Ekspozitsiya miqdori — bu nurlanishning ionlashish xususiyatiga asoslangan bo'lib, ionlashish nurlanishi maydonining son miqdorini ko'rsatadi. Uning birligi rentgen (R) qabul qilingan. Bunda 1R nurlanishda 1 sm3 havoda 2,08 x 109 juft ion hosil bo'ladigan holat tushiniladi. Xalqaro SI tizimida bu miqdor kulon/kilogramm (Kl/kg) tarzida qabul qilingan. 1 Kl/kg =3876 R.
Yutilgan miqdor — nurlantirilayotgan moddaning ma'lum og'irlik birligida yutilgan energiya miqdori. Yutilgan miqdorning maxsus o'lchov birligi sifatida Irad qabul qilingan. Xalqaro SI tizimida 1 Grey (Gr) qabul qilingan. 1 Gr= 100 rad. Ekvivalent miqdor-o'lchov birligi ber. Har qanday ionlanuvchi nurlanishning surunkali nurlantirishda 1 rad rentgen yoki gamma nurlanishlari biologik effektini beradigan birligi 1 ber birlik sifatida qabul qilinadi. Xalqaro SI tizimida ekvivalent miqdor birligi Zivert (Zv). 1 Zv 100 ber.
Inson organizmi doimo kosmik nurlanishlar, tabiatda uchraydigan va havo, tuproq va organizm hujayralarning o'zida bo'lgan radioaktiv moddalar ta'sirida bo'ladi. Tabiiy nurla-nishlarning hamma manbalaridan ajraladigan nurlanishlar darajasi umuman o'rtacha yiliga 100 mber, ayrim hududlarda 1000 mber gacha borishi mumkin.
Zamonaviy sharoitlarda bu miqdor chegarasida saqlanib qolish imkoniyati karnayib bormoqda. Chunki uncha ko'p bo'lmagan radioaktiv moddalar bilan ishlaganda ham radiatsiya nurlanishi olish xavfi katta bo'ladi. Lekin shuni ham ta'kidlash kerakki, O'zbekiston Respublikasi hududida atom elektr stansiyalari qurilmagan. Bu, albatta avariya sharoitini inkor qilishi mumkin. Lekin shuni ham unutmaslik kerakki, bizda radioaktiv moddalar qazib olish konlari mavjud, demak, bu moddalar qazib olinadi va boyitilib tayyor mahsulot holatiga keltiriladi va uni bir joydan ikkinchi joyga ko'chirish ishlari bajariladi va ba'zi hollarda uni ma'lum vaqt saqlab turish kerak bo'ladi. Bu ishlarda qatnashayotgan odamlarni va bu ishlar bajarilayotgan joylar yaqinida yashayotganlarning hayotiga xavf tug'dirilishi tabiiy hoi hisoblanadi. Bundan tashqari respublikamiz hududida yadro reaktorlari ham bor. Shuning uchun ham radioaktiv moddalar bilan ishlaganda va umumiy hududlar uchun ionlovchi nurlanishlarning ish joylaridagi yo'l qo'yiladigan miqdori va umumiy hududlar uchun yo'l qo'yiladigan miqdorlar belgilab qo'yilgan. Ionlovchi nurlanish bo'lishi mumkin bo'lgan sanoat korxonalari va ilmiytekshirish ishlarini bajarayotgan ishchilar va ilmiy-texnik xodimlar uchun uning tanasi nurlanishi umumiy yo'l qo'yiladigan miqdori (YQM), bu miqdordagi nurlanish unga uzoq vaqt davomida ta'sir qilishi natijasida uning sog'lig'i va qon hosil qilish hamda qon aylanish jarayonlarini buzmasligini hisobga olgan holda, bu miqdor yiliga 5 ber dan oshmasligi kerak deb belgilangan. Umumjahon radiatsiyadan muhofazalash komissiyasi (URMK) tavsiyasiga asosan avariya vaqtida YQM 25 ber miqdorda kasbiy surunkali nurlanishda esa, 5 ber miqdorda va boshqa aholi uchun bundan ocn marta kam miqdorni tavsiya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |