Reja: Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini strategik boshqarish xaqida umumiy ma’lumotlar



Download 23,34 Kb.
Sana13.02.2022
Hajmi23,34 Kb.
#447493
Bog'liq
7-Ma'ruza (1)


Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi bo’yicha davlat nazorati
Reja:
1.Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini strategik boshqarish xaqida umumiy ma’lumotlar
2.Texnogen xavfsizlikni boshqarish elementlari
Tayanch iboralar: potensial xavfli, ma’muriy boshqarish.
Deyarli barcha rivojlangan davlatlarda murakkab texnik ob’ektlar va xavfli ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish jarayonida ularning xavfsizligi nazorat qilib boriladi. Bunday nazoratni tashkil qilishda davlat va mulk egalari, loyihalash va ilmiy tashkilotlar, quruvchilar (pudratchi, subpudratchi) va buyurtmachilar (ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot) o‘rtasida mas’uliyatni oqilona taqsimlash muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
So‘nggi vaqtlargacha ekspluatatsiya qilinayotgan ob’ektning xavfsizligini ta’minlash uni ekspluatatsiya qilayotgan tashkilotning vazifasi deb hisoblab kelinar edi. Loyihalash va qurilish tashkilotlari odatda buyurtmani bajarib bo‘lgandan so‘ng ob’ektning mas’uliyati va xavfsizligini o‘zlaridan soqit qilar edilar. Biroq ishlab chiqarish amaliyoti ko‘pgina holatlarda ob’ektlardagi avariyalar va buzilishlar qidiruv, ilmiy asoslash, loyihalash va qurilish davrida yo‘l qo‘yilgan u yoki bu xatoliklar bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatmoqda. Bunday hollarda potensial xavfli ob’ektlarni loyihalash va qurish davrida yo‘l qo‘yilgan xatoliklar xavfsizlikni ma’muriy nazorat qilish yo‘li bilan xodimlar o‘rtasida ishlab chiqarish intizomini, xususan, shaxsiy himoya vositalarini keng joriy etishni kuchaytirish orqali to‘ldirish mumkin deb hisoblangan. Buning natijasida ob’ekt xavfsizligining nazorati ob’ekt tuzilishi, texnologik jarayon asoslari, ishga yaroqsizlik va avariya rejimlari oqibatlari to‘g‘risida zaruriy bilimga ega bo‘lmagan xodim qo‘liga to‘liq berib qo‘yilgan. Ko‘pchilik hollarda ob’ektning texnogen xavfsizligi xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandis zimmasiga yuklatilgan. SHuning uchun hozirgi kunga qadar ekspluatatsiya qiluvchi xodimlar o‘rtasida ob’ekt xavfsizligi deganda ishlab chiqarishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etish tushuniladi.
Nafaqat gidrotexnika inshootlari, balki ko‘pgina sanoat tarmoqlarida ishonchlilik va xavfsizlikni ta’minlashdagi xarakterli xatoliklardan yana biri xodim qo‘lida jamlangan va uning noto‘g‘ri (tasodifan) foydalanishi natijasida vujudga keladigan xavf bilan xodimning mansabi, eng avvalo uning vakolati va etarli ma’lumotga egaligi, oylik maoshi va h.k. o‘rtasida nomutanosiblik hisoblanadi. Negadir yirik energetika qurilmalarining operatorlar smenasi tomonidan nazorat qilinishi tabiiy hisoblanadi, vaholanki ular xavfsizlikni ta’minlash biror bir bo‘yicha qaror qabul qilishda to‘liq mas’uliyatni o‘z zimmalariga olmaydilar va bunday imkoniyatga ega emasliklarini ta’kidlab o‘tish joiz.
Ishlab chiqarish korhonasidagi ichki tartib-intizom, xavfsizlik texnikasini ta’minlash, ob’ektga kiritish rejimini yaratish va sh.k. eng muhim masalalardan ekanligiga hech qanday shubha yo‘q. Ushbu masalalar mulk egalari yoki ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot rahbariyati tomonidan ijobiy hal etilishi mumkin. Biroq, bu faqat ob’ekt-xavfsizligining taktik masalalaridir. Ob’ekt texnogen xavfsizligini ta’minlash masalasi echimini aniqlashda strategik yondoshish, ushbu muammoni hal etishda davlat organlari, tarmoq vazirliklari va idoralari, loyihalash va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, sug‘urta kompaniyalarini jalb etishni nazarda tutadi. Ob’ekt faoliyatining barcha bosqichlarida (qidiruv, loyihalash, qurilish, ekspluatatsiya qilish, qayta qurish, tugatish) muammolar echimini ishlab chiqishda ularning munosib ishtirok etishlarini vaqti etib keldi. Muammoga bunday kompleks yondoshish avariyalar va texnogen favqulodda vaziyatlar (TFV) ni oldini olish konsepsiyasini to‘liq amalga oshirish imkonini beradi va u avariyalar va TFV lar natijasida ro‘y bergan oqibatlarni tugatishning eskirgan kotsepsiyasidan tubdan farq qiladi.
Texnogen xavfsizlikni boshqarish elementlari. Rivojlangan davlatlarda va O‘zbekiston Respublikasida (ayniqsa, keyingi yillarda) qabul qilingan texnogen xavfsizlikni strategik boshqarishining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi:
-xavfsizlikni qonun yo‘li bilan boshqarish davlat tomonidan qonunlar, qarorlar, aktlar qabul qilish orqali amalga oshiriladi va ularda qo‘yilgan talablar, texnik ob’ektning qaysi muassasaga tegishli bo‘lishdan qat’iy nazar, mamlakatning barcha hududlarida bajarilishi majburiydir;
-xavfsizlikni sohaviy boshqarish davlat chiqargan qonunlari, aktlari, xukumat qarorlarini bajarish, xavfsizlikni qonuniy ta’minlashga asos bo‘ladigan davlat standartlarini ishlab chiqish, sohaga tegishli me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqish, ular asosida mavjud qurilish me’yorlari va qoidalarini (QM va Q), texnik ekspluatatsiya qoidalarini (TEQ), idoraviy qurilish me’yorlarini (IQM), texnik yo‘riqnomalarni, uslubiy ko‘rsatmalar va tavsiyanomalarni, xavfsizlik texnikasi qoidalarini soddalashtirish va ularga aniqlik kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Soha me’yoriy hujjatlarida qo‘yilgan talablarga ham, texnik ob’ektning kimning mulki va qaysi muassasaga tegishli bo‘lishidan qat’iy nazar, mamlakatning barcha hududlarida amal qilinishi majburiydir;
-texnogen xavfsizlikni ma’muriy boshqarish xavfsizlikni qonuniy yo‘l bilan va sohaviy boshqarilishida qo‘yilgan talablarni bajarish, ular asosida aniq bir ob’ekt uchun uning nazorati va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha uslubiy hujjatlar tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
-ekspluatsiya qiluvchi xodimlar tomonidan texnik ekspluatatsiya qoidalarini bajarilishini ta’minlash, korxonaning maxsus xizmat bo‘limlari, uning rahbariyati tomonidan ob’ekt xavfsizlik holatini, davlat va sohaga doir qonunlar, me’yorlar, qoidalar va yo‘riqnomalarni korxona ishchi xodimlari tomonidan bajarilishining ichki nazoratini tashkil etishni kiritgan holda, nazorat qilish orqali amalga oshiriladi.
Qonun yo‘li bilan nazorat qilish. Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini qonun yo‘li bilan nazorat qilish ko‘p bosqichli nazoratni o‘z ichiga oladi:
-davlat komissiyasi darajasida-rasmiy davlat organlari tomonidan;
-sohaviy komissiya darajasida-vazirliklar, idoralar doirasida;
-ma’muriy-texnik ob’ektning havfsizlik holati va xodimlarning malakasini korxonaning maxsus xizmat bo‘limlari, kompaniya rahbariyati tomonidan nazorat qilish, ya’ni tashkilotning “xususiy” ichki nazorati doirasida.
Texnogen xavfsizlikni bunday “uch bosqichli” boshqarish tuzilmasining zaruriyati ko‘pgina sabablar bilan izohlanadi. Ularning asosiylari quyidagilar. Xavfsizlikni qonun yo‘li bilan boshqarish o‘ta muhim hisoblanadi. Mos holdagi qonuniy davlat aktlarini qabul qilinishi va iqtisodiyot sub’ektlari tomonidan uni qat’iy bajarilishini talab etilishining o‘zi jamiyat tomonidan xo‘jalik faoliyatining xavfli sohasida mos xavfsizlik darajasiga erishishning eng samarali usullaridan biri sifatida qaraladi. Haqiqatdan ham, qonun yo‘li bilan nazorat qilish, xavfsizlikni ta’minlash usullari hisobiga u yoki bu darajada “iqtisod” qiluvchi ba’zi noinsof korxona va kompaniyalar xatti-harakatidan himoya qilishga xizmat qilish mumkin. Lekin, xavfsizlik nazorati bilan faqat davlat organlarining shug‘ullanish holatlari amalda real emas, chunki davlat tuzilmasida har bir soha va aniq korxona uchun barcha xavfsizlik masalalarini boshqarish imkoni yo‘q.
Bundan tashqari, texnogen xavfsizlik bo‘yicha kelajakda ishlab chiqiladigan qonunlar asosan loyihalanadigan ob’ektlarga taalluqli bo‘lishini ham nazarda tutish kerak. Ularni ekspluatatsiya qilinayotgan ob’ektlar xavfsizligini ta’minlashdagi muammolarni echishda qo‘llash ancha murakkab bo‘lib, bu davlat organlari texnogen xavfsizlik muammosini mustaqil echa olmasligidan dalolat beradi. Qonun yo‘li bilan boshqarishning ko‘pgina masalalari sohaviy darajada – ekspluatatsiya qilinayotgan ob’ekt muammolariga yaqin bo‘lgan holatlarda echilishi lozim. SHuning uchun ham, sanoat xavfsizligi bo‘yicha samarali qonunlar ishlab chiqish, faqat davlat hokimiyati organlarining sanoat va ilmiy muassasalar bilan birgalikdagi harakatlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Keyingi o‘n yilliklarda sanoati rivojlangan davlatlarda (AQSH, Kanada, Avstraliya, YAponiya, EII davlatlari va Rossiya) va hozirda O‘zbekiston Respublikasida aynan shu yo‘l tutilgan.
Sanoat xavfsizligi bo‘yicha mos qonunlarni ishlab chiqish G‘arbiy Evropa va AQSHda o‘tgan asrning 70-80 yillarida shakllana boshladi. Dastlab bunday me’yorlarni qabul qilish alohida davlatlarda amalga oshirildi. Masalan, Germaniyada 1980 yilda “Avariya holatlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Umumevropa ahamiyatiga molik, xavfsizlik va xavf-xatarni tahlil qilishni o‘tkazish bo‘yicha umumiy talablarni o‘z ichiga olgan birinchi huquqiy hujjatlardan biri Evropa Ittifoqi Direktivasi 82.501 EES (Sevezo Direktivasi) hisoblanadi. Direktivada xavfsizlikni turlarga ajratish, xavf bo‘yicha axborot taqdim etish, xizmat ko‘rsatuvchi xodim, aholi va atrof muhit xavfsizligini ta’minlovchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha asosiy talablar ta’riflangan. Ushbu Direktivaga ko‘ra xavf va hatolarning tahlili xavfsizlik deklaratsiyasi (Safety Report) ning tarkibiy qismi sifatida taqdim etiladi.
Rossiyada sanoat xavfsizligi masalalari bo‘yicha qonunlar shakllanishi bozor munosabatlari rivojlanishi bilan boshlandi. 1994 yilda Davlat Dumasi tomonidan “Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen harakterdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish to‘g‘risida” gi Federal qonun qabul qilingan. Ushbu qonunda Rossiya Federatsiyasi uchun umumiy bo‘lgan tabiiy va texnogen xarakterdagi favqulodda vaziyatlarda aholini er, suv, havo hududlarini, ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlarga mo‘ljallangan ob’ektlarni hamda atrof-muhitni himoya qilish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy me’yorlar belgilab berilgan. 1997 yilda “Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida” gi Federal qonun qabul qilindi.
Mazkur qonun xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini xavfsiz ekspluatatsiya qilishni ta’minlashning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslarini aniqlab beradi va avariyalardan ogohlantirish hamda ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning ro‘y berishi mumkin bo‘lgan avariya va buzilishlarni tarqalishini cheklash va uning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tayyorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan. Federal qonun qoidalari tashkiliy-huquqiy shakli va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha tashkilotlarga taalluqlidir.
Ushbu qonun sanoat xavfsizligi asoslarini, jumladan, faoliyat turlarini litsenziyalash, texnik qurilmalarni sertifikatlash, loyihalash, qurilish va ekspluatatsiya qilishga bo‘lgan xavfsizlik talablari, xavfli ob’ektlarni ekspluatatsiya qilishdagi talablar, xavfsizlik dekloratsiyasini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazishga bo‘lgan talablar, aholiga, atrof-muhitga, qo‘shni tashkilotlarga etkazilgan zararni majburiy sug‘urtalash ma’suliyatini joriy etishni o‘z ichiga oladi. Qonunda xavfli sanoat ishlab chiqarishiga kiritilgan barcha mavjud, qurilayotgan va loyihalanayotgan gidrotexnika inshootlari bo‘yicha mezonlar ishlab chiqilgan.
XULOSA
Dunyoning barcha rivojlangan davlatlarida murakkab texnik ob’ektlar va xavfli ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish jarayonida ularning xavfsizligi nazorat qilib boriladi. Bunday nazoratni tashkil qilishda davlat va mulk egalari, loyihalash va ilmiy tashkilotlar, quruvchilar va buyurtmachilar o‘rtasida mas’uliyatni oqilona taqsimlash muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Gidrotexnik inshootlarga ekspluatatsiyasiga mas’uliyat bilan yondashilmasa ularning xavfsizligini ta’minlab bo‘lmaydi.

NAZORAT SAVOLLARI


1.Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini strategik boshqarish qanday amalga oshiriladi?
2.Texnogen xavfsizlikni boshqarish elementlari nimalardan iborat?
3. Qonun yo‘li bilan nazorat qilish qanday amalga oshiriladi?
Download 23,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish