Biz, topshiriqlar, o’z vaqtida, bajaramiz.
Shaharlar, ko’p, qavatli, binolar, qurilmoqda.
Biz, jonajon, Vatan, gullab-yashnatmoqda.
Biz, o’qish, uchun, qulay, sharoit, yaratilgan
Shu kunga qadar o’rganib chiqqan sintaktik hodisalar va ularga xos ba’zi muhim xususiyatlarni umumlashtiriidir. Darhaqiqat, dastlabki ma’ruzalarimizda-qayd etganimizdek, sintaksis gap va uni tashkil etgan so’z shakllarining o’zaro grammatik va mazmuniy munosabatlari hamda bu munosabatlarni yuzaga chiqaruvchi vositalarni o’rganib chiqdi. Lekin bu uning bir qismi, xolos. Eng asosiy qismiga endi kirib boramiz. Hozirgacha
bizga ma’lum sintaktik aloqa turi, vositasi va usullari, so’z birikmasi va gap haqidagi nazariy bilimlar go’yo binoning qad rostlashini eslatadi. Binoning qad ko’tarishida material bo’lgan ashyolar tilda sintaktik birliklar-so’z, suz irikmalari, gaplar shaklida namoyon bo’ladi. So’zlardan so’z birikmalari, so’z birikmalaridan gaplar va gaplardan matnlar keltirib chiqariladi. Biroq gapning sintaktik tahlili deganda ko’pchilikka faqat gap bo’laklariga ajratishgina anglashiladi. Biroq sodda gapning tarkibiy tahlili bo’laklarga ajratish emas, ularni dastavval so’z birikmalariga ajratish, shu birikmalarning bog’lanish turi, yo’l va usullarini o’rganish, undan keyin gapning o’zi klassifikatsiya nuqtai nazaridan qanday tahlil etilsa shunga e’tibor qilinadi. Bunda ayniqsa gapning ifoda maqsadiga ko’ra turi, voqelikka munosabatiga ko’ra turi, emotsionalligiga ko’ra turi, struktura asosining miqdoriga, struktura asosining tarkibiga, ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirokiga, zaruriy bo’laklarning ishtirokiga va bo’laklarga ajralish va ajralmasligiga ko’ra- turi kabi tahlil tartibi o’qiladi. so’ngra gapni bo’laklaria ajratilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. An’anaviy tilshunosligimizda esa
sodda gapni sintaktik tahlil qilinadigan bo’lsa, uni bosh va ikkinchi darajali bo’laklarga ajratiladi, undalma yoki kirish so’z kabilar qatnashgan bo’lsa sintaktik aloqaga kirishmagan bo’laklar deb tahlil etiladi. Bu tahlilda gap yoki so’z birikmasi klassifikatsiyasi tartibi ham hisobga olinadi, biroq bu oliy va maktab dasturida birdek shakllanish kasb etmagan. Shuning uchun hozirgi davr tilshunosligining taraqqiyoti ta’lim tizimining mazmunan yangilash yo’nalishlarini belgilab bermoqda. Bunga ko’ra maktab ona tili o’qituvchisi "So’z birikmasi" mavzusi bo’yicha quyidagi bilimlar silsilasini to’la o’zlashtirgan bo’lishi shartdir:"-bo’laklari so’zlar bilan ifodalangan gaplarni kesimdan berilgan so’roq orqali tarkibiy qismlarga ajrata olishi: Paxtakor dalada ishlaydi: paxtakor ishlaydi; dalada ishlaydi; va shunga o’xshash bo’laklari so’z birikmalari bilan foydalangan gaplarni ham tarkibiy qismlarga ajratishni bilishi: Mohir paxtakor kolxoz dalasida fidokorona ishlaydi. Shu tarkibiy qismdagi so’zlarni ma’nodosh yoki uyadoshlari bilan almashtirib, yangi birikmalar yaratishi: mohir paxtakor-epchil paxtakor, kolxoz dalasi-kolxoz bog’i, g’ayrat bilan ishlaydi kabi-so’z birikmasi va undagi tobe, hokim so’zlarni aniqlash, biridan ikkinchisiga so’roq berish.
-berilgan matndagi gaplarni so’z birikmalariga ajratib, aniqlovchili, to’ldiruvchili, holli turlarini aniqlash:
-bo’laklari so’zlar bilan ifodalangan gaplarni aniqlovchili so’z
kiritish bilan kengaytirish, aniqlovchili so’z birikmalarida tobe va hokim so’zlarga ma’nodosh, uyadosh so’zlar tanlab, yangi birikma va gaplar tuzish;
-so’z birikmalarini klassifikatsiya asosida tahlilini o’tkazish, bunda sodda tuzilishli birikmalarni ma’noviy kengaytiruvchilar ta’sirida murakkab birikmalarga aylantirish;
-turg’un birikmali so’z birikmalarini shakl jihatidan o’zgartirish kabi tahlillar hozirgi kunning eng muhim ilmiy ham uslubiy yo’nalishlaridir.
"Gap" mavzusi va uning sintaktik tahlili bo’yicha esa quyidagi amaliy ishlarni bajarish talab etiladi:
-berilgan matndagi gaplarni bir bo’lakli va ikki bo’lakli turga ajrata olish;
-Boraman. Bilmaysizmi? Ko’ramiz. kabi bir bo’lakli gaplarki ikki bo’lakli turga aylantirishni bilish;
-gaplardagi tasdiq yoki inkor ma’nolarini farqlash va vositalarini aniqlay olish;
-gap markazi kesim ekanini sharxlash va kesimni shakllantiruvchi grammatik formalarni aniqlash;
-kesimdan so’roq berish asosida gapni kengaytirish, so’z ma’nosiga bog’liq holda kelgan kengaytiruvchilarni gap "kengaytiruvchilaridan farqlash;-berilgan gaplarni bo’laklarga ajratish, sintaktik aloqaga kirishmaydigan so’zlar (gapni murakkablashtiruvchi vositalar) ma’noviy guruhlarini aniqlash va hokazolar. Buning uchun albatta, mutahasis nafaqat an’anaviy tilshunosligimiz nazariyalari, balki zamonaviy, chuqur nazariy asosdagi talqinlardan ham bohabar bo’lmog’i darkor. Jumladan, gap kesimini shakllantiradigan vosita-zamon, shaxs-son; mayl, tasdiq-inkor ekanligini bilmaydigan shaxs, kesimning gap markazi bo’la olish imkoniyatini ham tushuntirib bera olmaydi. Gap markazi esa predikativ yadro va uning atrofini qurshab turuvchi argumentlardan iborat.Bu argumentlar ham o’z mazmuniy xususiyatlari bilan agons, lokalis, temporalis kabi turlarning kengaytiruvchilik funksiyalari asosida reallashadi. Buni til birliklaridagi oddiydan murakkabga borish deb tushunish birmuncha qulay. CHunki kichik sath birliklari katta sath birliklari uchun material bo’lib xizmat qiladi. Qimmat jihatdan bir xil birliklarning o’zaro sintaktik munosabati o’zidan yuqoriroq va yangi sifatga ega bo’lgan butunlikni hosil qiladi.
Sintaktik birliklariing bunday butun va bo’lak munosabati -
darajali munosabat hisoblanadi. Biroq nima bo’lganda ham gapda
obektiv mazmun ma’lum moddiy vositalar-sintaktik shakllar
orqali ifodalanadi. Gapning bunday moddiy ifodalanish tomoni
uning sintaktik tuzilishidir. Sintaktik tuzilish esa uzaro munosabatda bo’lgan bir necha unsurlarning bir butuklik sifatidagi birlashishi. Sintaktik tuzilish unsurlarini an’anaviy tilshunoslikda gap bo’laklari atamasi bilan nomlaydilar. Lekin
sintaktik tuzilish tarkibidagi barcha sintaktik shakllar gap
bo’laklari tarkibiga kiritilmaydi. An’anaviy tilshunoslikda
sintaktik shaklning tobe aloqaga kirishi (deminatsiya munosabati) uning gap bo’lagi deb hisoblanishining bosh mezoni sanaladi.
Gap bo’lagi ma’lum sintaktik shaklning shakliy sintagmatik- munosabatdagi vaziyatiga qarab belgilanadi: ega vaziyati, kesim vaziyati, to’ldiruvchi va boshqalar. Natijada ayrim mazmuniy munosabatda bo’lgan shakliy jihatdan tobe aloqa orqali emas, balki undash, kirish munosabati orqali ifodalangan birliklar snntaktik tuzilish birligi sifatida karalmaydi. Bu esa butunni bo’laklarga bo’lish asosiga zid keladi. Chunki butun bo’laklarga ma’lum asosda shunday bo’linishi kerakki, butunning birorta ham unsuri bo’linishdan tashqarida qolmasligi kerak. Lekin an’anaviy yo’nalishda bunday emas. Gap bo’laklari gapni tashkil etgan sintakiik shakllarni to’la qamrab olmas ekan, demak, gapni bo’laklarga gap bo’laklari rubrikasi ostida ajratish-etarli asosga ega emas. Shuning uchun bu tilshunoslikda eng munozarali masalalardan biri bo’lib kelmoqda.
Sintaktik birlik hisoblangan ganining shakliy tuzilish jihatdan uning ziddiyatini hisobga olgan holda quyidagicha sintaktik shakllarga bo’lish-mumkin:
I. Sintaktik aloqaga kirishadigan sintaktik shakllar;
2. Sintaktik aloqaga kirishmaydigan sintaktik shakllar;
Birinchisi an’anaviy gap bo’laklari hisoblanadi. Ya’ni tobe aloqa tarkibida muayyan sintaktik vaziyatda keluvchi eng kichik sintaktik shakl gap bo’lagi sanaladi. Tobe aloqadorlik asosidagi so’z shakllar
juftligida tobe qism hokim qism talab etgan vaziyatda keladi.
Bunda tobe kismning vaziyati anik, hokim qism vaziyati esa
noaniq bo’ladi. Uning qaysi vaziyatda kelganligi nutq zanjirining keyingi xalqasida aniqlanadi. Gap bo’lagi ham til birligi sifatida shakl va mazmun qarama-qarshiligi birligidan iborat. SHakl va mazmun tomoni ham o’zining muayyan unsurlarga egaligi bilan ajralib turadi. SHuning uchun gap bo’laklari shakliy va mazmuniy tuzilishlarini hamda ular o’rtasidagi munosabatni belgilash nazariy tilshunoslikning muhim vazifasidir.
Har qanday gap bo’lagi shakliy jihatdan moddiy asos (morfologik shakl) va sintaktik vaziyat (sintaktik shakl) qarama-qarshiligi va birligidan iborat. Morfologik shakl sintaktik shaklning vujudga kelishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Lekin morfologik shakl asosida hosil bo’lgan sintaktik shakl sifat jihatidan tamoman farqli bo’lgan yangi va unga nisbatan yuqori shakldir. Bir morfologik shakl bir necha sintaktik shaklga asos o’ulganidek bir necha morfologik shakl bir sintaktik shaklga asos bo’lishi ham mumkin. Masalan, O’zbekiston - go’zal o’lka jumlasida bnr xil morfologik shakldagi(bosh kelishik, birlik) ot ikki xil sintaktik vaziyatda kelyapti. O’zbekistonnning poytaxti - Toshkent. Toshkent kundan kunga go’zallashib boryapti jumlalarida esa Toshkent va go’zallashib boryapti kesim vaziyatiga o’tgan va uning bu vaziyatda shakllanishiga bosh kelishik birlikdagi ot hamda o’tgan zamon, bo’lishli, III shaxs birlikdagi fe’l morfologik shakllar asos bo’lgan. Lekin bu ikkisi bir-birisiz yashay olmaydi. Chunki biri moddiy asos bo’lsa,ikkinchisi uning vazifasi hisoblanadi. Sintaktik shakl morfologik shakl asosida vujudga kelgan yuqoriroq birlik ekan, sintaksis uchun sintaktik shakl belgilovchi rol o’ynaydi. Morfologik shakl esa sintaktik shaklning ichki tomonini ko’rsatadi. Sintaktik shakl birlashtiruvchilik, morfologik shakl esa farqlovchilik xususiyatiga ega. Ya’ni ma’lum sintaktik shakl bir necha morfologik shakllarni birlashtirish asosida maydonga keladi. Ayni paytda shu sintaktik shaklning ichki farqli belgilarini aniqlashda uning qanday morfologik shaklga tayanganiga asoslaniladi. Sintaktik shakl morfologik shakldan tashkil topgani bois u sintaktik shaklning ichki mundarijasini belgilaydi. Morfologik shakl sintaktik shakl ichida o’z vazifasini bajaradi. Demak, morfologik shaklning vazifa olish sharoiti sintaktik shakldir. O’z navbatida, sintaktik shaklning vazifa olish sharoiti jumla sanalib, jumla mundarijasini sintaktik shakllar belgilaydi. Ma’lum sintaktik vaziyatga har qanday morfologik shakl muvofiq kelavermasligi mumkin. Chunonchi, ega vaziyatida bosh kelishikdagi ot, otlashgan sifat,son,olmosh va boshqa morfologik shakllar kela oladi. Shu morfologik shakllardan biri shu vaziyat uchun ko’proq xoslangan bo’ladi. Bosh kelishik shakli ega uchun eng xoslangan belgi sanalishi mumkin. Holat yoki ravishning ba’zi turlari esa asosan, ikkinchi darajali bo’lak bo’lib kelishi bilan xarakterlidir. Gap bo’lagi shakliy jihatdangina emas, mazmuniy jihatdan ham o’z unsurlariga ega. U bir, tomondan borlikdagi narsa, xodisalar, xarakat-holatlar xakidagi va ular orasidagi munosabatlarni aks ettirsa, ikkinchi tomondan gap tarkibidagi unsurlarning bir-biriga bo’lgan munosabatini ham namoyon kiladi.
Gap bo’laklarining birinchi ma’nosi obektiv borliq bilan
bog’lansa, obektiv borliq unsurlarining va bu unsurlar o’rtasidagi munosabatning inson ongida aks etishini ko’rsatsa, ikkinchi ma’nosi jumlaning ma’no unsurlari munosabati zanjirida uning qaysi vazifada kelishini aks ettiradi. Buni shartli ravishda morfologik ma’no yoki sintatik ma’no terminlari bilan yuritishimiz ham mumkin. Sintaktik ma’no morfologik ma’nolar asosida vujudga-keladi.Morfologik ma’no sintaktik ma’noning mundarijasini belgilaydi. Sintaktik ma’no esa jumla tarkibida boshqa sintaktik ma’no bilan
munosabatda vujudga keladi. Masalan, sintaktik ma’no hisoblanadigan predmet ma’nosi sub’ekt, ob’ekt ma’nolariga nisbatan belgilanadi va turli morfologik ma’nolarni o’zida birlashtiradi. Ya’ni xarakat ma’nosi-o’quvchi o’qiyapti, belgi ma’nosi qizildan pushti yaxshi, holat ma’nosi-shoir o’ylamoqda, miqdor ma’nosi-o’zi bitta, ko’zi mingta, va hokazo. Natijada, predikat mundarijasini belgilovchi morfologik ma’nolar tizimi vujudga keladi.
Morfologik ma’nolar tizimidan bittasi sintaktik ma’no uchun
ko’proq xoslangan buladi. Masalan, xarakat ma’nosi ko’proq predikat uchun xoslanganlikni bildiradi. Sintaktik ma’no bilan morfologik ma’no o’zaro bog’liq, biri ikkinchisisiz yashay olmaydi, ular bir hodisaning ikki tomoni bo’lganligidan butun ichida ma’lum mustaqillikka ega bo’ladi. Shu jihatdan ularni bir-biriga qarama-qarshi qo’yish ham mumkin. Ya’ni bunda sintaktik ma’no umumiylik bo’lsa, morfologik ma’no sintaktik ma’noga nisbatan xususiylik bo’ladi. Sintaktik ma’no morfologik ma’nolarni o’zida birlashtiradi, shu bilan birga so’z turkumi ma’nosining o’zi ham qarama-qarshi ma’nolar birligidan tashkil topadi. So’z turkumining umumiy kategorial ma’nosi shu turkumga mansub so’zlarning xususiy ma’nolarini birlashtirish asosida vujudga keladi. Bu esa so’z turkumlarining umumiy kategorial xususiy ma’nosi o’rtasidagi ziddiyatning mavjudligini ko’rsatadi. Masalan, stol so’zida "predmetlik" ma’nosi ikki marta ta’kidlanadi: 1) so’z kategoriyasiga mansubligi; 2)uning xususiy predmet ekanlik ma’nosi. Bu so’zning ikkala ma’nosi o’rtasida muvofiqlik bor, lekin yurish so’zi ma’nolari o’rtasida ziddiyat bor: uning xususiy ma’nosi jarayonni bildirsa, umumiy kategorial ma’nosi predmetlikni bildiradi. Shuning uchun u ot shakli orqali ifodalanib, otga xos shakllarni o’zida mujassamlashtiradi. Gap bo’lagi shakli morfologik, sintaktik shakl birligidan tashkil topgani kabi uning ma’nosi ham ikki unsur ma’nolari birligidan iborat bo’ladi. Birinchi ma’no butunlikning ichiga qarab yunalishini,butun bo’lak munosabatini ko’rsatsa, ikkinchisi butunliklar o’rtasidagi ketma-ket munosabatda namoyon bo’ladi. Ikki butunlik o’rtasidagi xoslanish va ba’zan esa nomuvofiqlik holatlari shakl va mazmun o’rtasidagi qarama-qarshiliklar birligi va kurashining gap bo’laklari orqali voqelanishidir. Jumladan, men keldimda sub’ekt -ega, mening kelishimda esa aniqlovchi shakliga yoki kelgan men bo’lib kesimga aylanishi mumkin.
ADABIYOTLAR:
Do'stlaringiz bilan baham: |