Reja: Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha



Download 54,52 Kb.
bet11/11
Sana03.01.2022
Hajmi54,52 Kb.
#315387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-maruza

Ish joyi - bu inson mehnat faoliyatini amalga oshirishga “Inson-mashina ishlab chiqarish muhiti” tizimida ma'lumotlarni aks ettirish vositalari, boshqarish qismlari va yordamchi jihozlar bilan jihozlangan joydir. Ish joylari yakka va jamoa turlarga bo'linib, “tikka”, “o'tirib” va “tikka-o’tirib” ishlashga mo'ljallanadi. Egronomika ish joylarini loyihalashga talablarni ifodalab beradi. Asosiy va qo'shimcha harakat zonalarni aniqlaydi, tegishlicha poldan balandlik bo'yicha, simmetriya o'qidan front bo'yicha jihozlarning joylashish zonalarini aniqlab beradi.

Odam har xil ishchi holat (tik, o'tirgan, yotgan va engashgan)larining optimal va chegaraviy o'lchamlarini aniqlash uchun ish joyini qulay tashkil qilishda ishlatiladigan zarur antropometrik ma’lumotlar tizimlashtiriladi. Ishning va ishchi holatlarning harakteriga bogliq hamda har xil turdagi ishchi stollar va o'rindiqlarni konstruksiyalash bo'yicha umumiy tavsiyalar yaratiladi.

Ish joyini rejalashtirish va joylashtirishda quyidagi tamoyillarga amal qilish tavsiya qilinadi: boshida to'liq rejalashtirish, keyin qismlarini, oldin optimal holda, keyin amaliy ruxsat qilinganini; ish jarayoni va jihozni rejalashtirishga yagona tizim talablari bilan yondashish.

Ish joyini tashkil qilishda quyidagilarni ta'minlash maqsadga muvofiq: operatorning ma'qul ishchi holati (tik yoki o'tirgan holda); muhimligi va ko'rish maydoni doirasida foydalanish jadalligiga qarab boshqarish qismlari va indiqatorlarini qulay joylashtirish; operatorga harakatlanish va siljishda yetarli erkinlik berilishi; ish joyi elementlarining eng yaxshi ko'rinishi; insonning antropometrik, fiziologik va psixologik tavsiflarining ish joyi konstruksiyasiga mosligi; mashinadan kelayotgan ma’lumotlar tezligi va hajmining inson tomonidan qabul qilish va ishlov berishi imkoniyatlariga mosligi; operatorlarning ish vaqtida qisqa muddatli dam olishlari uchunf sharoit bo'lishi; ishlovchilarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish.

Ish joyi o'zida ma'lumot (MAEV joylashgan bo'shliq) va motor (boshqarish qismlari joylashgan bo'shliq) maydonlarini tashkil qiladi (1-rasm).

Ma'lumot maydonida bir-biridan farqli uchta zona mavjud: birinchi zonada - ko'rsatkichlarni aniq va tez hisoblash talab qilingan MAEV joylashgan (rasmga qarang); ikkinchi zonada ko'rsatkichlarni kamroqi aniqlik va tezlikda hisoblash talab qilingan MAEV joylashgan; uchinchi zonada juda kam ishlatiladigan vositalar joylashadi.



Motor maydoni ham 3ta zonadan iborat: juda tez foydalaniladigan (bir minutda kamida 2 marta) va optimal yeta oladigan juda muhim: boshqarish qismlari joylashgan - birinchi zona; tez ishlatiladigan boshqarish qismlari (1 soatda 2 martadan ko'p) va yengil eta oladigan kam muhim vositalar joylashgan - ikkinchi zona; kam ishlatiladigan (1 soatda 2 martadan kam) vositalar joylashgan -uchinchi zonalardan iborat.



1 – rasm. Ish mintaqalari parametrlari.
Ish joyining asosiy qismlaridan biri operatorning kreslosi (o'rindig'i) hisoblanadi. U operatorga fiziologik jihatidan mehnat harakteri va sharoitiga binoan qulay ishchi holat (poza)ni ta'minlash va funksional shinamlikni ta'minlash mezoni bo'lishi lozim. Kreslo o'z ichiga o'tirgich, suyanchiq va tirsak qo'ygichlar hamda qo'shimcha elementlar - bosh qo'ygich va oyoq qo'ygichlardan iborat bo'ladi. Kresloning hamma qismlari vertikal va gorizontal tekislikda, hamda ma'lum burchakka sozlanadigan bo'lishi kerak. Yana u polga nisbatan mustaxkamlanadigan moslama, hamda zarur bo’lgan hollarda vertikal o'q bo'yicha 180-360° buraladigan moslamaga ega bo'lishi lozim. Harakatlanadigan texnikada kreslo xavfsizlik tasmasi bilan jihozlanishi lozim.Ish joyida odamning kompleks harakatlarini loyihalashda quyidagi qoida va nizomlarni bilish foydali: harakat trayektoriyasi va sonini minimumgacha; harakatning oddiy va ritmik bo’lishi; har bir harakat keyingi harakatni boshlash uchun qulay holda tugashi; o'tgan va bo’lajak harakatlar bir-biri bilan tekis bog'langan bo'lishi; harakatni boshlash va tugatish uchun zarur bo'lgan vaqt taxminan doimiy va yo’l uzunligiga bog’liq bo’lmasligi; qo'lning egri chiziqli uzluksiz harakati to'satdan yo'nalishini o'zgartirgan yakka harakatdan tez bo'lishi; aylanma harakat ilgarilama harakatdan tez bo’lishi; qo'lning gorizontal harakati vertikalga nisbatan aniq va tez bo'lishi; agar harakatda ikkala qo'l qatnashsa, ular vaqt bo'yicha simmetrik va sinxron (tekis) bo'lishi (bir vaqtda boshlanishi va tugashi kerak).Tizimlarning muvaffaqiyatli ishlab turishini ta'minlash uchun ergonomika sohasidagi mutaxassisllar uni 5 xil jihati (moslik)ka ajratadilar: ma'lumot, biofizik, energetik, fazoviy - antropometrik va texnikaviy estetik jihatlar.Ma'lumot jihatining maqsadi - mashinaning barcha tavsiflarini aks ettirish va operatorning bu ma’umotlarni xatosiz qabul qilish va ishlov berish, uni va xotirasini zo'riqtirmaslik demakdir. Natijada operator mehnatining xavfsizligi, aniqligi, sifati va unumi ta'minlanadi. Biofizik jihatiida - shunday atrof-muhitni tashkil qilish tushuniladiki, bunda operator uchun normal fiziologik holat va zarur ish qobiliyati ta'minlab beriladi. Misol: mashinalarni yaratayotganda muhitning shovqin, titrash, yorug’lik va havo muhitining ko'rsatkichlarini maxsus izlanish zaruriyati paydo bo'ladi.Energetik jihatidan mohiyati- mashinaning boshqarish qismlari bilan operator optimal imkoniyatlarining kelishuvi ko'riladi. Bunda operator tomonidan qo'yilgan kuch, sarflangan quvvat hamda mashina harakatining tezligi va aniqligi nazarda tutiladi.

Fazoviy-antropometrik jihatida - ish jarayonida odam tanasining o’lchamlarini, tashqi fazoning ko'rinish imkoniyati va operatorning holatini hisobga olish nazarda tutiladi. Bu masalani yechish uchun ish joyining hajmi, operatorning yeta olish qobiliyati va uning pultgacha bo'lgan masofasi va boshqalar aniqlanadi.



Ergonomikaning texnikaviy-estetik jihatilari - mehnat jarayonida insonning mashina bilan muloqotda bo'lishi natijasida qay darajada qanoatlanganligining ta'minlanishini ko'rsatadi.

TAYaNCH IBORALAR:

Mehnat muhofazasi, ishlab chiqarishdagi xavfli omil, ishlab chiqarishdagi zararli omil, elektr xavfsizligi, shikastlanish, mehnat sharoiti, shaxsiy himoyalanish vositalari, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa, kasb kasalligi, faoliyat, biosfera, litosfera, gidrosfera, planeta, global, ekotizim, texnosfera, domografiya, urbanizatsiya.
Download 54,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish