Reja: Gerontologiya haqida umumiy tushuncha


Keksa aholining demografik yuki rivojlangan mamlakatlarda o'sib



Download 97,5 Kb.
bet2/5
Sana04.04.2023
Hajmi97,5 Kb.
#924841
1   2   3   4   5
Bog'liq
8 semestr 6-mavzu

Keksa aholining demografik yuki rivojlangan mamlakatlarda o'sib bormoqda, eng yuqori ko'rsatkichlar Yaponiya va Evropa davlatlarida kuzatilmoqda. Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan global qarish muammosiga oid o'tkazilgan tahlil natijalariga ko'ra, keksa aholining demografik yuki rivojlangan mamlakatlarda o'sib bormoqda, eng yuqori ko'rsatkichlar YAponiya va Evropada kuzatilmoqda.
Aholining qarishi iqtisodiyotning ko'plab tarmoqlarida, xususan, sog'liqni saqlashda kadrlar etishmasligiga olib kelmoqda. empirik hisob-kitoblar qariyalar ulushi yuqori bo'lgan mamlakatlarga immigrantlar oqimi qariyalarning qaramlik yukini 2,4 foiz kamayishiga, shuningdek, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotning 4,6 foizga o'sishiga olib kelishini ko'rsatmoqda.
O'zbekistonda keksa yoshdagi aholining demografik yuki har 100 mehnatga layoqatli aholiga 7 kishini tashkil etadi, bu jahondagi o'rtacha ko'rsatkichdan past va hatto 2035 yilgi prognozlarda ham umumjahon o'rtacha ko'rsatkichlaridan past bo'lishi kutilmoqda.
O'zbekiston demografik dividend olish bo'sag'asida turibdi va jahon mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta'minlash uchun yaxshi salohiyatga ega.
Demografik inqirozga uchragan mamlakatlarda vaziyat yanada og'irlashishi kutilmoqda. Ushbu davlatlar tomonidan bir qator tizimli choralar qo'llanilishi (kasb-hunar ta'limi, til o'zlashtirish, salomatlik va xavfsiz mehnat sharoitlari bilan bog'liq qulay sharoitlar yaratish, h.k.) kelajakda bu mamlakatlarga malakali kadrlarni jalb qilishda raqobatdosh ustunlik berishi mumkin.
Geriontologiyada hamshiralik faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari:
Hamshiralik ishi bo’yicha yuksak malakali mutaxassislar mavjudligi odamlar sog’lomligi va jamiyat jadal rivojlanishining muhim omillaridan biridir. Respublikamizda jahon andozalariga mos, davr talabiga to’la javob bera oladigan shunday mutaxassislar tayyorlash uchun izlanishlar olib borilmoqda. Shuning uchun "Gerontologiya"da hamshiralik ishiga: "Gerontologiyada hamshiralik jarayoni", "Gerontologiyada kommunikatsiya", "Hamshiralik faoliyati falsafasi" kabi yangi tushunchalar kiritildi.
Zamon hamshiralik ishini "fan" sifatida rivojlantirishni taqozo etmoqda. Bugungi hamshira kasallik belgilariga asoslanib bemorga "Hamshira tashxisi" qo’ya olishi lozim. Keksa va qari bemorlarning dardini eshita, tushuna olish, ular bilan insoniy muloqotga kirisha bilish, bemor oldida javobgarlikni to’la his etib, uning sog’ligini ijobiy tomonga o’zgartirish shu kunning talabidir. Hamshiralik ishini fan va sanoat darajasiga ko’targan amerikalik nazariyotchilardan biri V.Xenderson tibbiyot hamshiralarining noyob vazifasi- inson, sog’lom odam yoki bemorga o’zining sog’ligini tiklashimustahkamlashi, umrini osoyishta yashab o’tishga ko’mak bera oladigan darajada malaka va bilimga ega bo’lishdan iborat deb hisoblaydi. Demak, gerontologiyada hamshiralik ishining maqsadi quyidagilardan iborat: 1. Keksa va qari yoshdagi kishilarning asosiy ehtiyojlarini tushunmoq. 2. Yoshi o’tgan va qari kishilarning sog’lom bo’lishiga, sog’ligini saqlashga va tiklashga erishish. 3. Keksa va qari yoshdagi kishilarning o’ziga-o’zi qaray olishiga erishish. 4. Vaqti soati kelgan yoki og’ir, tuzalmas kasallik bilan og’rigan insonning (keksaning)umrini osoyishta yashab o’tishiga imkoniyat yaratish. 5. Qariyalar uchun sog’lom turmush tarzini yuzaga keltirish va rivojlantirish zarur. Gerontologiyada hamshiralik jarayon -hamshira tafakkurining va harakatining alohida bir turi. Chunki keksa yoki qari kishilarga qarash, ularni davolash hamshiralardan alohida ma'suliyat, muomula-madaniyati, ilmini talab etadi. Gerontologiyada yoshi o’tgan, keksaygan shaxsning muammosini hal etishda hamshira rejali ravishda ish olib borishi zarur. Hamshiralik jarayoni - dinamik, o’sib boruvchi va o’zgaruvchan harakatli jarayondir. Keksa, qari kishi yoki bemorlarning dardi ko’p. Demak, ularning parvarishiga bo’lgan munosabat ham shunga mos ko’p qirrali bo’lishi lozim. Boshqacha aytganda qariyalarni parvarishlash rejasi vaziyatga qarab muttasil o’zgarib turadi. Bu jarayon ularning ehtiyojlarida mujassamlangan. Demak, parvarish rejasi bunday bemorlarning asosiy ehtiyojlariga asoslanib tuziladi. Hamshiralik jarayoni aniq bir maqsadga yo’naltirilgan, moslashuvchan jarayon. Hamshiraning ishi shifoxonalarda, oilalarda, qariyalar uylarida, poliklinikalarda olib boriladi. Hamshira bu jarayonda o’z mutaxassisligi bo’yicha bilimi, iste'dodi, tajribasi va mantiqiy fikrlash qobiliyatini bemorning sog’ligini tiklash, uni parvarish qilishga, muammolarini hal etishga sarflashi zarur. Gerontologiyada hamshiralik jarayoni 5 ta bosqichdan iborat:
Aholining qarishi va uning siyosiy va demografik mezonlari.
Aholi qarishi aholi tarkibida keksa va qari yoshdagi aholi guruhining oshib borishidir. Aholining qarishi demografik omillarga bogliq. Asosiy demografik omil aholining takror barpo bo lish xususiyatidir. Tugilishning yuqori. o'lim darajasining pastligi aholi tarkibida bolalar salm oglning yuqori boiishiga olib keladi. Aholi tarkibida qariyalar salm oglning muntazam oshib borishi esa olim ning kamavishi, aholi o‘rtacha umr ko‘rish muddatining uzayishi bilan bogliq. Birlashgan Millatlar Tashkiloti keksalikni 60 yosh emas, 65 yoshdan belgilaydi va umumiy aholida 65 yoshdan oshganlar 4 foiz boladigan boisa, aholi “yosh", 4-7 foiz “keksaliк ostonasida,\ 7 foizdan baland “keksalik’' hisoblanadi. Bu m aium otlardan farqli ravishda J. Bojyo-Game va E. Rosset o ‘zlarining demografik qarilik shkalasini tavsiya etishadi. Bunda 60 yosh va undan kattalar 8 foizgacha b o isa “demografik yoshlik*\ 8-10 foiz “keksalikning birinchi ostonasf\ 10-12 foiz "keksalik ostonasf'da. 12 foizdan yuqori v*demografik qarish” va hokazo qarilikning o ‘zini yana bir necha bosqichlarga ajratishadi1. Xuddi shunday aholining keksayish darajasini ko'rsatib berishda fransuz demografi A.Sovi shkalasi ham mavjud. Bunda. uning shkalasi J. Bojyo-Game va E.Rosset shkaJalari bilan deyarli o'xshash.
0 ‘zbekiston Respublikasi aholisining yosh tarkibini J. BojyoGarne va E.Rosset hamda A. Sovi shkalasi asosida guruhlash maqsadga muvofiqdir. Chunki, O'zbekistonda aholining ijlimoiydemogiafik rivojlanishidan kelib chiqqan holda. keksalikning boshlanishini ayollarda 55 yosh, erkaklarda 60 yoshdan deb qabul qilingan.
Aholining qarishi juda uzoq davom etgan demografik o ‘zgarishlaming natijasidir. Ayniqsa. tug‘ilish, o‘lim aholi qarishiga olib keluvehi asosiy demografik omillardir. Aholi migratsiyasi ham aholi qarishiga o'ziga xos ta'sir etadi.

Download 97,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish