Mamlakatimiz yoshlari oʻrtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik va giyohvand moddalar tarqalishining oldini olish, bu borada yoshlarning tushunchalarini kengaytirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Shu oʻrinda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamda Respublika narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha davlat komissiyasi aʼzolari oʻrtasida “Yoshlar orasida giyohvand vositalarning tarqalishiga qarshi kurash” tezkor profilaktik tadbirini oʻtkazishqoʻshma-rejasi asosida shu yilning 18 fevral kuni soat 15:00 da Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida “Yoshlar — narkotik va giyohvandlikka qarshi” mavzuida davra suhbati oʻtkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |