2019 yilda respublikamizda giyohvandlik vositalari bilan bog'liq 4611 ta jinoiy holat aniqlangan bo'lsa, bu turdagi jinoyatni sodir etgan 3636 nafar shaxs ushlangan. Ulardan 802 nafarini 14-29 yoshda bo'lganlar tashkil etadi. YAnayam yomoni, 38 nafar talaba va o'quvchi giyohvandlik vositalari bilan bog'liq jinoyatlarga qo'l urgan. Birgina misol, o'tgan yilning 20 noyabr` kuni Toshkent davlat texnika universiteti 1-bosqich talabasining yonidan tarkibida giyohvandlik vositasi bo'lgan 10 dona «Tramadol» dori vositasi olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |