Uchinchi avlod EHMlari 60-yillarning oxiri va 70-yillarning boshlariga to`g`ri kelib, ular integral sxemalarda tuzilgan edi (IS). Integral sxema - bu nihoyatda kichik elektron sxema bo`lib, kremniyli plastinkada bir qancha mayda tranzistorlardan va boshqa elementlardan tuzilgan va ma’lum bir funktsiyani bajarishga moslashgandir. Bu sxemadagi elementlarning hammasi germetizatsiyalashtirilgan plastmassali qutichaga joylashtiriladi.
Ikkinchi yo`nalishi esa arzon, o`ta kichik bo`lgan hisoblash mashinalari (bularga mikro EHMlar, yoki mikrokompyuterlar) ni yaratish kiradi. Mikrokompyuterlarning o`zagi bo`lib unga mos bo`lgan mikroprotsessor xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda yaratilgan mikrokompyuterlar xotira sig`imi, operatsiyalarni
Do'stlaringiz bilan baham: |