Reja: Fuqarolik jamiyatining shakllanishida xususiy mulk, o‘rta qatlamning o‘rni



Download 142 Kb.
bet1/8
Sana17.01.2022
Hajmi142 Kb.
#382257
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asoslari



Fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asoslari
Reja:


  1. Fuqarolik jamiyatining shakllanishida xususiy mulk, o‘rta qatlamning o‘rni

  2. Fuqarolik jamiyatida xususiy mulkchilik va ijtimoiy munosabatlar

  3. O‘rta qatlam mulkdorlar qatlamining shakllanishi va davlat instituti



  1. Fuqarolik jamiyatining shakllanishida xususiy mulk, o‘rta qatlamning o‘rni

Bugungi kunda fuqarolik jamiyatini o‘rganish nafaqat tadqiqotchilar, balki davlat va nodavlat sohasidagi amaliyotchilar uchun ham katta qiziqishga sabab bo‘lmoqda. Fuqarolik jamiyatiga nisbatan davlat tomonidan berilayotgan e’tibor unga nisbatan qiziqishni yanada orttirib yubordi. Fuqarolik jamiyatining tarixidan ma’lumki, uning vujudga kelishida aynan iqtisodiy omilning o‘rni nihoyatda yuksak bo‘lgan.1 Davlat va mulkdorlar qatlami orasida vujudga kelgan ziddiyatli munosabatlar negizida tom ma’nodagi fuqarolik jamiyatining ildizlarini ko‘rish mumkin.

SHu nuqtai-nazardan fuqarolik jamiyatini to‘laqonli anglash uchun uning iqtisodiy asoslarini atroflicha tushunish talab etiladi. Ma’lumki turli shakldagi mulkchilikka asoslangan ishlab chiqarish munosabatlari huquqiy davlatning iqtisodiy asosini tashkil etadi. Huquqiy davlatda mulk moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchilarga bevosita tegishli bo‘lib, yakka holdagi ishlab chiqaruvchi o‘z mehnati mahsulining egasi sifatida maydonga chiqadi. Ishlab chiqarish munosabatlarining tengligi, barcha sohalarda huquqning ustuvorligi, jamiyat farovonligining muttasil oshib borishi davlatning huquqiyligini namoyon etadi.

Fuqarolik jamiyatining rivoj topishi uchun butun jamiyat uchun umumiy bo‘lgan qadriyatlar shakllanishi talab etiladi. Bunday holatda jamiyat a’zolari umumjamoaga xos qadriyatlarga tayanadilar va ular o‘rtasida o‘zaro ishonch hissi shakllanadi, natijada jamiyatda yagona ma’naviy asos vujudga keladi. Bu borada Prezident I.Karimov jamiyat hayotini har tomonlama erkinlashtirish borasidagi strategik vazifalar O‘zbekistonda uzoqni ko‘zlab amalga oshirilayotgan izchil siyosat natijasi, demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish, bozor iqtisodiyotini shakllantirish uchun barcha siyosiy va ijtimoiy kuchlarni birlashtirish prinsipial vazifa ekanligini ta’kidlaydi.

Biroq bozor munosabatlari rivoj topayotgan jamiyatlarga nazar tashlansa, ularda turli guruhlar, ya’ni rang-barang etnik guruhlardan tortib turli professional uyushmalarning muttasil ko‘payib borishiga guvoh bo‘lish mumkin. O‘z o‘zidan ma’lumki, har bir guruhning o‘z manfaati va maqsadlari mavjud. Fuqarolik jamiyati sharoitida ana shu guruhlarning maqsad va manfaatlari o‘zaro to‘qnash kelsada bu jarayon jamiyatning parchalanishiga emas, balki aksincha uning yaxlitligiga xizmat qiladi.

Ma’lumki, iqtisodiy taraqqiyot uchun ham fuqarolik jamiyati uchun ham xususiy mulk va o‘rta qatlamning ahamiyati yuksak ekanligini olimlar inkor etishmaydi. Boshqacha aytganda bu qatlamsiz to‘laqonli fuqarolik jamiyati bo‘lishi mumkin emasligi ko‘pgina manbalarda keltiriladi. Aynan O‘zbekiston sharoitida bunday qatlamning shakllanishi jarayoni bilan fuqarolik jamiyatining rivojini qiyosiy tahlil etish talab etiladi.

Ma’lumki, bizning mamlakatimizda o‘rta qatlamning shakllanishi jarayoni davom etmoqda. O‘rta qatlam mulkdorlarning miqdori oshib bormoqda. Ayni vaqtda davlat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida fuqarolik jamiyati ham rivojlantirilmoqda. Fuqarolik jamiyatining vujudga kelishining mumtoz ta’limotlarida rivojlantirilgan g‘oyalar nuqtai – nazaridan bu erda bir necha diqqat talab jihatlar mavjud. Xo‘sh, klassik an’analarga ko‘ra o‘rta qatlam shakllangan va rivojlangan o‘rta asrlarda davlat bilan o‘rta sinf o‘rtasida yuzaga kelgan qarama-qarshilik natijasida vujudga kelgan fuqarolik jamiyati bugungisharoitda qay tarzda rivoj topadi? SHu va shunga o‘xshash savollarga fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asoslarini o‘rganish asnosida javob berish mumkin.

Ma’lumki, erkin bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyatning asosini xususiy mulkdorlar tashkil etadi. Garchi xususiy manfaat individlarga xos bo‘lib, yakka holdagi manfaatlarni ifoda etsa-da, aynan ana shu xususiy manfaatlarning o‘zaro va davlat bilan munosabatalarida yuzaga kelgan hodisalar asnosida umumiy qadriyatlar namoyon bo‘ladi.

Jamiyatning asosini o‘rta va mayda qatlam vakillari tashkil etar ekan, bu kesim vakillarining daromad manbai va oilalar hayotining asosiy vositasi xususiy mulkchilikka asoslangan iqtisodiy faoliyatdan iborat. Bu sanoat, savdo-sotiq, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va hokazo yo‘nalishlardagi xususiy korxonalar, ijaraga beriladigan er, ko‘chmas mulk, daromad keltiradigan qimmatli qog‘ozlar, foiz keltiradigan pul vositalari, yozuvchilar, shoirlar, kompozitorlar, kashfiyotchilar, ilmiy tadqiqotchilar va hokazolarga oid intellektual mulk asosida amalga oshiriladigan faoliyatdan iborat. Bu kesim o‘zining asosiy faoliyatidan mahrum bo‘lgan taqdirda nafaqat daromad, balki hayotiy muhim manbadan ayriladi. SHuning uchun mulk egalari o‘z mulkini himoya etish uchun barcha zaruriy tashkiliy va huquqiy faoliyatni amalga oshirishadi. Ana shu nuqtai nazardan xususiy mulk fuqarolik jamiyati vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri sifatida ko‘rsatiladi. Aynan xususiy mulk asosida ijtimoiy munosabatlar jadallashadi, natijada esa jamiyat o‘z-o‘zini tashkil etadigan qudratli tizimga aylanadi.

Ma’lumki, xususiy mulk shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish bilan mamlakatning umumiqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qiladi. Buni dalillash uchun o‘zbek olimi M.SHarifxo‘jaev quyidagi omillarni ko‘rsatib o‘tadi:


Download 142 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish