Mavzu 2.
Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining tavsifi.
Futbol
ommoviy
jismoniy
rivojlantirishning,
kishilar
salomatligini
mustahkamlash-ning eng ommabop vositasi hisoblanadi.
Mamlaatimizda millionlab kishilar ushbu sport turi bilan muntazam
shugullanadilar.
Futbol chinakam atletik o’yin. U tezkorlik, chakkonlik, chidamlilik, kuchlilik, va
sakrovchanlikni rivojlantirishga yakindan yordam beradi. Futbolchi o’yin
paytida xaddan tashkari ko’p ish bajaradi.Bu esa odamni funksional
imkoniyatlarini oshiradi.Ma’naviy-irodaviy xislatlarini tarbiyalashga yordam
beradi.Charchok ortib borayetgan sharoitda ko’p va xilma xil harakatlar qilish
yuksak o’yin faoliyatini saklab turishuchun zarur bo’lgan irodaviy xislatlar
namoish etishni talab etadi.
Futbol o’yining rigizida o’yinchilarni umumiy maksad galabaga intilish
birlashtirib turgan jamoalardan ikkitasining kurashi yetadi.Galabani qo’lga
kiritishga intilish futbolchilarni jamoa bo’lib harakat qilishga bir-biriga uzaro
yordam berishga urgatadi, tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Futbol o’yini vaqtida
har bir o’yinchi uzining shaxsiy imkoniyatlarini kursatish imkoniyatiga ega.
4
Futbol mashg’ulotlari va musoboqalarini ko’pincha iqlim va meteorologiya
sharoiti keskin uzgarib ketadigvn sharoitda qariyb bir yil buyi davom etgani
uchun, bu o’yin jismoniy jixatdan chinikishga ham organizmning qarshilik
kursatish qobiliyati ortishi va adabtatsiya imkoniyatlari kengayishiga ham
yordam beradi.
Boshka sport turlaridagi mashg’ulotlarda ko’pincha futboldan qo’shimcha sport
turi sifatida foydalaniladi. Buning sababi shundaki,futbol spolrtchining jismoniy
rivojlanishiga aloxida ta’sir etadi, shuning uchun tanlangan sport ixtisosidan
yaxshi tayergarlik kurishga yordam berishi mumkin.
Texnik usullar bu futbol o’yinini vujudga keltirish vositasidir. Yuksak sport
natijalariga erishish uchun ko’p jixatdan ana shu xilma-xil vositalarni kanchalik
tulik bo’lishiga, rakib jamoa o’yinchilari qarshilik kursatayetgan, ko’pincha esa
charchok orta borayetgan sharoitda o’yin faoliyatidagi turli xolatlarda ularni
kanchalik moxirlik bilan,samarali qo’llanishga boglik.
O’yin taktikasi o’yinchilarni rakib ustidan galaba kozonishiga karatilgan
individual va jamoaviy harakatlarni tashqil qilishni ,ya’ni jamoa futbolchilarini
muayyan rejaga binoan aynan shu ,anik rakib bilan muvvoffokiyatli kurash olib
borishga imkon beradigan birgalikdagi harakatlar tushiniladi.
Taktikadagi asosiy vazifa xujum va ximoya harakatlarini maksadga erishtira
oladigan eng qo’lay vosita, usul va formalarni belgilashdan iborat.
Mavzu 3
.
Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining tasnifi.
Futbol o’yini tasnifiga: o’yinchilarni maydondagi harakatlanish texnikasi, ya’ni
yurish , yugurish,sakrash, burulishlar kiradi.
Bundan tashkari maydon o’yinchisini texnikasi ya’ni to’pga zarba berish,oyok
bilan kaftni ichki tomoni bilan, oyoq yuzi ichki qismi bilan, oyoq yuzi tashqi
qismi bilan, oyoq uchi bilan, tovon bilan.
5
Kalla bilan-pishona bilan, pishona yoni bilan.
To’pni olib yurish- oyoq yuzi tashqi qismi bilan , oyoq yuzi urta qismi bilan,
oyoq yuzi ichki qismi bilan, oyoq uchi bilan, oyoq kafti ichki qismi bilan,
Kalla bilan - pishona bilan.
Aldash harakatlari.
Oyoqni to’p ustidan utkazib(kochish) finti.
Tepib fint qilish.
To’pga kalla urib fint qilish.
Sirpanib(tashlanib),(shipagat kilib),to’pni olib kuyish.
Yelka bilan turtib to’pni olib kuyish.
Darvazabon o’yin texnikasi.
To’pni ilib olish.
To’pni yuqoridan ilib olish.
To’pni yuqoridan sakrab ilib olish.
To’pni yendan ilib olish.
To’pni yikilib ilib olish.
Futbol о‘yini taktikasining tasnifi.
Futbol о‘yini taktikasining tasnifi ikki bo’limga xujum vaximoyadagi taktik
harakatlarga bo’linadi.
Hujumdagi taktik harakatlarga-individual,guruhli,jamoaviy taktik harakatlar
kiradi. Uz navbatida individual taktik harakatlar darvazabon, maydon
o’yinchisini individual taktik harakatlarga bo’linadi.
6
Guruxli taktik harakatlarga kombinatsiyalar kiradi.
Jamoaviy taktik harakatlarga esa kombinatsiyalar kiradi.
Darvozabonlar ham maydon o’yinchilarini ham to’p bilan hamda to’psiz
harakatlanadilar.
Himoyadagi taktik harakatlarga-individual,guruhli,jamoaviy taktik harakatlar
kiradi.
Himoyadagi taktik harakatlar ham darvazabon, maydon o’yinchisini
ximoyadagi taktik harakatlarga bo’linadi.
Himoyadagi guruhli taktik harakatlarga Straxovka,Devor,Suniy o’yindan
tashkari xolatlar kiradi.
Jamoaviy taktik harakatlarga o’yin tizimlari 1+4+2+4, 1+4+3+3 ,1+4+4+2 ,
1+4+4+2 kombinatsiyalar kiradi
Futbol о‘yin maydoni
О‘lchamlar.
О‘yin maydoni tо‘g‘ri burchak shaklida bo’ladi. Yon chiziqlar darvoza
chizig‘iga nisbatan uzunroq bo’lishi kerak. Uzunligi: 120m, 90m. Eni: 45m,
90m. Halqaro matchlarda. Uzunligi: minimum 100m. maksimum 110m. Eni:
minimum 64m. maksimum 75m.
Belgilar.
Maydon uchun belgilar chiziqlar yordamida amalga oshiriladi. Bu chiziqlar ular
chegaralab turgan maydonga kiradi. O’yin maydonini chegaralab turgan 2 ta
uzun chiziqlar yon chiziklar 2 ta qisqasi darvoza chiziqlari deyiladi. Xar qanday
chiziq eni 12 sm dan oshmasligi kerak. О‘yin maydoni urta chiziq yordamida 2
yarim qismga bo’linadi. О‘rta chiziq о‘rtasida maydon markazi belgilanadi.
Maydon markazidan 9,15m radiusda aylana о‘tkaziladi.
Darvoza maydoni.
7
Darvoza maydoni har ikkala yarim qismining oxirida qо‘yidagicha bо‘ladi.
Darvozaning har qaysi ustuni ichki tomonidagi nuqtadan 5,5 m masofada
darvoza chizigiga tug‘ri burchak qilib maydon ichiga 2 chizik tortiladi. 5,5 m
masofada bu chiziqlar darvoza chizig‘iga parallel qilib boshka chiziq bilan
birlashtiriladi. Bu chiziqlar va darvoza chizig‘i chegaralab turgan zona, darvoza
maydoni deyiladi.
Jarima maydoni.
Jarima maydoni har ikkala yarim qismining oxirida kuyidagicha bо‘ladi.
Darvozaning har kaysi ustuni ichki tomonidagi nuqtadan, 16,5m masofa-da
darvoza chizig‘iga tо‘g‘ri burchak qilib, maydon ichiga ikki chiziq tortiladi.
16,5m masofada darvoza chizig‘iga parallel xolatda boshqa chiziq bilan
birlashtiriladi.Bu chiziqlar va darvoza chizig‘i chegaralab turgan zona jarima
maydoni deyiladi. Har qaysi jarima maydoni ichida darvozaning ikki ustuni
о‘rtasida bir hil masofada joylashgan nuqtadan 11 m masofada 11 metrlik belgi
quyiladi. Jarima maydonchasi tashqarisida 11 metrlik nuqta markaz qilib olinib
9,15 m. masofada aylana chiziladi.
Bayroqlar
Maydonning har qaysi burchaklarida balandligi 1,5 m dan oshmagan, uchi о‘tkir
bо‘lmagan bayroq о‘rnatiladi. Bayroqlar о‘rta chiziqning har ikkala tomonida,
yon chiziqdan 1m masofadagi uzoqlikda о‘rnatilishi mumkin.
Burchak sektori.
Burchak bayrog‘ilaridan о‘yin maydoni ichiga qarab 1m radiusda aylana
tortiladi.
Darvoza.
Har qaysi darvoza chizig‘ining markazida darvoza joylashadi. Ular burchak
bayroqlari bilan bir xil masofada joylashgan, tepadan gorizontal tusin bilan
birlashtirilgan ikki vertikal xolatdagi ustundan iborat. Ustunlar oralig‘i - 7,32 m.
8
Tusinning pastki qismidan tekis yergacha bо‘lgan masofa – 2, 44 m. Har ikki
ustun va tusin kesishgan joy bir xil bо‘lishi va 12 sm dan oshmaslik kerak.
Darvoza chizig‘ining eni ustunlar va tusin eni bilan bir xil bо‘ladi. Darvoza va
darvoza orqasidagi yerga tо‘r о‘rnatiladi. Tо‘r ishonchli о‘rnatilgan va
darvozabonga xalaqit bermaydigan bо‘lishi kerak. Darvozaning ustunlari va
tusini oq rangda bо‘lishi kerak.
Futbol tо‘pining о‘lchamlari va sifatlari.Tо‘p
Charmdan yoki shunga о‘xshash materialdan aylana shaklda tayyorlangan
bо‘ladi.
Aylanasining uzunligi 70sm dan oshmagan va 68 sm dan kam bо‘lmagan
xolatda bо‘ladi.
Musobaqa boshlanish vaqtida 450 grammdan oshmagan va 410
grammadan kam bо‘lmagan bо‘lishi kerak.
Havo bosimi 0,6 – 1,1 atmosfera (600-1100 gramm kv sm) bо‘lishi kerak.
Yaroqsiz tо‘pni almashtirish.
Agar tо‘p о‘yin vaqtida yaroqsiz holga kelsa.
О‘yin tо‘xtatiladi.
Tо‘p yaroqsiz xolga kelgan joydan « baxsli tо‘p « о‘yini bilan о‘yin
yangilanadi.
Agar tо‘p о‘yinda bо‘lmagan vaqtda yorilsa yoki yirtilsa boshlang‘ich zarbada,
darvozadan zarbada, burchak, jarima, erkin zarbalarda, 11m nuqtadagi zarbada
yoki tashlashda.
О‘yin qoidasiga mos ravishda yangilanadi.
Tо‘p о‘yin vaqtida faqatgina hakam kо‘rsatmasi bilan almashtirilishi mumkin.
Futbol musobaqalarini tashkil qilish va o’tkazish
Rasmiy musobaqalarda qoidalarda kо‘rsatilgan texnik talablarga javob
beradigan tо‘plargagina ruxsat beriladi.
9
FIFA tomonidan о‘tkaziladigan musobaqa matchlarida, quyidagi 3
markirovkadan birortasiga ega bо‘lgan tо‘plargagina foydalanishga ruxsat
beriladi.
Rasmiy logotip “FIFA APPROVED” (FIFA maqullaydi)
Rasmiy logotip “ FIFA INSPECTED” (FIFA nazorat qilgan)
yoki “INTERNATIONAL MATCH – BALL STANDARD”
(Tо‘p xalqaro standartga mos)
Tо‘pning bunday markirovkasi uning rasmiy tekshiruvdan о‘tganini kо‘rsatadi
va tekshiruv natijasiga kura tо‘p muhim texnik talablarga mos ekanligini
bildiradi.
Milliy federatsiyalar musobaqa vaqtida faqatgina shu uch markirovkaga ega har
qanday tо‘plardan foydalanishni talab qilish mumkin.
Boshqa har qanday matchlardan tо‘p qoida talablariga mos kelishi kerak.
FIFA musobaqalarida va milliy federatsiyalar tashqil qilgan musobaqalarda
tо‘plarga xech qanday savdo sotiqqa oid reklamaga ruxsat berilmaydi, quyidagi
xolatni hisobga olmaganda ya’ni musobaqa nishoni, musobaqa tashqilotchisi va
tasdiqlangan tayyorlovchining savdo markasi.Bunday muhrlarning soni va
о‘lchami, mustaqil reglamenti bilan cheklanishi mumkin
O‘yinchilar soni.
Match har qaysisida darvozabonlarni qо‘shgan holda о‘yinchilarning soni
11tadan oshmagan ikki jamoa ishtirokida о‘tkaziladi
Agar jamoalarda о‘yinchilar soni 7ta kam bо‘lsa,match boshlanmasligi mumkin.
Rasmiy musobaqalar.
FIFA yoki milliy federatsiyalar tomonidan tashqil qilinadigan har qanday rasmiy
musobaqalarda 3tagacha о‘yinchilarni almashtirishga ruxsat beriladi. Musobaqa
10
nizomida buyurtmaga kiritiladigan zahiradagi о‘yinchi-lar soni 3dan 7gacha
uzaro kelishilgan bо‘lishi kerak,bundan ortiq bо‘lishi mumkin emas.
Boshqa matchlarda.
Boshqa matchlarda zahira almashtirilishi mumkin, shu shart bilanki:
*Jamoalar almashinadigan о‘yinchilarning maksimal sonini о‘yin oldidan
kelishib oladilar
*Xakam bu haqda match boshlanishidan oldin xabardor qilinishi kerak.
Agar hakam xabardor qilinmagan bо‘lsa yoki (kelishuv) match boshlangunga
qadar bir bitimga kelinmagan bо‘lsa 3tagacha zaxira almashtirishga ruxsat
beriladi.
Hamma matchlarda.
Har qanday match boshlanishidan oldin hakamga zaxiradagi о‘yinchilar
familiyasi taqdim etilishi kerak. Shu usulda familiyasi kо‘rsatilmagan
о‘yinchilar matchda qatnasha olmaydilar.
Almashtirish tartibi.
Asosiy о‘yinchilarni zaxiradagi bilan almashtirish quyidagi shartlarda bajariladi.
*Har qanday mо‘ljallangan almashtirish haqida hakam xabardor qilingan
bо‘lishi kerak.
*Zaxiradagi о‘yinchi faqatgina asosiy о‘yinchi maydondan chiqqandan sо‘ng
xakam xushtagidan keyin maydonga chiqadi.
*Zaxiradagi о‘yinchi о‘yin tо‘xtatilganda faqat о‘rta chiziqdan о‘yin maydoniga
kiradi.
*Zaxiradagi о‘yinchi maydonga chiqqandan sо‘ng almashtirish tugallangan
hisoblanadi.
11
*Shu vaqtdan boshlab zaxiradagi о‘yinchi asosiy tarkib о‘yinchisi hisoblanadi,
almashtirilgan о‘yinchi esa asosiy о‘yinchi hisoblanmaydi.
*Xamma zaxiradagi о‘yinchilar о‘yinga qatnashish yoki qatnashmasliklaridan
qatiy nazar xakam vakolatlariga bо‘ysunadilar.
Darvozabonning almashtirilishi.
Boshqa har qanday о‘yinchilar darvozabon bilan joylarini almashish-lari
mumkin shu shart bilanki;
*Xakam bu xaqda almashinishdan oldin xabardor kilingan bо‘lishi kerak.
*Almashinish match tо‘xtaganda amalga oshiriladi.
О‘yinning qaytadan boshlash.
Agar о‘yin xakam tomonidan ogoxlantirish berish uchun tо‘xtatilsa:
* О‘yin raqib jamoa о‘yinchisi tomonidan о‘yin tо‘xtatilganda tо‘p qayerda
bо‘lsa shu joydan erkin zarba bilan о‘yin yangilanadi.
Asosiy tarkibdagi va zaxiradagi, chiqarib yuborilgan о‘yinchilar.
Boshlang‘ich zarbadan oldin chiqarib yuborilgan о‘yinchi, faqatgina rо‘yxat-
dagi zaxira о‘yinchilardan birortasi bilan almashtirilishi mumkin.
*Match protokolida boshlang‘ich zarbadan oldin yoki о‘yin boshlangandan
sо‘ng chiqarib yuborilgan zahiradagi о‘yinchini almashtirishga yо‘l
qо‘yilmaydi.
O‘yinchilar epikirovkasi.
О‘yinchilar majburiy ekipirovka elementlari hisoblanadi.
Kо‘ylak yoki futbolka.
Kalta ishton – agar kalta ishton tagidan ichki kiyim kiyiladigan bо‘lsa,
ichki kiyim rangi kalta ishton rangidan bо‘lishi kerak.
12
Getralar.
Oyoq qalqoni.
Oyoq kiyim .
Shitlar
Tо‘lik getra bilan yopiladi.
Tо‘g‘ri keladigan ( mos keladigan ) materialdan ( rezina, plastik yoki
shunga uxshash) tayyorlanadi.
Yetarli darajada himoya bilan ta’minlaydi.
Darvozabonlar.
Darvozabonlar kiyimining rangi boshqa о‘yinchilar xakam va xakam
yordamchilari kiyimi rangidan farq qilishi kerak.
Qoida buzilishi va jazo.
Shu qoidaning har qanday buzilishida:
О‘yinni tо‘xtatishning xojati yо‘q.
Xakam о‘yinchining о‘z ekipirovkasini tartibga keltirishi uchun
maydondan chiqishini sо‘raydi. (maslaxat beradi )
О‘yinchi tо‘p о‘yindan chiqqan vaqtda maydonni tashlab chiqadi (chiqib
ketadi) agar shu paytgacha u о‘z ekipirovkasni tartibga keltirmagan bо‘lsa.
Xakam talabi bilan о‘z ekipirovkasini tartibga keltirish uchun maydonni
tashlab chiqqan har qanday о‘yinchi, xakam ruxsatisiz yana maydonga qaytishi
mumkin emas.
О‘yinchi yana maydonga chiqishi mumkin, qachonki: tо‘p о‘yindan
chiqsa. Shu qoidani buzganligi sababli maydondan chiqishi sо‘ralgan о‘yinchi
(yoki yana kaytayotgan ) xakam ruxsatisiz maydonga chiqsa sariq kartochka
kо‘rsatish bilan ogoxlantirish oladi.
О‘yinni qaytadan boshlash.
Agar xakam ogoxlantirish berish uchun о‘yinni tо‘xtatsa :
13
О‘yin qarshi jamoa о‘yinchisi tomonidan xakam о‘yinni tо‘xtatgan vaqtda
tо‘p qayerda bо‘lsa, shu joydan erkin tо‘p tepish bilan о‘yin qaytadan
boshlanadi.
Hakam.
Hakam vakolati.
Har qanday match hamma vakolatga ega bo’lgan hakam tomonidan nazorat
qilinadi va о‘yin qoidasiga rioya qilinishini ta’minlaydi.
Hakamning huquqi va majburiyatlari.
Hakam:
О‘yin Qoidasiga rioya qilinishini ta’minlaydi.
Matchning borishini о‘z yordamchilari bilan nazorat qiladi.
Foydalaniladigan har kanday to’pni 2 Qoida talablariga mos kelishini
ta’minlaydi.
О‘yinchilar kiyimi 4 Qoida talablariga mos kelishini ta’minlaydi.
О‘yin xronometrajini va matchni yozib boradi.
U о‘z ixtiyoriga kо‘ra о‘yinni tо‘xtatishi vaqtinchalik tо‘xtatishi yoki har
qanday qoida buzilishida о‘yinni umuman tо‘xtatib qо‘yishi mumkin.
Tо‘xtatishi, vaqtinchalik tо‘xtatishi yoki har qanday chetdan bо‘lgan
aralashuvga matchni umuman tо‘xtatib qо‘yish mumkin.
Matchni tо‘xtatadi, agar uning fikricha о‘yinchi jiddiy jaroxat olgan va
о‘yinchini maydondan olib chiqilishini ta’minlaydi.
Agar uning fikricha о‘yinchi unchalik ahamiyatga ega bо‘lmagan jaroxat
olgan bо‘lsa tо‘p о‘yindan chiqmaguncha о‘yinni davom ettirishiga ruxsat
berishi mumkin.
О‘yinchidan qon oqayotgan bо‘lsa, uning maydondan chiqishini
ta’minlaydi.Xakam qon oqishining tо‘xtaganiga ishonch xosil qilib, signal
berganidan sо‘ng о‘yinchi maydonga qaytishi mumkin.
14
Qachonki о‘yinchi birdaniga bir nechta qoida buzilishiga yо‘l qо‘ysa, uni
muhimrok ( og‘irroq ) bо‘lgan qoida buzilishi uchun jazolaydi.
Ogoxlantirishi yoki chiqarib yuborish bilan jazolanadigan qoida
buzilishlariga yо‘l qо‘ygan о‘yinchilarga nisbatan intizom choralarini qabo’l
qiladi. U bunday choralarni tez qabo’l qilishga majbur emas, lekin tо‘p о‘yindan
chiqqan zaxotiyoq qabo’l qilishi keark.
О‘zlarini tarbiyali, madaniyatli tutmagan jamoa rasmiy kishilarga nisbatan
chora qabo’l qiladi va о‘z ixtiyoriga kо‘ra maydondan ( texnik zonadan )
chiqarib yuborishi mumkin.
Xakam о‘zi kо‘rmay qolgan xolatlar bо‘yicha о‘z yordamchilari
tavsiyasiga asoslanib harakat qiladi.
Begona shaxslar maydonda bо‘lmasliklarini ta’minlaydi.
Match vaqtinchalik tuxtatilgandan keyin uni yangilaydi.
Match davomida о‘yinchilarga yoki jamoaning rasmiy shaxslariga
nisbatan qо‘llanilgan intizom choralari va har xil matchdan oldin, match
davomida yoki matchdan sо‘ng yuz bergan xolatlar bо‘yicha tegishli tashqilotga
bildirishnoma beradi.
Hakam qarori.
О‘yinga bog‘liq voqealar bо‘yicha xakam qarori qat’iy hisoblanadi. Hakam о‘z
qarorini faqat shunday xolatlarda о‘zgartirishi mumkin, agar u qarorini xato
ekanligini yoki yordamchilari tavsiyasi bilan tushunib yetsa, lekin shu shart
bilanki u xali о‘yinni yangilamagan bо‘lsa
Hakam yordamchilari.
Majburiyati.
Ikkita hakam yordamchisi tayinlanadi va ularning vazifasiga ( hakam qaroriga
bog‘liq ) signal berish kiradi:?
Qachonki tо‘p maydon chizig‘idan tashqariga tо‘liq chiqsa.
15
Qaysi jamoa burchak tо‘pi, darvozadan zarba yoki tо‘p tashlash xuquqiga
ega.
Qachon о‘yinchi о‘yindan tashqari xolatda bо‘lganligi uchun jazolanadi.
Qachonki о‘yinchi almashtirish tо‘g‘risida iltimos bo’lsa.
Hakam kо‘rish maydonidan tashqarisida yuz bergan intizomsiz xulk yoki
boshqa har qanday xolatlar bо‘yicha.
Qachonki qoida buzilishi sodir etilganda bosh hakamdan kо‘ra shu joyga
hakam yordamchilari yaqin bо‘lgan xolatlarda ( qisman jarima maydonida yuz
bergan qoida buzilishlari ham kiradi.)
Shunday hollarda ya’ni qachonki 11m jarima tо‘pi bajarilayotganda
darvozabon tо‘pga zarba berilishidan oldin joyidan oldinga siljisa, tо‘p esa
chiziqni kesib о‘tsa.
Yordam.
Yordamchilar hakamga matchni о‘yin qoidasiga mos utkazilishiga yordam
beradilar. Yordamchilar 9,15m masofasiga rioya qilishiga yordam berish uchun
maydon doirasiga kirish mumkin .
Hakam о‘z yordamchisini asoslanmagan aralashuv yoki qupol muomala
holatlarida vazifasidan ozod qiladi va tegishli tashqilotga bildirishnoma beradi.
Match davomiyligi.
О‘yin vaqti.
О‘yin 45 minutdan 2 taym davom etadi. (agar hakam va ikki jamoa vakillari
boshqa variantni kelishmagan bо‘lsa) Har qanday о‘yin vaqtini о‘zgartirish
tо‘g‘risidagi kelishuvga ( masalan yorug‘likning yetishmasligi sababli har qaysi
taymning 40 minutgacha qisqartirilishi ) о‘yin boshlangunga qadar erishilgan
bо‘lishi kerak va bu holat musobaka talablariga javob berishi kerak.
Taymlar oralig‘idagi tanaffus
16
О‘yinchilar 2 taym oralig‘ida tanaffus olishlariga xaqlari bor. Taym oralig‘idagi
tanafus 15 minutdan oshmasligi kerak. Musobaqa tartibida taymlar oralig‘idagi
tanafus vaqti kо‘rsatilgan bо‘lishi kerak. Taymlar orasidagi tanaffusning
davomiyligi faqat hakamning roziligi bilan о‘zgartirilishi mumkin.
Qushib berilgan vaqt.
Quydagi xolatlarga ketgan vaqt ikki taymning har qaysisiga qо‘shib beriladi.
О‘yinchilarni almashtirishga.
О‘yinchining jaroxatini jiddiyligini aniqlashga.
Jaroxatlangan о‘yinchilarga tibbiy yordam kо‘rsatish uchun ularni
maydon tashqarisiga olib chiqishga.
Qasddan о‘yin vaqtini chuzish
Boshqa har qanday xolatlarda. Qо‘shib berilgan vaqtning davomiyligini
faqat hakam aniqlaydi.
11- Metrlik tо‘p.
Har qaysi ikki taymning asosiy vaqtning oxirgi daqiqasida yoki qо‘shib berilgan
vaqtning oxirgi daqiqasida belgilangan 11 metrlik jarima tо‘pi uchun aloxida
vaqt ajratiladi.
Oxirigacha о‘ynalmagan match.
Agar musobaqa nizomida boshqacha holatlar bо‘lmasa oxirigacha о‘ynalmagan
match qayta о‘ynaladi.
О‘yin boshlanishi va yangilanishi.
Dastlabki shartlar.
Match boshlanishidan oldin qur’a tashlash о‘tkaziladi va jamoalardan biri
darvozani tanlash huquqini oladi.
Qarshi jamoa matchda boshlang‘ich zarbani bajaradi.
17
Qur’a tashlash tufayli darvozani tanlagan jamoa, ikkinchi taymda boshlang‘ich
zarbani bajaradi.
Matchni ikkinchi taymida jamoalar darvoza almashadilar.
Boshlang‘ich zarbani bajarish holatlari.
1.Hamma о‘yinchilar о‘z maydonida bо‘lishlari kerak.
2.Boshlang‘ich zarbani bajarish xuquqini qо‘lga kirita olmagan jamoa
о‘yinchilari tо‘p о‘yinga kiritilmaguncha tо‘pdan 9,15m masofa uzoqlikda
turishlari kerak.
3.Tо‘p harakatsiz xolatda maydon markazida turadi.
4.Hakam signal beradi.
5.Tо‘pga zarba berilib tо‘p oldinga harakatlangandan sо‘ng tо‘p о‘yinda
hisoblanadi.
6.Boshlang‘ich zarbani bajargan о‘yinchi tо‘p boshqa о‘yinchiga tegmaguncha
ikkinchi marta tegishga xaqqi yо‘k.
Jamoalardan biri gol urgandan sо‘ng boshlang‘ich zarba boshqa jamoa
о‘yinchisi tomonidan bajariladi.
Qoida buzilishi va jazo.
Agar boshlang‘ich zarbani bajargan о‘yinchi tо‘pga boshqa bir о‘yinchi
tegmasidan oldin ikkinchi marta tegsa .
1. Qoida buzilgan joydan raqib jamoa о‘yinchisiga erkin tо‘p tepish xuquqi
beriladi.
Har qanday boshlang‘ich zarba bajarish tartibi buzilganda:
* boshlang‘ich zarba qaytariladi.
Bahsli tо‘p.
18
«Bahsli tо‘p»-- bu tо‘p о‘yinda bо‘lgan vaqtda о‘yin qoidasida kо‘zda
tutilmagan holat buyicha vaqtinchalik tuxtatilgandan sung о‘yinni yangilash
usulidir.
Bahsli tо‘pni bajarish holati.
Hakam о‘yinni tо‘xtatganda tо‘p qayerda bо‘lsa о‘sha joydan tо‘pni tashlab
beradi. Tо‘p yerga tegishi bilan о‘yin davom etiriladi.
Qoida buzilishi va jazo.
Bahsli tо‘p qayta о‘ynaladi:
- Agar о‘yinchi tо‘p yerga tegmasidan oldin tegsa.
- Agar tо‘p yerga tekkandan sо‘ng maydon tashqarisiga chiqib ketsa va bunda
xech qaysi о‘yinchi tо‘pga tegmagan bо‘lsa.
Muhim holatlar.
Himoyalanuvchi jamoa foydasiga uning darvoza maydoni chegarasida erkin
yoki jarima tо‘pi belgilansa darvoza maydonining har qanday nuqtasidan
bajariladi.
Xujum qiluvchi jamoa foydasiga belgilangan raqib jamoa darvoza maydoni
chegarasidagi erkin tо‘p darvoza maydoni chizig‘idan qoida buzilgan joyga
yaqin nuqtada bajariladi.
Darvoza maydoni ichida vaqtinchalik tuxtatishdan sung о‘yinni yangilash
uchun qо‘llaniladigan «bahsli tо‘p», darvoza chizig‘iga parallel holatda darvoza
maydoni chizig‘ida о‘yin tо‘xtatilgan vaqtda tо‘p qayerda bо‘lgan bо‘lsa shu joy
yaqinidagi nuqtadan о‘ynaladi.
Tо‘p о‘yinda va о‘yindan tashqarida.
Tо‘p о‘yindan tashqarida.
19
Tо‘p о‘yindan chiqqan hisoblanadi agar:
- Tо‘p yerdan yoki xavo orqali darvoza chizig‘idan yoki yon chiziqdan tuliq
kesib о‘tsa.
- О‘yin hakam tomonidan tо‘xtatilsa.
Tо‘p о‘yinda.
Qolgan hamma vaqtlarda tо‘p о‘yinda hisoblanadi, quyidagi holatlarni ham
hisobga olgan xolda.
- Tо‘p darvoza ustuniga, tusiniga yoki burchakdagi bayroqqa tegib maydonga
qaytsa.
- Tо‘p maydonda turgan hakamga yoki hakam yordamchisiga tegib qaytsa.
Natijani aniqlash.
Gol.
Agar tо‘p ikki ustun oralig‘i va tusin ostida darvoza chizig‘idan tо‘liq о‘tsa va
bunda gol urgan jamoa о‘yin qoidasini buzmagan bо‘lsa, darvozaga tо‘p urilgan
hisoblanadi.
G‘olib jamoa.
О‘yin davomida eng kо‘p tо‘p urgan jamoa g‘olib hisoblanadi.
Agar ikkala jamoada tо‘plar nisbati teng bо‘lsa yoki bitta ham tо‘p urilmagan
bо‘lsa bunday о‘yin natijasi durang bо‘ladi.
Musobaqa reglamenti.
Musobaqa tartibida agar match durang natija bilan tugasa qushimcha vaqt
tayinlash yoki xalqaro yig‘in tomonidan tasdiqlangan match g‘olibini aniqlash
tartibi tо‘g‘risidagi vaziyat kо‘zda tutilishi mumkin.
O‘yindan tashqari xolat.
20
О‘yinchining о‘yindan tashqari xolatda bо‘lishi о‘zidan о‘zi qoida bо‘zilishi
bо‘lib hisoblanmaydi.
О‘yinchi о‘yindan tashqari xolatda bо‘ladi agar:
Tо‘p va oxirgi raqib о‘yinchisidan kо‘ra raqib darvoza chizig‘iga yaqin
bo’lsa.
О‘yinchi о‘yindan tashqari xolatda bо‘lmaydi agar:
U maydonning о‘ziga tegishli qismida bо‘lsa.
U raqib jamoaning oxirgi о‘yinchisi bilan bir chiziqda bо‘lsa yoki
U raqib jamoaning oxirgi 2 о‘yinchisi bilan bir chiziqda bо‘lsa.
Qoida buzilishi va jazo
O’yindan tashqari holatda turgan о‘yinchi faqat shunday hollarda jazolanishi
mumkin, agar tо‘pga tegish vaqtida yoki biror jamoadoshi tо‘pga zarba
berayotgan vaqtda, u hakamning fikricha о‘yin faoliyatiga aktiv ishtirok
etayotgan bo’lsa, aniqrog‘i:
о‘yinga aralashsa yoki
raqibining о‘ynashiga xalaqit bersa yoki
о‘zining joylashgan vaziyatiga kо‘ra ustunlikka ega bо‘lsa.
Qoida buzilmaydi.
О‘yindan tashqari xolat hisoblanmaydi agar о‘yinchi tо‘g‘ridan tо‘g‘ri tо‘pni
qabo’l qilsa:
Darvoza maydoni chizig‘idan zarbadan yoki
Yon chiziqdan tо‘p о‘yinga kiritilganda yoki
Burchak tо‘pi tepilganda.
Qoida buzilishi va jazo.
Har qanday о‘yindan tashqari xolat qoidasi buzilganda hakam erkin tо‘p
tayinlaydi va bu qoida buzilgan joydan raqib jamoa о‘yinchisi tomonidan
amalga oshiriladi.
Jarima tо‘pi.
21
О‘yinchi quyidagi 6 xolatdan birortasini amalga oshirsa va bunda hakam
о‘yinchining harakatini extiyotsizlik yoki о‘ta jismoniy zо‘ravonlik deb
baxolasa jarima tо‘pga tepish xuquqi raqib jamoaga beriladi :
Raqibga oyok bilan zarba berish yoki zarba berishga harakat qilish.
Chalib yuborish yoki chalib yuborishga harakat qilishi.
Raqib ustiga sakrash.
Raqibga xujum qilishi.
Raqibga qо‘l bilan zarba berish yoki zarba berishga urinish harakat qilish.
Raqibni itarish.
Jarima tо‘pini tepish xuquqi raqib jamoaga ham berilishi mumkin agar о‘yinchi
quyidagi 4 ta qoida buzilishiga yо‘l qо‘ysa.
Raqibdan tо‘pni olib qо‘yishda, tо‘pga yetib unga tegmasidan oldin
raqibga tegsa.
Raqibni ushlab qolish.
Raqibga to’purishi.
Qasddan qо‘l bilan о‘ynash(о‘z jarima maydonida turgan darvozabondan
tashqari)
Jarima tо‘pi qoida buzilgan joydan bajariladi.
11 metrlik jarima tо‘pi.
11- metrlik jarima tо‘pi yuqorida kо‘rsatilgan 10 ta qoida buzilishining har
qaysisida tayinlanadi. Agar bu xolatlar о‘yinchi tomonidan о‘z darvozasi jarima
maydonida sodir etilsa.
Bunda tо‘pning qayerda bо‘lishi hisobga olinmaydi, shu shart bilanki tо‘p
о‘yinda bо‘lishi kerak.
Erkin tо‘p.
Erkin tо‘p tepish xuquqi raqib jamoaga beriladi agar darvozabon о‘z jarima
maydonida turib quyidagi 5 ta qoidadan birortasini buzsa.
Tо‘pni tashlashdan oldin, qо‘lida 6 sekunddan ortiq tо‘pni ushlab tursa.
22
Tо‘pni tashlagandan sо‘ng, boshqa о‘yinchi tegmasidan yana tо‘pni qо‘l
bilan ushlasa.
О‘z jamoadoshi tomonidan ataylab oshirilgan tо‘pga qо‘li bilan tegsa.
О‘z jamoadoshi tomonidan yon chiziqdan tashlangan tо‘pni qabo’l
qilishda tо‘g‘ridan tо‘g‘ri qо‘li bilan tegsa.
Shunday xolatlarda erkin tо‘p tayinlanadi, agar о‘yinchi hakam fikricha:
Havfli о‘ynasa.
Raqibning harakat qilishiga yо‘l qо‘ymasa.
Darvozabonning tо‘pni tashlashiga xalaqit qilsa.
Qoidada kо‘rsatib о‘tilmagan, boshqa har qanday qoida buzilishida, о‘yin
tо‘xtalib о‘yinchiga ogoxlantirish beriladi yoki maydondan chiqarib yuboriladi.
Erkin tо‘p qayerda qoida buzilgan bо‘lsa о‘sha joydan bajariladi.
Intizomni buzuvchilarga qо‘llaniladigan xolatlar.
Ogoxlantirish bilan jazolanadigan qoida buzishlar.
О‘yinchi sariq kartochka olish bilan ogoxlantirish oladi, agar quyidagi yetti
qoidaning birontasini buzsa.
1. Sportchiga xos bо‘lmagan xatti harakatlar.
2. Hakam qaroriga namoyishkorona norozilik bildirish ( sо‘z bilan yoki
ishora bilan).
3. О‘yin qoidasini muntazam buzish.
4. О‘yinni yangidan boshlashni chо‘zish.
5. О‘yinni burchakdan, jarima yoki erkin tо‘p bilan yangidan boshlashda
talab qilingan masofaga rioya qilmasa.
6. Maydonga hakam ruxsatisiz chiqish yoki qaytish.
7. О‘zboshimchalik bilan hakam ruxsatisiz maydondan ketish.
О‘yindan chetlatish bilan jazolanadigan qoida buzishlar.
О‘yinchi qizil kartochka kо‘rsatish bilan о‘yindan chetlatiladi. Agar quyidagi
yetti qoidaning birontasini buzsa.
1. О‘yin qoidasining jiddiy buzilishi.
23
2. Zо‘ravonlik, qupollik xatti harakatlari.
3. Raqibga yoki boshqa shaxsga to’pirish.
4. Ataylab qо‘l bilan о‘ynab, raqibning gol urishiga xalaqit qilish yoki aniq
gol urishi imkoniyatidan maxrum qilish(bu о‘z jarima maydonida turgan
darvozabonga tegishl emas
5. Erkin tо‘p jarima yoki 11metrlik zarba bilan jazolanidigan qoida buzish bilan
darvozaga harakat qilayotgan raqibni aniq gol urish imkoniyatidan mahrum
qilish.
6. Ranjitadigan haqoratli sо‘zlar yoki odob ahloqqa tо‘g‘ri kelmaydigan
ishoralar qilsa.
7. Bir match davomida 2ta ogoxlantirish olsa
Maydondan chiqarilib yuborilgan о‘yinchi maydon chegarasiga yaqin joylar va
texnik zonalardan ham chiqib ketish kerak.Qizil yoki sariq kartochka faqat
о‘yinchiga,zaxiradagi о‘yinchiga yoki almashtirilgan о‘yinchiga kо‘rsatilishi
mumkin.
Jarima va erkin zarbalar.
Zarba xillari.
Zarbalar jarima yoki erkin zarbaga bо‘linadi.
Jarima zarbasida bо‘lganidek xuddi shunday erkin zarbada ham tо‘p zarba
bajarilayotganda harakatsiz holatda bо‘lishi kerak, zarbani bajarayotgan о‘yinchi
esa tо‘p boshqa о‘yinchiga tegmaguncha ikkinchi marta tо‘pga tegishga haqqi
yо‘q.
Jarima zarbasi.
Agar tо‘p jarima zarbasidan sо‘ng tо‘g‘ridan tо‘g‘ri, qarama qarshi jamoa
darvozasiga tushsa,gol hisoblanadi.
Agar tо‘p jarima zarbasidan sо‘ng tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri о‘z darvozasiga
tushsa qarama-qarshi jamoa burchak tо‘pini tepishni qо‘lga kiritadilar.
Erkin zarba.
24
(SIGNAL) -Hakam qо‘lini boshi tepasiga kо‘targan xolda erkin zarba haqida
signal beradi .U qо‘lini shu holatda zarba bajarilib tо‘p biron bir о‘yinchiga
tegmaguncha yoki о‘yindan chiqmaguncha ushlab turadi.
Jarima va erkin zarba bajarilish joyi .
Jarima yoki erkin zarba jarima maydoni doirasida :
Himoyalanuvchi jamoa tomonidan bajariladigan jarima yoki erkin zarba.
*Raqib jamoaning hamma о‘yinchilari tо‘pdan kamida 9,15m (10 yard)
masofada joylashadi.
*Tо‘p о‘yinga kirmaguncha raqib jamoaning hamma о‘yinchilari jarima
maydoni tashqarisida turadi.
*Qachonki tо‘p jarima maydonidan tashqariga chiqsa, tо‘p о‘yinda hisoblanadi.
*Darvoza maydoni doirasida bajarilishi kerak bo’lgan jarima yoki erkin zarba
uning har qaysi nuktasida bajarilishi mumkin.
Xujumdagi jamoa tomonidan bajariladigan erkin zarba.
*Raqib jamoaning hamma о‘yinchilari tо‘pdan kamida 9,15m (10 yard)
masofada joylashadi.
*Tо‘p о‘yinda hisoblanadi qachonki tо‘pga zarba berilib, u harakatda bо‘lsa.
*Darvoza maydonida bajarish uchun tayinlangan erkin zarba, darvoza chizig‘iga
parallel bо‘lgan darvoza maydoni chizig‘ida qoida buzilgan joy yaqinida amalga
oshiriladi.
Jarima maydoni tashqarisida bajariladigan jarima yoki erkin zarba.
*Raqib jamoaning hamma о‘yinchilari tо‘p о‘yinga kirmaguncha tо‘pdan 9,15
m masofa uzoqlikda joylashadi.
*Tо‘p о‘yinda hisoblanadi qachonki tо‘pga zarba berilib u harakatda bо‘lsa.
*Jarima yoki erkin zarba qayerda qoida buzilgan bо‘lsa о‘sha joydan bajariladi .
Qoida buzilishi va jazo.
Agar jarima yoki erkin zarba bajarilayotganda raqiblardan biri tо‘pga ruxsat
berilgan masofadan kо‘ra yaqinroqda bо‘lsa.
*Zarba qaytariladi.
25
Himoyalanayotgan jamoaning о‘z jarima maydonida bajarayotgan jarima yoki
erkin zarbasidan sо‘ng tо‘p tо‘g‘ridan tо‘g‘ri о‘yinga kirmasa.
*Zarba qaytariladi.
Maydon о‘yinchisi tomonidan (Darvozabon emas) bajariladigan jarima yoki
erkin zarba .
Agar tо‘p о‘yinga kirgandan sо‘ng zarbani bajargan о‘yinga tо‘pga boshqa biror
о‘yinchi tegmasdan oldin ikkinchi marotaba tо‘pga tegsa :(qо‘li b\n emas).
*Qarshi jamoa qoida buzilgan joydan erkin zarba bajarish huquqini qо‘lga
kiritadi.
Agar tо‘p о‘yinga kirgandan sо‘ng zarbani bajargan о‘yinchi tо‘pga boshqa
о‘yinchi tegmasidan oldin ataylab tо‘pni qо‘li bilan о‘ynasa .
*Qarshi jamoa qoida buzilgan joydan jarima zarbasini bajarish huquqini qо‘lga
kiritadi.
*Agar qoida buzilishi zarbani bajargan о‘yinchi jamoasi jarima maydoni
doirasida yuz bersa, 11m zarba tayinlanadi .
Darvozabon tomonidan bajariladigan jarima yoki erkin zarba.
*Agar, tо‘p о‘yinga kirganidan sо‘ng darvozabon tо‘pga boshqa biror о‘yinchi
tegmasidan oldin (qо‘li bilan emas) qaytadan tо‘pga tegsa.
*Qarshi jamoa qoida buzilgan joydan erkin zarba bajarish xuquqini qо‘lga
kiritadi .
Agar tо‘p о‘yinga kirganidan sо‘ng darvozabon tо‘pga biror о‘yinchi
tegmasidan oldin ataylab tо‘pni qо‘li bilan о‘ynasa .
*Qarshi jamoa jarima zarbasini bajarish xuquqini oladi,agar qoida buzilishi shu
darvozabon jarima maydoni tashqarisida yuz bergan bо‘lsa, zarba qoida
buzilgan joydan bajariladi .
*Qarshi jamoa jarima zarbasini bajarish xuquqini oladi,agar qoida buzilishi shu
darvozabon jarima maydoni ichida yuz bersa,zarba qoida buzilgan joydan
bajariladi .
11-metrlik zarba.
26
Tо‘p о‘yinda bо‘lgan vaqtda о‘yinchilar о‘z jarima maydoni doirasida jarima
tо‘pi tayinlanadigan 10ta qoidaning birortasini buzsa shu jamoa darvozasiga
11metrlik jarima zarbasi tayinlanadi, 11metrlik jarima zarbasidan kiritilgan gol
hisoblanadi. Har qaysi taymning tugashida, asosiy yoki qо‘shimcha vaqt
bо‘lishidan qat’iy 11metrlik zarba uchun vaqt qо‘shib beriladi.
Tо‘p va о‘yinchilarning joylashishi.
Tо‘p:
*11metrlik nuqtaga joylashtiriladi.
Zarbani bajaruvchi о‘yinchi kerakli tarzda aniqlanadi.
Himoyalanuvchi jamoa darvozaboni.
*Tо‘pga zarba berilmaguncha darvoza chizig‘ida ikki ustun oralig‘ida zarbani
bajarayotgan о‘yinchiga yuzma-yuz turgan holatda qoladi.
Zarbani bajarayotgan о‘yinchidan boshqa о‘yinchilar turishadi.
*11metrlik nuqta orqasida .
*11metrlik nuqtadan kamida 9,15 m uzoqlikda.
Hakam.
*О‘yinchilar shu qoidada asosan joylarini egallamaguncha, 11m zarbani bajarish
uchun signal bermaydi.
*11m zarba bajarilgani haqida qaror qabo’l qiladi.
Zarbani bajarish tartibi.
*11m zarbani bajaruvchi о‘yinchi tо‘pni zarba bilan tо‘g‘riga yо‘naltiradi.
*Tо‘p biror bir о‘yinchiga tegmaguncha tо‘pga ikkinchi marta tegmaydi.
*Tо‘pga zarba berilib u oldinga harakat qilsa,tо‘p о‘yinda hisoblanadi.
Tо‘pni tashlash.
Tо‘pni tashlash о‘yinni yangidan boshlash usuli hisoblanadi.
Tо‘g‘ridan tо‘g‘ri tо‘pni tashlashdan sо‘ng urilgan gol hisoblanmaydi.
Tо‘pni tashlash tayinlanadi.
Qachonki tо‘p tо‘liq yon chiziqni yerdan yoki xavodan kesib о‘tsa.
Tо‘p yon chiziqni kesib о‘tgan joyda.
Tо‘pga oxirgi tekkan о‘yinchining raqib jamoasiga.
27
Tо‘pni tashlash xolati.
Tо‘pni tashlash vaqtida о‘yinchi.
- Maydonga yuzi bilan qaragan xolda.
- Tovonning bir qismi yon chiziqda bо‘ladi yoki yon chiziqning tashqarisida
bо‘ladi.
- Tо‘pni tashlashni ikki qо‘llab amalga oshiradi.
- Tо‘p bosh orqasidan harakatga keltirib tashlaydi.
Tо‘p tashlashni bajargan о‘yinchi tо‘pga boshqa о‘yinchi tegmasidan oldin yana
tegishi mumkin emas. Tо‘p maydonga tushishi bilanoq о‘yinda hisoblanadi.
Qoida buzilishi / Ruxsat berish.
Tо‘pni о‘yinchi tomonidan tashlanishi:
- Agar tо‘p о‘yinga kirgandan sо‘ng tо‘p tashlashni amalga oshirgan о‘yinchi
tо‘p boshqa biror о‘yinchiga tegmasdan oldin(qо‘l bilan emas) yana tо‘pga
tegsa:
- Qarshi jamoaga qoida buzilgan joydan erkin zarba bajarish xuquqi beriladi.
- Agar tо‘p о‘yinga kirgandan sо‘ng tо‘p tashlashni amalga oshirgan о‘yinchi,
tо‘p boshqa biror о‘yinchiga tegmasidan oldin ataylab qо‘li bilan о‘ynasa.
- Qarshi jamoaga qoida buzilgan joydan jarima zarbasini bajarish xuquqi
beriladi.
- Agar qoida buzilishi tо‘p tashlashni bajargan о‘yinchi jarima maydonida yuz
bersa, 11 metrlik zarba tayinlanadi.
Burchak tо‘pi.
- Burchak zarbasi о‘yinni yangidan boshlash usulidir.
- Burchak zarbasi tufayli tо‘g‘ridan tо‘g‘ri urilgan gol hisoblanadi, lekin faqat
shu xolatdaki, agar tо‘p raqib jamoa darvozasiga urilgan bо‘lsa.
Match g‘olibini aniqlash tartibi.
11m nuqtadan zarbalarni bajarish va oltin gol – bu musobaqa nizomiga kо‘ra
match durang natija bilan tugaganda g‘olibni aniqlash uchun qо‘llaniladigan
usuldir.
Oltin gol. Tartib.
28
Asosiy о‘yin vaqti tugagandan sо‘ng tayinlangan qо‘shimcha vaqt
davomida birinchi tо‘p urgan jamoa g‘olib deb e’lon qilinadi.
Agar tо‘p urilmasa, unda match g‘olibi 11 metrlik nuqtadan bajariladigan
zarbalar yordamida aniklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |