6. Hislarni kechirish shakllari
Hissiy kechinmalar turli hollarda turlicha tezlik bilan paydo bo`ladi. Ba`zan hissiyotlar juda to`satdan, darhol paydo bo`ladi. Masalan, kishi birdan xursand bo`lib ketadi, darhol g`azabga keladi, achchiqlanadi va hokazo. Lekin ba`zan shu hissiyotlarning o`zi daf`atan qo`zg`almaydi, balki asta-sekin tug`ila boshlaydi. SHunday hissiy kechinmalar borki, ularning qay darajada tez paydo bo`lmasligini belgilash qiyin yoki butunlay belgilab bo`lmaydi. emotsional kechinmalarning kuchi turlicha bo`lishi mumkin. Hissiyotning kuchi avvalo yoqimli va yoqimsiz tuyg`ularning naqadar kuchli bo`lishidadir. Hissiyotning kuchi shu hissiyotni shaxsning naqadar ehtiros bilan kechirayotganligi bilan belgilanadi. Hissiyotning qo`zg`alish xususiyatlari paydo bo`lish yo`lini, kuchi va barqarorligi bir qancha sabablarga bog`liqdir. Atrof muhitning holati, shu paytdagi ehtiyojlarning kuchi, shu xislat tuzilishiga sabab bo`lgan hodisalarning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatini anglashi, odamning dunyoqarashi, bu xislat qanday vaziyatda paydo bo`lishi va o`tishi, hamda shaxsning individual xususiyatlariga bog`liqdir. Hislarning ayni vaqtda naqadar tez, kuchli va barqaror bo`lishiga ko`ra, his-tuyg`ularning quyidagi turlari farqlanadi: hissiy ton, emotsiyalar, affekt, jiddiylik holatlari (stress) , kayfiyat va boshqalar. Hissiy ton. Hissiyot ko`pincha faqat hissiy tus sifatidagi ruxiy jarayonning o`ziga xos sifat tomoni tariqasida namoyon bo`ladi. Yoqimli suhbatdosh ekan, kulgili voqea, yoqimsiz hid, zerikarli kitob, ko`ngildagi mashg`ulot, xushchaqchaq sayohat, og`ir ish kabilar. Hissiy ton - sezgi yoki idrok jarayonida shaxsning idrok qilayotgan narsa yoki hodisaga munosabatini ifodalovchi maxsus hissiy buyok, yoqimli yoki yoqimsiz idrok bilan bog`langan hissiyot. Masalan, og`riq va bir qator kuchli qo`zg`ovchilar yaqqol ifodalangan yoqimsiz hissiy ton bilan ajralib turadi. emotsiya - bu qandaydir bir hissiyotning bevosita kechirilishidir. Musiqani sezuvchi kishining kontsertda o`zi yaxshi ko`rgan kuyni yaxshi ijrochi ijrosida tinglab, kechirish, his qilish natijasida rohatlanish, hayratda qolish kabi holatlarni emotsiya deyiladi. Ba`zan odam qo`rquvdan, dahshatdan qotib qoladi, qo`rqquvdan va umidsizlikdan o`zini xavfli ob`ekt tomon otadi. Ba`zan emotsiyalar kishiga kuch beradi. “Tog`ni tolqon” qilishga tayyor bo`ladi. Faol emotsiyalar paytida odam jim tura olmaydi. Affekt tez paydo bo`ladigan, nihoyat darajada kuchli, g`oyat jo`shqinlik bilan o`tadigan qisqa muddatli emotsional holatlardir. Affekt lotincha bo`lib, ruxiy hayajon, ehtiros degan so`zdan olingan. Affektlar ko`pincha to`satdan paydo bo`ladi va ba`zan atigi bir necha minut davom etadi. Affekt holatida kishining ongini tasavvur qilish, fikr qilish qobiliyati torayadi, susayib qoladi. Affektlar vaqtida odamning harakatlari kutilmagan tarzda “portlash”singari birdaniga boshlanib ketadi. Ba`zan affektlar tormozlanish holati tariqasida namoyon bo`ladi va bunday holatda organizm bo`shashib, harakatsiz bo`lib va shalvirab qoladi. Bunday holat ko`pincha odam birdaniga qo`rqqanida, to`satdan quvonganida va shu kabi hollarda “o`zini yo`qotib qo`yish” ko`rinishida namoyon bo`ladi. Har bir kishi o`zida boshlanayotgan affekt holatiga tushmaslik uchun ko`rashmog`i kerak.
Stress - jiddiylik holati. Keskin vaziyat sababli yuzaga keladigan emotsional holatlar stress yoki jiddiylik holati deb ataladi. Jiddiylik - turli jismoniy va aqliy ishlar haddan oshib ketib, havfli vaziyat tug`ilgan paytlarda, zaruriy choralarni tezlik bilan topishga to`g`ri kelganda vujudga keladigan harakatdir. Stress holatining paydo bo`lishi va o`tishining psixologik xususiyatlarini bilish uchuvchilar, kosmonavtlar, elektrostantsiya operatorlari, dispetcherlar, mashinistlar, haydovchilar, sud’yalar, korxona rahbarlari, o`quvchilardan imtixon oladigan pedagoglar va boshqalar uchun ham muhimdir. Ehtiros - muayyan harakatga va muayyan ob`ektga muttasil intilishda kuchli suratda ifodalangan emotsional holatdir. ehtiros ham uzoq davom qiladigan va barqaror bo`lgan hissiy holatdir. ehtiros doimo aniq bir narsaga qaratilgan bo`ladi, masalan, bilimga, ixtirochilikka, musiqaga, mehnatga bo`lgan ehtiros ijobiy ehtiroslarni, mol - dunyoga xirs qo`yish, qimor, qarta, ichqilikka va hokazoga bo`lgan salbiy ehtirosni ajratib ko`rsatish mumkin.
Kayfiyat - odamning nisbatan zaif va o`rtacha kuchga ega bo`lgan, odatda uzoq vaqt davom etadigan ayrim ruxiy jarayonlarga umumiy hissiy tus berib turadigan holat kayfiyat deb ataladi. Pedagogik faoliyatda butun sinf jamoasida sog`lom ishchanlik, vaqti kelganda jiddiyroq, vaqti kelganda quvnoqroq kayfiyat yaratish ta`lim ishi samaradorligining muhim shartidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |