O’tayangi yulduzlar ham eruptiv o’zgaruvchan yulduzlar bo’lib, yorqinligi keskin o’zgaruvchi (chaqnovchi) yulduzlardir. Ularning chaqnashlari portlash hisobiga bo’ladi. Portlash tufayli bunday yulduzlarning ravshanligi bir necha kun davomida o’nlab million marta ortadi. Yulduz o’z ravshanligining maksimumiga erishganda o’zi joylashgan Galaktika ravshanligiga, ba’zan undan ham bir necha marta ko’p ravshanlikka ega bo’ladi. Ravshanligining maksimumida, uning absolyut yulduz kattaligi -18 dan to -19 yulduz kattaligigacha yetadi. O’tayangi yulduzlar o’z yorqinligining maksimumiga, portlash yuz bergandan keyin, 2—3 hafta o’tgach erishadi va so’ngra bir necha oy davomida uning yorqinligi 25—30 marta kamayadi. Chaqnash davomida, o’tayangi yulduzlarning umumiy nurlanish energiyasi lO^-lO42 Joulni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |