Termodinamika usuli termodinamikaning uchta qonuniga (postulatlari) ga asoslangan bo`lib, unda uzoq vaqt davomida to`plangan tajriba va kuzatish natijalari umumlashtirilgan. Bu usulda termodinamikaning uchta postulatlatidan foydalanib, aniq natijalar olinadi. Termodinamika usulida sistemadagi moddalar molekulalarining tuzilishini bilish shart emas, ya’ni bu usul vositasida jarayonning mohiyati oydinlashmaydi (termodinamika usulning kamchiligi). Bu usulning yana bir xususiyati shundaki, unda sistmaning umumiy xossalari (masalan, harorat, hajm, bosim va hokazolar) bilan ish ko`riladi.
Molekulyar-kinetik yoki sistematik usulda sistemani tashkil etuvchilarning (atomlar va molekulalar harakati) xossalari tekshirilib, jamlanadi. Bu usuldan foydalanish uchun, asosan sistemaning tuzilishini bilish kerak.

Kvant mexanika usuli, asosan moddalarning tuzilishini o`rganishda qo`llaniladi. Bu usul energiyaning qayta o`zgarishini faqat ma’lum miqdorda ( kvantlarda) amalga oshadi deb tasavvur qiladi.
Fizik kimyoning tajribalar asosida yaratilgan nazariyalari amaliy ishlarga yo`l ochib beradi, shu sababdan uning ishlab chiqarishdagi ahamiyati g’oyat kattadir. Ishlab chiqarishda biror kimyoviy jaroyonni amalga oshirish mazkur fansiz deyarli mumkin emas. Sanoatda yuqori harorat va bosimlarda ishlash avj olgan hozirgi vaqtda fizik kimyoning kimyoviy muvozanat va kataliz (fermentativ kataliz) haqidagi qonuniyatlari ayniqsa katta ahamiyatga ega.

Jarayon istalgandek borishi uchun undagi eng mayda hodisalarni va ularning mexanizmini mukammal bilish lozim. Bular, yuqorida ta`kidlanganidek, fizik kimyo usullari yordamida o`rganiladi. Ma`lumki, kimyoviy jarayonlar faqat kimyo sanoatidagina emas, balki sanoatning ko`pgina boshqa tarmoqlarida, masalan, metallurgiyada, tog` kon sanoatida, mudofaa sanoatida, qishloq xo`jaligida, to`qimachilik sanoatida, kabi sanoatida, mashinasozlikda va boshqalarda ham muhim rol o`ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |