O'zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish istiqbollari
O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi–erkin bozor munosabatlarigag asoslangan ochiq, huquqiy demokratik davlat qurish, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, odamlar turmush darajasini taraqqiy etgan davlatlar darajasiga ko‘tarish, mamlakatimizni jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashidan iboratdir. Fuqarolik jamiyati muayyan hududda yashovchi, erkin va ozod kishilardan iborat aholi, millat va xalqning yashash tarzini anglatadi. Fuqarolik jamiyati demokratiyaga asoslangan davlatchilik sharoitida shakllanadigan va rivojlanadigan ijtimoiy muhitdir. Fuqarolik jamiyati shunday ijtimoiy muhitki, bunda fuqarolar o‘zaro hamkorlik asosida ijtimoiy va boshqa ehtiyojlarini qonuniy ravishda o‘zlari qondirib boradi. Fuqarolik jamiyati shakllanishining umumiy jihatlarini quyidagilar tashkil qiladi: birinchisi – xususiy mulkchilik. Rivojlangan demokratik davlatlarda aholining aksariyati xususiy mulk egalari hisoblanadi. O‘rta mulkdorlar sinfi – jamiyat umumiy aholisining ko‘pchiligini tashkil qiladi.
Binobarin, xususiy mulk- fuqarolik jamiyati shakllanishi va funksionallashuvining dastlabki va muhim asosi sanaladi. Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitidagina xususiy tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati uchun keng imkoniyatlar yaratilishi mumkin. Fuqarolik jamiyatining uchinchi muhim belgisi quyidagilardan iborat: har qanday demokratik davlat fuqarolarning ehtiyojlari va manfaatlarini yuqori darajada qondirib borishni nazarda tutadi. Ammo hozirgi zamonning o‘ta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi sharoitida davlat tashkilotlarining fuqarolar ehtiyojlari va manfaatlarini aniqlash, ulardan xabardor bo‘lish imkoniyati tobora qiyinlashib bormoqda. Bu muammoni bartaraf etishning yagona yo‘li – davlat tashkilotlarining jamiyat hayotini boshqarib borishdagi ko‘plab funksiyalarini bosqichma-bosqich nodavlat tashkilotlar, birlashmalarga ya’ni fuqarolik jamiyati institutlariga o‘tkazish hisoblanadi.
Fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida axborot sohasini isloh qilish, so'z va axborot erkinligi.
Qonun ustuvorligi tushunchasi va uning mohiyati Demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish O‘zbekistonning pirovard maqsadidir. Biz shunchaki demokratik jamiyat emas, demokratik odil jamiyat qurmoqchimiz. Adolat va haqiqat g‘oyasi ijtimoiy haѐtimizning barcha sohalarini qamrab olmog‘i darkor. Adolat va haqiqat g‘oyasi qonunchilik faoliyatimizning zamini, bosh yo‘nalishi bo‘lmog‘i shart. Darhaqiqat, adolat tushunchasi bilan qonun ustuvorligi tushunchasi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Adolatga asoslangan qonunlarning haѐtga tatbiq etilishi adolatning tantana qilishiga olib keladi.Demokratik jamiyatning eng muhim belgilaridan biri jamiyat a’zolarining qonun oldida tengligining, Konstitutsiya va qonunlarning tengligining ta’minlanganligidir. SHuningdek, Konstitutsiya va qonunlarning pirovard maqsadi inson, uning huquq va erkinliklarini ta’minlashdan iborat bo‘lmog‘i lozim. ―Qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxs, oila, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga bo‘ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash – bu rivojlangan bozor iqtisodiѐtiga asoslangan chinakam demokratik, huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatiqurishning nafaqat maqsadi, balki uning vositasi, eng muhim sharti hisoblanadi. Huquqiy davlatning muhim belgisi – jamiyat haѐtida chinakam qonun ustuvorligini ta’minlash - har qanday davlat uchun, xususan huquqiy davlat qurish yo‘lidan boraѐtgan O‘zbekiston uchun ham juda muhimdir. Qonun ustuvorligining mohiyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining III bob, 15- va 16-moddalarida belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 15-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarning ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar deyilgan. Qonun ustuvorligi tushunchasining mohiyati birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning bir qator asarlarida chuqur tahlil qilingan. Qonun ustuvorligi – huquqiy davlatning asosiy prinsipidir. U haѐtning barcha sohalarida qonunning qat’iyan hukmronligini nazarda tutadi. Hech bir davlat organi, hech bir xo‘jalik yurituvchi va ijtimoiy siѐsiy tashkilot, hech bir mansabdor shaxs, hech bir kishi qonunga bo‘ysunish majburiyatidan xalos bo‘lishi mumkin emas. Qonun oldida hamma barobardir. Qonunning ustuvorligi shuni bildiradiki, asosiy ijtimoiy eng avvalo, iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha qatnashchilari esa hech bir istisnosiz huquq va normalarni buzganligi uchun javobgar bo‘ladi, - deb ta’riflaydi, - I.Karimov. Qonun ustuvorligi - demokratik jamiyat barpo etishning asosi bo‘lib hisoblanadi. SHu bilan birga, adolat mezoni hisoblanadi. CHunki, qonun ustuvorligi ta’minlansagina adolat qaror topadi, insonlar millati, tili, urf-odati, an’anasi, qadriyatlari, diniy e’tiqodi, jinsi, ijtimoiy ahvoli kabilarda tenglikka erishadilar. U mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy-siѐsiy va ma’naviy haѐtida barqarorlik ta’minlanishining asosi hisoblanadi. Qonun oѐq osti qilingan mamlakatda talon-torojlik, tengsizlik, adolatsizlik, zo‘ravonlik va boshqa bir qator salbiy holatlar yuzaga keladi. Ana shuning uchun ham qonun ustuvorligi umuminsoniy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Qonun bilan yashashni millat vakillarining dunѐqarashiga aylanishiga erishish, milliy rivojlanishning muhim yo‘nalishini tashkil qiladi.Ammo u oson ish emas. CHunki, demokratik jamiyatga o‘tish jaraѐnida iqtisodiy sohada vujudga keladigan muammolar oddiy insonlardan tortib, to mansabdor shaxslargacha qonunni chetlab o‘z iqtisodiy, ijtimoiy-siѐsiy va ma’naviy-ma’rifiy ehtiѐjlarini qondirishga qaratilgan harakatlar qilish jaraѐnini vujudga keltiradi. Bu salbiy jaraѐnlarning oldini olmasa juda noxush holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Qonunning ustuvorligi har qanday davlat va jamiyat haѐtining muqaddas tamoyillaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |