Reja: I kirish II asosiy qism 1 Avtomatik o‘lchash sistemasi


Avtomatik nazorat sistemalari



Download 23,32 Kb.
bet5/6
Sana13.01.2022
Hajmi23,32 Kb.
#353987
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ABTni Analizi va Sinteziga Zamonaviy Yondashuv Masalalari

Avtomatik nazorat sistemalari

Avtomatik nazorat sistemalari

  • Himoya qilish vazifasi turli mashinalarda avtomatlashtirishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalardan biridir va u avtomatik ximoya sistemasi (AHS)da ruyobga chiqarildi. Bu sistemada himoya ob’ekti(HO)ning chiqish kattaligini BO‘ va KO‘Q yordamida o‘zgartirilib va kuchaytirilib x2 signal ko‘rinishida ijro qurilmasi(IQ)ga uzatiladi. Agar HO chiqish kattaligining qiymati uning ruxsat etilgan chegara qiymatidan farqli bo‘lsa sistema, aniqrog‘i IQ ob’ektga energiya berishni to‘xtatib qo‘yadi va shu bilan uni buzilishdan saqlaydi.

AVTOMATIK BOSHQARISH NA-ZARIYASI – texnikaviy kiberneti-kaning turlicha murakkablikdagi va har xil tabiatli jarayonlarni avto-matik boshqarish tizimlari (ABT)ni yaratish ustida ilmiy tadqiqotishlari olib boruvchi bo‘limi. Avtomatik boshqarish nazariyasi n.da haqiqiy ob’ektlar o‘rnida ularning o‘xshash (adekvat) ma-tematik modellaridan foydalaniladi. Unda asosan ikki muammo: ABT taxlili va sintezi ustida tadqiqotlar olib boriladi. Ikki xil boshqarish tizimi, ya’ni ochiq va yopiq boshqarish tizimlari jarayonlarni boshqarish tarzi bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Birinchisida boshqaruvchi ta’sirlar jarayonni toy-iltiruvchi ta’sirlardan kelib chiqib, ularning toyilishi farqini kamayti-rishga qaratiladi. Bunday boshqarish tizimining asosiy kamchiligi o‘lchash imkoni bo‘lmagan tashqi toyiltiruvchi ta’sirlarni bartaraf eta olmasligida-dir. Bundan tashkari, ushbu boshqarish tizimlari nobarqaror ob’ektlarni uzoq vaqt davomida boshqara olmaydi.Yopiq boshqarish tizimlari asosida teskari bog‘lanish g‘oyasi yotadi. Bu g‘oya parametrlarning me’yordan chetlashishi bo‘yicha boshqarish prinsipi (yoki teska-ri bog‘lanishli boshqarish) nomi bilan ma’lum. Bu yerda boshqaruvchi parametrlarning talab darajasidan og‘ishi tufayli ularni talab holatiga qaytaruvchi ijro signallari shakllantiriladi. Bunday usulning universalligi nobarqaror ob’yektlarni boshqarishda namoyon bo‘ladi.Avtomatik boshqarish nazariyasi n., xususan, yopiqtizim nazariyasidagi markaziy muammo – bu tizimning 127mustahkamligi. 20-asr 50–60-yillari bunday tizimlarning sintez usullari jadal rivojlangan davr bo‘ldi. Sintez masalasini yechishda sifat mezonini tan-lash asosiy o‘ringa ega. ABT ni sintez qilishning usullari ichida bunday ti-zimlarni invariant va avtonom sintez qilish usullari alohida o‘rin egallaydi. Bu nazariyada sifatni baholashning integral mezonidan foydalanishga asoslangan ABT sintez usuli ustuvor hisoblanadi.Avtomatik boshqarish nazariyasi n.da ifodalanganidek, boshqarishga tengsizlik ko‘rinishida chegara qo‘yilgan nochiziqli ob’ektlarni maqbul boshqarishning sintez masa-lasi, Pontryaginning maksimum qonuni va Bellmanning dinamikaviy dasturlar kabi variatsiya hisobining yangi masalalarini yechishda qisman o‘zgargan usullarning paydo bo‘lishiga rag‘batlantirdi. Maqbul tizimlarning sintez usullari umumlashtirilib, Avtomatik boshqarish nazariyasi n. nisbatan kam tadqiqotlar o‘tkazilgan taqsimlangan parametrli boshqarish tizimlari sin-figa o‘tkazildi.Ayrim boshqarish ob’ektlarida o‘zgarmas matematik modelning aprio-ri (boshlang‘ichi) ABT ni ishlashda yoki uni loyihalashda ob’ektning haqiqiy holatiga noo‘xshash (noadekvat) bo‘ladi.Ko‘pincha, ro‘y berayotgan jarayonning nihoyatda murakkabligi tufayli ma’lum fizikaviy yoki kimyoviy qonunlar asosida boshqarish ob’ektining matema-tik modelini yaratish amaliy jihatdan mumkin bo‘lmaydi. Bu albatta ABT dan foydalanilayotganda o‘lchashga imkoni bo‘lmagan tashqi va ichki toyiltiruvchi parametrlar ularning ko‘rsatkichlarini o‘zgartirib yuborishi natijasidir. Shu sababli, boshqarish ob’ektlarini iden-tifikatsiyalash usullari deb atalgan il-miy yo‘nalish paydo bo‘ldi.Adaptiv boshqarish tizimlarining paydo bo‘lishi aprior axborot kamchi-ligini to‘ldirish imkonini yaratdi va tizim samaradorligini oshirishga olib keldi. Adaptiv boshqarish tizimlari sinfiga taalluqli oddiy yopiq ekstremal rostlash tizimini alohida sinfga aj-ratish mumkin hamda bunday boshqarish masalasi ehtimollik masalasi deb qaraladi. Uni yechish uchun statistik yechim va boshqariluvchi tasodifiy jarayon na-zariyasi usullaridan foydalaniladi. ABTni yaratish ustida olib boriladigan ilmiy va amaliy tadqiqotlar bosqichida uzluksiz (analog) va uzlukli (raqamli) modellash usullari katta ahamiyat kasb etadi..

  • XULOSA

  • Men bu Mustaqil ishni tayyorlaganda shunga amin bo’ldimki hozirgi kunda barcha ishlab chiqarish soxalarida, avtomobilsozlik, avtomatika va yana ko’p soxalarda ABT ning o’rni katta ekanligini bildim.

  • Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish ish unumdorligini oshirish,ish sharoitini va maxsulot sifatini yaxshilash bilan birga maxsulot tannarxini kamayishini ta’minlaydi. Avtomatlashtirish jismoniy mexnat bilan aqliy mexnat o‘rtasidagi tafovutni kamaytira borib, uni yo‘qolishiga olib keladi.


Download 23,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish