Reja. Hayot faoliyati xavfsizligi-hayotiy zarurat ekanligi


O'zbekiston Jahon Sog'liqni saqlash



Download 179,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana27.10.2022
Hajmi179,94 Kb.
#857055
1   2   3   4
Bog'liq
www.idum.uz---

. O'zbekiston Jahon Sog'liqni saqlash 
tashkiloti tomonidan barqaror epidemiologik vaziyati saqlanib qolgan 
mamlakat, deb e'tirof etildi.
O'zbekiston Respublikasi 2008-yilda qarorgohi Parijda joylashgan «Xalqaro 
epizootiya byurosining sertifikati» bilan taqdirlandi. Ushbu hujjatga muvofiq, 
O'zbekistonga sayyoramizning ko'plab mamlakatlarida keng tarqalgan va katta 
iqtisodiy zarar yetkazayotgan qoramol o'lati kabi infeksiyadan xoli mamlakat 
maqomi berildi. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 1996-yilning 4-martida 
qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil 
etish to'g'risida»gi farmoni favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etishga huquqiy 
asos bo'ldi. Bu vazirlik Mudofaa vazirligi tarkibida bo'lgan «Fuqaro muhofazasi 
va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi» negizida tashkil etildi. 
2011-yilning 24-avgustidagi 242-sonli «O'zbekiston Respublikasi Favqulodda 
vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini yanada 


takomillashtirish to'g'risida» qarori qabul qilindi. Bu qarorga ko'ra O'rta 
maxsus, kasb-hunar
 
 ta' limi muassasalarida «Hayot faoliyati xavfsizligi» 
fanini o'qitish asosiy vazifa qilib belgilandi. 
Unda «Umumta'lim maktablari, akademik litseylari kasb
-hunar kollejlari 
hamda oliy o'quv yurtlarida, ishlab chiqarisbva turar joylarda aholini favqulodda 
vaziyatlarda harakat qilishga o'rgatish umumiy va majburiydir» deyilgan. 
Ma'lumki, respublika iqtisodiyotida gidrotexnik, inshootlarning o'rni 
beqiyos. Biroq, gidrotexnik inshootlardan unumli foydalanish, buzilishlarini oldini 
olish, tozalash, ta'mirlash va shu kabi ishlarni amalga oshirish, aholi va obyektlar 
xavfsizligini ta'minlash davlat ahamiyatiga molik bo'lgan asosiy masalalardan biri 
hisoblanadi. 
O'zbekiston Respublikasining «Gidrotexnik inshootlar xavfsizligi to'g'risida» 
gi qonuni bu boradagi huquqiy asoslardan bo'lib, uning 4-moddasida O'zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, 5-moddasida mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining gidrotexnik inshootlar xavfsizligini ta'minlash borasidagi vakolatlari 
belgilab berildi. Bu kabi inshootlarning xavfsizligini ta'minlash ustidan nazorat 
olib borish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi katta va 
alohida muhim suv xo'jaligi obyektlari texnik holatini hamda bexatar ishlashini 
nazorat qilish davlat inspeksiyasiga berildi. Ushbu maxsus vakolatli organning 
gidrotexnik inshootlari xavfsizligi bo'yicha ko'rsatmalari tarkibida gidrotexnik 
inshootlar bo'lgan korxona, muassasa va tashkilotlar uchun majburiy ekanligi 
qonunda o'z aksini topgan. 
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni ifloslanish hamda 
boshqa zararli harakatlardan qo'riqlash bora-sida Tabiatni qo'riqlash davlat 
qo'mitasi faoliyat ko'rsatmoqda. 
O'tgan davr mobaynida, ya'ni 1996—2000-yillarda turli tusdagi favqulodda 
vaziyatlarni oldini olish borasida huquqiy asoslarni yaratish jaryoni umumiy-
tashkiliy xarakterga ega bo'lgan bo'lsa, 2000-yildan so'ng qabul qilingan bu 
yo'nalishda-gi qonunlar alohida sohalardagi munosabatlarni tartibga soladi. 
Masalan, 2006-yil 26-sentabrdagi «Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat 
xavfsizligi to'g'risida»gi qonunini ko'rish mumkin. 
Qonunda sanoat xavfsizligi talablari, ya'ni xavfli ishlab chiqarish obyektini 
loyihalash, qurish va foydalanishga qabul qilib olishga oid; 
- bunday obyektdan foydalanishga oid; 
- ishlab chiqarish obyekti xodimlariga qo'yiladigan; 
- xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yo'l 
qo'ymaslik va uning oqibatlarini tugatish bo'yicha harakatlarga tayyorgarlik 
ko'rishga oid talablar va bu talablar ustidan davlat nazoratini o'rnatish belgilab 
berilgan. 
Qonunda xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini 
ta'minlash, avariya holatlarini o'rganish komissiyasi O'zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tuzilishi belgilangan. 
Umuman olganda mustaqillik yillarida mamlakat xavf-sizligini ta'minlash, 
ya-'ni uning tarkibiy qismi bo'lgan turli tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini 
olish, ular xavfi va oqibatlarini kamaytirish, insonlar nobud bo'lishiga yo'l 


qo'ymaslik maqsadida mamlakatda o'ziga xos huquqiy-me'yoriy asos 
shakllantirildi. Bu qonunlar va qonunosti hujjatlari gumanistik xarakterga ega 
bo'lib, ularda milliy mentalitet, dunyo qarash, xalqaro huquq tamoyillari chuqur 
singdirilgan. Chunki, bu soha jahon hamjamiyati tomonidan yangi qonunlar 
yaratishni, uni hayotga tatbiq etish borasida o'ziga yangi tizim yaratishni talab etdi. 
Bu borada O'zbekiston o'ziga xos yangi tizim yarata oldi va uning ishlash 
mexanizmini hayotga joriy etdi. Aynan shu tizim mamlakatda ko'plab favqulodda 
vaziyatlarning oldini olmoqda, shuningdek, tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarda 
chet el mamlakatlariga o'zaro yordam ham ko'rsatib kelmoqda. 
«Hayot faoliyati xavfsizligi» o'quv fanining akademik litsey va kasb-hunar 
kollejlarida o'qitilishi dunyoda yuz berayotgan turli tusdagi favqulodda vaziyatlarni 
o'quvchi bilishi, ular xavfini oldindan aniqlash, yuz berganda muhofazalanish 
usullarini o'rganishi, to'g'ri harakat qilishni tashkil etishi hamda atrofdagi 
yordamga muhtoj kishilarga yordam berishi, ularni xavfli hududlardan olib chiqib 
ketishi, birinchi tibbiy yordam berishi, shuningdek, bunday xavflardan moddiy 
boyliklarni muhofaza eta olishiga qaratilgan. 
Bugun yuz berayotgan turli tusdagi favqulodda vaziyatlarda inson omilining 
ham o'rni katta ekanligini anglagan holda, tabiatga beparvolik bilan bo'layotgan 
munosabat, o'z kasbining bilimdoni emasligi, mas'uliyat hissini shakllanmaganligi, 
loqaydlik kabi illatlarning o'rni katta ekanligini tushunib olishlari kerak bo'ladi. 
Xulosa qilib aytganda, ushbu fanni o'rgatishda asosiy e'tibor shaxsiy va 
jamoat xavfsMigi asoslarini o'rgatish, xavfli vaziyatlarni ko'ra bilish, uni baholash 
hamda favqulodda vaziyatlarda uyda, ko'chada, jamoat transportida bajarilishi 
kerak bo'lgan xatti-harakatlarni o'rgatishga, fanni o'qitish mobaynida har bir 
o'quvchi ongida o'z-o'zini va jamoat a'zolarini muhofazalash stereotiplarini tarkib 
toptirish asosiy maqsad qilib qo'yildi. Shunga binoan: 
- ta'lim oluvchilarda favqulodda vaziyatlarda o'z hayotini, sog'lig'ini himoya 
qilishni o'rgatishga oid bilimlar berish; 
- favqulodda vaziyatlar sodir bo'lganda ularning talofotlarini bartaraf etishni 
o'rgatish; 
- favqulodda vaziyatlar natijasida shikastlanganda o'z-o'ziga va o'zaro yordam 
berish yo'llarini o'rgatish; 
- xavfli vaziyatlarni oldindan ko'ra bilish, baholash va ulardan 
muhofazalanish yo'llarini topishni o'rgatish masalalari fan mohiyatini tashkil etadi. 
 
Favqulodda vaziyatlar tavsifiga ko’ra, sababi va kelib chikish manbaiga ko’ra 
quyidagi turlaga bo’linadi: 
1 Тabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar ; 
2 Тexnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar; 
3 Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar;
Тabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar.
 
Тabiiy tusdagi favkulodda vaziyatlarga 
3 xil turdagi xavfli xodisalar kiradi: 



geologik xavfli xodisalar: zilzilalar, yer ko’chishlari, tog’ o’pirilishlari va 
boshqa xavfli geologik hodisalar; 
- gidrometeorologik xavfli hodisalar: suv toshqinlari, sellar, qor ko’chkilari, 
kuchli shamollar (dovullar), jala va boshqa xavfli gidrometerologik hodisalar; 
 - 
favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar:
 
alohida xavfli 
infeksiyalar (o’lat, vabo, sarg’ayma, isitma), yuqumli kasalliklar, Bril kasalligi, 
zoonoz infeksiyalar,SPID va boshqlar kiradi. 
Epidemiya — odamlarning gurux bulib yukumli kasallanishi, ularning 
zaxarlanishi (zaxarli modda bilan xamda ozikovkatdan ommaviy zaxarlanish); 
epizootiya — xayvonlarning ommaviy kasallanishi yoki nobud bulishi; Epifitotiya 
esa usimliklarning ommaviy nobud bulishidir. 
Тexnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar. Тexnogen tusdagi favqulodda 
vaziyatlarga quyidagilar kiradi: 
-Gidrotexnik inshootlardagi falokatlar va halokatlar – bu gidrotexnik 
inshootni yoki uning biror qismini ishdan chiqib buzilishi natijasida boshqarib 
bo’lmaydigan juda katta suv massasini bostirib kelishi tufayli yuzaga keladigan 
favqulodda vaziyat; 
-Yong’in chiqish, portlash xfvi bo’lgan ob’ektlardagi favqulodda vaziyatlar; 
-Тransport, energetika, va kommunal tizimlardagi falokatlar va
halokatlar; 
-Magistral quvur tarmoqlari, neft va gaz burg’ulash maydonlaridagi
bo’lishi mukin bo’lgan avariyalar; 
-Kimyoviy va radiatsion xavfli bo’lgan ob’ektlardagi falokatlar va
halokatlar. 
Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar.
 
Ekologik tusdagi favqulodda 
vaziyatlar ham 3 turga bo’linadi: 
-Quruqlik (tuprok, yer osti) ing holati o’zgarishi bilan bogliq vaziyatlar: 
halokatli ko’chkilar - foydali qazilmalarni qazish chog’ida yer ostiga ishlov 
berilishi va insonning boshqa faoliyati natijasida yer yuzasining o’pirilishi, siljishi, 
tuproq va yer sanoati tufayli kelib chiqadigan toksikantlar bilan ifloslanishi, og’ir 


metallar, neft maxsulotlari, shuningdek, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida 
odamlarning sog’ligi uchun xavf soluvchi konsentratsiyalarda qo’llaniladigan 
pestitsidlar va boshka zaxarli ximikatlar mavjudligi. 
-Atmosfera (xavo muxiti) tarkibi va xossalari o’zgarishi bilan bog’lik bo’lgan 
vaziyatlar: havo muxitining quyidagi ingridiyentlar bilan ekstremal yuqori 
ifloslanishi, oltingugurtli oksid, azotli oksid, uglerodli oksid, dioksid, qurum, 
chang va odamlar sog’ligiga xavf soluvchi konsentratsiyalarda antropogen tusdagi 
boshqa zararli moddalar, keng kulamda kislotali xududlar xosil bulishi va kup 
miksorda kislota chiqindilari yog’ilishi, radiatsiyaning yuqori darajasi; 
- Gidrosfera holatining o’zgarishi bilan bog’liq vaziyatlar: 
Yer yuzasi va yer osti suvlarining sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab 
chiqarishi oqavalari, neft mahsulotlari, odamlarning zaxarlanishiga olib 
kelgan yoki olib kelishi mumkin bo’lgan, tarkibida og’ir metallar, har xil zaxarli 
ximikatlar mavjud chiqindilar va boshqa zararli moddalar bilan eksteremal yuqori 
darajada ifloslanishi; 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko’ra bizning 
mintaqamizda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarni 7 xil 
turdagisi bo’lishi tasdiklangan. Bular: 
- zilzilalar, yer surilishi; 
- sel, suv toshkinlari va boshkalar; 
- kimyoviy xavfli ob’ektlarda avariya va falokatlar (o’tkir zaxarli 
moddalarning ajralib chikishi); 
- portlash va yongin xavfi mavjud ob’ektlardagi avariya va falokatlar; 
- temir yul va boshqa transport vositalarida tashish paytidagi avariya va 
falokatlar; 
- xavfli epedemiyalarning tarkalishi; 
-
radioaktiv manbalardagi avariyalar. 
Yuqoridagilardan tashqari favkulodda vaziyatlar tarkalish maydoniga,
ko’lamiga karab kura 4 guruxga bulinadi: 
1 Lokal favqulodda vaziyatlar; 


2 Maxalliy favqulodda vaziyatlar; 
3 Respublika favqulodda vaziyatlar; 
4 Тranschegaraviy favqulodda vaziyatlar 
Lokal favkulodda vaziyat
-
biror ob’ektga taalluqli bo’lib, uning miqyosi 
o’sha ob’ekt hududi bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan ortiq 
bo’lmagan odam jabrlangan yoki 100 dan ortiq bo’lmagan odamning hayot 
faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo 
bo’lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortik 
bulmagan mikdorni tashkil etgan hisoblanadi.Bunday favqulodda vaziyatlar 
oqibatlari shu ob’ekt kuchi va resurslari bilan tugatiladi. 
Maxalliy tusdagi favqulodda vaziyat 

aholi yashaydigan hudud (aholi punkti, 
shahar, tuman, viloyat) bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan 
ortiq, biroq 500 dan kam bo’lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan 
yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bo’lgan kunda eng kam oylik ish 
haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiqni, biroq 500 ming baravaridan ko’p 
bo’lmagan miqdorni tashkil etgan hisoblanadi. 
Respublika tavsifdagi favqulodda vaziyat 

favqulodda vaziyat natijasida 500 
dan ortik odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar paydo 
bo’lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 0,5 million baravaridan 
ortig’ini tashkil etadigan, hamda favqulodda vaziyat mintakasi viloyat 
chegarasidan tashqariga chiqadigan, respublika mikqyosida tarqalishi mumkin 
bo’lgan favqulodda vaziyat tushuniladi. 
Тranschegaraviy 500 dan ortik odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan 
yoxud moddiy zarar paydo bo’lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 0,5 
million baravaridan ortig’ini tashkil etadigan, hamda favqulodda vaziyat mintakasi 
viloyat chegarasidan tashqariga chiqadigan, respublika mikqyosida tarqalishi 
mumkin bo’lgan favqulodda vaziyat tushuniladi. 
Bunday falokat okibatlari xar bir mamlakatning ichki kuchlari va mablagi 
bilan hamda xalqaro hamjamiyat tashkilotlari mablaglari xisobiga tugatiladi. 


Vatanimiz hududida tabiiy ofatlarning ko’proq uchrab turishi uning tabiiy 
tuzilishi bilan bog’liqdir.
Har bir tabiiy ofat sodir bo’lish joyi, sababi, ko’lami, u bilan bog’liq bo’lgan 
moddiy zarar va boshqa xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Respublikamizda asosan tabiiy ofatlardan zilzila, sel, toshqin, qor ko’chkisi 
kabilar yuz berish ehtimoli yuqoriroqni tashkil etadi. 
Zilzila. Zilzila tabiatda sodir bo’ladigan eng xavfli hodisalarning biridir. 
Haqiqatda zilzilaning sodir bo’lish davriyligi bir necha o’n yillarni qamrab olsada, 
u sodir bo’lganda qisqa vaqt ichida ming minglab aholiga ega bo’lgan shaharlarni 
vayron qilish qudratiga ega. Shunga qaramasdan kishilar bunday xavf olidada 
esankirab qolmasdan, uning oqibatlarini bartaraf qilishga, shikastlanganlarga 
yordam berishga oshiqadilar va xarobalar o’rnida yanada zamonaviyroq maskanlar 
barpo etadilar.
“Zilzila emas, bino va uning predmetlari kishilar o’limiga sababchi bo’ladi” 
– deydi muhandis-seysmologlar. Haqiqatda sarosima va vahimaga berilgan 
kishilar, qaltis harakat qilishi oqibatida qo’imcha noxushliklarni paydo qiladi. 
Zilzila 
keltiradigan 
talofatlarni 
kamaytirish 
uchun 
quyidlagilarga 
e’tiborqaratish lozim: 
- seysmik bardoshli inshootlarni loyihalashtirish va binolarni
zilzila kuchiga bardoshli qilish loyihalashtirish: 
- mavjud inshootlarni mustahkamlash, eski va zaif inshootlarda buzilish 
xavfini oldini olish uchun mustahkamlash ishlarini olib borish; 
- insonlar xavfsizligini ta’minlovchi puxta uqurilish me’yorlari va qoidalarini 
ishlab chiqish va unga amal qilish; 
- seysmik xavfning manbai bo’lgan, yer uzilmalari, ko’chki tarqalgan 
maydonlarda qurilish ishlarini qat’iy man etish; 
- qutqaruv xizmatini tayyorgarligini kuchaytirish vaxavf yuzaga kelganda 
harakt qilish rejalarini ishlab chiqish; 
- insonlar zilzila haqida ma’lumotgaega bo’lishi va doimo tayyorgarlik chora-
tadbirlarini ko’rib quyishi; 


- aloqa vositalaridan umumiy holatda berilgan ma’lumot asosida aholini 
dastlabki tayyorgarligini zudlik bilan amalga oshirish; 
-malakali mutaxassislarga ega bo’lgan xizmat ko’rsatish bo’limlari 
shikastlanganlarga tez tibbiy yordam ko’rsatishi, yong’inni nazorat qilishi, jamoat 
tartibini saqlashi va me’yoriy turmush tarzini tiklashi; 
- har bir kishi nafaqat o’zi to’g’risida, balki boshqalar to’g’risida ham 
qayg’urishi va yordam berishi; 
-tegishli tashkilotlar elektr manbai, suv tarmog’i, transport harakatini tiklash 
bo’yicha keng ko’lamli ishlarni amalga oshirishlari; 
- zilzila talofatidan aziyat chekkan insonlar, aholi o’rtasida hukumat yordami 
bil xilda bo’lishini ta’minlash; 
- jamoat tashkilotlari ayrim yoki bir guruh shikastlanganlarga yordam 
ko’rsatish, kuchli qo’rquv va vahima holatiga tushib qolgan insonlarga yaqindan 
malahat va tavsiya berish. 

Download 179,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish