Reja: I. Kirish II. Asоsiу qism



Download 28,28 Kb.
Sana06.02.2022
Hajmi28,28 Kb.
#433213
Bog'liq
MUSAQIL ISH Mirkarim

MUSAQIL ISH


Mavzu : Xiva xоnligida sоliq va sоliq majburiуаtlari


Reja:
I. Kirish
II. Asоsiу qism
a) Xiva xоnligining qisqacha tarixi;
b) Xiva xоnligida sоliq;
c) Sоliq majburiуatlari va uning оqibatidagi qоzоgоlоn.

III. Xulоsa



Kirish.
Xorazm hududida jami 20 ga yaqin o'zbek qabilasi istiqomat qilar edi. Ular orasida qo'ng'irot, mang'it, nay man, qipchoq va qiyot qabilalari ko'p sonli va eng kuchli qabilalar boigan. Shayboniyxon bosqini arafasida Xorazm temuriy Sulton Husayn Boyqaro boshliq Xuroson davlati tasarrufida edi. Xorazmda qo'ng'irot qabilasidan chiqqan Chin So'fi hokim edi. U rasman Husayn Boyqaro noyibi hisoblanardi.
1505- yili Shayboniyxon, 1510- yilda esa Eron hukmdori shoh Ismoil Xorazmni bosib oldilar. Biroq shoh Ismoilning hukmronligi uzoqqa bormadi. Vazir shahri qozisi Umar qozi yetakchiligida safaviylar hukmronligiga qarshi harakat boshlanadi.
Xorazmning mo'tabar zotlari mamlakat taxtiga Shaybon avlodlaridan Berka Sultonning o'gii Elbarsxonni o'tqazishga qaror qildilar. U bu davrda Dashti Qipchoqda edi. Berka Sultonning xonadoni Shayboniyxon xonadoni bilan garchand bir shajaradan boisa-da, ular o'zaro dushmanlik munosabatida edilar. 1480- yilda o'zaro toj-u taxt uchun kurashda Muhammad Shayboniyxon tomonidan o'z bobokaloni Shaybonxon avlodiga mansub Berka Sultonning oidirilganligi buning sabablaridan biri edi.
Xorazmning erksevar xalqi Elbarsxon yetakchiligida 1511-1512 yillarda Eron qo'shinlarini mamlakatdan butunlay quvib chiqarishga muvaffaq bo'ldi. Shu tariqa 1512 -yilda Xorazm mustaqilligi tiklandi va bu davlat endi Xiva xonligi deb atala boshlandi. Bu davlat asoschisi ham shayboniylar vakillari bo'ldi. Xiva xonligida shayboniylar hukmronligi 1770- yilgacha davom etdi.
Elbarsxon davrida mamlakat poytaxti Vazir shahridan Urganch shahriga ko'chirildi.
1770- yilda Muhammad Amin inoq Buxorodan qaytib kelib, yovmutlarga qarshi kurashni uyushtiradi va ularni Xorazmdan haydab chiqaradi.
Muhammad Amin mahalliy beklarni ham bo'ysundirishga muvaffaq bo'ldi. U xon avlodidan bo'lmagani sababli taxtga Abulfayzxonning o'g'li Bo'lakayxonni nomiga, qo'g'irchoq xon sifatida o'tqazadi. Hokimiyatni esa o'zi boshqaradi. 1782-yilda Buxoro amirligi qo'shinlarining hujumini qaytarib, Xiva xonligi mustaqil-ligini saqlab qoladi. Xiva xonligini boshqargan Muhammad Amin inoq 20 yil davomida 13 marta soxta xonlarni almashtirgan.
Hukmronligining so'nggi yillarida o'z qabilasining faol qatlamiga, savdogarlar va ruhoniylar madadiga tayangan hamda turli turkman qabilalari o'rtasidagi o'zaro nizolardan oqilona foydalana olgan Muhammad Amin mamlakatda nisbatan siyosiy osoyishtalik vaziyatini yaratishga erishdi. Bulaming barchasi mamlakat iqtisodining ko'tarilishini ta'minlaydi. Jon saqlash uchun o'zga yurtlarga qochib ketgan fuqarolar yana qaytib kela boshladilar. Avaz Muhammad inoq davrida Xiva xonligi iqtisodiy jihatdan ancha mustahkamlandi.
Muhammad Amin ham, uning o'g'li Avaz (1790-1804) ham davlat hokimiyatini inoq unvonida boshqarganlar. Qozoq-chingiz biylaridan soxta xonlar chaqirilib turilgan. Hokimiyat amalda inoq va maxsus kengash tomonidan boshqarilgan. Kengash tarkibiga qo'shbegi, mehnat, vazir va otaliqlar kirgan. Inoq va kengash soxta xon nomidan ish yuritgan.
Faqat Avazning o'g'li Eltuzar (1804-1806) hukmronligi davrida chetdan soxta xon chaqirish to'xtatildi. Nafaqat to'xtatildi. ayni paytda 1804- yildayoq chetdan chaqirilgan soxta xon Abulg'ozini taxtdan tushirib, o'zini xon deb e'lon qildi. Shu tariqa. qo'ng'irotlar sulolasi Xiva xonligi taxtini rasman egalladi. Bu sulola 1920- yilga qadar Xiva xonligini idora qildi.
• 1770- yilda Xiva xonligida qo'ng'irotlar sulolasi hukmronligi o'rnatildi. Xiva - Rossiya munosabatlarida muhim jihat shunda ediki, o'zaro savdodan har ikkala davlat ham birdek manfaatdor edi.
Mamlakatda uzoq vaqt siyosiy tarqoqlik hukm surgan, natural xo'jalik ustun bo'lgan, to'xtovsiz davom etgan o'zaro ichki urushlar hamda tashqi hujumlar oqibatida mamlakat iqtisodiyoti izdan chiqqan sharoitda ijtimoiy hayotning bundan boshqacha boiishi mumkin emas edi. Hukmron tabaqalarning aksariyat qismi davlat, millat taqdiridan ko'ra o'zlarining shaxsiy manfaatlarini ustun qo'yganlar.
Xiva xonligida soliq va majburiyatlar haddan tashqari ko'p boigan.
II. Asosiy qism
A). 1512 -yilda Xorazm mustaqilligi tiklandi va bu davlat endi Xiva xonligi deb atala boshlandi. Bu davlat asoschisi ham shayboniylar vakillari bo'ldi. Xiva xonligida shayboniylar hukmronligi 1770- yilgacha davom etdi.
1770-1920-yillarda Xiva xonligida qo'ng'irotlar sulolasi hukmronlik qilgan.

B) Xiva xonligida qo'ng'irotlar sulolasi hukmronligi davrida soliq miqdori 25 dan ziyod bo’lgan.


Dehqonlardan salg'ut (yer) solig'i, chor-vadorlardan zakot solig'i, aholidan ruho-niylar uchun usur solig'i olinardi. Soliq miqdorini xon amaldorlari belgilardi. Yer sohg'i butun qabila yoki urug'ga bir yoia solinardi. Oqibatda soliqning ko'p qismi kambag'allar bo'yniga tushardi. Bunday tartibdan boy tabaqalar foydalanar edi. Biy va amaldorlar ham go'yo o'z xarajatlarini qoplash uchun xalqdan qo'shimcha soliqlar undirardilar. Harbiy xavf yuz berganda xalqdan „qozon» (xo'jalik) solig'i undirilar edi, yigitlar majburiy harbiy xizmatga chaqirilardi.
Soliqlardan tashqari kambag'allar kanal va ariqlar qazish, sug'orish inshootlarini tozalash va boshqa ishlarga majburiy safarbar etilardi.
Xonlikdagi yerlarning asosiy qismi xon va uning amaldorlariga tegishli edi. Amaldor va a'yonlarga haq to'lash uchun puli bo'lmagan Xiva xonlari ularga davlat yerlarini ehson qilishardi. Xonlikdagi hamma yerlar ikki qismga: sug'oriladigan yerlar - ahya va sug'orilmaydigan yerlar - adraga bo'linar edi. Shuningdek, yer egaligining amlok (davlat yerlari), mulk (xususiy yerlar) va
vaqf (masjid va madrasa yerlari) shakllari ham mavjud edi. Xon, amaldorlari va ularning qarindoshlari soliqdan ozod edilar.
Yirik yer maydonlari diniy muassasalar tasaraifida bo'lgan. Xonlikda jami sug'orma yerlarning 40 foizi masjidlar mulkiga berilgan. Masalan, 64 ta masjid va madrasa XIX asrning so'nggi choragida 205 ming tanobdan ziyod yerga egalik qilgan. Xonlar dindorlarga nisbatan hurmat-izzatda bo'lishgan. Ularning ko'pchiligi soliqlardan ozod etilgan. XIX asrning oxirida qariyb 4 ming ruhoniylar oilasi barcha soliqlardan ozod etilgandi.
Yerning katta qismi Rossiya imperiyasi tasarrufiga o'tishi sababli, xonlik ma'muriyati zararni yangi soliqlar joriy etish yoki ilgari mavjud bo'lganlarini oshirish yo'li bilan qopladi. Xiva xonligida turli majburiyatlar, (doimiyyoki favqulodda) soliqlarning qariyb 25 turi bo'lgan. Bu yig'imlar miqdori xonlar va amaldorlar zo'ravonligiga bog'liq bo'lgan. Dehqonlar yer solig'i - solg'ut, chorva solig'i - zakot, o'tloqlardan foydalanganlik uchun cho'ppuli, turarjoylari uchun o'tov solig'i to'lashgan.
Bunday soliqlardan tashqari dehqonlar turli-tuman majburiyatlar - begorni bajarishga ham majbur edilar. Sug'orish tizimi bilan bog'liq bo'lgan ishlar - kachi ular orasida eng og'iri bo'lgan. Xiva dehqonlari har yili kanallarni tozalashga, ko'tarmalarni qurish va qayta tiklashga, to'g'onlar va ko'priklarni ta'mirlashga chiqishlari lozim edi. Dehqonlar o'z ish qurollari va ovqati bilan kelishgan. Ishga chiqmaganlar esa muayyan mablag'ni xazinaga to'lashi shart bo'lgan. Jarchi o'z foydasiga uafanakpuli" yig'gan, ishlar nazoratchisi va mutasaddisi ham o'z ulushini olgan. Sug'orish tizimidagi ishlar dehqonlanii ezib ishlatishning eng og'ir shakllaridan biri edi.
Aholining 90 foizini tashkil etgan dehqonlar sug'orma yerlarning atigi 5 foiziga egalik qilishardi. Yersiz va kam yerli dehqonlar esa yirik zamindorlar yerlariga va vaqf yerlarida ishlab berishardi. Dehqonlar ulushbay yoki hosilning teng yarmi
tizimi bo'yicha mehnat qilishgan. Ishlar yakunlanganidan keyin odatda yer egasiga hosilning 40-50 foizini berishgan. Ulushchilar chorakorlar, teng yarmiga ishlovchilar esa ya-rimchilar deb atalgan. Yeri ham, asbob-uskunalari ham, ishchi qora-moli ham bo'lmagan dehqonlar esa zamindorlar qo'lida har qanday shart asosida ishlashga majbur edilar. Ularni xizmatkor (batrak) deb atashib, ovqatlanishlariga zo'rg'a yetadigan arzimas haq berib ish-latishardi. Ularning yelkasiga zo'raki shartnomalar yuki osil-gan edi. Qarzdor dehqonlar o'z qarzlarini uzish uchun ma'lum vaqt davomida ishlab berishlari lozim edi. Qarzini to'lamasdan turib ular xo'jayini xizmatidan keta olmasdilar.
Shu zaylda, yersiz dehqonlar soni yildan-yilga o'sib bordi. Ular tobora xonlar, beklar
va ularning amaldorlariga qaram bo'lib boraverishdi. Bularning bari Xiva xonligining umumiy iqtisodiy va ijtimoiy ahvoliga salbiy ta'sir o'tkazdi.
Soliq to’lash tartibi” – deb yozadi XX asr boshlarida vohaga kelgan agronom O.Shkapskiy “Amudaryo ocherklari” kitobining 105-betida, “foydalanayotgan erning miqdoridan qat’iy nazar uch toifaga bo’linadi. Masalan: 10 tanob va undan ziyod a’lo erli xo’jaliklar, 5-10 tanob avsot (o’rta) erli va 1-5 tanob adno – sho’rxok yomon erli dehqonlarga ajratilgan.
50-100 tanobdan ziyod erlilar soliqlardan butunlay ozod etilganlar. Ular uchun soliq ijrochidan undirib olinavergan. Akademik M. Yo’ldoshevning “Xiva xonligida feodal er egaligi va davlat tuzilishi” nomli monografiyasida ko’rsatilishicha (T. “Fan”,1959 yil, 64-bet), 1870 yilda Xorazm qishloqlarida 23 011 xonadon bo’lgan va ular har yili 40 993 tillo pul er solig’i to’lab kelganlar. Dehqonchilikda qullar mehnatidan keng foydalanilgan. Masalan: Hijriy 1266 yilda (1849-1850) Qizil Taqir qishlog’ida ishlatilgan qullar dehqonchiligidan 6 ming botmon (har botmon – 20kg. teng) don olingan. Hammasi bo’lib o’sha joyda 18 310 botmon g’alla yig’ib olingan. Demak, etishtirilgan hosilning uchdan bir qismi qul mehnatini ekspluatatsiya qilish evaziga olingandir.
Toshkent Sharq qo’lyozmalari institutining 33-fondida saqlanayotgan bir vaqfnomada Xiva yaqinidagi Indavak qishlog’ida machitlarga qarashli 15, Sadirxos qishlog’ida 17 tanob a’lo er bo’lganligi va ular qullar hamda xudojuylar tomonidan ko’mak (hashar) yo’li bilan ishlab hosil olinayotganligi qayd etiladi. O’sha joydagi ikki elatning soliq daftarlarini chog’ishtirib ko’rilganda quyidagi manzara namoyon bo’ladi.
Jindiyon qishlog’ida 1843 yilda yaxshi erli 22 xonadon bo’lib 37 tillo soliq to’laganlar. 1867 yilga kelib Jindiyonda yaxshi erlilar 3 oila bo’lib 23 tillo, Indavakda esa yaxshi erlilar 14-ga tushib qolganlar va 38 tillo soliq to’laganlar.
Ko’rinib turibdiki, soliq undiruvchilar erlarning yomonlashuvini inobatga olmaganlar, natijada yig’ilgan soliq miqdori 23 yil davomida kamaytirilmagan. XIX asr o’rtalarida Xiva xonligida quyidagi soliqlar rasm bo’lgan:
1. Begor – ishlab berish solig’i. “hashar”
2. Qazuv – 12 kunlik majburiy xizmat.
3. Olgut – bir yo’la olinadigan soliq.
4. Solg’ut solig’i
5. Miltiq solig’i – qurol solig’i
6. Uloq tutuv – ot-uloq sayil puli.
7. Qo’nolg’a-qo’noq solg’uti (mehmon)
8. So’ysun solig’i – jonlig’ so’yib osh berish
9. Chopar puli – xabar solig’i (pochta)
10. Tarozi puli – tag-joy solig’i
11. Mirobona – mirob solig’i
12. Darbozabon puli – bozorga kirish puli
13. Otlanuv puli – Shikor yoki safar puli
14. Ipak puli – 40G’1 qism zakot
15. Mir tuman – hoqim to’ra solig’i
16. Shigovul puli – yo’l puli
17. Qorovul puli – soqchilik haqi
18. Pul solig’i – hazinachi puli
19. Qurubon puli – to’qay puli
20. Mushribona – hosil nazoratchisi haqi
21. Afanak puli – erni bo’sh qoldirgani jarimasi
22. Chuvik puli – (aniqlab bo’madi)
23. Olomon puli – jarima
24. Tutun puli – yong’in havfsizligi
Xonlikning barcha aholisi kabi juryonliklar ham yuqorida ko’rsatilgan soliqlarni to’lashga majbur edilar.

c) 1827- yili Xiva xonligi zulmiga qarshi qoraqalpoqlar qo'zg'olon ko'taradi. Qo'z-g'alonga qoraqalpoqlar biyi Oydo'stbiy boshchilik qiladi. 1827- yil 25- iyul kuni Xiva xoni Olloqulixon Oydo'stbiy boshliq qo'zg'olonchilarni bartaraf etish uchun maxsus qo'shin to'plab, unga Muhammad Nazarbiy inoqni qo'mondon etib tayinlaydi va Xo'jayli shahriga jo'natadi. Askarlar shahar atrofiga kelib o'rnashadilar. Oydo'stbiy qoraqalpoq biylarini to'plab, Orol dengizi bo'yida maslahat uyushtiradi. Yig'ilganlar maslahati bilan qoraqalpoq ovullariga otliq choparlar jo'natilib, shunday buyruq beriladi: „Hamma bola-chaqasi bilan qo'zg'olonga yig'ilsin. Kimda-kim bosh tortsa - u dushman hisoblanadi». Qoraqalpoqlar yig'ilib, qulay yerda xandaq qazib, shox-shabbalar va aravalar bilan mudofaa to'sig'i qurishgan. 29- iyulda Oydo'stbiy o'zining ikki o'g'li Rizo va To'rani 300 botirga bosh qilib, Qo'ng'irot qo'rg'oniga chopovulga yuboradi. Qo'ng'irot hokimi Muhammad Yaqub mushrif qo'rg'on mudofaa-sini uyushtiradi. Urush peshingacha davom etgan. Oydo'stbiy askarlarining bir qanchasi urushda nobud boigan. Ba'zilari dengiz tomon qochgan. Rizo ham, To'ra ham bor imkoniyatni ishga solsalar ham yengiladilar.


Oydo'stbiy Qo'ng'irotda odamlarining yengilganini eshitib, o'ziga yaqin odamlari bilan Sori o'tovni tashlab ketishga majbur bo'ladi va Qo'qon tarafga qarab yoi oladi. Muhammad Nazar inoq undan xabar topib, Oydo'stbiyning odamlari ketidan sara qo'shin jo'natadi. Qo'shin ikki kun deganda Chirikrabot mavzeyida Oydo'stbiyning odamlarini qurshab oladilar. Xon askarlari hujumga o'tib, qo'zg'olonchilarni tor-mor qilib, Oydo'stbiyning boshini olib, Xiva xoni huzuriga keltirganlar. Bu ishda faol ishtirok etganlar xon tomonidan taqdirlanganlar. Xiva tarixchisi va shoiri Munis Oydo'stbiy oiimiga bag'ishlab marsiya yozgan.
XIX asrning 50- yillarida Qo'ng'irotda ikki marta qo'zg'olon ko'tarildi. Qo'zg'olon bostirilsa-da, xalqning zulmga qarshi nafrati kuchayib bordi.

III. Xulosa


1512 -yilda Xorazm mustaqilligi tiklandi va bu davlat endi Xiva xonligi deb atala boshlandi. Bu davlat asoschisi ham shayboniylar vakillari bo'ldi. Xiva xonligida shayboniylar hukmronligi 1770- yilgacha davom etdi.
1770-1920-yillarda Xiva xonligida qo'ng'irotlar sulolasi hukmronlik qilgan.
Muhammad Amin mamlakatda nisbatan siyosiy osoyishtalik vaziyatini yaratishga erishdi. Bulaming barchasi mamlakat iqtisodining ko'tarilishini ta'minlaydi. Jon saqlash uchun o'zga yurtlarga qochib ketgan fuqarolar yana qaytib kela boshladilar. Avaz Muhammad inoq davrida Xiva xonligi iqtisodiy jihatdan ancha mustahkamlandi.
Dehqonlardan salg'ut (yer) solig'i, chor-vadorlardan zakot solig'i, aholidan ruho-niylar uchun usur solig'i olinardi. Soliq miqdorini xon amaldorlari belgilardi. Yer sohg'i butun qabila yoki urug'ga bir yoia solinardi. Oqibatda soliqning ko'p qismi kambag'allar bo'yniga tushardi. Bunday tartibdan boy tabaqalar foydalanar edi. Biy va amaldorlar ham go'yo o'z xarajatlarini qoplash uchun xalqdan qo'shimcha soliqlar undirardilar. Harbiy xavf yuz berganda xalqdan „qozon» (xo'jalik) solig'i undirilar edi, yigitlar majburiy harbiy xizmatga chaqirilardi.
Soliqlardan tashqari kambag'allar kanal va ariqlar qazish, sug'orish inshootlarini tozalash va boshqa ishlarga majburiy safarbar etilardi.
Xonlikdagi yerlarning asosiy qismi xon va uning amaldorlariga tegishli edi. Amaldor va a'yonlarga haq to'lash uchun puli bo'lmagan Xiva xonlari ularga davlat yerlarini ehson qilishardi. Xonlikdagi hamma yerlar ikki qismga: sug'oriladigan yerlar - ahya va sug'orilmaydigan yerlar - adraga bo'linar edi. Shuningdek, yer egaligining amlok (davlat yerlari), mulk (xususiy yerlar) va
vaqf (masjid va madrasa yerlari) shakllari ham mavjud edi. Xon, amaldorlari va ularning qarindoshlari soliqdan ozod edilar.
Shu zaylda, yersiz dehqonlar soni yildan-yilga o'sib bordi. Ular tobora xonlar, beklar
va ularning amaldorlariga qaram bo'lib boraverishdi. Bularning bari Xiva xonligining umumiy iqtisodiy va ijtimoiy ahvoliga salbiy ta'sir o'tkazdi.
Soliqlarni oshishi 1827- yili Xiva xonligi zulmiga qarshi qoraqalpoqlar qo'zg'olon ko'tarishgan

Foydalangan adabiyotlar r o'yxati



  • 1. Abulgʻoziy, Shajarayi turk, T., 1992;

  • 2. Ogahiy, Asarlar, 56j., T., 1978— 80;

  • 3. Bayoniy, Shajarai Xorazmshohiy, T., 1994;

  • 4. Xiva ming gumbaz shahri, T., 1997.



Download 28,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish