4. Momaqaldiroq, chaqmoq, do'l, qurg'oqchilik va boshqa tabiat hodisalari Momaqaldiroq—quyuq yomg'ir bulutlari va bulutlar bilan yer o'rtasida hosil bo'ladigan katta elektr zaryadlarining to'qinishi natijasida chaqmoq chaqib, guldirash bilan o'tadigan tabiat hodisasi hisoblanadi. Bunda kuchli jala quyishi kuzatiladi, ko'pincha do'l yog'ishi mumkin, bunda shamolning katta kuch bilan esishi bo'ron, quturgan bo'ron va aylanma bo'ronlarni hosil qiladiki, bular suv toshqinlariga va sellar kelishiga sababchi bo'ladi. Momaqaldiroqlar paydo bo'lishi birinchidan, quruqiiklar ustida suzayotgan bulutlar va yer o'rtasida konveksiya asosida, ko'pincha peshindan keyingi vaqtlarda va ikkinchisi atmosfera frontlarining issiq va sovuq frontlar qo'shilgan vaqtda, aksariyat kechalari hosil bo'lishi mumkin. Buning birinchisini massa ichkarisida hosil bo'ladigan, ikkinchisini bulutlar qo'shilishidan hosil bo'lganlari frontal momaqaldiroqlar deb yuritiladi.
Mornaqaldiroqlar 7—15 km balandlikda yig'ilgan quyuq bulutlar qatlamida, uning harorati —15—20 °C dan kam bo'lgan holatda vujudga keladi. Bu bulutlar nihoyatda sovigan tomchilar va muz kristallaridan tashkil topgan bo'ladi. Momaqaldiroq hosil qiluvchi bulutlarda jamlangan potensial energiya 1013—1014 J ni, ya'ni megatonnali termoyadro portlashidan hosil bo'ladigan energiyaga teng bo'ladi. Chaqmoqlar chaqishini ta'minlayotgan bulutlarda yig'ilgan elektr zaryadlari 10—100 Kl ga teng bo'lib 1— 10 km masofaga cho'zilgan bo'ladi va bu zaiyadlar hosil qilgan tok kuchi 10—100 A ga boradi. Momaqaldiroq hosil qiluvchi bulut markazidagi elektr kuchlanishi (1—3)xl05 V/m dan ham ortiq bo'lib, bulutning elektr o'tkazuvchanligi, atrofdagi atmosferaga nisbatan 100 marta katta bo'ladi.
Chaqmoqlar — atmosferada bo'ladigan ulkan yoysimon elektr razryadlarining yo'qolish hodisasi bo'lib bo'lib, odatda, yorqin chaqnash nuri sifatida ko'rinadi va momaqaldiroq bilan yakunlanadi. Chaqmoqlar odatda, quyuq bulutlar qatlamida ba'zida esa yomg'irli qatlamli bulutlarda, shuningdek, vulqonlar otilganda, aylanma (tornado) va quturgan to'zonli bo'ronlar vaqtida paydo bo'ladi. Odatda, ko'proq chiziqli Chaqmoqlar kuzatiladi va ularning uzunligi ba'zan bir necha yuz metrdan oshib ketadi. Chaqmoqlar bulutlar ichida bo'lsa, uni bulut ichidagi va yerga urilishi mumkin, buni yerdagi chaqmoqlar deb yuritiladi.
Chaqmoqlar paydo bo'lishi bir necha bosqichdan iborat bo'ladi. Chaqmoq hosil qiluvchi bulut yerga yaqinlashganda uning chetlarida kuchlanish kuchaya boshlaydi va uning ta'sirida yerdagi jihozlar va uskunalarda unga javoban qarama-qarshi zaryadga ega bo'lgan strimer, ya'ni elektr zaryadlari zanjiri paydo bo'ladi. Chaqmoqning bu xususiyatidan yashin qaytargichlarni o'rnatishda foydalaniladi.
Chaqmoqlar bir necha ming amper tok kuchiga, 108 m/sek tezlikka va 25000 °C haroratga hamda bu sekundning yuzdan biricha vaqt davomida o'tishi bilan tavsiflanadi.
Tabiatda sharsimon chaqmoqlar ham kuzatiladi, ammo uning xususiyatlari va kelib chiqish mazmuni o'rganilgan emas. Bu chiziqli chaqmoq chaqqandan keyin paydo bo'ladigan shar shaklidagi yorug'lik tarqatuvchi sferoiddan tashkil topgan bo'lib, juda katta solishtirma energiyaga ega bo'ladi. Paydo bo'lish davri bir necha sekunddan bir minutgacha, yo'qolishi kuchli portlash bilan o'tadi va buning natijasida birmuncha vayronaliklar kuzatilishi mumkin.
Chiziqli va sharsimon chaqmoqlar o'zining kuchiga qarab katta miqdorda zarar keltirishi va odamlarning o'limiga sababchi bo'lishi mumkin. Bunda uning issiqlik ta'siri va elektrodinamik ta'siri binolarni buzilishiga va yonib ketishiga olib kelishi bilan birga uning elektromagnit va yorug'lik nurlari ta'siri ham kuzatiladi.
Chaqmoqning yerdagi obyektlarga urilishi katta
vayronagarchiliklarga sababchi bo'lishi mumkin. Agar yerdagi chaqmoq tushgan obyektda tok o'tkazuvchi qismlar yo'q bo'lsa, unda elektr ta'sirida ingichka kanallar hosil bo'ladi va ulardan chaqmoq hosil qiluvchi tok o'zga yerga o'tish yo'lini izlaydi. Nihoyatda, katta harorat paydo bo'lganligidan bu materialning ma'lum qismi bug'lanib ketadi va bu portlash kelib chiqishiga sababchi bo'ladi. Bu obyektning parchalanishiga va uning yonuvchi qismlarining yonib ketishiga sababchi bo'ladi. Bunda, shuningdek, ayrim materiallarda potensiallarning zaryadlari qarama-qarshi bo'lganligi sababli uning ichida bo'lgan yonuvchi jihozlarning yonib ketishi natijasida yong'inlar chiqishi va u yeragi odamlar elektr toki ta'siriga tushib qolishlari mumkin.
Ko'pincha chaqmoqlar atrofdagi qurilishlardan balandroq qurilgan obyektga, masalan, tok o'tkazmaydigan materialdan tiklangan tutun chiqarish vositalariga yong'inga qarshi qurilgan depo bashnyasiga yoki atrofida qurilishlar bo'lmasdan ochiq joylarda ayrim turgan binolarga tushishi mumkin. Juda baland obyektlar, masalan, televizor bashnyalariga chaqmoq uning uchiga emas, balki birmuncha pastki nuqtasiga tushadi, buni bu obyektlar o'z atrofiga to'plagan zaiyadlar ta'siri sifatida ko'rsatish mumkin.
Chaqmoqning yog'och asoslarga o'rnatilgan aloqa vositalariga tushishi juda xavfli hisoblanadi. Katta ampletudaga ega bo'lgan elektr zaryadlari aloqa simlariga o'tishi ularning o'tkazgich simlar orqali tez tarqalishiga olib keladi va bu simlarga ulangan radio karnaylari, aloqa vositalari va apparaturalarning buzilishi hamda ular orqali yerga o'tishi natijasida kutilmagan yerdan yong'in chiqishi va kutilmaganda aloqa vositalaridan foydalanayotgan odamlarni elektr ta'siriga tushib qolishiga sababchi bo'ladi. Chaqmoqning katta quwatdagi elektr o'tkazish liniyalariga tushishi elektr zaryadlarining yerga urib ketishiga, shuningdek elektr o'tkazgichlar o'rdasida bir-biriga nisbatan yoysimon to'qinish paydo bo'lishi simlardagi tokning avtomatik o'chirib qo'yilishiga olib keladi, ba'zi hollarda elektr simlarining kuchli kuchlanishni ko'tara olmasdan erib uzilib ketish hollari ham bo'lishi mumkin. Kuchaygan kuchlanishdagi elektr toki stansiya va podstansiyalarga yetib kelib mashina va apparatlarda izolatsiyalarni yemirishi natijasida ularni odam uchun xavfli omilga aylantirishi mumkin.
Do'1 — tabiatda yog'adigan yog'inlardan biri hisoblanadi va tabiiy ofatlarning eng xavflilari qatorida turadi. O'zbekiston Respublikasi hududida va shuningdek, boshqa O'rta Osiyoda joylashgan boshqa davlatlar hududida ham do'l asosan bahor oylarining oxiri va yoz oylarining boshlarida yog'ishi mumkin. Shuning uchun ham uning zararli ta'siri nihoyatda sezilarli bo'ladi, chunki bu vaqtlarda ertangi ekinlar yetilgan va kechkilari ekilib unib chiqqan vaqt bo'ladi. Do'l 5 mm dan 55 mm gacha kattalikdagi muz parchalaridan iborat bo'lganligi uchun (ba'zi hollarda downing kattaligi 130 mm va og'irligi 1 kg atrofida bo'lgan dollar yoqqanligi ma'lum) ekilgan ekinlarning hammasini, daraxtlarning barglari, mevalari va hattoki, mayda shoxlarini sindirib vayron qilib yuboradi.
Do'lga qarshi kurashning zamonaviy usullari ishlab chiqilgan. Buning uchun hozirgi zamonda mavjud bo'lgan maxsus texnikalar yordamida bulutlarning eng sovuq qatlamlariga maxsus reagentlar bilan ta'sir ko'rsatiladi. Bu bilan ularning tomchilarga aylanmasdan muzlashiga erishiladi va bu nihoyatda mayda muz parchalarini hosil bo'lishiga olib keladi va ular atmosferaning issiq qatlamlariga kirgandan keyin erib suvga aylanadi yoki maydalashgan muz parchalari do'l zarbini birmuncha yumshatishga olib keladi. Bu usul yetarli darajada samarali usul hisoblansada, lekin u nihoyatda, qimmatga tushganligi uchun va hamma davlatlar ham bulutlarga reagent sepish texnologiyasini o'zlashtirib ulgurmaganligini hisobga olib, bu usulni kelajakda qo'llanilishi mumkin bo'lgan usul sifatida keltirib o'tildi.