Reja: Geografiyning ribojlanishiga hissa qo`shgan allomalar



Download 42,93 Kb.
bet1/2
Sana12.01.2017
Hajmi42,93 Kb.
#321
  1   2

Hozirgi geografiyaning vujudga kelishi

(XIX asrning oxiri – XX asrning boshi)

REJA:

1.Geografiyning ribojlanishiga hissa qo`shgan allomalar



2.Geografiya fanlarining hozirgi tizimi va unda tabiiy geografiyaning o`rni

Geografiyning ribojlanishiga juda katta hissa qo`shgan allomalardan biri – sayyoh, geografik tadqiqotlar tashkilotchisi, buyk rus olimi Petr Petrovich Semyonov – Tyanshanskiydir (1827 – 1914). U geografiyaning predmeti va vazifalari masalalri bilan ham bevosita shug`ullangan. U K.Ritterning “Osiyo Yer bilimi” asarining rus tilidagi nashriga yozgan so`zboshida keng va tor ma`nodagi geografiyani farqlaydi. Keng ma`nodagi geografiya Yer sharini qattiq, suyuq va gaz qobiqlari bilan birgaliqda, uning boshqa sayyoralarga va unda yashaydigan organizmlarga munosabati qonunlarini to`liq tadqiq qiladi.Uning firicha keng ma`nodagi geografiya tadqiqot predmetining o`zshashligi bilan o`zaro bog`liq bo`lgan fanlarning butun tabiiy guruhidir. Fanlarning bu guruhiga matematik geografiyani, Yerni vauning tuzilishi qonunlarini o`rganadigan tabiiy geografiyani, etnografiyani va statistikani kiritadi.

Tor ma`nodagi geografiya Yer yuzasining fiziografiyasi, ya`ni uning doimiy, asrlar davomida tabiatning o`zi tomonidan belgilangan o`chmaydigan tuzulishiniham, inson qo`li bilan yaratilgan o`zgaruvchan, o`chadigan tuzilishini ham tasvirlashdir. L.S. Berg P.P.Semyonov – Tyanshanskiyning tor ma`nodagi geografiyasini mamlakatshunoslik deb hisoblagan edi. A.G. Isachenko esa (1971) yadrosini tabiiy geografiya tashkil etadigan tabiiy fan deb hisoblaydi.

XIX asrning so`ngi choragida geografiya Yer yuzasi haqidagi fan ekanligi to`g`risida tushuncha vujudga keldi. Bu tushuncha nemis geografi va geologi Ferdinand fon Rihtgofen (1833 – 1905) tomonidan rivojlantirildi. F.Rixtgofen geografiya o`simlikni Yer yuzasiga bo`lgan munosabatda, insonni esa butun tabiatga bo`lgan munosabatda o`rganish lozimligini ta`kidlagan edi. Geografiyaning eng asosiy maqsadi F.Rihtgofenga ko`ra, jonli tabiatning jonsiz tabiat bilan bilan bog`lik ekanligini hisobga olgan holda insonning jonli va jonsiz tabiat bilan aloqalari va munosabatlarini ochib berishdan iborat. U geografiyaning o`rganish predmetini quruqlik, dengiz va atmosferaning o`zaro ta`sirdagi Yer yuzasi (Erdoberfläche) deb hisoblagan; geografiyaning o`ziga xos maqsadi Yer yuzasida mujassam o`zaro ta`sirda namoyon bo`ladigan turli hodisalarga e`tiborni qaratilishi lozim, deb hisoblaydi. Uning fikricha, Yer yuzasining har qanday qismini geografik jihatdan o`rganishni mukammal tabiiy geografik tasvirlashdan boshlash va shundan so`ng boshqa tabiiy tavsiflar va ularnig o`zaro aloqalarini tadqiq qilish lozim.

Fridrih Ratzel (1844 – 1904) sotsial geografiyning tarkib topishiga asos solgan nemis olimi. U o`zining “Antropogeografiya” deb nomlangan asarida tabiiy fenomenlarning inson tarixi yo`nalishiga ta`sirini bayon qilgan. U asosiy e`tiborni tabiiy sharotlarning insonga ta`sirini emas, balki inson faoliyatiga ta`sirini o`rgangan. F. Ratzelning asarlarida “Biosfera” termini (tushunchasi) ilmiy barqarorlikka ega bo`ldi va tan olindi.

F. Ratzel geografik determinizmni sotsial darvinizm bilan to`ldirdi, ya`ni biologik qonunlarni ijtimoiy munosabatlarni o`rganishga ko`chirishga harakat qildi. U kengayishga intiladigan davlatning organizm sifatidagi g`oyaning ham asoschisidir.

Pol Vidal de la Blash (1845 – 1918) – geografiyaning rivojlanishiga salmoqli hissa qo`shgan fransuz olimidir.Uning fikricha geografik tadqiqotlarda asosiy e`tibor uncha katta bo`lmagan bir xil hududlarni bevosita o`rganish yo`li bilan inson va uning bevosita atrof muhiti (milieu) orasidagi mujassam o`zaro aloqalarga qaratilmog`i lozim. Fransiyada bunday hududlarni “peylar (pays)” deb atash qabul qilingan. Vidal geografik tadqiqot metodri to`g`risida bir qator g`oyalarni ishlab chiqqan. U xorologiya (yun. choros joy; logos fan, ta`limot) konsepsiyasini hududning o`zaro ta`sirda bo`lgan Yer yuzasining muayyan joylarini ifodalaydigan birligi orqali bog`langan ob`yektlar va hodisalarni o`rganish metodi sifatida qo`llab – quvvatlagan. Uning fikricha “…geografiya …bilimlarning umumiy xazinasiga o`zining tabiat qo`shgan narsalarni qismlarga bo`laklamaslik, umuman butun Yer yuzasida ham, ularning joylashuvining ayrim rayonlari doirasida ham narsalarning nisbati va aloqasini tushunish qobiliyatini kiritadi” deb yozgan edi (Jeyms, Martin, 1988). Vidal de la Blash asos solgan fransuz geografiya maktabi geografiyaning tabiiy va ijtimoiy komponentlariga baravar e`tibor bergan. Shu maktabning yorqin namoyondalaridan biri E. de Martonne asosan tabiiy geografiya bilan shug`ullangan. U geografiyadagi an`anaviy bilimni geologiya, geofizika va biologik bilimlarning ishonchli asoslari bilan qo`sha bilgan.

Martonnega ko`ra tabiiy geografiya hududning bir butun geografik tadqiqotini o`z ichiga oladi. Uning fikricha, geografiya Yer yuzasidagi fizikaviy, biologik va inson faoliyati bilan bog`liq hodisalarni, bu hodisalarning sababiy bog`lanishlarini o`rganadi. Uningcha geografiyaning predmetini fizikaviy, biologik va inson faoliyati bilan bog`liq hodisalarning Yer yuzasi bo`yicha taqsimlanishi va bunday taqsimlanishning sabablari tashkil etadi.

Shu davrning fransuz geograflari uchun geografiya ilmiy bilimning bir yioki bir necha sohasiga mansubligi, tabiiy va iqtisodiy geografiya orasidagi dihotomiya (yun. dicha ikki qismga, tomё qirqma, kesma) masalalriga oid muammolar bo`lmagan. S.Valloh o`zining “Geografiya fanlari (Les sciences geographiques)” degan kitobida tadqiqotning bir paytning o`zida ham unitar (lot. unitas birlik), ham avtonom (yun. autos o`zi, nomos qonun) maydoni, ko`pgina fanlar uchun esa yordamchi bilim sifatidagi geografiya to`g`risidagi tasavvurini bayon qiladi (Jeyms, Martin, 1988). Uning fikricha, geografiya nafaqat o`zining juz’iy falsafasiga ega, balki inson olami uchun o`ziga xos falsafa hamdir. Fransuz geograflarinng tushunchasidagi rayon nemis geografi O. Shlyutter tasavvuridagi madaniy landshaft (Qo`lturlandschaft) tusunchasiga deyarli o`xshash.

AQShlik geolog va geograf olim Nataniel Sautgeyt Sheylerning tadqiqolarida asosiy e`tibor Yer yuzasini kisxilarning hayoti bevosita bog`liq bo`lgan tabiiy resurslar manbai sifatida o`rganishga qaratilgan bo`lib, inson va uning faoliyatini landshaftning bir qismi sifatida qaragan. Shuningdek, uning fikricha Yer yuzasidagi o`zaro bog`liq bo`lgan predmet va hodisalarni tusuntirishda o`zgarish jarayonining ahamiyatini teran aniqlash lozimligini o`qtirgan. N.Sheyler J.Marshdan keyin birinchilardan bo`lib inson faoliyati, ayniqsa tiklanmaydigan tabiiy resurslarning qashshoqlashuvi jarayonida, Yer yuzasining ko`rinishini o`zgartirishiga e`tbor qaratgan. U doimo Yerni insonning uyi sifatida o`rganish zarur, deb hisoblagan.

N.Sheylerning shogirdi taniqli AQShlik geograf Uilyam Morris Devis tabiiy geografiyaning, ayniqsa uning tarkibiy qismlaridan biri bo`gann geomorfologiyaning rivojlanishiga juda katta hissa qo`shgan. Uning maktablarda, kollejlarda va oliy o`quv yurtlarida geografiyani o`quv fani sifatida tashviqot qilishda o`rni beqiyosdir. U.Devisda Yer to`g`risida umumiy fan va bu fan doirasida u sayyorani shakllantiruvchi dinamik modelni yaratish g`oyasi mavjud bo`lgan. Uning fikricha geografiyani o`rganish kopgina tabiiy fanlarga o`ziga xos muqadima bo`lishi lozim edi.

U.Devis geografiyaning kegroq miqyosdagi konseptual tuzilmasini topishga harakat qildi. U odatda noorganik tabiatning nazorat qilishni amalga oshiradigan ayrim elementlari va organik tabiatning nazoratni aks ettiruvchi ayrim elementlari orasida mavjud bo`ladigan umumiy qonuniyatlarning sababi va oqibatlarini topishga harakat qildi. Uning fikricha, sababiy aloqa g`oyasida geografiyadagi eng aniq birlashtiruvchi prinsip mavjud. U geografiyani noorganik tabiatning yo`riqlari va organik tabiatning unga javobi orasidagi o`zaro munosabatlarni o`rganadigan fan sifatida belgilaydi.

Mark Jefferson - geografiyaning tarkib topishi tarixida tushunchalar tuzulmasiga salmoqli hissa qo`shgan AQSHlik olimlardan yana biridir. Umumam M. Jefferson o`zining ilmiy ishlari bilan geografiyaning konseptual mazmunini ancha boyitdi.HH asrning birinchi yarmida AQShda geografiya asosan tabiiy muhitning insonga ta`sirini ochib berish bilan shug`ullangan.M.Jefferson o`quv fani sifatidagi geografiyaning fokusi (lot. focus manba, markaz,o`choq) “Yer va inson” tasavvuriga emas, balki “Yerdagi inson” tasavvuriga qaratilmog`i lozim. Uning fikricha, geografiyaning predmetiga berilgan ta`riflarning birortasi ham predmet to`g`risidagi qisman haqiqatni ochishdan boshqa narsaga da`vo qilishdan boshqa narsa emas; geografiyaning mohiyati taqsimlanishlar orasidagi ochib berish mumkin bo`lgan taqsimlanish va aloqalarning sabablarining mavjudligida ifodalanadi; kartografiya – geografiyaning san`ati bo`lib, geografiya fan sifatida joylashuv turlaridan har birining konfiguratsiyalarini (lot. configuratio ko`rinish, joylashuv) bir-biridan farqlash faktlarini fikrlaydi va ularning bir-birlari bilan aloqalarini qidiradi.

Pollin D. Solsberi geografiyaning tabiiy geografiya bo`limini fiziografiya deb ataydi. Uning tasavvuricha fiziografiya inson munosanatlarining holati rivojlanadigan tabiiy muhitni ilmiy o`rganish bilan shug`ullanadi.

Jorj B. Rurbah 1914-yilda “Geografiya nima ?” degan savolga javob olish maqsadida geografiya olimlari uchun savolnoma tuzib tarqatadi. Savolnomada geografiyaga oid ko`pgina muhim vazifalar qo`yilgan edi. Olingan javoblar asosida u geografiya Yer va hayot orasidagi o`zaro aloqalarni o`rganadi, degan javobda to`liq hamfikrlikni aniqladi.

Alfred Hettner (1859 - 1941) F. Rihtgofenning geografiya talqinidagi xorologik konsepsiyasini mukammal ishlab chiqqan va rivojlantirgan nemis geografi bo`lib, geografiyaning mustaqilligini asoslashga harakat qilgan.

A.Hettner o`zining “Geografiya, uning tarixi, mohiyati va metodlari” asarida (1927) geografiya alohida hududlarni o`rganish bilan shug`ullanishi lozimligini qat`iy ta`kidlaydi va geografiyani xorologik (yun. choros joy, logos tushuncha, ta`limot) fan, ya`ni tasviriy mamlakatshunoslik sifatida belgilagan.Uning fikricha, geografiya o`zining tadqiqot predmetiga ega emas, bu fan Yer yuzasida uchraydigan barcha tabiiy va sotsial-iqtisodiy hodisalarni qamrab oladi, ammo ularni juz’iy xossalariga ko`ra emas, balki “Yer fazosini predmetli to`lg`azib turishi” sifatida qaraydi. Geografiya predmet va hodisalarning rivojlanishini zamonda o`rganmasligi, umumlashtirish va qonunlarni belgilash bilan shug`ullanmasligi lozim; uning asosiy vazifasini alohida joylarning individual juz’iyatlarini o`rgaish tashkil etishini ta`kidlaydi. A. Hettnerning fikricha, geografiya – bu bir paytda ham idiografik (yun. idea tushuncha, g`oya; grǎpho yozaman, tasvirlayman), ham nomotetik fandir.

A.Hettner geografiya o`z e`tiborini tabiatga ham, insonga ham baravar qaratishi lozim, deb hisoblagan holda insonni ladshaftning alohida komponenti sifatida qaraydi. A.Hettnerning fikricha geografiya mamlakatlarni predmet va hodisalarning hududiy joylanishi nuqtai nazaridan urganishi lozim. U o`zining nazariy qarahlariga qaramasdan amalda ko`pgina hollarda umumiy Yer bilimi masalalri bilan shug`ullangan

XIX asrning oxirida Germaniya va boshqa bir qator mamlakatlarda lanshaft geografiyaning o`rganish ob`yekti sifatida qarala boshlandi. Muayyan hududlarda ob`yektlar va hodisalar orasidagi o`zaro aloqalarni mutanosibroq o`rganishga erishish uchun e`tiborni ob`yektlar va hodisalarning landshaft xosil qiluvchi bir butun majmuasiga qaratish lozim ekanligi to`g`risidagi fikrni dastlab 1885-yilda nemis olimi I.Vimmer o`zining “Landshaftshunoslik tarixi (Historische Landschaftskunde)” degan asarida bildirgan edi (Hartshorne,1939). Keyinroq geografiyaning landshaftshunoslik (Landschaftskunde) sifatida talqin qiladigan bu g`oya F.F.Rixtgofenning shogirdi O. Shlyutter tomonidan rivojlantirildi. O. Shlyutter fikricha, geograf Yer yuzasida dastlab sezish organlari yordamida idrok qila olish uchun oson bo`lgan ob`yektlarni ko`radi va bunday idroklarning umumiy yig`indisi – bu landshaftdir.U geografiyaga xorologik qarashga qarshi bo`lib, landshaftni geografiyaning o`rganish predmeti sifatida qabul qilish tarixdan boshqa barcha fundamental fanlardagi kabi uning mantiqiy qoidasini ta`minlamog`i lozim.

Otto Shlyutter ham A. Gettnerdek Yer yuzasi qiyofasining o`zgaruvchanligiga e`tibor qaratgan. Bunday o`zgaruvchanlik keyinroq hududiy (makoniy) tabaqalashuv deb nom oldi.

Boshqa mamlakatlardagi kabi Germaniyda ham geografiyani umumiy va regional geografiyaga ajratadilar. Nemis olimlarining tasavvuricha umumiy (yoki sistematik) geografiya tayanch tushunchalardan foydalanadigan analitik fan, regional geografiya esa sintetik, ya`ni noyob (unikal), kamdan – kam uchraydigan vaziyatlar bilan ish ko`radigan jamlovchi fandir.

Germaniyada geografiyaning lanshaftshunoslik (Landschaftskunde) sifatida rivojlanishiga katta hissa qo`shgan olimlardan biri Z. Passargedir (1867 - 1958). U nafaqat uncha katta bo`lmagan hududlarni (rayonlarni) o`rganish jarayonidagina emas, balki global miqyosdagi hulosaslarga asoslangan holda lanndshaftlarni tadqiq qilgan edi. Uning fikricha geografning bosh vazifasi tabiiy landshaftlarni o`rganishdan iborat, deb hisoblagan edi. 1913-yilda Z. Passarge landshaftlarni o`rganishga mahsus nazariy ishini bag`ishlagan. Bu ishida u landshaftni hamma tabiiy komponentlar barcha muhim punktlarda moslik topadigan oblast sifatida qaraydi.

Z. Passarge o`simlik landshaft tipining eng yahshi qo`lamli indikatori bolib hizmat qilishi lozim, degan hulosaga kelgan. Z. Passarge tomonidan ajratilgan Yerning landshaft zonalari (Landchaftsgurtel der Erde) o`simliklarning asosiy toifalariga mos keladi. Z. Passarge tomonidan tuzilgan dunyo kartasida Yerning asosiy landshaft zonalarining kenglik va materik ichkarisida joylashishining bir qator qonuniyatlarini belgilash mumkin.

Ta`kidlash joizki, Germaniya geografiyasida landshaft barcha davrlarda o`zining tavsiflariga ko`ra bir xil hudud sifatida talqin qilingan.

Melodiy 1000-yilgacha bo`lgan qadimiy ingliz tilida the landscape so`zi hududning qo`lamini anglatgan. Landscape so`zi ingliz tiliga hollandcha landschap so`zidan HYII asrning boshida qayta tiklangan (Jeyms,Martin, 1988).

Rossiyda XIX asrning oxirida V. V. Dokuchayev (1846 – 1903) o`zining tuproqlar to`g`risidagi ta’limotiga biogeografiyaning ilg`or g`oyalariga asoslangan holda kompleks tabiiy-geografik tadqiqotlarni boshlab berdi va zamonaviy geografiyaning, xususan tabiiy geografiyaning shakllanishiga juda katta hissa qo`shdi.

V.V.Dokuchayev zamonaviy tabiiy geografiyaning asosida turadigan tabiatning bir butunligi va uning alohida komponentlarining o`zaro ta`siri to`g`risidagi tasavvurni yaratdi. V.V. Dokuchayev fikricha, tuproq tabiat komponentlari o`zaro ta`sirining natijasi bo`lib, u landshaft mahsulasi va ayni paytda tabiiy kompleksda gi o`zaro aloqalar murakkab sistemasining yqqol aks ettiradigan oynasidir. V.V. Dokuchayev tabiatshunoslikdagi bo`linishning salbiy tomonlarini tushunib yetdi va geografiya “turli tarafga yoyilib, chaplashib bormoqda” deb ta`kidlagan edi. 1898-yilda u jonli va jonsiz tabiat komponentlari orasidagi nisbatlar va o`zaro ta`sirlar to`g`risida va ularning birgalikdagi rivojlanishi to`g`risidagi yangi fanni yaratilish zaruriyati to`g`risida fikr bildirgan edi. V.V. Dokuchayevning shogirdi G.F. Morozov uning bu g`oyasida zamonaviy geografiyaning tarkib topishining boshlanishi deb hisoblagan edi. L.S.Bergning e`tiroficha (1947), V.V.Dokuchayev “…zamonaviy geografiyaning asoschisi bo`lgan”.

V.V.Dokuchayevning tabiatga nisbatan ilmiy qarashlari ham A. Humboldtning qarahlariga ancha o`hshash edi. V.V.Dokuchayevning ishlarida tabiat hodisalarining gorizontal va vertikal zonalligi va har bir tabiat zonasida tabiat komponentlari va inson faoliyati orasida mavjud bo`lgan o`zaro aloqalar to`g`risidagi g`oya rivojlantirildi. zonallikni tabiatning barcha (shu jumladan noorganik) komponentlarini, tekisliklar va tog`larni, quruqlik va dengizni ham qamrab oladigan tabiatning umumiy qonuni, deb hisoblagan. Uning fikricha, tabiiy – tarixiy zonalar dunyo zonalligi qonunining Yer yuzasidagi ifodasi, tuproq esa zonalarning tabiatini, organik va noorganik taviatning o`zaro ta`sirini aks ettiruvchi kuzgudir. Bundan korinadiki, V.V.Dokuchayev geografik tadqiqiqotlarning predmetini muayyan hajmda tasavvur qilgan, ammo uning chegaralari to`g`risida fikr bildirmagan va bu predmetga nisbatan Yer yuzasi terminini qo`llagan.

Geografiyaning Yer yuzasidagi jismlar va hodisalarning uzviy aloqalari va rivojlanishi to`g`risidagi predmeti XIX asrning ikkinchi yarmida tabiatshunoslik va tabiiy geografiyaning ulkan yutuqlari bilan bog`liq holda sifat jihatidan batamom yangi tushuncha mazmuniga ega bo`ldi. Ammo, geografiyaning Yer to`g`risidagi umumiy fan ekanligi to`g`risidagu tasavvur ham mavjud edi. E,Y. Petrining yozishicha, butun Yer geografiyaning predmetii bo`lib, geografiyaning vazifasiYerdagi mavjudot va hayorni tushunib yetishdan iborat.Uning fikricha , geografiya o`zi uchun ma’lumotni bir qator tabiiy, tarixiy, iqtisodiy, falsafiy fanlardan iborat; geografiyaning ishi bu ma’lumotlarni bitta to`plamga aylantirish va uni Yerning to`liq tavsifiga qo`llasdan iborat1. (1Э.Ю.Петри. Задачи научной географии.- Известия Русского географического общества. Т. 23, 1887.) Geografiyaning predmeti to`g`risidagi bu tushuncha Yer to`g`risidagi fanlarning vujudga kelishi va va rivojlanishi bilan bog`liq edi. Darhaqiqat, o`tmishda geografiyaning vazifasi ma’lum darajada Yer to`g`risidagi hali vujudga kelmagan fanlarning vazifalarini yechishdan iborat bo`lgan bo`lsa, ularning tarkib topishi va rivojlanishi bilan geografiyaning o`z predmetiga ega bo`lmagan va yaqin fanlarning bilimlarini qo`shadigan Yer to`g`risidagi umumiy fan ekanligi to`grisida tasavvur hosil bo`ldi.

A.N.Krasnov (1862 - 1914) geografiyaning mazmuni va vazifalariga doir qiziqarli mulohazalar bildirgan. U bir-biri bilan bog`liq bo`lmagan faktlarni to`plash bilan shug`ullagan tasviriy geografiyani “qalang`i-qasang`i” fan deb ataydi. U turli hodisalarning sabablari va genetik aloqalariga, ularning vujudga kelishi va o`zaro ta`sirini boshqaradigan qonuniyatlarga, insonning hozirgi vaziyatining rivojlanish tarixining tahliliga asoslangan yangi geografiyaning – Yer bilimini shakllanishi to`g`risida yozgan edi.

A.N.Krasnov fikricha, yangi ilmiy Yer bilimi eski geografiydan farq qilgan holda tabiat hodisalari orasidagi o`zaro aloqa va o`zaro taqozasini izlashi,ularning vujudga kelishini va o`zining rivojlanish tarixiga ega bo`lgan tabiatni o`zgarayotgan holda o`rganishi zarur. U geografiyani “tabiatshunoslik falsafasi” deb atagan (Milkov, 1955).

A.N.Krasnov universitetlar uchun rus tilidagi Yer bilimi bo`yicha birinchi darslik muallifi. U o`zining “Yer bilimi asoslari” kitobida geografiyani Yer yuzasining hozirgi holatini o`rganadigan, undagi shakllar va hodisalar birikmasinining sajiyasini, taqsimlanishini inson hayoti va madaniyatiga ta`sirini tadqiqi qiladigan fan sifarida belgilaydi. Bu kitobda, shuningdek, A.N.Krasnov geografiya alohida hodisalar va jarayonlarni emas, balki ularning birikmasini, geografik komplekslarni - cho`llar, dashtlar,doimiy qorlar va muzlar, issiq va doimiy nam va boshqa oblastlarni o`rganadi, deb ta`kidlaydi.

F.N. Milkovning yozishicha (1955) o`zining “Tabiiy geografiya bo`yicha ma`ruzalar” kursida landshaft oblastlari va zonalariniajratish butun Yer shari miqyoslarida tasvirlashga ham harakat qilgan
GEOGRAFIYA FANLARINING HOZIRGI TIZIMI VA UNDA TABIIY GEOGRAFIYANING O`RNI

Bilim – kishilarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida xosil qilgan ma`lumotlari bo`lib, voqelikning inson tafakkurida aks etishi va amalda sinalgan voqelikni bilish natijasidir.

Ilmiy bilim – tabiat, jamiyat va tafakkur haqida yangidan – yangi tasavvurga – bilimga ega bo`lishga qaratilgan inson faoliyatining ijodiy tadqiqot sohasidir Ilm – bu yaxlit bir tuzilma. Kvant nazariyasining asoschisi M. Plank 1966 yilda «Ilm – ichki yaxlit birliklardan boshqa narsa emas, uni alohida, avvalo sohalarga bo`lib o`rganish narsalarning tabiatidan kelib chiqadi, so`ngra insonning bilish qobiliyatining cheklanganligi bilan ham bog`liq. Aslida fizika va kimyodan, biologiya va antropologiya orqali ijtimoiy fanlarga uzluksiz zanjir mavjuddirki, bu zanjir hayolotdan boshqa biror joyda uzulmagan», deb yozgan edi. Fanshunoslik fanlarni tasniflash, tuzilishi va tartibga solish masalalari bilan shug`ullanadiki, bu ilmiy ish olimlarning muhim faoliyati. Bir butun ilmiy bilimlar silsilasida geografiya fanlari ham muhim o`rin tutadi.Demak, geografik bilimning o`ziga xosligi har bir juda murakkab va ko`pdan – ko`p tuzilmalardan tashkil topgan Yer usti strukturasini tadqiq etishda ifodalanid. Bu tuzilma qanday shakllangan, hozir qanday holatda, kelajakda bu tuzilma qanday o`zgarishga uchraydi. Barcha geosistemalar bir – biri bilan o`zaro ta`sirda – okean bilan quruqlik, o`rmon bilan iqlim, tabiat bilan ho`jalik, atrof muhit bilan shahar va hakoza ta`sirda mavjuddir.

Geografik bilimning mohiyati – hududiy qonuniyatlarni tahlil eta bilish, alohida komponentlar va geosistemalar o`rtasidagi o`zaro aloqani tarixiy metod asosida aniqlash orqali dunyoning hozirgi geografik manzarasini (kartinasi) ilmiy izohlab berishdan iboratdir. Geograf xilma – xil materiallardan foydalanib Yerning tabiati va ho`jaligida bo`ladigan ham, ayrim regionlarda bo`ladigan o`zgarishlarni ham oldindan aytib berishi ya`ni bashoratlashi zarur.

Fan - inson faoliyatining sohasi va ijtimoiy ong shakllaridan biridir. Fan tushunchasi nafaqat yangi bilimlarni olishga doir faoliyat, balki bu faoliyatning natijasi – olamning muayyan vaqtdagi ilmiy manzarasini yaratadigan bilimlarning majmuasi hamdir.

Fanning asosiy vazifasi voqelik to`g`risidagi ob`yektiv bilimlarni ishlab chiqish va nazariy jihatdan sistemaga solish, ochilgan qonunlar va qonuniyatlar asosida ob`yektiv voqelik hodisalarini tasvirlash, tushuntirish va oldindan aytib beishdan (bashorat qilishdan) iborarat. Binobarin, fan – bu sistemaga solingan bilimlar to`plamasidir.

Har bir fanning tarkib topishini soddalashtirgan holda ilmiy tadqiqotlar va olimning intellektual evolyutsiyasining uchta ketma-ket keladigan bosqichlar bilan taqqoslash mumkin. F.Bekonning tadqiqotchilarni chumoli, asalari va urgimchakka o`xshatishini biroz o`zgartirib ifodalagan holda bu bosqichlarni quyidagicha ta`riflash mumkin. Dastavval olim kuzatish ma`lumotlarini, eksprement faktlarini, boshqalarning va o`zining g`oyalarini tanlab, sararalab o`timasdan o`zining ma`naviy chumoli uyasiga olib kelaveradi.Keyin u faqar ayrim muayyan xildagi materiallarningina to`play boshlaydi va ularnini o`zining “asaliga” (o`zining tushunchalari, g`oyalari, nazariyasiga) aylantiradi. Nihoyat, u “asal”ni ishlash uchun hech qanday tashqi materialning kerak emasligini hal qiladi va o`zi sezmagan holda asl o`rniga “o`gimchak ini”ni tayyorlay(ya`ni fan metodologiyasini yarata) boshlaydi.

Har bir fanning maqsadi o`zi kashif etgan qonunlar asosida o`zining o`rganish predmetini tashkil etadigan borliq jarayonlari va hodisalarini tasvirlash, tushuntirish va oldindan aytib berishdan iborat. Tadqiqot va ilmiy bilishni tashkil etishnming empirik va nazariy darajalari ajratiladi. Empirik bilimning elementlarini kuzatishlar va ekspirement yordamida olingan faktlar tashkil etadi.Bilimning nazariy darajasi ob`yektlar va hodisalarning mohiyatyini, ularni g`oyalar, qonunlar, tushunchalar, gipotezalar va nazariyalardan foydalanish bilan bilishning metodologiyasi va metodikasini ifodalaydi.

Har bir fanning mazmun-mohiyati uning o`ziga xos “sifat belgisi” bo`lgan nazariyani isjlab chiqishda ifodalanadi. Nazariya voqealarni tushuntirish, tushunib yetish, tasvirlash va talqin qilish uchun foydalaniladigan asosiy dalillarning tizimini belgilaydi. Nazariya orqali son-sanoqsiz faktlar “elanadi” va saralanadi.

Fanning pirovard maqsadi - ham tabiiy, ham ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarni oqilona boshqarish yo`llari va usullarinin ishlab chiqish va asoslashdir.

Fanning hozirgi metodologiyasida tadqiqotning bir-biridan mazmuni va mohiyatiga ko`ra “ob`yekt (lot. objectum – narsa, hodisa, predmet)” va “predmet (rus. предмет narsa)” tushunchalarini farqlay bilish lozim ekanligi ko`rsatiladi. “Ob`yekt” va “predmet” tushunchalari lo`g`aviy jihatdan bir xil mazmunga ega bo`lsada, tabiiy fanlarda, ayniqsa Yer to`g`risidagi fanlarda bu tushunchalarni bir ma`noda talqin qilish mumkin emas. Falsafiy nuqtai nazardan qaralganda ob`yekt – bizning ongimizga va bizlarga bog`liq bo`lmagan holda namoyon bo`luvchi tashqi dunyo, moddiy borliq. O`zbekiston Milliy ensiklopediyasida (2003) “ob`yekt – sub`yktga qarama - qarshi bo`lgan hamda insonning amaliy va bilish qobiliyati qaratilgan ob`yektiv reallik. Ob`yekt inson va yning ongidan mustaqil …” deb ta`rif berilgan (6-jild, 242-b.). Har qanday fanning rivojlanishi davomida uning ob`yekti turli jihatlardan qaraladi. Odatda tadqiqot tashqi, yuza belgilarni o`rganishdan boshlanadi va keyinroq ichki, tub juz’iyarni ochib berishga o`tiladi. Bunday holat fanga xos bo`lgan har qanday ob`yektni bilib olishning muayyan qonuniyatlari, shuningdek, fan oldiga jamiyat tomonidan qo`yiladigan vazifalarning o`zgarishi bilan bog`liq. Ob`yekt predmetga nisbatan umumiyroq, kengroq qamrovga ega bo`lgan tushuncha va shu sababli bir qator fanlarning yagona o`rganish obyektini tashkil etuvchi strukturaviy qismlar (jihatlar, komponentlar, xossalar)ning har biri esa biror-bir fanning predmeti bo`lib hizmat qiladi. Ob`yekt rivojlanishning muayyan bosqichida fan tomonidan o`rgnilayotgan tomoni uning taqiqot predmetini tashkil etadi. Ob`yektni tadqiq qilishda fan yechayotgan vazifalarning o`zgarishi bilan uning predmeti ham o`zgaradi.

A. Soliyevning ta`biricha (1999), “…ob`yekt serqirra borliq, hodisa va voqealar bo`lib, birgina fan uchun emas, balki ko`p fanlar birikmasi uchun xizmat qiladi. Har bir fan hodisa va voqealarning bir tomonini (aspektini) o`rganadi. Ammo shu “bir tomoni yoki aspekti” fanning predmetini” tashkil etadi. Shu nuqtai nazardan qaralganda barcha geografik fanlarning umumiy ob`yekti bitta bo`lib, uning ayrim jihatlari yoki alohida bir tomonlari hususiy geografik fanlarning predmelarini tashkil etadi. Fanning ob`yekti uning tadqiqot sajiyasi va yo`nalishini belgilovchi vazifalar, muammolar va masalalr asosida shakllanadigan takliflar majmuasidan iborat. Ta`kidlanganidek, fan ob`yekti ob`yktiv borliq, hodisa, uning qanday nomlanishi esa sub`yektiv jarayondir.

Fanning asosiy vazifasi bilib olingan qonunlar va qonuniyatlar asosida ob`yektiv voqelik hodisalarini tasvirlash, tushuntirish va oldindan aytib berishda (bashorat qilishdan) iborat. Fanning pirovard maqsadi esa ob`yektiv voqelikni – ham tabiiy, hamijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni oqilona boshqarish yo`llari va usullarini ishlab chiqish va asoslashdan iborat.

Ma`lumki, fanning rivojlanishini o`rganish predmetlarining ketma-ketlik bilan shakllanishi va almashinuvi sifatida tasavvur qilinishi mumkin. Har qanday ilmiy fanning esa uning tadqiqot predmeti barcha komponentlarining sekin – asta o`zgarishi jarayonidan iborat. Fanning bilimlarning barcha sistemasining tadrijiy rivojlanishiga va, shuningdek, bu ilmiy faoliyat sistemasi funktsiyalarining jamiyat sistemasidagi o`zgarishlarga bog`liq.Fanning rivojlanishi jarayonida tadqiqot predmetiga oid tasavvurlarnng uzluksiz evolyutsiyasi sodir bo`ladi, muayyan payt uchun dolzarb bo`lgan nazariy va amaliy muammolar ilgari suriladi, o`1rganish predmetining nomi oydinlashtiriladi.

Tabiatning har qanday hodisasi yoki ob`yektini fan noma`lum faktlarni va qonuniyatlarni bilib olish va anglab yetish uchun o`rganadi. Shu sababli har qanday fanning asosiy maqsadi noma`lum hodisa va jarayonlar to`g`risida bilimlarni oddiy va va shu asosda o`zi o`rganayotgan muayyan predmetning mavjudligi qonunlari to`g`risida nazariy hulosalar ishlab chiqishdan iborat. Mukammal ishlab chiqilgan nazariya asosida shu ob`yektlarning muayyan ta`sirlardagi maylini oldindan aytib berish mumkin. Bosqacha aytganda, fan real hodisalarni modellashtirish, ularning natijalarini bashoratlashtirish imkoniyatlarini beradi. Fanning ob`yekti to`g`risidagi yangi bilimlar fanning rivojlanishiga ta`sir ko`rsatadi, yangi vazifalarni qo`yishga sabab bo`ladi yoki yangi juz’iy ilmiy fanlarning tarkib topishiga olib keladi. Bu jarayonlar birgalikda fanning doimiy ravishda ichki rivojlanishiga olib keladi.

Ijtimoiy ongning shakli bo`lgan har bir fan rivojlanishning murakkab yo`lini bosib o`tadi. Har bir fan rivojlanishining o`ziga xos xususiatlari ularning mazmuniga, tadqiqot predmetiga bog`liq; ularning rivojlanishi turli davrlardagi amaliy talab va ehtiyojlar bilan chambarchas bog`liq va bu talablar doimo o`zgarib turadi. Bir xil tadqiqot ob`yektini anglashga turli paytda turli talablar qo`yiladi, muhim bo`lgan vazifalar oldinga suriladi. Bu talab va vazifalar ko`p jihatdan fanning rivojlanish jarayonini belgilaydi.

Geografiya hozirgi tabiiy va ijtimoiy fanlar orasida asosiy mumtoz fanlardan biridir. Ko`p asrlar davomida geografiya Yerni o`rganadigan asosiy va yagona fan bo`ldi. Uzoq rivojlanish davomida geografiya jamiyat tomonidan unga qo`yilgan buyurtmalarni bajarib keldi. U kishilik jamiyatining atrof muhiti to`g`risida ma`lumotlar berishi va va shu asosda kisxilarni tabiat bilan kurashishi uchun qurol bilan ta`minlashi lozim edi. Shu nuqtai nazardan qaralganda geografiyani atrof muhit to`g`risidagi fan sifatida belgilash mumkin. Geografiyaning ahamiyati uning rivojlanishining butun uzoq tarixi davomida muhim amaliy vazifalarni bajargan bo`lsada, uning tadqiqot ob`yekti mujmal va noaniq bo`lib qolaverdi. Atrof tabiiy (geografik) muhitning rangbarangligi tadqiqot uchun yangi mavzularni bergan holda geografiyaning o`rganish ob`yektini kengayishiga doimiy ravishda imkon berdi. Biroq, shunda ham geografiyaning ob`yekti hech qachon tugamadi. Geografik tadqiqotlarning predmetlari maxsus fanlarning ob`yektiga aylandi. Shunday qilib, asrlar davomida georafiyaning ko`rinishi yangi o`zaro aloqalarning ochilishi, jamiyatning rivojlanishi va uning evolyutsiyasining talablari tufayli to`xtovsiz o`zgardi. Ammo hozirgi paytda ham geografiyaning ob`yekti nima, umuman geografiyaning real tadqiqot o`byekti bormi, agar bo`lsa, uni qanday aniqlash va belgilash mumkin degan savollar dolzarb bo`lib qolmoqda.

Geografiya fanlari rivojlanish jarayonida uzoq vaqt davomida tabiiy fanlar jumlasiga mansub bo`lib keldi va fizika, biologiya va boshqa fanlar bilan birgalikda tabiat boyliklari va kuchlarini ulardan kisxilarning manfatlari uchun foydalanish maqsadlarida o`rgandi. Ammo geografiya tabiatni bilish va tasvirlashga kisxilarning hayotini ham qo`shib tasvirlab bordi.

Geografiyaning tadrijiy taraqqiyoti davomida uning nafaqat ob`yektiga, balki u o`rganadigan qonuniyatlarning sajiyasiga yondashuv ham o`zgardi. Barcha davrlarda va xalqlarda geograflar faoliyatining jabhasi – Yer yuzasi va undagi tabiiy va ishlab chiqarish jarayonlari bo`lgan. Ammo bu ob`yektni, tadqiqot vazifalarini, ob`yekt haqidagi tasavvurni o`rganishga yondashuv tubdan o`zgargan.

Tabiiy geografiya rivojlanishining keyingi bosqichida geografik tasvirlash mazmunining teranlashuvi bilan bir qatorda tabiiy jaraonlarni sistemali o`rganish ham boshlandi. Sistemali o`rganish qiyosiy – geografik yondashuv yo`li bilan ochilgan ymumiy qonuniyatlarni Yer bilimida, mahalliy qonuniyatlarni esa regional geografiyada chuqurroq bilib olish hamda ilmiy tushuntirish uchun zarur bo`ldi. Ammo Yer yuzasida kechadigan tabiiy jarayonlarni o`rganish bu jarayonlarning murakkabligi va xilma-xilligi tufayli metodlarni qo`llashni cheklash va ihtisoslashtirishni, yani tabiiy muhitni o`rganishga tabaqalashgan yondashuvni taqoza etdi. Tabiiy muhit uchun xos bo`lgan jarayonlarning keng majmuasida tadqiqotchilarning e`tibori alohida jarayonlarga yoki ylarning birikmalariga , ayniqsa ular orasidagi mujassan qloqalarga qaratildi. Buning natijasida tabiiy geografiyaning rivojlanish yo`li o`zining tuzilishining murakkablashuviga va uning bo`linmalarining chuqurroq ihtisoslashuviga sekin-asta yaqqol ifodalangan tendensiyani seza boshladi.Rivojlanishdagi bunday tendensiya esa tabiiy geografiyaning tabiiy geografik fanlar sistemasiga aylanishiga olib keldi.

Geografiya fani boshqa fanlar qatori zamonamizning muhim va katta ilmiy – amaliy ahamyatga ega bo`lgan fanlari qatoridan o`rin olmoqda. XX asrning so`ngi choragida va hozirgi paytda geografiyaning ilmiy, amaliy va ta`limiy salohiyati ortib bordi va bu jarayon davom etmoqda.

Geografiya o`zining rivojlanishida boshqa barcha fanlardan farq qiladigan o`ziga xos juz’iyatlarga ega emas. Bu oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga tomon rivojlanishdir. Rivojlanish jarayonida ilgari yagona bo`lgan geografiya o`rganadigan qonuniyatlarning sajiyasiga ko`ra bir-biridan farq qiladigan o`ziga xos juz’iy, ixtisoslashgan fanlarga tabaqalashadi. Bu fanlar “geografiya” umumiy nomi bilan atalib kelindi va ular Yer yuzasi tabiati rivojlanishining geografik qonuniyatlarini o`rgandi, tabiat qonunlarini tobora teranroq anglab yetisga harakat qildi.

XX asrda geografiya yagona fan doirasidan chiqib fanlar sistemasiga aylandi. Geografiya bir-biri bilan mujassam bo`gliq bo`lgan va hatto o`zaro bir-biriga kirib boradigan fanlarning o`ziga xos majmuasi sifatida tarkib topdi. Sistemali tahlil nuqtai nazaridan geografiyani ko`p komponentli sistema sifatida qarash mumkin. Bu sistema unga kiradigan barcha komponentlarning dialektik birligini ifodalaydi. Bu sistemaning birlashtirib turuvchi mohiyatini geografik qobiq jarayonlari, holatlari va hodisalarining geografik makon – zamon tahlili tashkil etadi. Bu birlikning barcha tarkibiy qismlari o`zaro tog`ri va teskari aloqalar, o`zaro ta`sir, o`zaro bir-biriga kirib turishi va umumiy bog`liqlik bilan birlashadi. Ozaro aloqa va bog`liklar nafaqat sistema doirasida, balki shu sistemaga nisbatan kattaroq va kichikroq sistemalar bilan ham ob`yektiv ravishda mavjud bo`ladi.

Geografiya fanlari sistemasining ichki birligi uning barcha a`zolarining umumiyligi, ularning tadqiqot predmetlari (y`ani landshatlar (geosistemalar) va ularni tashkil etuvchi komponentlar) orasidagi ob`yektiv o`zaro aloqalardan kelib chiqadigan e`tiborning umumiyligi va, nihoyat, geografik qobiq doirasida jamiyat va tabiat orasidagi o`zaro ta`sir sajiyasini belgilash va tabiatdan oqilona foydalanishni tashkil etishdan iborat bo`lgan pirovard maqsadlarining umumiyligi bilan ta`minlanadi.

Barcha fanlar sistemasidagi kabi, geografiya fanlari sistemasining o`rganish ob`yektini geografik qobiq tashkil etadi va barcha geografik fanlar shu qobiq doirasida faoliyat ko`rsatadi; shu qobiqning ayrim tomonlarini, jihatlarini o`rganish geografik fanlarning predmetlarini tashkil etadi.

XX asrda geografiya bir – biri bilan bog`liq va hatto bir – biriga kirib turadigan fanlarning o`ziga xos tizimiga aylandi. Sistemali tahlil nuqtai nazaridan geografiya unga kiradigan barcha komponentlarning dialektik birligidan iborat bo`lgan ko`p komponentli sistema sifatida qaralishi mumkin. Geografik qobiq jarayonlarini, holatini va hodisalarini geografik makon – zamon tahlili bu sistemalarni birlashtirib turuvchi sterjeni bo`lib hizmat qiladi.Zamonaviy fan inson bilimlarining murakkab tizimi bo`lib, u shartli ravishda uch guruhga: tabiiy, ijtimoiy-gumanitar va texnikaviy fanlarga bo`linadi. Shu sababli hozirgi zamon geografiyasi biologiya, kimyo, fizika va boshqa fundamental fanlar kabi turli vaqtda tarkib topgan ilmiy fanlarning murakkab sistemasidan iborat.

Fanlar tasnifida geografiya ham tabiiy ham jamiyatshunoslik fanlariga kiritiladi. Hozirgi vaqtda aqademik B.M. Kedrovning fanshunoslikdagi tasnifida tabiiy geografiya tabiiy va texnika fanlariga, iqtisodiy geografiya ijtimoiy fanlarga kiritilgan. Yetakchi rus geografi V.S. Jekulin tabiiy geografiya va uning komponentlar geografiyalarini tabiiy fanlarga, iqtisodiy – ijtimoiy geografiya va tarmoqlarini ijtimoiy (sotsial) fanlarga mansub, deb hisoblaydi.

J.Dryosh (1982) geografiya axborot berish hamda tabiiy va gumanitar fanlarning o`zaro aloqalari to`g`risida mulohazalarni rag`batlantirishi lozimligini ta’kidlaydi.Uning fikricha geografiya ayni bir paytda tabiiy va ijtimoiy fan, shu sababli fanlar tasnifida geografiyaning o`rnini belgilash qiyinchilikni yaratadi. Ba’zi fanlar nogeografik fanlar qatoriga ham, juz’iy (sohaviy) geografik fanlar qatoriga ham da’vogarlik qiladi. Masalan, geograflar say’I – harakati bilan yaratilgan landshaft geografiyasi nafaqat geografiyaning, balki ekologiyaning (biologiyaning) ham bir qismidir. Xuddi shunday holat tarixiy geografiya hamda o`lkashunoslik uchun ham xos bo`lib, ular ayni bir paytda ham tarix fanlariga, ham geografiya fanlariga mansubdir. Shu sababli geografiya fanlari barcha sistemasining murakkablashuvi sodir bo`ladi.

Aslida ham fanlar bir – biriga yaqinlashgan bizning zamonimizda tadqiqot ob`yekti, predmeti va metodlari bo`yicha bunday bo`linishi ko`p jihatdan shartlilikdan boshqa narsa emas. N.B.Kultashev (1984) bu fanlar barcha blokining rivojlanishidagi sintetik va analitik yo`nalishlarning dialektik o`zaro munosabatlari sababli tufayli geografiya fanlarining asoslangan universal tasnifini yaratish imkoniyati yo`q, deb hisoblaydi.

Ilgari turli mamlakatlarning tabiati, aholisi va xo`jaligi to`g`risidagi bilimlarning qomusiy to`plami bo`lgan geografiya hozirgi davrda bitta fan emas, balki o`zaro bog`liq bo`lgan tabiiy va ijtimoiy fanlarning bir butun tizimi yoki majmuasidir. Hozirgi paytda geografiya ko`pchilik olimlar tomonidan bitta fan sifatida emas, balki tabiiy va ijtimoiy fanlarning sistemasi sifatida talqin qilinadi.Geografiya fanining juda murakkabligi e`tiborga olingan holda geografik fanlar sistemasi deyiladi. Chunki, tabiat rivojlanishining ayrim qonuniyatlarini o`rganadigan tabiiy geografik fanlar sistemasi va jamiyat rivojlanishining ayrim qonuniyatlarini o`rganadigan sotsial – iqtisodiy geografik fanlar sistemasi birgalikda yanada murakkabroq bo`lgan geografik fanlar sistemasini xosil qiladi.

Geografiy fanlari tizimiga mansub bo`lgan barcha fanlarning birligi ularning vujudga kelishiga ko`ra umumiyligida, tadqiqot ob`yektlarinng mujassam bog`liqligida hamda maqsadining umumiyligida namoyon bo`ladi. Chunki bu fanlarning barchasi geografiya rivojlanishining turli bosqichlarida uning bagrida bujudga kelgan va hozirgi paytda ularning umumiy tadqiqot ob`yektini geografik qobiq tashkil etadi. Hozirgi davrda geografiya fanlarining bosh maqsadi tabiatga va xo`jalikka har tomonlama tavsif berish, tabiiy muhit va inson xo`jalik faoliyati orasidagi o`zaro bog`liqlikni belgilashdan iborat.

Geografiya fanlari sistemasi hozirgi paytdagi rvojlanishining o`ziga xos juz’iyati shundaki, geografiyada differensisatsiya jarayonlari bilan bir qatorda XX asrning 60-yillaridan boshlab integratsiya jarayonlari ham kuchaydi va buning natijasida bilimlarning birlashgan (integrallashgan) sohalarining, ya`ni yangi oraliq fanlarning tarkib topishi sodir bo`ldi va bo`lmoqda.

Yuqorida ta`kidlab o`tilganidek, geografiya fanlarining tizimi qadimgi geografiyaning bo`linishi jarayonida tarkib topdi. Qadimiy geografiyadan ajralib chiqqan barcha fanlarning tarkib topishiga ko`ra, ularning tadqiqot predmetlari (ya`ni bir butun komplekslar va ularni tashkil etuvchi komponentlar) orasidagi ob`yektiv o`zaro aloqalardan kelib chiqadigan manfaatlarining umumiyligi, jamiyat va tabiiy muhit orasidagi o`zaro ta`sir sajiyasini belgilash va Yer yzasi tabiiy saloxiyatidan oqilona va samarali foydalanishga yordam berishdan iborat bo`lgan pirovard maqsadlarining umumiyligi geografiya fanlari tizimining ichki yaxlitligini ta`minlaydi.

Fanlar orasida keskin chegaralaning bo`lmasligi ularni bekam-kust tizimlarga solish (taqsimlash) imkoniyatlarini cheklaydi. Shu sababli fanlarning tasnifi doimo shartli bo`ladi. Masalan, biogeografiya, hidrogeologiya, toponomika yetarlicha asoslangan holda geografiyaga ham, boshqa (biologiya, geologiya, lingvistika)fanlar tizimiga ham kiritilishi mumkin. Ammo, tasnifning shartliligi uning befoydaligini anglatmaydi, chunki fanning muayyan fanlar guruhiga mansubligi uning boshqa bilim sohalari bilan mujassam aloqalarini tavsiflash imkonini yaratadi.

Geografiya fanlarini tasniflash bilan turli paytlarda G.Gerland (1888), Y.Chijov (1896), A.Hetner (1905, 1930), L.S.Berg (1915), N.D.Lukashyevich (1917), V.P.Semyonov-Tyan-Shanskiy (1928) va boshqa ko`plab olimlar maxcuc shug`ullanishgan. XX asrning ikkinchi yarmida bu muammoga e’tibor kuchaydi. Bu masala va uning ayrim jihatlari A.G.Isachenko (1953), Y,G.Saushkin (1958), I.M.Zabelin (1952,1959), K.K.Markov (1951,1960, 1973), Kalesnik (1959, 1961, 1970, 1972), Y.K. Yefremov (1950, 1963, 1964, V.A.Anuchin (1960), A.M.Kolotiyevskiy (1961), A.G.Doskach (1964), P.S.Kuznetsov (1967,1970), F.N.Milkov (1967), A.A.Grigoryev (1970), B.N.Semevskiy (1972), N.A. Gvozdetskiy (1973), V.S.Lyamin (1978), V.B.Sochava

K.Ritter geografiya fanining mamlakatshunoslik sifatida rivojlanishiga katta hissa qo`shdi.

F.Rixthofen B.Varenius umumiy geografiya va mahsus (tarmoq ) geografiya deb nomlagan bo`limlarni birlashtirdi. Uning fikricha, maxsus (tarmoq) geografiyaning vazifasi qandaydir noyob (unikal) husussiyatlarga ega bo`lgan dalada, rayonlarda jiddiy tadqiqotlar o`tkazish lozim.Bunday tadqiqotlr ilmiy hulosalar qilishga asos bo`la oladi.Regional tadqiqotlar dastlab tasvirlovchi sajiyaga ega bo`lmog`i lozim.F.Rihtgofen umumiy geografiyani uchta asosiy bo`limga – tabiiy geografiya, biogeografiya va antropogeografiyaga ajratgan.

A.N.Krasnov (1910) tabiiy geografiyani umumiy va juz’iy Yer bilimiga (mamlakatshunoslikka) ajratadi. U umumiy Yer biulimini butun sayyoramizni, uning yuzasining umumiy qonuniyatlarini, juziy Yer bilimi yoki mamlakatshunoslik esa bu qonuniyatlarni alohida materiklar va mamlakatlarni o`rganishini ta’kidlaydi.

I.D.Lukashevich (1917) geografiyani o`z davri uchun juda original holda tasnif qilgan edi. Uning fikricha, bilimlar oltita asosiy fanlardan va talaygina hosil bo`lgan (yasama) fanlardan iborat. Matematika, geometriya, mexanika, fizika, ximiya, biologiya asosiy fanlar bo`lib, qolgan fanlar, shu jumladan geografiya ham asosiy fanlardan hosil bo`lgan fanlardir; ular alohida predmetga ega emas va asosiy fanlar o`rganadigan hodisalarning turli aniq birikmalar bilan ish tutadilar.

I.D.Lukashevich geografiyani umumiy Yer bilimi, juz’iy Yer bilimi va paleogeografiyaga ajratadi (-chizma). Umumiy Yer bilimi tarkibiga tabiiy geografiya (tabiiy dengizshunoslik bilan) va biologic geografiya kiradi. Biologik geografiya o`z navbatida o`simliklar geografiuasi va odam geografiyasi (antropogeografiya)gab o`linadi. Juz’iy umumiy Ye bilimi esa quruqlik geografiyasi (yoki mamlakatshunoslik) hamda dengiz geografiyasi (yoki tasviriy okenografiy)dan iborat. Eng muhimi, I.D.Lukashevichning tasnifida ilk bor paleogeografiya geografiya tarkibiga kiritiladi.

P.P.Semyonov-Tyanshanskiy K.Ritterning “Osiyo Yer bilimi” asarining rus tilidagi nashriga yozgan so`zboshida keng va tor mazmundagi geografiyani farqlaydi. Uning firicha keng mazmundagi geografiya tadqiqot predmetining o`xshashligi bilan o`zaro bog`liq bo`lgan fanlarning butun tabiiy guruhidir. Fanlarning bu guruhiga matematik geografiyani, Yerni va uning tuzilishi qonunlarini o`rganadigan tabiiy geografiyani, etnografiyani va statistikani kiritadi. Tor mazmundagi geografiya Yer yuzasining fiziografiyasi, ya`ni uning doimiy, asrlar davomida tabiatning o`zi tomonidan belgilangan o`chmaydigan tuzulishini ham, inson qo`li bilan yaratilgan o`zgaruvchan, o`chadigan tuzilishini ham tasvirlashdir. L.S. Berg P.P.Semyonov – Tyanshanskiyning tor mazmundagi geografiyasini mamlakatshunoslik, A.G. Isachenko esa (1971) yadrosini tabiiy geografiya tashkil etadigan tabiiy fan deb hisoblaydi.

D.N.Anuchinning fikricha, Yer bilimining o`rganish ob`yektini butun Yer va uning yuzasi tashkil etadi, mamlakatshunoslik bu yuzaning insonni ham o`z ichiga oladigan kattaroq komplekslarшni - alohida qismlarini, mamlakatlarni, oblastlarni o`rganadi. Ayni paytda geografiya o`zining mazmuniga ko`ra bitta fan doirasiga sig`masligini va u bir qator fanlarning majmuasidan iborat ekanligini ta`kidlagan. D.N. Anuchin geografiyani umumiy geografiyaga (Yer bilimiga) va mamlakatshunoslikka ajratadi. Uning fikricha, Yer bilimining o‘rganish ob’yektini butun Yer va uning yuzasi tashkil etadi, mamlakatshunoslik bu yuzaning insonni ham o‘z ichiga oladigan kattaroq komplekslarni - alohida qismlarini, mamlakatlarni, oblastlarni o‘rganadi. Ayni paytda D.N. Anuchin geografiya o‘zining mazmuniga ko‘ra bitta fan doirasiga sig‘masligini va u bir qator fanlarning majmuasidan iborat ekanligini ta’kidlagan.

L.S.Berg () o`zining “Geografiyaning predmeti va vazifalari “ deb nomlangan maqolasida (1915) mamlakatshunoslik – landshaftshunoslik sifatida tushuniladigan geografiyada juz’iy geografiyani (an`anaviy mamlakatshunoslikni) va Yerning butun yuzasidagi predmetlar va hodisalarning taqsimlanishini o`rganadigan umumiy geografiyani ajratish lozimligini ta`kidlaydi.

Geografiya fanlarining S.V.Kalesnik (1959,1970,1972) tomonidan amalga oshirilgan tasnifi ko`pchilik geograflarni qoniqtiradi. Bu tasnifga geografiya fanlarining o`rganish ob’yekti va unga xos qonunlar bo`yicha tafovvutlar asos qilib olingan. Masalan, geografik (landshaft) qobiqni bir butun, ayrim qonuniy tuzilgan joylari (landshaftlari va ayrim yirik qismlari (komponentlari) bo`yicha o`rganish mumkin (Kalesnik, 1955). S.V.Kalesnik (1972) geografiya fanlarini quyidagi to`rtta asosiy guruhga ajratadi (-rasm):

A. Tabiiy - geografik fanlar guruhi - geomorfologiya, iqlimshunoslik, okeanografiya, quruqlik hidrologiyasi (daryolar, ko`llar, yer osti suvlari, botqoqlar), okeanografiya, glyatsiologiya, muzloqshunoslik, tuproqshunoslik tuproqlar geografiyasi bilan, biogeografiya, tabiiy geografiya, fenologiya mansub.

Geografik qobiqning ayrim yirik qismlarini, ya’ni litosfera (relyef bilan), havo massalari, suvlar, tuproqlar, o`simlik turkumlari va zootsenozlarni juz’iy geografik fanlar guruhi o`rganadi. Ular geomorfologiya , iqlimshunoslik, quruqlik gidrologiyasi (daryolar, ko`llar, yer osti suvlari, botqoqlar), okeanografiya, glyatsiololgiya, muzloqshunoslik, tuproqshunoslik, biogeografiya, fenologiyaning tadqiqot ob’yektlaridir. S.V.Kalesnik (1955) “juz’iy geografik fanlar o`zlarining “qismlari”ni bir butundan (ya’ni geografik qobiqdan) ajratgan holda emas, balki ob’yektni tanlangan tadqiqot ob’yektining mavjudligi va rivojlanishining o`ziga xos “muhiti”sifatida qaragan holda o`rganadi”, deb ta’kidlaydi. Bu fanlar tabiiy geografiya ob’yektining qonunlariga bo`ysunadigan ayrim qismlarini o`rganishlari tufayli geografik fanlar hisoblanadi va geografik qobiqni bir butun holda emas, balki uning ayrim qismlarini (komponentlarini) o`rganishlari boys juz’iy geografik fanlar deyilasi.

Tabiiy geografiya geografik qobiqni unga xos umumgeografik qonuniyatlari, moddiy tarkibi, tuzilishi va rivojlanishining juz’iyatlari bilan bir butun sistema sifatida o`rganadigan umumiy tabiiy geografiya (Yer bilimi)ga va landshaftlarning tarkibi, tuzilishining qonuniyatlariva rivojlanishini handa ularning turli taksonomik guruhlarini umumgeografik qonuniyatlar bilan chambarchas aloqada o`rganadiganregional tabiiy geografiyaga (landshaftshunoslikka) bo`linadi.

Barcha tabiiy geografik fanlarning birligi asosida umumiy ob’yekt – geografik qobiq turadi. Bu fanlar geografik qobiqni turli jihatlarini va uning umumgeografik qonunlarini o`rganadi.

B. Ijtimoiy - geografik fanlar guruhi geografiya va alohida geografik fanlar tarixi, toponomiya va iqtisodiy geografiya va uning asosiy tarmoqlarini (aholi geografiyasi, tabiiy resurslar geografiyasi, sanoat geografiyasi, qishloq xo`jalik geografiyasi, transport geografiyasi, xizmat ko`rsatish geografiyasi va b.ni) o`z ichiga oladi.

C. Kartografiya va uning bo`linmalari – kartashunoslik, matematik kartografiya, kartometriya, kartalarni tuzish va tahrir qilish, kartalarni rasmiylashtirish va nashr qilish.

Kartografiyaning geografiya fanlariga mansub bo`lishini geografiya va kartografiya asosida antik davdayoq vujudga kelgan chambarchas aloqalar taqoza etadi; shuninmgdek, kartografiya ko`p asrlar davomida geografiyaning asosiy vazifasi ham kartalarni tuzishdan iborat deb hisoblangan. Ta’kidlash joizki, geografiya fanlarining hozirgi sistemasida kartyografiya alohida o`ringa ega, zero u matematik va texnika fanlari doirasida mustahkam tayanchga ega hamda tabiiy fanlarga ham, gumanitar fanlarga ham xizmat ko`rsatadi. K.A. Salishevning (1982) fikricha, kartografiya fan sifatida tabiat va jamiyat hodisalarining joylashuvi, xossalari, zamondagi o`zaro ta’sirlari va o`zgarishlarini kartalar va boshqa kartografik modellar vositasida ifodalash va tadqiq qilish to`g`risidagi fandir.

D. Birlashgan (qo`shma) fanlar guruhini o`lkashunoslik, mamlakatshunoslik, tibbiy geografiya va harbiy geografiya tashkil etadi. Bu fanlar tabiiy va ijtimoiy geografik fanlar, shuningdek, nogeografik fanlarning ma`lumotlarni birlashtirish (sintez qilish) va umumlashtirish bilan shug`ullanadi.

Mamlakatshunoslik va o`lkashunoslik tasvirlanayotgan hududning katta-kichikligi bilan bir-biridan farq qiladi. Mamlakatshunoslik asosan katta hududlarga (materiklar, o`lkalar, rayonlarga) o`lkashunoslik esa kichikroq hududlarga oid turli tabiiy-geografik, iqtisodiy geografik, tarixiy va boshqa ma’lumotlarni qidirish, saralash va tizimlashtirish bilan shug`llanadi.

Harbiy geografiya umumiy (strategiya va taktikaning geografik shart-sharoitlari to`g`risidagi ta’limot) va regional (harbiy harakatlar teatrlarining tavsifi) qismlarga bo`linadi.

Geografiya va tibbiyot orasida rivojlanadigan tibbiiy geografiya tabiiy (geografik) muhitning kishilar salomatligiga ta’sirini o`rganadi.

S.V. Kalesnik fikricha, geografiya fanlarining har biri o`zining nazariy, regional va amaliy qismlariga ega. Geografiya fanlarining amaliy bo`limlari ba`zan amaliy geografiya degan umumiy nom bilan birlashtiriladi, ammo bu amaliy bo`limlar mustaqil fanlarni hosil qilmaydi (Sochava,1965).

Georrafiya fanlarini tasnifini V.B.Sochava (1978) tizimli yondashuv asosida amalga oshirgan (1- rasm). Uning tasnifi geografiya fanlari assosiatsiyasining umumiy tuzilmasida geosistemalar to`g`risidagi ta`limotning o`rni nuqtai nazaridan amalga oshirilgan va bu tizimning turli ilmiy geografik yo`nalishlarning eng samarali o`zaro ta`siriga imkon beradi.

A.A.Grigoryev (1966) tabiiy geografiyaning tarkbiy qismi bo`lgan bevosita asl (juz’siy) tabiiy geografiya (umumiy Yer bilimi va landshaftshunoslik) paleogeografiya bilan bir qatorda asosiy juz`iy tabiiy geografik fanlarni (geomorfologiya, iqlimshunoslik, okeanologiya, quruqlik hidrologiyasi, geografik tuproqshunoslik, geobotanika, zoogeografiya, glyatsiologiya, geokriologiya (muzloqshunoslik)ni ham ajratgan edi.

A.G.Isachenko (1979) ham zamonaviy geografiyani fanlar sistemasi sifatida qaragan holda bi sistemani tabiiy (-geografik) va ijtimoiy (iqtisodiy – geografik) fanlar guruhiga ajratadi. Tabiiy-geografik fanlar guruhiga asl tabiiy geografiya (tor mazmundagi tabiiy geografiya yoki kompleks tabiiy geografiya) va juz’iy yoki sohaviy tabiiy-geografik fanlar (geomorfologiya, iqlimshunoslik va b.), iqtisodiy – geografik fganlarga esa iqtisodiy geografiya va tarmoqlar (sanoat, qishloq xo`jaligi va b.) geografiyasi ajratiladi. A.G.Isachenkoning fikriga ko`ra, har bir geografik fan o`zining nazariy va amaliy qismlariga ega. U geografiyaga yaqin (o`zaro bog`langan, payvasta) fanlarni (geokriologiya, hidrogeologiya, toponomika va b.) alohida guruh sifatida qaraydi.

L.Michian (1983) geografiya fanlari sistemasida geografik (landshaft) sintezni ta’minlaydigan komplek, integral geografiya turadi, deb hisoblaydi (2-rasm). Bu fan tabiiy-geografik va sotsial-iqtisodiy sistemalar orasidagi o`zaro ta’sirni o`rganadi. L.Michian geografiya fanlari sistemasida nazariy geografiya va metageografiyaning alohida mavqesini belgilaydi.Uning fikricha, nazariy geografiya barcha geografiya fanlari tadqiqotlarining natijalarini umumlashtiradi, butun geografiyaning asosiy nazariy qoidalarini shakllantiradi. Metageografiya esa geografiya to`g`risidagi fan bo`lib, geografiyaning fanlar sistemasidagi o`rnini, geografiyasining ichki tuzilmasini, geografiyaning unga yaqin fanlar bilan munosabatini o`rganadi. Metageografiyaning fazifalariga geografiya fanlariistemasi rivojlanishining bashorati ham kiradi.

L.Michian tabiiy-geografik fanlar sistemasi markazida landshaftshunoslik, umumiy Yer bilimi, geosistemalar to`g`risidagi ta’limot, asl tabiiy geografiya va boshqalarga o`xshash kompleks tabiiy geografiyani ajratgan.

R.Galon (1983) umumiy, regional, tarixiy, (jarayonlarni o`rganadigan) dinamik va kompleks tabiiy geografiyani (landshaftshunoslikni)ajratishni taklif qiladi.

K.K. Markov (1960) tabiiy geografiyani juz`iy tabiiy geografiyaga (geomorfologiya, iqlimshunoslik va b.), umumiy tabiiy geografiyaga (umumiy Yer bilimiga) va regional tabiiy geografiyaga; umumiy tabiiy geografiyani esa o`z navbatida Yer yuzasining (geo)fizikasiga, paleogeografiyaga (tarixiy Yer bilimiga) va Yer yuzasining (geo)kimyosiga ajratadi.

V.B.Sochava dastlab (1963) asl (xususiy) tabiiy geografiyani: 1) umumiy tabiiy geografiyaga (umumiy Yer bilimiga); 2) regional tabiiy geografiyaga; 3) tabiiy geografik fatsiyalar to`g`risidagi ta`limotga (“molekulyar” geografiyaga) ajratadi.Uning fikricha, landshaftshunoslik umumiy tabiiy geografiyaning bo`limi bo`lib, Yer landshaft qobig`ining (geografik muhtning) uni tashkil etuvchi toifalarga - fatsiyalarga, landshaftlarga, provinsiyalarga va boshqa taksonomik birliklarga ajratishning tamoyillari va metodlarini ishlab chiqish bilan shug`ullanadi.

V.B. Sochavaning (1965) geografiya fanlarining tasnifida tabiiy geografiya tabiatning ayrim komponentlarini o`rganadigan geomorfologiya, iqlimshunoslik, okeanologiya, quruqlik hidrologiyasi va boshqa fanlar bilan “teng huquqli” ravishda tabiiy fanlar guruhiga kiritiladi. Geografik tabiiy fanlar tomonidan geografik qobiqning uch jihati – yaxlt sistema sifatidagi, uning alohida qismlari (tabiiy hududiy va akval komplekslari) hamda ayrim komponentlari o`rganiladi. Geografik qobiqning birinchi va ikkinchi jihatlari tabiiy geografiyaning, uchinchi jihati, ya`ni uni tashkil etuvchi komponentlari esa juz`iy yoki tahliliy geografik fanlarning tadqiqot predmetini tashkil etadi.Predmetlarining sajiyasiga ko`ra tabiiy geografiya ikki tarmoqqa – umumiy Yer bilimiga yoki umumiy tabiiy geografiyaga va regional (hududiy - akval) tabiiy geografiyaga bo`linadi.

V.M.Goxman (1984) geografiyaning ob’yektini elementlarning hududiy jihatdan tartibliligi, bir butunlikning alohida sajiyasi, o`ta murakkabligi bilan ajralib turadigan geosistemalar deb hisoblagan holda, bu geosistemalar geografiyaning beshta bo`limi – kompleks (yoki asl) geografiya, juz’iy geografik fanlar, tabiiy, ijtimoiy va nazariy geogrfiya tomonidan o`rganiladi. Uning fikricha, geografiya ijtimoiy-tabiiy fanlar sistemasidir, vaholanki, tabiat va jamiyat o`zaro ta’sirida jamiyat yetakchi ahamiyatga ega.

P.S.Kuznetsov (1970) tabiiy geografiyani tor mazmundagi tabiiy geografiyaga va keng mazmundagi tabiiy geografiyaga ajratish lozimligini ta`kidlaydi (-rasm). Tor mazmundagi tabiiy geografiyaga tarkibiy qismlarini landshaft morfologiyasi, landshaft fizikasi, landshaft kimyosi va landshaft biotikasi tashkil etadigan juz’iy (asl) geografiya, paleogeografiya tabiiy geografiyaning tarixi kiradi. Predmeti Yer yuzasi hozirgi tabiiatining rivojlanish tarixi bo`lgan paleogeografiyadan farq qilgan holda tabiiy geografiya tarixining predmetini geografik qobiq va uning landshaftlari to`g`risidagi ta`limotning, bu ta`limotning nazariyasi va metodining vujudga kelishi va rivojlanishi tashkil etadi. Quruqlik tabiiy geografiyasi, okeanologiya, quruqlik gidrologiyasi, glyatsiololgiya va muzloqshunoslik keng mazmundagi tabiiy geografiyani yoki tabiiy geografik fanlar guruhini xosil qiladi (3-rasm).

N.A.Gvozdetskiy (1979) esa tabiiy geografiyani umumiy va regional tabiiy geografiyaga ajratadidi (4– rasm). Uning fikricha, umumiy tabiiy geografiya geografik muhitning umumiy masalalarini o`rganish bilan shug`ullangan holda geografik qobiqning yirik (geografik mintaqa, o`lka, zona va b.) hamda regional va tipologik (rayon, landshaft, lanshaftning morfologik birliklari) birliklarining umumiy qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Bunda eng yirik taksonomik birliklarni o`rganish umumiy Yer bilimining vazifasini tashkil etadi.Umumiy tabiiy geografiyaning vazifasiga esa bundan tashqari hududiy tabiiy geografik birliklarni umumiy tizimga solish, tasniflash, tiplarga va taksonomik birliklarga ajratish ham kiradi. Landshaftshunoslik va tabiiy geografik rayonlashtirishning umumiy nazariy masalalari ham umumiy tabiiy geografiyaning qismlaridir.

N.A.Gvozdetskiyga ko`ra regional tabiiy geografiya muayyan hududlar, turli taksonomik birliklar (o`lkalardan landshaftning morfologik birliklarigacha) hudularining geografik muhitini o`rganadi.

F.N. Milkov dastlab (1973) keng mazmundagi tabiiy geografiyani (umumiy Yer bilimi, landshaftshunoslik, barcha juz`iy geografik fanlar – geomorfologiya, iqlimshunoslik, okeanografiya va b.) hamda tor mazmundagi tabiiy geografiyani (umumiy Yer bilimi va landshaftshunoslik) farqlagan edi. 1990-yilda nasr qilingan “Umumiy Yer bilimi” darsligida F.N. Milkov fanlar tasnifining 4 darajasini (taksonomik birligini) – sikl, oila, turkum va turini ajratish maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi ( - rasm). Geografiya biologiya, geologiya, geofizika, geokimyo bilan birgalikda Yer to`grisidagi fanlar sikliga kiradi (-chizma).Bu fanlarning o`rganish predmeti yagona bo`lib, uni Yer tashkil etadi, ammo ayni paytda bu fanlardan har birining o`rganish predmeti mavjud. Biologiyada Yerning organik olami, geokimyoda uning kimyoviy tarkibi, geologiyada uning ichki qismlari – bag`irlari o`rganiladi. Geografiyaning o`rganish predmetini esa barcha davrlarda vujudga kelishiga ko`ra tabiiy va sotsial ajralmas kompleks sifatidagi Yer yuzasi ( geografik qobiq) tashkil etadi. Fanlar tasnifining sikli darajasida geografiya birligi predmetlining mohiyati namoyon bo`ladi.

Tasnifning sikl darajasidagi geografiya – bo`linmagan, yaxlit geografiya bo`lib, barcha boshqa geografiya fanlarining tarkib topishida asos bo`lgan. Shu sababli geografiya eng umumiy qonuniyatlarni o`rganadi va uning xulosalari geografiya fanlarining barcha bo`linmalariga taalluqlidir.

Geografiya fanlarining oilasini tabiiy geografiya, sotsial – iqtisodiy geografiya, mamlakatshunoslik, kartografiya va geografiya tarixi xosil qiladi. Bu fanlarning barchasining ob`yektini geografik qobiq (Yer yuzasi) tashkil etsada, o`rganish predmetlari har xil. N. Milkov (1990) fikricha, tabiiy geografiyaning predmeti bo`lib Yerning geografik qobig`i, sotsial – iqtisodiy geografiyaning – hududiy sotsial – iqtisodiy sistemalar shaklidagi ho`jalik va aholi xizmat qiladi. Geografiya fanlarining oilasiga mansub bo`lgan bu fanlar Yer to`g`risidagi fanlar siklidagi boshqa oilaga mansub bo`lgan fanlar bilan muayyan darajada bog`langan. Tabiiy geografiyani geologiya, biologiya, geofizika asoslariga doir bilimlarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Sotsial – iqtisodiy geografiya iqtisodiy fanlar bilan bog`liq. Ammo u ko`p jihatdan tabiiy geografiya bilan chambarchas bog`langan.

Tabiiy geografiya va sotsial-iqtisodiy geografiya bir-biridan farq qiladigan tadqiqot predmetlariga ega. Tabiiy geografiyaning tadqiqot predmetini tabiiy - hududiy komplekslar, sotsial - iqtisodiy geografiyaning tadqiqot predmetini esa ishlab chiqarish - hududiy komplekslar tashkil etadi. Ammo bu har ikkala komplekslar bir-biridan alohida holda mavjud emas, balki ular bir-biriga ta`sir ko`rsatadi va Yer yuzasidagi moddiy olamning birligini xosil qiladi.

Geografiya fanlarining oilasida geografik g`oyalar va geografiya fanlarining hozirgi metodologik asoslarining takib topishi tarixini tadqiq qiladigan geografiya tarixi va metodologiyasi o`ziga xos o`ringa ega. Geografiya fanlari tarixi geografik tafakkur va Yer sayyorasidagi geografik kashfiyotlar haqidagi ham tarixiy, ham geografik fandir. Tarixiy davrlardagi davlat, aholi va boshqa ijtimoiy ob`ektlarning joylanishini o`rganadigan tarixiy geografiyadan farq qilib, geografiya ilmi tarixi, Yer haqidagi fanning rivojlanish tariqini o`rganadi. Darvoqe geografiya fanlari tarixi tarix, falsafa, texnika, geografiya fanlarining turli sohalari bilan chambarchars bogliqdir. Tarixiy geografiya bir – biri bilan chuqur bog`lanishli ikki qismdan: a) geografik sayohatlar va kashfiyotlar tarixi hamda b) geografik ta`limot va g`oyalar tarixidan tashkil topgan. Keyingisi hozirgi zamon geografiya fanlari tizimining shakllanish tarixini tashkil etadi. Bu fan qadimgi qo`lyozmalar, kartalar, sayohat kundaliklari kabi tarixiy ashyoviy manbalarga suyangan holda ish ko`radi.

Tabiiy geografiyaning sotsial – iqtisodiy geografiya bilan sintezi mamlakatshunoslikda ayniqsa yaqqol namoyon bo`ladi. Zero, mamlakatshunoslik umumgeografik – uchbirlik (tabiat, aholi, xo`jalik) sajiyasiga ega.

Tabiiy – geografik fanlar xili tabiiy geografiyadan (umumiy Yer bilimi, landshaftshunoslik, paleogeografiya) va juz`iy yoki komponentlar to`g`risidagi (geomorfologiya, iqlimshunoslik, hidrologiya, tuproqlar geografiyasi, biogeografiya) fanlardan iborat. Bu fanlarning umumiy o`rganish ob`yektini geografik qobiq, prerdmetlarini esa geografik qobiqning biror bir strukturaviy qismi yoki jihati tashkil etadi. Tabiiy geografik fanlarni N.A.Solntsev tabiat geografiyasi degan umumiy nom bilan atagan edi. Ayrim olimlar (A.D.Gojev, K.K.Markov va b.) Yer yuzasining tabiati tabiiy geografiyaning predmeti degan fikrni ham bildirganlar.

L.P.Shubayev (1977) tabiiy geografik fanlarni tizimli yondashuv asosida tasniflashga harakat qilgan. Har qanday sistema o`ziga nisbatan kichikroq bo`lgan sistemalardan tashkil topgan bo`lib, o`z navbatida uning o`zi ham o`zidan yirikroq sistema tarkibiga kiradi. Geografik qobiq sayoraviy miqyosdagi sistema bo`lganligi sababli u ko`plab tashkil topgan. Binobarin, har bir sistemani o`rganish uchun undan kichikroq va uni tashkil etuvchi sistemalarni lozim bo`ladi. Ammo alohida-alohida o`rganilgan kichik sistemalar yirik sistemaning juz’iyatlarini butunlay ochib bera olmaydi. Shu sababli uni bir butungacha umumlashtirish lozim bo`ladi. Shuning uchun geografik qobiq turli darajalarda o`rganilishi lozim. Shu asosda L.P.Shubayev tabiiy geografiyani juz`iy geografik fanlarga, regional geografiyaga va umumiy Yer bilimiga ajratadi.

V.I.Prokayev (1982) tabiiy-geografik fanlar majmuasini biroz boshqacharoq tasavvur qiladi.U kompleks (asl tabiiy-geografik) va sohaviy (juz’iy) tabiiy geografik fanlarni ajratadi. Uning fikricha, kompleks (asl) tabiiy-geografik fanlar kompleks sistemalarni – geografik qobiq va uning kichik sistemalarini – geokomplekslarni va yaruslarni, sohaviy (juz’iy) tabiiy geografik fanlar esa juz’iy tabiiy rayonlarni o`rganadi. Kompleks tabiiy-geografik fanlar Yer bilimi va landshaftshunoslikni o`z ichiga oladi; landshaftshunoslik o`z navbatida umumiy (umumnazariy) va regional qismlardan iborat.Umumiy landshaftshunoslikning vazifasiga tabiiy-geografik rayonlashtirishning nazariyasi va metodikasini ishlab chiqish ham kiradi*.(*В.И.Прокаев. Ландшафтоведение и региональная физическая география. “Изв.ВГО”, 1982, № 5)

Shunday qilib, geografik tabiiy fanlarning guruhida bo`linadigan tabiiy geografiyaning ajratilishi ko`pchilik olimlar tomonidan e`tirof etilgan Predmetini turli miqyoslardagi tabiiy komplekslar (geosistemalar) tashkil etganligi sababli ayrim tadqiqotchilar (V.S.Preobrajenskiy va b.) umumiy Yer bilimi (umumiy tabiiy geografiya) va regional geografiyani kompleks tabiiy geografiyaga birlashtiradilar.

Ingliz tilidagi geografik adabiyotlarda tabiiy geografiya tabiatni o`rganish bilan shug`ullanadigan sohaviy (komponentlar to`g`risidagi) fanlar – geomorfologiya, hidrologiya, iqlimshunoslik, biogeografiya va tuproqlar geografiyasining birikmasi sifatida qaraladi. Shuningdek, tabiiy geografiya geografiyaning sotsiaql iqtisodiy hodisalar va ularning Yer Yuzasi bo`yicha taqsimlanishini tadqiq qilishga xizmat ko`rsatadigan yordamchi fan sifatida ham qaraladi. Keyingi yillarda tabiiy geografiya atrof muhit to`g`risidagi fan sifatida namoyon bo`lmoqda (Braun, 1975; Gregori, 1988).

“Hozirgi tabiiy geografiyaning asosiy g`oyasi – sayyoramizning tashqi sferalarini tashkil etuvchi tabiat (geografik) komponentlarining o`zaro aloqasi va o`zaro taqozasining g`oyasidir” (A.G.Isachenko,1991).

Shunday qilib, tabiiy geografiyaga doir bildirilgan fikr-mulohazalarni tahlil etgan holda uning quyidagi to`rtta tavsifini qayd qilish mumkin:

1.Tabiiy geografiya – tabiiy geosistemalar: geografik qobiq va turli darajadagi tabiiy landshaftlar, tabiiy hududiy komplekslar, ularning tuzilishi, shakllanishi, mavjudligi, dinamikasi va rivojlanishi to`g`risidagi fan. U umumiy Yer bilimi (umumiy tabiiy geografiya) va landshaftshunoslikka (regional) geografiyaga bo`linadi.

2.Tabiiy geografiya - geografik qobiqning alohida sferalari yoki komponentlarining tuzilishi, shakllanishi, mavjudligi va dinamikasi va rivojlanishini, shuningdek ular orasidagi o`zaro ta`sirni o`rganadigan juz`iy geografik fanlar - biogeografiya, geomorfologiya, hidrologiya, iqlimshunoslik, tuproqshunoslikning to`plami.

3.Tabiiy geografiya – geografik qobiqning alohida sferalarini o`rganadigan kompleks geografiya va tarmoqlarning majmuasi yoki geografik fanlarning sistemasini tabiiy tashkil etuvchi qismlarining birikmasidir. Bunday holda “tabiiy - geografik fanlar”, “tabiat geografiyasi” tabiiy geografiyaning sinonimlari bo`ladi.

4. Tabiiy geografiya - geografiyaning jonsiz, abiotok geosferalarnining tuzilishi va mavjudligini o`rganadigan tarmoqlarining (geomorfologiya,hidrologiya, iqlimshunoslik) birikmasi.

Umumiy Yer bilimi – geografiyaning geografik qobiqni sayoraviy miqyosdagi geosistema sifatida o`rganadigan butun qismi bo`lib, S.V. Kalesnikka ko`ra, u geografik qobiqni uning moddiy tarkibi, tuzilmasi va rivojlanishining eng umumiy juz’iyatlariga ko`ra o`rganadi.

Regional tyabiiy geografiyaning o`rganish predmetini tabiiy hududiy va akval komplekslar (landshaftlar, regional geosistemalar) va ularning tarkibining individual (lot. individuum bo`linmaydigan, alohida, o`ziga xos) va tipologik (yun. typos iz, shakl, namuna) juz’iyatlariga ko`ra birlashtiriladigan turli guruhlari tashkil etadi.”Regional tabiy geografiya” tushunchasi Tabiiy hududiy va akval kommplekslarning tabaqalashuvi va tarqalishini o`rganishi tufayli u ma`lum darajada landshaftshunoslikning sinonimidir.



Geografik qobiq va uni tashkil etuvchi tabiiy komplekslarning hozirgi holatini anglab yetish uchun ularni rivojlanishda qarash lozim. Shu sababli tabiiy gaografiyada yana bir bo`lim - paleogeografiya shakllandi. Paleogeografiya geografik qobiq va uning strukturaviy qismlarining geologik o`tmishda rivojlanishini o`rganish bilan shug`ullanadi. Paleogeografiya ham umumiy (geografik qobiq tarixi) va regional (ayrim hududlarning tarixi) qismlarga bo`linadi. Paleogeografiyaning geografik qobiqda tarixiy davrda jamiyatning tabiatga tobora kuchayib borgan ta`siri ostida sodir bo`lgan o`zgarishlarni o`rganadigan qismi tarixiy geografiya deyiladi. Geografiya fanlari tarixi – geografik tafakkur va Yer planetasidagi geografik kashfiyotlar hakidagi ham tarixiy, ham geografik fandir. Tarixiy davrlardagi davlat, aholi va boshka ijtimoiy ob`ektlarning joylanishini urganadigan tarixiy geografiyadan fark kilib, geografiya ilmi tarixi, yer hakidagi fanning rivojlanish tarixini urganadi. Darvoke geografiya fanlari tarixi tarih, falsafa, tehnika geografiya fanlarining turli sohalari bilan chambarchars boglikdir. Tarixiy geografiya bir – biri bilan chukur boglanishli ikki kismdan tashkil topgan. 1. Geografik sayohatlar va kashfiyotlar tarixi. 2. Geografik ta`limot va goyalar tarixi. Keyingisi hozirgi zamon geografiya fanlari tizimining shakllanish tarixini tashkil etadi. Bu fan qadimgi qo`lyozma, haritalar, sayohat kundaliklari kabi tarixiy ashyoviy manbalarga sunyagan holda ish kuradi.


Download 42,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish