqiyotni umumlashishiga olib keldi.

Bu davrdagi jamiyat taraqqiyotining darajasi hali u qadar taraqqiy etmaganligi “Avesto”da keltirilgan bo‘lsa, arxeologik ma’lumotlar bu manbalarni to‘liq tasdiqlamoqda. Jumladan, “chust etnik-madaniy birligi” davrida (mil. il. X-VIII asrlarda) hali bironta ham shaharning yo‘qligi, taraqqiy etgan hunarmandchilik mahsulotlarining (masalan, kulolchilik charxida tayyorlangan sopolni, yoki temirdan yasalgan qurollarni) yo‘qligi, “Avesto jamiyatini” miloddan ilgarigi X-VIII asrlardagi O‘rta Osiyo daryo vohalarida shakllangan jamiyat bilan taqqoslash imkoniyatini beradi.

Chust madaniyatidan keyingi davrdagi tarixiy taraqqiyotda keskin o‘zgarishlar ro‘y berdi. Janubiy hududlarda Qadimgi Baqtriya va Qadimgi Xorazm davlatlarining tashkil topganligi to‘g‘risida xabar bor.

Bu davrda, ya’ni, miloddan ilgarigi VII asrlardan boshlab Baqtriya hududida kulolchilik charxida yasalgan silindro-konus, lab qismini kesmasi ilgaksimon shakldagi idishlarning keng tarqalganligini ko‘rish mumkin. Ammo Sug‘d hududida labini kesmasida ilgaksimon profilli idishlar mutlaqo uchramaydi. Shu bilan birgalikda — qo‘lda kulolchilik buyumlarni tayyorlash an’anasi Baqtriya hududida kamroq, Sug‘d hududida esa, anchagina ko‘proq edi va bu an’ana keyinroq ham davom etdi.

Farg‘ona vodiysida miloddan ilgarigi VII asrlardagi holat mutlaqo boshqacha edi. Janub va janubi-g‘arbiy hududlarda boshlangan urbanizatsiya jarayonlarini Farg‘ona vodiysiga ta’siri umuman bilinmadi. Bu hududlarda chust madaniyati davridagiday odamlar yerto‘la, yarim yerto‘la, chayla tipidagi uylarda yashashar, yirik aholi maskanlarini atroflari monolit tarzidagi, guvalak, paxsa va lo‘mboz usullari bilan ko‘tarilgan mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan edi.

Ikki hududni bir-biri bilan taqqoslaganda eng ob’ektiv bahoni kulolchilik buyumlari beradi. Aynan Eylaton-Oqtom davri kulolchilik buyumlari har ikki hududda, ya’ni Sug‘dda ham Farg‘onada ham juda ko‘plab o‘xshash tomonlari borligini ko‘rsatadi. Har ikki hududdagi madaniyatni nihoyatda yaqinligini ostki qismi dumaloq qilib ishlangan kichik hajmdagi kosalar tashkil etadi. Aslida bu idishlarni eng qadimgi shakllari chust davrida keng tarqalgan bo‘lib, an’anaviy tarzda eylaton davrida ham ishlab chiqarilgan. Har ikki hududni bir-biriga yaqinligini ko‘rsatadigan yana bir jihat – bu idishlarning tashqi tomonidan rang bilan beriladigan naqshning saqlanib qolganligidir. Sug‘d va Baqtriya hududida bunday bezaklar, ya’ni rang bilan naqsh berish miloddan ilgarigi VII-VI asrlarda mutlaqo uchramaydi.

Tarixiy taraqqiyotda bunday holat bo‘lgan edi. O‘rta Osiyoning janubiy hududlaridagi ilk dehqonchilik madaniyati tarqalgan hududlarning eneolit davri jamoalarini Nomozgoh I-III bosqichlarida to‘liq qo‘lda yasalib ustidan juda chiroyli qilib naqsh berilgan kulolchilik idishlari keng tarqalgan bo‘lib, ularning ichida bironta ham kulolchilik charxida tayyorlangan idishlar yo‘q edi. Nomozgoh-IV davriga kelib esa, kulolchilik charxida tayyorlangan idishlarning paydo bo‘lganligini va shu bilan birga bir qism idishlar kulolchilik charxida, yana boshqa qismi qo‘lda tayyorlanganligi ma’lum. Nomozgoh V-VI davrlarida esa, jamiyatda tayyorlangan idishlarining deyarli barchasi kulolchilik charxida tayyorlanadi, hamda idishlarning tashqi tomonidan rangda naqsh berish mutlaqo tugaydi. Chunki, kulolchilik charxida tayyorlangan idishlarning ko‘rinishi naqshi bo‘lmasa ham, shakl jihatdan tugallangan, ayniqsa, ularning kesmasidagi ko‘rinishi juda yaxshi edi.

Eylaton-Oqtom davri arxeologik materiallari kengroq o‘rganilganda shu narsa ma’lum bo‘ladi-ki, bu davrda vodiy aholisining bir qism aholisi chorvador bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham asosiy yirik vohalarning markazlarida bitta-ikkita yodgorlik saqlanib qolgan bo‘lsa ham, qolganlari chorvador aholining mozor-qo‘rg‘onlari ekanligi ma’lum.

Bundan shu narsa kelib chiqadi-ki, miloddan ilgarigi VII-VI asrlarda ham Sug‘d hududi tarkibiy jihatdan “Baqtriya-Marg‘iyona etno-madaniy birligi” tarkibida edi, siyosiy jihatdan esa, mustaqil Sug‘d davlatini tashkil etganligi ehtimoldan holi emas.

Biroz keyingiroq davrlarni ko‘radigan bo‘lsak, Baqtriya-Marg‘iyona hududi, shu jumladan, Sug‘d ham ahamoniylar tomonidan to‘liq bosib olinadi va natijada ilgarigi har ikki hudud orasidagi an’anaviy aloqalar uziladi. Shuning uchun bu davrga oid Farg‘ona materiallari ko‘rilganda ularda hech qanday o‘zgarish bo‘lmaganday ko‘rinadi. Chunki, ahamoniylar o‘zlarining davlatini chegarasini eng shimoli-sharqiy chekkadagi Yaksart daryosi bo‘yiga qurishib, o‘zlarining imperiyasini asoschilaridan birining nomi bilan “Kiropol” deb atashadi. Bu shaharning xarobasini arxeologlarning aksariyat qismi hozirgi Xovos yaqinidagi Nurtepa yodgorligi bilan qiyoslashadi, lekin “qadimgi shaharni Tojikiston hududidagi O‘ratepa yaqinidagi Kurtkada xarobalaridan izlash kerak” degan fikrlar ham yo‘q emas. Bu shaharni o‘rni qaerda bo‘lishidan qat’iy nazar uni vodiyga kiraverishdagi Sirdaryoning bo‘yidaligi aniq. Lekin, Sug‘dning ahamoniylar imperiyasiga qo‘shib olinishi bilan bu hududning Farg‘ona vodiysi aholisi bilan aloqalari bir necha asrga uziladi. Farg‘ona vodiysidagi moddiy madaniyatni eski an’analarda qolganligi bunga guvohlik beradi.

Eron armiyasi bilan Aleksandr qo‘shinlari o‘rtasidagi jang tugab Ahamoniylar imperiyasi to‘liq g‘alaba qilgandan keyin Amudaryoning o‘ng qismidagi Baqtriya, Marg‘iyona va Sug‘d hududlari ham to‘liq Aleksandr tuzgan imperiya ixtiyoriga o‘tadi. Endilikda Sirdaryo bo‘yigacha bo‘lgan yerlarda ellinistik madaniyat tarqay boshlaganligini ko‘ramiz. Hamma gap shunda-ki, aynan ellinistik madaniyat tarqay boshlagandan keyin faqat Sug‘d hududida tarqalgan idishlargina emas, balki Baqtriya va Marg‘iyona hududlarida tarqalgan idishlar ham Farg‘ona komplekslarida keng tarqay boshlaydi.

Aleksandr tuzgan imperiya, Selevkiylar davlati va Grek-Baqtriya davlatlari bilan almashdi, lekin bu imperiya hududidagi xalqlar juda yirik, juda katta hududlarni qamrab olgan ellinistik madaniyat orbitasiga kirdilar.

III. Xulosa

Eron armiyasi bilan Aleksandr qo‘shinlari o‘rtasidagi jang tugab Ahamoniylar imperiyasi to‘liq g‘alaba qilgandan keyin Amudaryoning o‘ng qismidagi Baqtriya, Marg‘iyona va Sug‘d hududlari ham to‘liq Aleksandr tuzgan imperiya ixtiyoriga o‘tadi. Endilikda Sirdaryo bo‘yigacha bo‘lgan yerlarda ellinistik madaniyat tarqay boshlaganligini ko‘ramiz. Hamma gap shunda-ki, aynan ellinistik madaniyat tarqay boshlagandan keyin faqat Sug‘d hududida tarqalgan idishlargina emas, balki Baqtriya va Marg‘iyona hududlarida tarqalgan idishlar ham Farg‘ona komplekslarida keng tarqay boshlaydi.

Aleksandr tuzgan imperiya, Selevkiylar davlati va Grek-Baqtriya davlatlari bilan almashdi, lekin bu imperiya hududidagi xalqlar juda yirik, juda katta hududlarni qamrab olgan ellinistik madaniyat orbitasiga kirdilar.

Tаriхiy mа’lumоtlаrgа qаrаgаndа, Ахsiкаt shаhri milоddаn аvvаlgi. 3 — 2-аsrlаrdа vujudgа кеlgаn, 9 — 10- аsrlаrdа Fаrg’оnа vоdiysining pоytахti bo’lgаn. 1219 yil mo’g’ullаr tоmоnidаn butunlаy vаyrоn qilingаn. Аsrning esкi o’rnidаn 5-7 кm g’аrbdа bunyod etilgаn yangi shаhаr Ахsi 14-17 аsrlаrgа оiddir. 

IV. Foydalanilgan adabiyotlar


  1. O’zbekiston tarixi (1 qism) mualliflar jamoasi. A. S. Sagdullaev taxriri ostida. Toshkent 1997.

  2. Sagdullaev A. S. qadim O’zbekiston ilk yozma manbalarda.Toshkent 1996 y.

  3. Asqarov A. A. O’zbekiston tarixi. (Maktab o’qituvchilariga
    mo’ljallangan darslik) Toshkent 1994.

  4. Annaev T, SHaydullaev SH. Surxondaryo tarixidan lavxalar.
    Toshkent. 1997.

  5. Anorboyev, U. Islomov, B Matboboyev O’zbekiston tarixida qaimgi Farg’ona T. 2001

  6. B Eshov. O’rta Osiyoda dastlabki shaxar markazlarining rayonlashuvi masalalari (mil av III-I m y o’rtalari) “Buyuk ipak yo’li va Farg’ona vodiysi” mavzusidagi respublika ilmiy amaliy anjuman materiallari T 2004 y A. Sagdullayev. Qadimgi o’rta Osiya tarixi T 2004 y

  7. B Eshov. So’g’diyona tarixidan lavhalar T 2002 y

  8. B Matboboyev. O’zbekiston tarixida qadimgi Farg’ona T 2004 y

  9. T Mirsoatov. O’rta Osiyo arxiologiyasi Farg’ona 2002 y

  10. A Sagdullayev. Tarix taraqqiyot va davlatchilik. Jamiyat va boshqaruv №1. 2000 y

V. Ilova



























Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish