6. Aholini va aholi yashash hududlarini tinchlik sharoitida favqulodda hodisalar vaqtida xavfsizligini ta'minlash
Yuqorida ko'rib o'tilgan voqealar tabiatning o'z hodisasi, ya'ni tabiiy ofatlar sirasiga kiradigan voqealar ekanligini, bulardan tashqari yana shunday hodisalar uchraydiki, bunday hodisalarni ham favqulodda hodisalar qatoriga qo'shishga to'g'ri keladi. Agar umumiy favqulodda hodisalarga keng ma'noda ta'rif bersak, unda uni quyidagicha ta'riflash mumkin.
Ma'lum aholi yashaydigan hududda har xil falokatlar, avriyalar tabiiy ofatlar va ekologik ofatlar, shuningdek, odamlarda ko'plab yuqumli kasalliklar kelib chiqishi natijasida odamlarni ko'plab moddiy boyliklardan mahrum qilish, ularnig umriga zomin bo'lish bilan hayot faoliyati sharoitlarini buzilishiga olib keladigan vaziyatlar favqulodda holatlar deb yuritiladi.
Butun dunyo sog'liqni saqlash tashkilotining tavsiyasiga ko'ra hozirgi vaqtda qabul qilingan aqidaga ko'ra, favqulodda hodisa natijasida 10 yoki undan ko'proq kishining o'limi yoki tezkor tibbiyot xizmatiga muhtojlik bilan tugallansa, uni falokat deb atash qabul qilingan. U yoki bu holatda boshqacha nom bilan atalgan holatlarni ham inkor etmaslik kerak. Oldindan aytib o'tish kerakki, falokatlarning talqini har yerda har xil talqin qilinmaydi, lekin shuni ham ta'kidlash kerakki, ularga bir xil holatlarda bir tomonlama va boshqa holatlarda ko'p tomonlama baholashga to'g'ri keladi. Jumladan, ekologiyaga putur yetkazish bilan tamomlangan avariyalar hozirgi ayni vaqtda uni zararini chuqur fahmlab yetgan bo'lsakda, uning zarari hozirgi vaqtda butunlay sezilmasligi va ma'lum vaqtdan keyin yuz ko'rsatganda uning zarari nihoyatda ayanchli ekanligini tushunib yetishimiz mumkin.
Shuning uchun ham odam hayot faoliyatini muhofaza qilish umumiy atrof-muhitni muhofaza qilish bilan uyg'unlashib ketganligini bu faqatgina bizni o'rab turgan tabiat va o'simlik va havo muhiti, shuningdek, umumiy mikroorganizmlar ham makroorganizmlar bir tekislikda qarash va ularning umumiy biosfera qatlamlarida muhofazani kuchaytirish maqsadida favqulodda hodisalarni aniq ifoda qilish lozimligi ta'kidlanadi.
Bunday deyishimizning o'ziga xos sababi bor albatta, ya'ni harqanday favqulodda hodisa, lining faqatgina o'ziga xos sababi, qiyofasi va o'ziga xos rivojlanish xususiyatiga ega bo'ladi.
Har bitta favqulodda hodisa asosida tashqi muhit bilan inson o'rtasidagi muvozanat buzilganligini yoki ularni muvofiqlashtirilishini ta'minlaydiga bog'lovchi tizim yoki jamiyat tizimining buzilganligini ko'rsatuvchi ma'no yotadi.
Ilm texnika taraqqiyoti ko’rilmagan darajada rivojlanishi shunga olib keldiki, u insoniyatning madaniy rivojlanishidan oldinlab ketdi va bu odamlardagi tavakkallik xususiyati bilan odamlarning xavfsizlikni ta'minlashga tayyorgarligi orasida uzilish vujudga keldi. Bunday tavakkalchilikning katta maydondagi harakati nihoyatda katta falokatlarga olib kelishi mumkinligi insoniyat ongiga kirib kela boshladi. Bunga misol tariqasida insoniyatning yadro harakatini keltirish mumkin. Avvaliga hamma kuchli davlatlar zo'r berib yadro qurollarini ko'paytirish taraddudiga tushdi, lekin bu taraddud butun yer yuzini falokatga giriftor qilishi mumkinligi awaliga hech kimning xayoliga kelmadi va keyinchalik qilingan ishlarning bir-ikkita natijasi ko'rinishi bilan bu ishlarga barham berish zarurligi tushunib yetilgandan keyin ko'rindiki, vaqt o'tgan va bu halokatli vaziyat ikkinchi hamda uchinchi qatlamdagi rivojlanayotgan davlatlar tomonidan amalga oshirilmoqdaki, buning natijasi nima bilan tugallanishi noma'lum.
Yana bitta tarixiy omilni aytib o'tish joiz deb hisoblayman. Sobiq ittifoq davrida yadro qurollarini rivojlantirish bilan bir vaqtda kimyoviy va baktereologik qurollarni ham ishlab chiqarish nihoyatda avj olgan edi va bu soha ko'zga ko'rilmagan darajada tezlik bilan bunday moddalarning miqdbrini oshirish yoMi bilan amalga oshirildi. Buning natijasida bu moddalarning bir necha o'n minglab tonnasi ma'lum regionlarga joylashtirildi.
Oxirgi yillarda jahon hamjamiyati tashkilotlarining sa'yharakatlari natijasida bu moddalarni yer yuzidan butunlay yo'qotish zarurligi haqidagi harakat kuchayib ketdi, keyingi ittifoq tarqalish oldidan va tarqalgandan keyingi davrlarda yetakchi davlatlar yig'inlarida kimyoviy va baktereologiya qurollaridan foydalanish taqiqlanishi haqidagi deklaratsiyaga deyarli jahondagi hamma davlatlar qo'shildi. Shundan keyin bu moddalarni butunlay yo'qotish haqida qaror qabul qilindi. Sobiq ittifoq tarqab ketgandan keyin bu moddalarning asosiy zaxiralari Rossiya hududida ekanligi ma'lum bo'ldi. Demak, bu zaxiralarni yo'qotish vazifasi ham Rossiya zimmasiga tushdi. Jahon hamjamiyati tashkilotlarining moddiy yordami bilan ham bu moddalarni yo'qotish ishlari nihoyatda og'ir kechmoqda, chunk! bu zaharli moddalarni yo'qotish texnologiyasi ishlab chiqilmagan va bularni yo'qotish uchun qurilgan fabrika va zavodlar atrofmuhitga katta zarar yetkazishi bilan birga, u yerda yashovchi odamlar hayotiga ham jiddiy xavf solmoqda. Chunki bu zaharli kimyoviy moddalar tarkibi ham zaharli bo'lganligidan uni biror bir kimyoviy modda bilan ta'sir ko'rsatib yo'qotish imkoniyati cheklangan va yoqib yuborish mumkin emas, ekologiya va odamlar hayotida jiddiy xavf tug'diradi, qo'shimcha moddalar qo'shib ishlov berish juda qimmatga tushadi va bu mamlakat iqtisodiga og'ir putur yetkazadi. Ko'rib turganimizdek, bir vaqtlar o'ylamay qilingan xatolik keyingi avlodlar, ya'ni hozirgi avlodlar uchun og'ir fojiali bo'lishi mumkin ekan. Shuning uchun ham tabiatga katta ko'lamdagi jarayonlar bilan ta'sir ko'rsatish juda katta fojialarga olib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak.
Favqulodda hodisalar o'zining quyidagi xususiyatlariga ko'ra sinflanadi:
— to'satdanlik darajasi: to'satdan (bashorat qilish mumkin bo'lmagan) va kutilgan (bashorat qilish mumkin bo'lgan). Favqulodda hodisalarning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy turlarini bashorat qilish uncha qiyin emas, ammo tabiiy ofatlarni bashorat qilish qiyinroq. Albatta, tabiiy ofatlarni bashorat qilish mumkin bo'lganda uning oqibatlaridan ko'pchiligini oldi olingan, moddiy va odamlar uchun xavfli omillarni chetlab o'tish uchun imkoniyat yaratilgan bo'lar edi, hattoki, ba'zi bir hollarda favqulodda holatni butunlay kelib chiqaruvchi omillariga ta'sir qilish yo'li bilan ularni kelib chiqmasliklari ta'minlangan bo'lar edi.
— tarqalish tezligi: favqulodda hodisalar har xil ko'rinishda portlash, tez rivojlanuvchi, tez tarqaluvchi, sokin tavsiflarga bo'linadi. Portlashga kuchli zilzilalar, bo'ronlar va to'fonlar hamda terrorchilik harakatlari kiradi. Tez rivojlanuvchi turiga harbiy to'qnashuvlar, texnogen avariyalar, tabiiy ofatlarning ba'zi birlarini kiritiladi, sokin turiga ekologiya tavsifiga ega bo'lgan favqulodda hodisalar kiritiladi.
— tarqalish masshtabi: favqulodda hodisalarni masshtabi bo'yicha qisman, obyekt bo'yicha, mahalliy, hududiy, milliy va umumiy turlarga bo'lish mumkin. Qisman, obyekt bo'yicha, hududiy va mahalliy favqulodda hodisalar o'z nomlanishlariga ko"ra obyektning bir qismida, o'zida yoki shu hududda ro'y bergan bo'lib tashqaridagilar hech qanday ta'sir sezmagan va mahalliy hududiy va umumiy turlarida bir necha davlat yoki bir necha viloyat yoki respublika uning ta'siridan aziyat chekkan deb
qaraladi.
— ta'sir davri: ta'sir davri bo'yicha favqulodda hodisalar qisqa muddatli va uzoqqa cho'ziladigan turlarga bo'lib qaraladi. Atrof- muhitni bulg'ash bilan o'tadigan hamma favqulodda hodisalar uzoqqa cho'ziladigan turga kiritiladi.
— favqulodda hodisalar tavsifi bo'yicha: oldindan o'ylab qilingan (ataylab) va bexosdan bo'lishi mumkin. Ataylab qilingan favqulodda hodisalarga milliy, ijtimoiy va harbiy harakatlar va shuningdek, terrorislik harakatlarini kiritish mumkin. Tabiiy ofatlar, texnogen avariya va katastrofalar bexosdan bo'lgan tabiiy ofatlar qatoriga kiritiladi.
Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti ko'pdan ko'p hodisalarni tub mohiyatini ochib berganligi hammamizga ma'lum. Shuning bilan birga favqulodda hodisalarni o'rganish va uni oldindan bashorat qilish ishlari ham qilingan birmuncha oldinga siljishlarning guvohi bo'la oladi. Ammo shuni ham ta'kidlash joizki, favqulodda hodisalar fan sifatida o'rganilayotganiga hali ko'p vaqt bo'lgani yo'q. Shuning uchun ham biz bu yerda ko'rsatib o'tgan bo'linishlarni tugallangan deb hisoblashga hech qanday asos yo'q. Shuning uchun uning bo'limlarini quyida ko'rsatilgan chizma asosida o'rganish, ehtimol, birmuncha tomaroq bo'lishini hisobga olib uni taitibga keltirishga harakat qilib ko'ramiz. Ammo, biz bu chizmadagi ko'rsatilgan hamma hodisalar jamlab olingan degan xulosadan yiroqmiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |