Reja: Gripp kasalligi


JSST grippga qarshi har yili emlanishni quyidagilarga qat'iy ravishda tavsiya qiladi



Download 65,2 Kb.
bet3/3
Sana18.02.2022
Hajmi65,2 Kb.
#456674
1   2   3
Bog'liq
Gripp kasalligi va oldini olish.

JSST grippga qarshi har yili emlanishni quyidagilarga qat'iy ravishda tavsiya qiladi:

  • homiladorlikning har qanday bosqichidagi homilador ayollar

  • 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar; 

  • keksa odamlar (65 yosh va undan katta); 

  • surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar;

  • sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari.

O‘zbekistonda grippga qarshi bepul vaksinatsiya epidemiologik ko‘rsatmalarga asosan amalga oshiriladi. Budjet hisobidan xarid qilingan vaksinalar asosan og‘ir yurak-qon-tomir kasalligiga chalingan va tez-tez kasal bo‘ladigan bolalarga beriladi. Epidemiologik vaziyatga qarab odamlar bilan ko‘p muloqotda bo‘ladigan kasb egalari ham bepul emlanadi.
Gripp virusining 3 turi mavjud: A, B va C. A tipidagi viruslar sirtki oqsil birikmalariga qarab quyi turlarga bo‘linadi. Gripp viruslarining xilma-xilligi orasida A (H1N1) va A (H3N2) kichik tiplari eng ko‘p tarqalgan viruslardir. Virusning dominant turlarini/kichik turlarini bilish gripp epidemiyasi boshlanishidan oldin vaksinani tanlash uchun muhimdir.
Emlash mumkin bo‘lmagan holatlar ham mavjud, ammo ular ko‘p emas:
6 oylikdan kichik chaqaloqlar.
Oldingi vaksina yoki uning tarkibiy qismlariga nisbatan kuchli allergik reaksiyalar (agar sizda biror-bir dori yoki oziq-ovqat mahsulotiga qattiq allergik reaksiya yuzaga kelgan bo‘lsa, vaksinani tanlashda shifokor bilan maslahatlashishni unutmang).
Har qanday kasallikning og‘ir bosqichida emlash tiklanishgacha qoldirilishi kerak, ammo bekor qilinmaydi.
Surunkali kasallanish mavjud bo‘lsa, emlash o‘tkazish imkoniyati haqida shifokorga murojaat qiling.
E'tibor bering, homiladorlik va laktatsiya davri emlash man qilingan holat hisoblanmaydi. Zamonaviy vaksinalar tarkibida homiladorlik paytida homilaga yoki laktatsiya davrida bolaga zarar yetkazuvchi viruslar mavjud emas. Aksincha, homiladorlik paytida og‘ir turdagi kasallanish yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqqa yuqishining oldini olish uchun onani himoyalash muhimdir.
Davolash
Aksariyat hollarda maxsus davolash talab etilmaydi. Grippda suvsizlanishdan saqlanish uchun ko‘p suyuqlik ichish juda muhim (va ko‘p hollarda bu asosiy davolash usulidir). Boshqa chora-tadbirlar kasallik alomatlarini yengillashtiradigan dorilarni (harorat tushiruvchilar, burun tomchilari/spreylari va boshqalar) o‘z ichiga oladi.
Virusga qarshi dorilar mavjud, ammo ularni faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha olish kerak. Samaradorlikka davolash boshlanishida kasallik belgilari paydo bo‘lgandan keyingi dastlabki 48 soatda erishiladi.
Shuni yodda tutish kerakki, gripp virusining ushbu dorilarga nisbatan qarshiligi allaqachon mavjud va shuning uchun uni davolashdan ko‘ra kasallikning oldini olish bilan shug‘ullanish yaxshiroqdir.
Hech qanday «immunostimulyator» va «immunomodulyator»ning grippni davolash bilan aloqasi yo‘q. Ularning na samaradorligi, na xavfsizligi tegishli tadqiqotlarda isbotlangan. Antibiotiklardan esa asoratlanmagan grippni davolashda foydalanmaslik kerak (chunki antibiotiklar virus bilan emas, balki bakteriyalar bilan kurashadi).
Gripp keng tarqaladigan o‘tkir yuqumli kasalliklardan biri bo‘lib, deyarli dunyoning barcha mamlakatlarida uchraydi. Mavsumiy ko‘tarilish ko‘rsatkichlari yilning noyabr, mart oylariga to‘g‘ri kelsada, ko‘p hollarda kuz-qish oylarida kuzatiladi.
Gripp kasalligiga barcha yoshdagilar moyil bo‘lib, ayniqsa, nimjon, ya’ni immuniteti past bolalar, keksa yoshdagilar, homilador ayollar hamda surunkali xastaliklari bo‘lgan kishilarda og‘ir kechadi. Shu sababli grippga qarshi immunitetimizni kuchaytirishimiz zarur. Uning uchun C va E vizaminiga boy meva va sabzavotlardan ko’p iste’mol qilish zarur.
Keling endi xalq tabobatida gripp kabi yuqumli kasalliklarga qarshi qo’llanilgan muolaja turlariga bir razim solaylik.
Piyoz bilan davolash: Piyoz gripp infektsiyasiga qarshi organizmni himoyalashga yordam beradi. Yuqori isitma, gripp, yo'tal va allergiya uchun yaxshi samara beradi.
Masalliqlar:
1 dona piyoz
2 stakan suv
Piyozning po'stlog'i archiladi va 2 stakan suvga solinadi. Qopqog'i yopiq holda besh daqiqa qaynatiladi. Keyin suvidan suzib olinadi va iste’mol qilinadi.
Zanjabil choyi:
1 osh qoshiq zanjabil
1 stakan suv
1 osh qoshiq limon sharbati
1 osh qoshiq asal
1 stakan suvga 1 osh qoshiq qirg’ichdan chiqarilgan zanjabil ilova qilinadi va qaynatiladi. Agar zanjabil ko’p qaynatilsa ta’mi achchiq bo’lib qoladi. Shu sababli, suv qaynashi bilan o’chiriladi va 5 daqiqa damlanadi. So’ngra suzgich vositasida suzib olinadi va limon sharbati ilova qilinib iste’mol qilinadi.
Gripp choyı;
Jo’ka
Zanjabil
Qalampirmunchoq
Dolchin
Suv
Bu masalliqlarning barchasidan bir tutam choynakka solinadi va qaynatilgan suv ilova qilinadi. Bir necha daqiqa damlanadi. Damlangan choy suzgich yordamida suzib olinadi va iste’mol qilinadi. İchiga limon va asal ham ilova qilishingiz mumkin.
Namatak choyi;
Namatak choyi shamollash va gripp kabi yuqori nafas yo'llari kasalliklariga qarshi juda samarali yechimdir.
Masalliqlar:
1,5 – 2 choy qoshiq namatak
Suv
Asal
1 stakan choy uchun 1.5-2 choy qoshiq maydalangan namatak kerak bo’ladi. 1 stakan qaynatilgan suvga 1.5 yoki 2 qoshiq namatak ilova qilinadi va 10-15 daqiqa damlanadi. So’ngra suzib olinadi va iste’mol qilinadi. İchiga biroz asal ilova qilishingiz ham mumkin.
Gripp va shamollashga qarshi anor va karabash o’ti
Anor po’stlog’i 1 yarim stakan xlorsiz suvda past olovda qaynatiladi. 5 daqiqa qaynagach, 3 boshoq karabash o’ti ilova qilinadi va yana 3 daqiqa qaynatiladi. Ushbu damlanani kunda bir marta och qoringa iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Ushbu muolaja usulini bir hafta davom ettirish tavsiya qilinadi.
Exinatseya o’simligining ba’zi turlari immunitet tizimiga va ayniqsa sovuqqa qarshi shikoyatlarga samarali ta'sir qiladi.
Jo’ka yallig'lanishga qarshi va og'riq qoldiruvchi ta'sirga ega bo’lib, u tomoqni yumshatadi va shamollash shikoyatlarini engillashtiradi. Yo’talni qoldirishga yordam beradi.
Dorivor shalfey o'simligi og'iz va tomoq yallig'lanishini davolashda samaralidir. Choy shaklida damlangan o’simlikda og’ir chayqaladi. Shalfey va exinatseya o’ti birgalikda aralashtirilsa yana ham foydali bo’ladi.
Limon va asal ilova qilinadigan zanjabil ildizi damlamasi ham shamollash, tomoq og’rig’i va yo’talni davolashga yordam beradi. Qolaversa zanjabil immunitetni kuchlantiradi.
Qalampirmunchoq og’iz va tomoq yallig’lanishiga qarshi samaralidir.
Tut shinnisi ham shamollash va grippga qarshi foydali hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar.




  1. Ichki kasalliklar Sharapov U.F. T:IbnSino, 2003

  2. Ichki kasalliklar Bobojanov S. T:Yangiasravlod, 2008

  3. Diagnostika bolezney vnutrennix organov. Okorokov A.N. Vse tomi.2005.

  4. Lechenie bolezney vnutrennix organov. Okorokov A.N. Vse tomi.2005.

  5. Klinicheskie rekomendatsii dlya praktikuyushix vrachey Pod red. I.N. Denisova i dr. M.:GEOTAR-Media,2002

  6. Vnutrennie bolezni: uchebnik.- v 2-x t. (1t) Pod red. Martinova i dr. M.: GEOTAR-Media , 2005:

  7. Vnutrennie bolezni: uchebnik.- v 2-x t.(2 t.) Pod red. Martinova i dr. M.: GEOTAR-Media , 2005:

  8. Sekreti gastroenterologii. MakNelli P.R. M.:Binom – SPb.: Nevskiy dialekt, 2001

  9. Sekreti revmatologii. Vest S.Dj. M.:Binom – SPb.: Nevskiy dialekt, 2001.

  10. Differensialniy diagnoz vnutrennix bolezney. Vinogradov A.V. M.: Meditsinskoe informatsionnoe agenstvo, 2009.

  11. Vnutrennie bolezni v voprosax i otvetax. Red.Yu.R.Kovalev. SPb.:FOLIANT, 2004.

  12. Pishevaritelnaya sistema. Teshaev O.R. T.:Tafakkur bustoni, 2011

  13. Respiratornaya sistema. Teshaev O.R. T.:Tafakkur bustoni, 2011

  14. Metodicheskoe posobie po realizatsii obrazovatelnogo standarta po podgotovke VOP Chast 1 2011. Tashkent

  15. Amaliy elektrokardiografiya (Tibbiyot oliy ta'lim muassasalari 6-7 kurs talabalari va umumiy amaliyot shifokorlari uchun uslubiy kullanma Toshkent 2011)

Download 65,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish