Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan
ishlab chiqilgan konventsiyalardagi ishchi kelishuv, qiqrq soatlik ish haftasi, bayram
kunlari ishlagani uchun haq to’lash, onalik huquqini himoyalash, majburiy mehnatni
yo’q qilish, bandlik va faoliyat to’risidagi kelishuv, ishchilar vakilligi va mehnatni
taqdirlash kabi masalalar keng o’rganilib, amaldagi qonun va boshqa me’yoriy
hujjatlarda o’z aksini topgan.Ayniqsa respublikamiz mustaqillik yillarida Xalqaro
Mehnat Tashkiloti konvensiyalarini ratifikatsiya qilinishi
(C29 Forced Labour
Convention, 1930 Uzbekistan,1992 ratified, C47 Forty-Hour Week Convention, 1935
Uzbekistan,1992 ratified, C52 Holidays with Pay Convention, 1936 Uzbekistan, 1992
ratified C98 Right to Organise and Collective Bargaining Convention, 1949
Uzbekistan, 1992 ratified, C100 Equal Remuneration
Convention, 1951
Uzbekistan,1992 ratified, C103 Maternity Protection Convention
(Revised), 1952 Uzbekistan, 1992, ratified, C105 Abolition of Forced Labour
Convention, 1957 Uzbekistan, 1997 ratified, C111 Discrimination (Employment and
Occupation) Convention, 1958 Uzbekistan 1992 ratified, C122 Employment Policy
Convention, 1964
Uzbekistan,1992, ratified, C135 Workers' Representatives
Convention, 1971 Uzbekistan,1997 ratified)
respublikmizning xalqaro maydondagi
siyosiy mavqeini yanada mustahkamladi va jahon andozalariga mos keladigan mehnat
qonunlari va boshqa me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishga asos bo’ldi.
Hayot faoliyati xavfsizligi fani tarkibi jihatdan quyidagi qismlardan tashkil
topgan:
- hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari;
-
ishlab chiqarishda hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy va tashkiliy
masalalari;
-
ishlab chiqarishda sanitariya va gigiyena asoslari;
-
ishlab chiqarishda texnika xavfsizligi asoslari;
-
ishlab chiqarishda elektr xavfsizligi;
-
ishlab chiqarishda yong’in xavfsizligi;
-
favqulodda vaziyatlar turlari va ularning tasnifi;
-
favqulodda vaziyatlarda aholi va atrof muhit muhofazasining huquqiy
asoslari;
-
tabiiy, radiatsion, kimyoviy va biologik favqulodda vaziyatlar tasnifi;
-
favqulodda vaziyatlarda qishloq xo’jalik inshootlarida barqarorlikni ta’minlash
va kechiktirib bo’lmaydigan qutqaruv-tiklash ishlarini tashkil etish tadbirlari.
Insonni har qanday faoliyati davomida xavfsizligini ta’minlash qadimgi davrdan
hozirgi kungacha muhim masalalardan biri bo’lgan va bo’lib kelmoqda. 1950-yil
sentyabr oyida Germaniyaning Kyoln shahrida bo’lib o’tgan birinchi xalqaro kongresda,
Hayot - faoliyat xavfsizligi fan sifatida qabul qilindi va mustaqil fan sifatida shakllanib
o’z nazariyasi, uslubi va printsiplariga ega bo’ldi.
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fani
muhandislik psixologiyasi, psixofiziologiya,
mehnatni ilmiy tashkil qilish, mehnat fiziologiyasi, mehnat gigiyenasi, antropometriya,
5
ergonomika, texnikaviy estetika, huquqshunoslik, iqtisodiyot, sanoat ekologiyasi,
tibbiyot, geologiya va boshqa
fanlarning yutuqlariga asoslanib, ushbu fanlar bir biridan
tadqiqot qilinadigan yoki o’rganiladigan ob’ektlarining turi, ya’ni,
Do'stlaringiz bilan baham: |