Reja: Futbol o’yini paydo bo’lishi



Download 312,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana01.08.2021
Hajmi312,17 Kb.
#134581
  1   2
Bog'liq
Futbol о‘yini qoidasi maydon va jihozlar o’lchami



 

Futbol о‘yini qoidasi maydon va jihozlar o’lchami



 

 

 

Reja: 

 

 1.Futbol o’yini paydo bo’lishi. 



 2 Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining tavsifi.  

 

 


 

Mavzu 1



. Futbol o’yini paydo bo’lishi.

 

Futbol  bu  «oyoqtо‘pi»  degan  ma’nodagi  inglizcha  sо‘z  bо‘lib,  Fransiya, 

Ispaniya,  Rossiyada  shu  nom  saqlanib  qolgan.  Nemislarda  u  «fusbol», 

Venriyada  «labduragosh»,  Italyanlarda  «kalchio»,  Yugoslavlarda  «nagomet», 

Amerikada  «sokker»  deyiladi.  Futbolning  xalq,  ommasini  jismoniy 

rivojlantirishning,  uning  salomatligini  mustahkamlashning  eng  ommabob, 

vositasidir.  Bu  kattalarga  ham,  о‘smirlarga  ham,  bolalarga  ham  birdek  ma’qul 

bо‘lgan chinakam о‘yin.  

Futbol  bu  chinakam  atletik  о‘yin.

  U  tezkorlik,  chaqqonlik,  kuchlilik  va 

sakrovchan-likni rivojlantirishga yordam beradi. Futbolchi о‘yin paytida xaddan 

tashqar kо‘p  ish  bajaradi. Bu  esa  odamning  funksional  imkoniyatlari  darajasini 

oshirishga,ma’naviy,  irodaviy  xislatlarini  tarbiyalashga  yordam  beradi.  Futbol 

о‘ynash  umumiy  jismoniy  tayyorgarlik  kо‘rishda  yaxshi  vosita  bо‘lib  xizmat 

qila  oladi.  Yо‘nalishni  о‘zgartirib  xilma-xil  yugurish,  sakrashning  turli  xillari, 

struktura jixatdan turlicha gavda harakatlari, tо‘pni tepish, tо‘xtatib olish va olib 

yurish,  maksimal  tezlikda  harakat  qilish,  irodaviy  xislatlarning,  taktik 

tafakkurning  kamol  topishi  kabilar,  futbolni  har  qanday  ixtisosdagi  sportchiga 

zarur bо‘lgan kо‘pgina muhim xislatlarni о‘stiradigan sport о‘yini deb hisoblash 

imkoniyatini beradi. 

Hozirgi zamon futbolining «ajdodi» bundan ikki ming yil avval qadimgi Sharq 

xalqlari  va  antik  dunyo  davlatlari  Gretsiya  va  Rimda  ma’lum  bо‘lgan 

«Garponon» (о‘sha paytda futbol shunday atalar edi) о‘yinini о‘ynagan qadimgi 

Gretsiya  о‘smirlari  maydon  о‘rtasidan  turib  tо‘pni  raqiblar  tomoniga 

о‘tkazishgan, Goy Yuliy Sezarning rimlik ligionerlari tо‘pni har qanday usul va 

priyomlarni qо‘llagan holda ustunlar orasiga kirgizishga harakat qilganlar. О‘rta 

asrlarda о‘yin keng tus oldi. Bunda kо‘cha va qishloqlar maydon о‘rnida xizmat 

qilardi. Musobaqalar kun о‘rtasida boshlanar edi va qorong‘u tushgancha davom 

etardi. Tо‘pni butun shahar bо‘ylab ma’lum bir joygacha surib kelishga erishgan 



 

«komanda»  g‘olib  hisoblanardi.  О‘yin  tartibsiz  bir  ur  yiqitga  о‘xshar,  kо‘p 



xollarda  qon  tо‘kar,  mushtlashishgacha  borib  yetardi.  Shu  sababdan  va  «jin 

о‘yin» sifatida ingliz qirollari futbolni kо‘p marta taqiqlaganlar. Bu taqiq 200 yil 

amalda bо‘ldi. 

X1X  asr  о‘rtalariga  kelib,  sport  metodi  jismoniy  tarbiyaning  eng  maqbo’l 

metodi  deb  topilib,  sport  hamda  sport  о‘yinlari  jismoniy  rivojlanishining 

samarali vositasi bо‘lib qolgandan keyin futbol tarixida yangi bosqich boshlandi.  

Oyoqda  tо‘p  о‘ynash  birinchi  galda  ingliz  kollejlari  hamda  universitetlarida 

yoyildi.  X1X  asrning  ikkinchi  yarmidan  futbol  о‘yinida  ochiq  oydin  ikki 

yо‘nalish tarkib topadi. Ulardan birini London hamda Kembrij kollejlari qо‘llab 

quvatlar edi. Bo’lar 1863 yili futbol assotsiatsiyasi tuzadilar va yumaloq tо‘pni 

oyoqda  о‘ynashi  rasm  qilishga  qaror  qiladilar.  1848  yili  Kembrij  futbol  klubi 

birinchi bor yagona о‘yin qoidalarini joriy qiladi va bu qoidalarni nashr etishga 

qaror qilinadi. Afsuski, ular bosmadan chiqmay yо‘qolib ketadi. Bizgacha yetib 

kelgan  qoidalar  1863  yil  8  dekabrda  e’lon  qilingan.  Bu  qoida  13  banddan 

iboratdir.  Hozir  biz  bilgan  futbol  ana  shunday  paydo  bо‘lgan.  1863  yilgi 

qoidalar hozirgi qoidalardan farq qilgan. 1871 yili golkiper (darvozabon ) larga 

qо‘lda о‘ynash ruxsat berildi.  

Burchakdan  tо‘pni  kiritish  1873  yilda  kiritildi.  1875  yili  ustunlarni  birlashtirib 

turgan arqon yerdan 2,44 m balandlikda yotqizilgan tо‘singa almashtirildi. 1882 

yili  4ta  mustaqil  futbol  ittifoqi  Angliya,  Shotlandiya,  Uels  va  Irlandiya  futbol 

ittifoqlari  birlashdilar.  Futbol  maydonida  xakam  birinchi  marta  1880  –  1881 

yillarda  ishtrok  etadigan  bо‘ldi. 1891  yili  xakam  maydonga  ikkita  yordamchisi 

bilan  tushadigan  bо‘ldi.  Xalqaro  miqyosidagi  dastlabki  futbol  о‘yini  1873  yili 

Angliya va Shotlandiya futbol jamoalari о‘rtasida bо‘lgan edi. Futbol 1875 yilda 

Gollandiyada  о‘ynala  boshlandi,  1882  yildan  Shveysariyada,  1890  yildan 

Chexiyada, 1894 yildan Avstriyada, 1897 yildan Rossiyada о‘ynala boshladi.  




 

1904  yili  Xalqaro  futbol  assotsiatsiyasi  (FIFA)  tuziladi.  Hozir  uning  sostavida 



190 ga yaqin mamlakat bor. 1954 yildan beri Yevropa futbol ittifoqi UEFA ham 

ishlab turibdi. Unga 50 ga yaqin mamlakat a’zo bо‘lib kirgan. 1930 yildan beri 

har  tо‘rt  yilda  jaxon  chepionati,  1958  yildan  beri  esa  Yevropa  chempionati 

utkazilib  kelinmoqda  1908  yili  futbol  olimpiya  о‘yinlari  dasturiga  kiritildi. 

UEFA raxbarligida quydagi kubok о‘yinlari о‘tkazilib turadi:  

Yevropa chempionlari kubogi (1956 yildan beri). 

Kubok egalari kubogi (1961 yildan beri). 

Bo’lar endilikda UEFA kubogi deb yuritiladi. 




Download 312,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish