Qurg'oqchilik — O'zbekiston Respublikasi deyarli hamma hududlari uchun qurg'oqchilik xavfl doimo mavjud bo'lgan va hozirgi kunda ham bunday ofat Respublikamizning bir necha viloyatlariga tahdid solmoqda. Qurg'oqchilikning bahorgi, yozgi va kuzgi turlari bo'ladi.
Qurg'oqchilikning bahorgi turi uzoq vaqt davomida yomg'ir yog'masligi va bahorning nihoyatda issiq kelishi natijasida yerda,ayniqsa, sug'orilmaydigan lalmikor yerlarda yerning suvi qochishi va qurib ketishi natijasida ekilgan ekinlar qurib qoladi va u yerdan hattoki, xashak olish imkoniyati ham yo'qoladi.
Respublikamizda qurg'oqchilikka qarshi kurashning samarali usullari ishlab chiqilgan. Buni bizdagi sug'oriladigan yerlarni ko'payib borayotganligidan va ba'zi bir hududlarda qurg'oqchilik sezilarli zarar yetkazishi mumkin bo'lgan hududlarda yer osti suvlaridan foydalanish chora-tadbirlari ko’ilmoqda. O'zbekiston Respublikasi hududida joriy etilgan va etilayotgan suv yig'ish inshootlari va suv yig'ish havzalari qishloq xo'jaligida uzulishlar bo'lmasligini ta'minlashi mumkin.
Hozirgi kunda qurg'oqchilikdan Orol bo'yida joylashgan hududlar aziyat chekmoqda. U yerdagi odamlarni ichimlik suvi va boshqa oziqovqat mahsulotlari bilan ta'minlash masalalari davlat miqyosida hal qilinmoqda va bu tez kunda hal qilinishi kerak bo'lgan muammolar qatorida turibdi.
Tabiat ofatlaridan biri deb sanaladigan favqulodda hodisalardan yana biri bahor va kuz oylarida kunning keskin sovib ketishini ham kiritish mumkin. Kuzgi havoning keskin sovub ketishi ekilgan ekinlarni saramjonlab olish imkoniyatidan mahrum qilishi mumkin.
Tog'li hududlarda o'pirilishlar, siljishlar va sel oqimlari. Tog'li rayonlarda o'pirilib tushish, qor va yer o'pirilishi natijasida ma'lum joylarni bosib qolishi va tog'dagi ba'zi bir tepaliklar o'z-o'zidan surilib siljib ketish hollari tez-tez uchrab turadi. Bunday voqealar, agar yirik o'pirilishlar bo'lsa u avtomobil yo'llarini, temir yo'llarni, agar aholi yashaydigan qishloqlar va turar joylar yaqin bo'lsa, ularni bosib qolishi, o'rmonlarni vayron qilishi, suv yo'llarini to'sib qo'yishi natijasida bir necha kun yoki oy davomida yig'ilgan suv keyin o'ziga yocl ochib, yaqin joylashgan joylarni suv bosishi halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Demak, bunday hodisalar masshtabi katta va natijasi halokatli bo'lishi mumkinligi ko'rinib turibdi.
Bunday hodisalar tog'larda 7 va undan katta balldagi zilzilalar oqibatida tik qoyalargina emas, balki tik tepaliklar ularning gorizont bilan bo'lgan burchagi 45—50° ni tashkil qilgan bo'lsa, o'pirilib ketishi kuzatilgan. Masalan, 1911-yilda Pomirda kuzatilgan kuchli zilzila natijasida o'pirilgan qoya Murg'ob daryosini to'sib qo'ygan va unda hosil bo'lgan Sarez ko'lining suvi 500 m ga ko'tarilgan. Tog'larda sel kelishi eng xavfli tabiiy ofatlardan biri hisoblanadi. Sellar o'z yo'lidagi toshlar tuproqlar va boshqa narsalarni yuvib oqizib ketganligi sababli ularning miqdori va ta'sir kuchi yanada ortib ketadi. Tog’ qiyaligi ularga tezlikni ta'minlashga yordam beradi. Tog' qiyaligi qancha katta bo'lsa, uning tezlik kuchi shuncha katta bo'ladi. Agar mabodo sel qoyalarni bog'ning baland cho'qqilaridan yuvib tushish imkoniyatiga ega bo'lsa, uning yo'lida uchragan, hattoki, kichikroq qoyalarni ham o'rnidan qo'zg'atib yoki qo'porib olib ketishi mumkin. Sunday holatlar transport kommunikatsiyalari va aholi yashash joylarida nihoyatda katta zarar yetkazadi.
Agar toglarda kuchli yomg'ir yog'ayotgan bo'lsa, yana kunlar issiq bo'lib qorlar ham erib qo'shilsa, unda tog' tepalarida suv to'planishi vujudga keladi va bu tog'larni suv bosishiga olib keladi. Bunda tog'larning yuqori qismida bo'lgan, qoyalar bilan o'ralgan va ko'p joylari muz bilan o'ralgan tekisliklarni yig'ilgan suv to'ldiradi hamda muz bilan o'ralgan ko'llar hosil bo'lishi mumkin. Agar kunlar yana sovib ketsa, bu ko'llar muzlab zararsiz holga kelishi mumkin. Agar mabodo kun isib suvlarni ushlab turgan muz qatlami erib ketsa, unda falokatli suv oqimi vujudga keladi va bir necha vaqtdan buyon yig'ilib yotgan suv vodiylarga qarab yo'nalishi va sellar bilan qo'shilib falokatli suv va sel oqimlariga aylanishi mumkin. Bunday muzlarning erib muz ko'llari hosil qilgan holatlar uchrab turadi va ular morenalar deb ataladi.
Sel oqimlari paydo bo'lishi mumkin bo'lgan rayonlar
Qozog'istonda, Kavkaz orti mamlakatlarida, Qrimda, Oltoy O'lkasida, O'rta Osiyo, Karpat orti, Sharqiy Sibir va boshqa ko'plab mamlakatlarda tez-tez bo'lib turadi.
Qadimda sellar haqiqatan ham juda katta zarar yetkazgan. Hozirgi vaqtda bunday sellarning zararli mavqei birmuncha pasaydi. Chunki hoziigi vaqtda, ayniqsa, O'rta Osiyo davlatlarida deyarli hamma sel kelishi mumkin bo’lgan hududlarda uning vodiylaiga zarar yetkazmaydigan tartibda maxsus suv yig'ish omborlari, suv yo’lini to'suvchi to'g'onlar, dambalar va suvning miqdorini cheklashga mo'ljallangan suv o'tkazish vositalari qurilgan. Tog' yon bag'rilariga esa sel yuvishi mumkin bo'lgan tepaliklarni daraxtlar ekib suv yo'lida uning yuvib ketishi mumkin bo'lgan tuproqlar mustahkamlanmoqda va shuning uchun ixota daraxtzorlari tashkil qilinmoqda. Bundan tashqari sel kelganda uning zararini kamavtirish maqsadida yangi sun'iy kanallar yordamida uni maxsus suv omborlariga yuborish choralari ko'rilmoqdaki, bularning ijobiy natija berishi tabiiy.
Ammo bu ishlarni amalga oshirish juda katta moddiy mablag'lar bilan birga katta miqdordagi ishchi kuchlari bo'lishini talab qiladi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, O'zbekiston Respublikasi hududidagi ko'plab sel kelish yo'llari to'silgan va xavfli uchastkalar xavfsizlik choratadbirlari bilan ta'minlangan bo'lishidan qat'i nazar, tabiatning shunaqa injiqliklari bo'ladiki, u kutilmagan boshqa biror yerdan xavfsiz deb o'ylab yurilgan joyda to'satdan xavf paydo bo'lib qolishi mumkin. Bunday hollarda favqulodda hodisalar xodimlarining birinchi vazifasi u yerdagi sel yuvib ketishi mumkin bo'lgan joylarda dambalar va to'siqlar tashkil qilish, tabiiy to'siqlarni mustahkamlash, sellarning oqimlari aholi yashash joylariga yetib bormasligini ta'minlovchi chora-tadbirlarni amalga oshirishlari kerak. Undan keyin sel oqibatlarini tugatishga qaratilgan ishlarni bajaradilar.
Joylardagi hokimlik organlari tomonidan tashkil qilinadigan tabiiy ofatlarga qarshi kurash komissiyasi ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda bo'lishi mumkin bolgan sel xavfini oldindan belgilash va uning harakatlanishi mumkin bo'lgan yo'llarini aniqlash, buni o'sha joylardagi aholini xabardor qilish va shuning bilan birga, agar aholi ko’chirilishi ko'zda tutilgan bo’lsa, aholini ko'chish uchun yig'ilish joylarini belgilash va uni aholiga ma'lum qilish, ko'chirish uchun kerak bo'ladigan transport vositalarini tayyorlash va ularning to'planish joylaridan aholini xabardor qilish vazifalari qo'yiladi.
Xuddi shu sel xavfi bilan birgalikda tog'lardagi o'pirilishlar tog' tepaliklarining surilishi qoyalarning ag'darilib tushish voqealari ham seining umumiy oqibatlarining bir qismi sanaladi. Bu tabiiy ofatlar oqibatlarini tugatishda birinchi navbatda odamlar va uy hayvonlarini xavfli joydan olib chiqib ketish kerak. Undan keyin injenerlik qutqarish ishlari boshlanadi va bunda buzilgan vayron bo'lgan uylarning ichidagi jabrlanganlar qutqariladi, bosib qolgan binolar ichida qolib ketganlar texnikalar yordamida izlab topiladi. Shundan keyin jabrlanganlar ichimlik suvi va oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, kiyim-bosh bilan ta'minlanadi. Undan keyingi vazifa avtomobillarning kelish yo'llari va mavjud bo'lsa temir yo'llar holati tiklanadi. Keyingi ishlar sirasiga bosib qolishi, yiqilib zarar keltirishi mumkin bolgan binolar buzib tashlanadi, ko'chalarni to'sib qo'ygan, buzilib ketgan qurilish konstruksiyalari surib chetga chiqarib tashlanadi va ichkari tomonlarga o'tish mumkin bo'lgan yo'llar tartibga keltiriladi. Kommunal xo'jalik ishlari va energiyaning vaqtincha ta'minoti tiklanadi.
Keyingi qilinishi kerak bo'lgan ishlar sirasiga baxtsizlik yuz bergan rayonda sog’ qolgan obyektlar va turar joylarning umumiy ahvoli ko'zdan kechiriladi. Odamlar hayotiga keyinchalak buzilishi natijasida zarar yetkazishi mumkin bo'lgan binolar, ya'ni bir tomoni o'pirilib ketgan yoki fundamentining bir tomoni cho'kkan va ba'zi bir notabiiy qiyshaygan binolar butunlay buzib tashlanadi. Qolganlari ichidan yaroqlilari va birmuncha mustahkamlash vositalarini qo'llash yo'li bilan tartibga keltirish imkoniyati bo'lgan binolarni tartibga keltirilib aholining ma'lum qismini shu yerdagi uy-joy bilan ta'minlanadi, qolganlari esa vaqtincha palatka va vagonchalarga joylashtiriladi, ularda hayot faoliyati olib borish imkoniyatini beradigan vositalar bilan ta'minlanadi. Bular elektr, gaz, suv va oziq-ovqat bilan ta'minlash masalalari hal qilinadi. Shuningdek, shu hududda joylashgan ishlab chiqarish sanoat korxonalarining ishlatish imkoniyatlari ko'rib chiqiladi va ularni ishlatish imkoniyati bo'lsa, u yerdagilarni ish bilan ta'minlash masalalari hal qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |