Fotokolorimetrik solishtirish usullari.
Rangli eritmalar intensivligini fotokolorimetrik solishtirish usuli yordamida baxolashda fotoelementlardan foydalaniladi. Fotoelement metall-plastinka yuzasida yupka plyonka hosil qilib koplangan yarim o’tkazgich qavatidan iborat. Yorug’lik oqimi fotoelementga tushganda elektr toki hosil bo’ladi, bu tok kuchining miqdori fotoelementga tushayotgan yorug’lik oqimi intensivligiga to’g’ri proportsional bog’langan. Shunday qilib, eritma rangini ko’zatishda galvanometr strelkasining ogishidan foydalaniladi. Fotokolorimetrlarning ikki tipi mavjud: To’g’ri ta‘sir etuvchi ( 1optik yelkali) va differentsial (ikki optik elkali) boshqacha aytganda optik yoki elektrik kompensatsiyaga ega bo’lgan kolorimetrlar. Birinchi kolorimetrga bitta foto element ikkinchisida ikkita foto element bor. Yuqorida aytib utilganidek, eritmaning rangining och-to’qligi galvanometr strelkasining kichik yoki katta ogishiga olib keladi, ya‘ni galvanometr strelkasining ogishini Ko’rsatadigan shkala orqali eritmaning optik zichligi qiymati o’lchanadi. Avval standart eritmaning optik zichligi D stand , so’ngra tekshirilayotgan eritmaning optik zichligi D tekshir o’lchab olinadi. Ulardan foydalanib, tekshirilayotgan eritmadagi moddaning kontsentratsiyasi xisoblanadi.
Bunda :
Sstand• Dteksh
Stekshr=------------------
Dstan
Ba‘zan tekshirilayotgan eritmaning kontsentratsiyasining xisoblashda kalibrlangan grafikdan foydalanish mumkin. Bunday grafikni chizish uchun standart eritmalar seriyasi tayyorlanadi, ularda aniqlanadigan ioning kontsentratsiyasi usib boruvchi miqdorlarda bo’ladi.
Tayyorlangan eritmalarning optik zichligi fotokolorimetr yordamida o’lchanadi, ordinatalar o’qiga optik zichliklari va abstsissalar o’qiga aniqlanayotgan ion kontsentratsiyasining qiymatlari kuyib, kalibrlangan grafik chiziladi
Kalibrlangan grafik.
Fe3+ ionini kolorimetrik usul yordamida aniqlash
Birikmalar tarkibidagi temirning kolormetrik usulda aniqlash Fe3+ ionining NH4SCN ammoniy rodanid bilan ta‘sirlashuv reaktsiyasi natijasida eritmasida qizil kon rangli birikma hosil bo’lishiga asoslangan.Bu reaktsiyaning boshlanishi quyidagicha bo’ladi.
Fe3+ +3SCN- = Fe(SCN)3
Eritmadan SCN- ionlari kontsentratsiyasining ortishi kompleks ionlar sonining ortishiga olib keladi, boshqacha aytganda eritma rangining intensivligi ortadi. Shu sababli tekshirilayotgan eritmalarga ammoniy rodaniddan ortiqcha miqdorda qo’shiladi. Uch valentli temir tuzlari ayniksa suyultirilgan eritmalarda ko’p gidrolizlanadi. Shuning uchun eritmaga nitrat kislota qo’shib gidrolizni bostirish kerak sulfat yoki xlorid kislotalardan foydalanilganda nitrat kislota ishlatilganidek effektiga erishib bo’lmaydi. Shuning uchun tekshirilayotgan eritmada qancha Cl- ionlari bo’lsa, standart eritmaga shuncha miqdorda Cl- ionlari kiritish kerak.
Fe3+ va SCN- ionlari orasida boradigan rektsiya natijasida hosil bo’ladigan rang barkaror emas. Bu rang Fe3+ ionlarining SCN- ionlari ta‘siridan qaytarilish natijasida vaqt o’tishi bilan susayib boradi. Shu sababli Fe3+ ionlarining kolorimetrik usulda aniqlashda standart seriyalar usulidan foydalanish juda aniq natija bermaydi. Fe3+ ionini aniqlashda kolorimetrik titrlash yoki tenglashtirish usullardan ko’proq foydalaniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. X.Raxmatov, A.Gevorgyan, N.Boboqulov, Z.Qurbonova.
2. «Fizik kimyoviy analiz usullari». Qarshi «Nasaf» - 2003.
3. O.Fayzullaev. «Analitik kimyo». Toshkent – 2006.
4. M.Mirkomilova. «Analitik kimyo». T.: 2002.
5. A.Alakseev. «Miqdoriy analiz». T.: 1984.
6. L.A.Kazitsina . N.B.KupletskaY. Primeneniye Uf; Ik-i YAMR spektrakopiya vorganicheskiy ximii. Moskva-1971 g.
Do'stlaringiz bilan baham: |