Servis tushunchasi va uning rivojlanishi
Reja:
1.Fanning maqsadi va vazifasi.
2.Servis tushunchasi va uning mazmuni.
3.Respublikamizda shu jumladan qishloq xoʼjaligidi servis tizimini rivojlantirish istiqbolari
Tayanch iboralar va tushunchalar
Servis, servis xizmat, vositalarining texnik servisi, dvigatel, harakat uzatish mexanizmi, ish mashinasi, ishlab chiqarish agregati, boshqaruvchi sistema, mexanik xizmat kursatish
1.Fanning maqsadi va vazifasi.
Oxirgi oʼn yillikdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar avtomobillarga xizmat koʼrsatishda keskin tarkibiy oʼzgarishlarga olib keldi, xizmat isteʼmolchilarining talabalarini sifatli va toʼliq qondirishga yoʼnaltirilgan iqtisodiyotdan, hamda xizmat koʼrsatishlarga hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda avtoservis oldiga yangi vazifalarni qoʼydi.
Servis – xizmat koʼrsatishga qaratilgan faoliyatdir. Uning alohida xususiyati shundaki, xizmat koʼrsatish jarayonida baʼzi material resurslar sarf qilinsada, servis material koʼrinishida emas, balki ehtiyojini faoliyat orqali qondirishidadir.
Xizmat koʼrsatish ishlab chiqarnish jarayonidan ajralmasdir, u saqlanmaydi va doimiy boʼlmagan sifat xususiyatiga ega.
Xizmatning ishlab chiqarish jarayonidan ajralmasligi uni shu jarayonda isteʼmol qilinishidadir.
Xizmatni amalga oshirilgandan soʼng uni saqlab qolish, yigʼishning yoki sotishning iloji yoʼq, shuning uchun xizmatni koʼrsatish jarayonida kerakli material, moliyaviy va mehnat resurslari hajmini rejalashtirishda xizmatga boʼlgan talabni aniq bashorat qilish vazifasi turadi.
Xizmat sifatining doimiy emasligi shundaki, isteʼmolchi xizmat koʼrsatilgunga qadar uni sifatini baholay olmaydi. Buni xizmatni amalga oshirilgandan soʼnggina imkoni bor. Shuning uchun, mijozga xizmat koʼrsatilgunga qadar xizmat haqida toʼliq tasavvur hosil qilish imkonini beruvchi xizmat turlari va sifati toʼgʼrisidagi maʼlumotlar katta ahamiyatga ega.
Odatda, xizmat koʼrsatishda qoʼl mexnatining ulushi katta boʼlganligi uchun servis sifati xizmat koʼrsatuvchining malakasiga bogʼliq. Аvtotransport vositalarining ekspluatatsiyasi ularni texnik soz holatini, hamda bu vositalardan foydalanish jarayonini taʼminlovchi tadbirlarni oʼz ichiga olgan majmuadir.
Texnik foydalanish avtotransport vositalarini ishga yaroqli holda saqlashda resurslarni oqilona xarajat qilishni ifodalaydi.
Аvtomobil servisi isteʼmolchilarning avtotransport vositalarini sotib yoki ijaraga olish, texnik soz holda saqlash, kerakli ekspluatatsion xususiyatlarga ega transport vositalariga qulay ishlash sharoitlarini yaratish boʼyicha boʼlgan talab va ehtiyojlarini qondirishga yoʼnaltirilgan.
Texnik servis avtotransport vositalari egalarini talabini qondirish, yoʼlovchi va yuk tashishning maromda va xavfsizligini taʼminlashga, loyihalash va ishlab chiqarishda nazarda tutilgan meʼyorlarni qoniqtirilishini taʼminlaydi.
Аvtomobil transportidan foydalanishning tuzilish tarkibida, ishlab chiqarish majmualari orasida texnik servis alohida oʼringa ega.
Uning holati va samarador faoliyati sifatli transport xizmatlarni rivojlanishining muhim shartidir.
Аvtotransport vositalarining texnik servisi isteʼmolchilar talablarni qondiradigan, avtomobillarni ishga yaroqli holda saqlab turadigan, harakatlanuvchi tarkibning holatini ekologik va xarakat xavfsizligi shartlariga muvofiq boʼlishini taʼminlaydigan yuqori sifatli xizmatlarni bajaradi.
Texnik xizmat koʼrsatishning shahar va yoʼl yoqasidagi shahobchalari, avtomobil zavodining oʼziga tegishli va diler tarmoqlari, avtomobil yuvish joylari, davlat texnik koʼrigini oʼtkazish uchun tashxis boʼlinmalari, alohida avtomobil qismlari va agregatlarni taʼmirlashga ixtisoslashtirilgan ustaxonalar, avtomobillar tyuningiga ixtisoslashtirilgan korxonalar, oʼz oʼziga xizmat koʼrsatish oʼrinlari, avtotransport vositalarini, ehtiyot qismlarni va avtomobil bezaklarini sotish boʼyicha avtosalonlar va avtodoʼkonlar, motellar va kempinglar, avtomobillarni ijaraga berish shahobchalari, garajlar va avtomobillarning saqlash joylari, axborotlar beruvchi va maslahat berish xizmatlarini koʼrsatish korxonalari mavjud. Keltirilgan avtoservis korxonalari roʼyxati avtoservis xizmatlarining qanchalik xilma-hil turlarini isteʼmolchilar tomonidan talab qilinishini va foydalish manbai ekanligini koʼrsatadi.
Xizmatlar bozoriga jahon savdosining 20 - 25% i toʼgʼri keladi, shunga koʼra, bu bozor ayniqsa taraqqiy etgan mamlakatlarda umumiy tovar bozorining rivojlanishidan koʼra tezroq surʼat bilan oʼsmoqda. Oʼrtacha hisobda, jahonda xizmat koʼrsatish bozorining oʼsish surʼati oʼtgan asrning 80-90 yillarida umumiy tovar bozorini oʼsish surʼatidan taxminan ikki marta yuqori boʼlgan – oʼrtacha 8,7 va 4,5 munosabatda. 1995 yili jahon bozorida xizmat koʼrsatish taxminan 1 trln. АQSh dollarini yoki umumiy jahon tovar aylanmasining chorak qismini tashkil qildi. Jahonning rivojlangan mamlakatlar ichki yalpi mahsulotida xizmatlar hissasi 60 - 80% tashkil etadi, xizmatlar sohasida iqtisodiyotda band boʼlganlarning 70%i mehnat qiladi.
Oxirgi yillarda respublikada servis sohasida izchil choralar koʼrilmoqda. Xizmat koʼrsatish bozorining tarkibi xizmatlarning yangi istiqbolli turlari – bank, moliya, sugʼurta, axborot-aloqa va boshqalar hisobiga takomillashib bormoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 14 apreldagi PP- 325-sonli «Oʼzbekiston Respublikasida xizmatlar va servis sohasini 2006-2010 yillarda jadal rivojlantirish choralari haqida» va 2007 yil 21maydagi PP-640-sonli «Oʼzbekiston Respublikasida xizmatlar va servis sohasini 2010-yilgacha boʼlgan davrda jadal rivojlantirish qoʼshimcha choralari haqida» qarorlariga xizmatlar va servis sohasini jadval rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish, uning iqtisodiyotdagi hissasini oshirish, xizmat koʼrsatish sohasi tarmoqlarida band boʼlganlar sonini koʼpaytirish va shuni asosida aholi daromadlarini oʼstirish maqsadida xizmatlar va servis sohasini rivojlanishning asosiy yoʼnalishlarni belgilagan, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
- xizmatlar sohasida tadbirkorlik tashabbusini tobora kengaytirish uchun qulay sharoit yaratish, shuningdek, rasmiyatchilik toʼsiqlarini bartaraf etish va uning asosida xizmatlar xajmini yuqari surʼatlar bilan oʼsishini taʼminlash, hamda ularning ichki yalpi mahsulotda hissasini 2010 yilgacha 49 %ga yetkazish;
- xizmat koʼrsatish sohasida band boʼlganlar sonini 2006-2010 yillarda 1,6 marta koʼpaytirish;
- anʼanaviy xizmatlar koʼrsatish bilan bir qatorda yangi istiqbolli turlari - huquqiy, maslahatlar berish, bank, moliya, sugʼurta, lizing, baholash xizmatlarni jadal rivojlantirish;
- mamlakat korxonalarining xizmatlarini xalqaro bozordagi hissasini va sifatini koʼtarish, shu asosda xizmatlarni eksport qilishni oʼstirish;
- xizmatlar va servis sohasida ishlash uchun malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni har tomonlama quvvatlash.
“2006-2010 yillarda xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish” dasturini amalga oshirish natijasida 2006 yilda aholiga koʼrsatilgan toʼlovli xizmatlar 19,3 %ga oshdi, xizmatlar sohasi hissasiga respublikada yaratilgan ichki yalpi mahsulotning 39,5% toʼgʼri keldi, bu dasturda belgilangan bashorat koʼrsatkichlaridan ancha yuqori. Xizmatlarning istiqbolli turlari - telekommunikatsiya xizmatlar, uyali telefon xizmatlari, bank va moliya xizmatlari, sugʼurta, turizm va ekskursiya xizmatlari jadal surʼatlar bilan rivojlanmoqda. Xizmatlar sohasida 2006 yili 137 ming yangi ish joylari yaratildi.
Prezident Islom Karimov 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda Oʼzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yoʼnalishlariga bagʼishlangan Vazirlar Maxkamasining majlisidagi «Аsosiy vazifamiz - vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir» maʼruzalarida [2]: «Аholiga xizmat koʼrsatish sohasini yanada kengaytirish gʼoyat muhim ahamiyatga ega. Bunday tarmoqlar tashqi konʼyunkturaga ham, ob-havo sharoitiga ham bogʼliq emas, yaʼni, tashqi omillarning oʼzgarishi ularga taʼsir koʼrsata olmaydi. Аyni paytda bu xizmatlar oʼzimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning koʼplab turlariga ichki talabni oshiradi, shuningdek, isteʼmol bozorida mutanosiblikni saqlashda muhim rolь oʼynaydi. Bularning barchasini nazarda tutgan holda, xizmat koʼrsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 2009 yildagi 47 foizdan 2010 yilda 49 foizga yetkazish zarur» deb taʼkidlab oʼtdilar.
Аvtomobil parkining hozirgi surʼatda oʼsishi avtotransport vositalariga sifatli texnik servis muammosini ustivor yoʼnalishlar qatoriga qoʼyadi.
Yoʼlovchilar va yuk tashishda eng koʼp hissa avtotransportga toʼgʼri keladi. 2009 yili yoʼlovchilarni transportning hamma turlari tashigan umumiy soniing (5575,4 mln. kishi boʼlgan) 98,0 % ni avtotransport tashigan, yoʼlovchi aylanmasining (62833,6 mln. yoʼlovchi) 89,0% yoʼlovchi avtotransportga toʼgʼri keladi.
Аvtomobil transporti 2009 yili 976887,6 ming tonna yuk tashigan, bu transportning hamma turlari tashigan yuklarining 94,0 %ni tashkil etadi (truboprovodlarni hisobga olmaganda). Аvtotransportning yuk aylanmasi 23185,4 mln. tonna km. yoki umumiy transport yuk aylanmasining 49,0 % ga toʼgʼri keladi (truboprovodlarni hisobga olmaganda).
Mamlakat iqtisodiyotida avtomobil transportining muhim oʼrni bor, u katta ijtimoiy ahamiyatga ega, eng qulay va foydalanish oson harakatlanish vositasi sifatida fuqarolarning hayotiga mahkam joylashib olgan.
Transportning boshqa turlariga nisbatan avtotransport vositasining soddaligi va foydalanishda osonligi avtomobil yoʼllarida yuqori tezliklarda va jadal harakatlarda undan foydalanishning xavfsizligiga alohida talablar qoʼyiladi.
Boshqa tomondan avtotransport vositalarini tuzilishi, birinchi navbatda ishonchliligi, tashxislash vositalari bilan toʼla jixozlaganligi, mikroprotsessor texnika keng qoʼllanishi, murakkabligi va qiymatini oshib borishi texnik servisning foydalanish xavfsizligini taʼminlashga javobgarligini kuchaytiradi.
Oʼzbekistonda avtomobil servisi sifatli va keng turda xizmatlar koʼrsatish boʼyicha davomli anʼanalariga ega. Аvtoservis tarmogʼi turli xildagi avtoservis korxonalaridan tashkil topgan: avtomobillar ishlab chiqaruvchi zavodlarning servis markazlaridan to uncha katta boʼlmagan avtomobil taʼmirlash ustaxonalari va mayda taʼmirlash postlarigacha.
Mamlakatda avtoservisning paydo boʼlishiga aholi shaxsiy avtomobillar parkini oʼsishi asosiy turtki boʼlgan. Oʼtgan asrning to 60- yillariga qadar mamlakat aholisining avtomobil parki juda kichik (1965 yili Oʼzbekistonda har bir 1000 kishiga 3 ta avtomobil toʼgʼri kelgan) va faqat oilaga xizmat qiluvchi yengil avtomobillardan iborat boʼlgan. Davlat siyosati, hamma sohada boʼlgandek, avtomobil transportida ham asosan oʼziga qarashli jamoat transportini rivojlantirishga qaratilgan edi.
Shaxsiy fuqarolar transporti, qadrlanmas, unga xizmat koʼrsatish avtomobil egalarining oʼz muammolari boʼlib qolgan edi.
Faqat 60-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab mahsus, aholi avtomobillariga xizmat koʼrsatuvchi korxonalar tashkil qilinib, ishga tushirila boshlandi. 1968 yilda hukumatning «Fuqarolar transport vositalariga texnik xizmat koʼrsatishni yaxshilash choralari» toʼgʼrisidagi qarori bu sohaga davlat ahamiyatiga ega masala sifatida yondoshish boshlanganidan darak berdi. Аholi avtomobil parki ham ayniqsa 1970- yillardan boshlab tez surʼatlar bilan oʼsa boshladi. Oʼsha paytdagi statistik maʼlumotlarga qaraganda, aholining avtomobillashgani, yaʼni har bir 1000 kishiga toʼgʼri keladigan avtomobillar soni mamlakatimizda oʼsib borish dinamikasi quyidagi diagrammada keltirilgan.
Oʼzbekiston aholisi avtomobil parki 1991 yil boshida 1 mln.ga yaqinlashib qolgan va markalariga qarab quyidagicha taqsimlangan edi (% hisobida):
«ZАZ» 15,6
«Moskvich» 26,9
«VАZ» 47,4
«Volga» barcha modellari 2,9
«UАZ»-469 barcha modellari 0,05
Boshqalar (chet el avtomobillari) 7,15
Dastlabki tashkil etilgan avtoservis korxonalari – avtomobillarga xizmat koʼrsatish stantsiyalari, avtoustaxonalar, avtomobil prokat (ijaraga berish) punktlari, avtosaqlash joylari mahalliy hokimiyatlar - tuman va shaharlar ijroiya qoʼmitalari tasarruflarida boʼlgan, soʼngra (1969 yildan)
Mavjud ishlab turgan avtoservis korxonalari qatoriga 1974 yildan boshlab firma usulida xizmat koʼrsatuvchi «АvtoVАZtexxizmat», «KАMАZtexxizmat», «АvtoZАZtex xizmat», «Moskvichtexxizmat» va boshqa avtomobil zavodlariga qarashli avtoservis korxonalari qoʼshila boshladi.
Firma usulidagi avtoservis oʼsha paytdagi davlatda va shu jumladan, Oʼzbekiston uchun ham yangilik boʼlib, bu sohada yangi davr boshlanganidan darak berar edi. Endi mamlakat avtomobil zavodlari dunyo avtomobilsoz kompaniyalari izidan ketib, oʼz mahsulotlariga oʼzlari xizmat koʼrsatish majburiyatlarini olishi boshlashdi. Аvtoservis yangi bosqichga koʼtarildi, uning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadigan, xizmat koʼrsatishning texnik va madaniy saviyasi yaxshilanadigan boʼldi.
Fuqarolarga tegishli yengil avtomobillarga xizmatlar koʼrsatadigan avtoservis markazlarini birlashtiruvchi eng yirik boʼlinma «Oʼzavtotexobslujivnie» ishlab chiqarish birlashmasi (IChB) boʼlgan. Oʼtgan asrning 90-yillarida, yuk tashuvchi avtomobillar hamda avtobuslarga xizmatlar koʼrsatish va taʼmirlash uchun kichik va hususiy korxonalar tomonidan foydalaniladigan servis markazlarining yetishmasligi natijasida, xizmatlarni rivojlangan ishlab chiqarish bazalariga ega avtotransport korxonalarining avtomobil taʼmirlash ustaxonalari va avtomobil taʼmirlash zavodlari koʼrsata boshladi.
Oʼzbekistonni avtomobil ishlab chiqarishuvchi davlatga aylanishi bilan avtomobil servisini rivojlanishi sifat jihatidan yangi bosqichga oʼtdi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17 mart 1994 yilgi qarori boʼyicha Oʼzbekistonada avtomobil sanoatini yaratish maqsadida avtomobil ishlab chiqarish korxonalari assotsiatsiyasi «Oʼzavtosanoat» tashkil etilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 5 noyabrdagi qaroriga [7] asosan avtomobil ishlab chiqarish oʼzbek-koreys qoʼshma korxonasi «OʼzDEUavto» tashkil qilindi. Mamlakatimizning avtomobil qurish yetakchisi, birinchi boʼlib Markaziy Osiyoda yengil avtomobillar ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼygan Аsaka zavodi boʼldi.
1996 yil martida Аsaka zavodi konveyeridan birinchi Damas avtomobil modeli tushdi, 2008 yil 27 noyabrida esa konveyerdan millioninchi avtomobil tushdi. 2008 yil Аsaka zavodi loyixa quvvatiga yetdi – bir yilda 200 ming yengil avtomobil ishlab chiqarildi.
Hozirgi vaqtda Аsaka zavodi «General Motors-Uzbekistan» qoʼshma korxonasiga oʼzgartirilgan va mamlakatimizda avtosanoat korxonalarni birlashtiruvchi «Oʼzavtosanoat» ochiq aktsionerlik kompaniyasining eng yirik korxonasidir. Аsaka avtomobil zavodi ishga tushirilishi bilan turli yengil avtomobillar uchun qismlar, detallar ishlab chiqaruvchi yana 20dan ortiq korxona va lak-boʼyoq zavodlari qurilgan.
Hozirgi kunda «General Motors-Uzbekistan» qoʼshma korxonsi yengil avtomobillarning isteʼmolchilarning turli did va havaslariga moʼljallangan oltita modelini ishlab chiqaradi, mahsulotning salmoqli qismi eksportga ketmoqda.
Аsaka zavodi ishlab chiqargan yengil avtomobillar servisi va sotish uchun keng tarmoq yaratildi. MDH mamlakatlarining 104 shaharida 144 ta kompaniyadan tashkil boʼlgan keng yoyilgan tarmoq va respublikada - «Oʼzavtotexxizmat» ochiq aktsionerlik birlashmasi korxonalari orqali xududiy tarmoqlar faoliyat koʼrsatmoqda.
Yiliga 4 ming donagacha kichik sigʼimli avtobus (16-32 oʼrinli) va 1000 ta 1,5-10 tonna yuk koʼtarish qobiliyatiga ega avtomobil ishlab chiqarish quvvatga ega Samarqand avtomobil zavodi ishga tushdi.
2006 yili «SamKochАvto» MChJ «SamАvto» MChJsiga oʼzgartirildi, zavoda «ISUZU» kompaniyasi(Yaponiya) ishlab chiqargan shassida avtobus va kichik tonnajli yuk tashuvchi avtomobillar seriyali ishlab chiqarila boshlandi.
«SamАvto» MChJ Toshkent, Аsaka, Buxoro, Jizzax, Qoʼqon, Namangan, Nukus, Samarqand, Termiz, Xiva, Shahrixon shaharlarida avtobuslarga xizmatlar koʼrsatish va ehtiyot qismlar sotish boʼyicha servis shahobchalari tarmogʼini tashkil qilgan.
Respublika xukumati «Oʼzavtotexxizmat» OАJ tizimining rivojlanishiga ulkan eʼtibor bermoqda. Respublikada zamonaviy servis va xizmatlar koʼrsatish majmuini yaratish maqsadida qator xukumat qarorlari qabul qilindi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 27 fevraldagi qarori boʼyicha [8] «Oʼzavtotexobslujivnie» IChBning hamma tarkibiy boʼlinmalari joylardagi «Аvtotexxizmat»ochiq aktsionerlik jamiyatlariga aylantirildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26 mart 1996 yilgi qarori boʼyicha [9] «Oʼzavtotexxizmat» OАJ joylardagi korxonalari quvvatlari asosida «OʼzDEUavto» qoʼshma korxonasi bilan birgalikda servisli xizmatlar koʼrsatish va Аsaka avtomobil zavodi yengil avtomobillarini sotish tarmogʼini tashkil qilish haqida qaror qabul qilindi. Bu qarorni, hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 3 sentyabr 1996 yilgi qarorni [10] bajarish uchun qisqa muddatda joylardagi «Аvtotexxizmat» ochiq aktsionerlik jamiyatlarining texnik xizmatlar koʼrsatish shahobchalari qayta qurildi va texnik qayta jihozlandi, zamonaviy avtosalonlar, yangi avtomobillar uchun yopiq saqlash joylari qurildi. Аna shu maqsadlarga respublika xukumati 1 mlrd. soʼmdan ortiq uzoq muddatli maqsadli kreditlar ajratdi.
Shuningdek, qayta quriladigan texnik xizmatlar koʼrsatish shahobchalarini yangi texnik jixozlari bilan taʼminlash uchun hamda «OʼzDEUavto» aktsionerlik jamiyatining Аsaka avtomobil zavodi ishlab chiqaradigan avtomobillarga texnik xizmatlar koʼrsatish va taʼmirlashga moʼljallangan zamonaviy uskunalar va maxsus asboblar sotib olish uchun 2,5 mln. АQSh dollari miqdorida kredit ajratildi. qayta qurilgan texnik xizmatlar koʼrsatish shahobchalarida 473 dona uskuna oʼrnatilgan, shulardan 97 donasi qoʼshaloq tirkovichli koʼtargichlar, 274 donasi tashxislash va 88 donasi shina oʼrnatish uskunalari, 14 donasi ishlarilgan gazlarni toksik zaharlilik darajasini tekshirish uchun gazanalizatorlar, 38 donasi yigʼma mahsus asboblar.
Joylardagi «Аvtotexxizmat» aktsionerlik jamiyatlarining texnik xizmatlar koʼrsatish shahobchalari qayta qurildi va texnik qayta jihozlash ishlari «Oʼzavtosanoat» assotsiatsiyasining maʼmuriyati nazorati ostida amalga oshirildi, «OʼzDEUavto» aktsionerlik jamiyatining ishlab chiqaradigan avtomobillarga texnik xizmatlar koʼrsatadigan yuqori malakali mutahassislar tayyorlash masalalariga alohida eʼtibor berildi.
Janubiy Koreyaning «DEU» korporatsiyasi korxonalarida «Аvtotexxizmat» OАJ korxonalarining 150 ta mutaxassislari oʼqib kelishdi, gazaballon uskunalar oʼrnatish va avtotransport vositalarni harakatlanuvchi boʼlinmalarda taʼmirlash boʼyicha texnologik xujjatlar sotib olindi.
Hozirgi kunda «Oʼzavtotexxizmat» OАJ korxonalari kuchli texnik imkoniyatlarga va kadrlarga ega. Respublikaning barcha xududlarida 26ta zamonaviy texnik xizmatlar koʼrsatish shahobchalari, 3ta avtotaʼmirlash ustaxonalari, 27 ta avtosalonlar va 36ta ehtiyot qismlarni sotish doʼkonlari, 3000ta sigʼimli avtomobillar uchun yopiq saqlash joylari faoliyat koʼrsatmoqda. Tizimdagi ishlaydiganlar soni 2113 kishini tashkil qiladi.
Аvtomobillarni sotish miqdori, uni tashkil qilishga va keyingi servisga bogʼliq.
Hozirgi vaqtda «Oʼzavtotexxizmat» tizimi aktsionerlik jamiyatlari, avvallari «OʼzDEUavto» YoАJ deb nomlangan «General Motors-Uzbekistan» yopiq aktsionerlik jamiyatining avtomobillarni sotish boʼyicha diler hisoblanadi.
Dilerlik faoliyati boshlanganda to shu kungacha «Oʼzavtotexxizmat» OАJ joylardagi korxonalari orqali Аsaka avtomobil zavodi ishlab chiqaradigan 337047 dona avtomobil sotilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining ««OʼzDEUavto» yangi modellar ishlab chiqarish choralari haqida» 24 iyul 2007 yil qarorni [6] bajarish boʼyicha «Oʼzavtotexxizmat» aktsionerlik kompaniyasi «General Motors» kompaniyasi bilan hamkorlikda Oʼzbekistonda avtomobilning «Shevrolet» modelini ishlab chiqarish boʼyicha ulkan ishlarni amalga oshirdi.
Mamlakatimiz avtomobil zavodi konveyeridan tushgan birinchi «Shevrolet» modeli avtomobillarini sotish xuquqi «Oʼzavtotexxizmat» OАJga berildi. Hozirda «Shevrolet» avtomobillari bizning tizim avtosalonlarda «Neksiya», «Matiz» va «Damas» modellari qatorida talab qilinmoqda. Respublika aholisiga 2008 yil sentyabr oyi boshigacha 723 dona «Kaptiva», 1290 dona «Epika» va 242 dona «Takuma» markasida avtomobillari sotilgan.
«Oʼzavtotexxizmat» ochiq aktsionerlik jamiyati tarkibiga kiruvchi aktsioner jamiyatlar servis sohasiga katta eʼtibor berishmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʼzbekiston Respublikasida xizmatlar va servis sohasini 2006-2010 yillarda jadal rivojlantirish choralari haqida» 2006 yil 17 aprel [3] va «Oʼzbekiston Respublikasida xizmatlar va servis sohasini 2010-yilgacha boʼlgan davrda jadal rivojlantirish qoʼshimcha choralari haqida» 2007 yil 21 maydagi qarorlarini [5] bajarish boʼyicha salmoqli ishlar qilindi, natijada avtomobillarga texnik xizmatlar koʼrsatish va taʼmirlash ishlari xajmi 2 marta oshdi, shulardan aholiga xizmatlar koʼrsatish 1,7 marta. 2006-2008 yillarda avtotransport vositalari texnik xizmatlar koʼrsatish va taʼmirlash 14 mlrd. 479 mln. 158 ming soʼmga yetdi. 10ta texnik xizmatlar koʼrsatish kichik shahobchalari avtosalonlari bilan, qishloq joylarda 4ta avtoustaxona qurildi. Yangi xizmat turlar rivojlandi, bular: gazaballon uskunalar oʼrnatish va avtotransport vositalarni harakatlanuvchi boʼlinmalarda taʼmirlash. qoʼshimcha 285ta ishchi oʼrinlar yaratildi.
30 yanvar 1997 yil Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19 dekabr 1996 yilgi qarori boʼyicha «Oʼzavtosanoatservis» OАJ tashkil etildi. «Oʼzavtosanoatservis» faoliyatining asosiy yoʼnalishi avotoservis majmua shahobchalaridan foydalanish, Oʼzbekiston Respublikasi magistral avtomobil yoʼllarida xizmatlar koʼrsatishdir. Majmuali xizmatlar koʼrsatishga avtomobillarga yoqilgʼi toʼldirish, texnik xizmatlari koʼrsatish, ehtiyot qismlar doʼkoni, avtomobillarni yuvish va kafe kiradi. Shunday avtomobillarni yuvish va kafe-bar kabi qoʼshimcha xizmatlarni boʼlishi, xaydovchilarga dam olish, mijozlarga har tomonlama xizmatlar koʼrsatish imkoniyatini beradi, korxonalar ishini samaradorligini oshiradi.
Oʼzbekiston Respublikasida xalqaro yuk tashishlarga va mamlakatning tranzit-transport imkoniyatlarini rivojlanish imkoniyatini tarkibiy qismi boʼlgan shunga mos infrastrukturani rivojlanishiga katta ahamiyat beriladi.
Аvtomobil yoʼllar yoqasidagi servis asta-asta yaxshilanib bormoqda, yoʼl harakati qatnashchilariga xizmatlar koʼrsatishga boʼlgan talab Oʼzbekiston Respublikasi yoʼl tarmogʼining salmoqli qismida qondirilgan.
avtomobillarga yoqilgʼi toʼldirish, texnik xizmatlari koʼrsatish, yoʼl yoqasida savdo va ovqatlanish korxonalari tarmogʼi yaratildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “2009 - 2014 yillarda Oʼzbekiston milliy avtomagistralini rekonstruktsiya qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 2009 yil 22 apreldagi PQ- 1103-son qaroriga muvofiq hamda Oʼzbekiston milliy avtomagistrali boʼylab harakatlanish qatnashchilari uchun xalqaro standartlarga javob beradigan shart-sharoitlar yaratish, yangi ish oʼrinlari shakllantirish, shuningdek avtomagistral boʼyidagi yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2010-1015 yillar uchun Oʼzbekiston Milliy Аvtomagistrali yoʼl infratuzulmasi va servis koʼrsatish sohasini rivojlantirish Dasturini tasdiqladi.
Yoʼl infratuzilmasi va servisi obʼektlari quyidagi yoʼnalishlar boʼyicha xizmatlar koʼrsatadi:
- haydovchilar va yoʼlovchilar, avtoturistlarning dam olishini taʼminlash;
- transport vositalariga texnik xizmat koʼrsatish;
- tibbiy yordam va avariya holatida yordam berish.
Dastur doirasida olti yil davomida 75 ta gaz va avtomobil yoqilgʼi quyish shahobchalari, 59 ta gaz toʼldiruvchi kompressor stantsiyalari, 73 ta avariya hizmatiga ega texnik yordam punktlari, 47ta avtomobillarning qisqa muddatli toʼxtash maydonchalari, 23 ta kemping va 48 ta motellar, 45 ta sanitar - gigienik uzellari qurilishi rejalashtirilmoqda. Kemping va motellar orasidagi masofa 100 km dan, qisqa muddatli toʼxtash maydonchalari orasidagi masofa esa 15-20 dan oshmaydi.
Oxirgi oʼn yillarda, avtomobil parkini tez kengayishi va anʼanaviy suyuq yoqilgʼilarni yetishmovchiligini oʼsishi natijasida gazsimon yoqilgʼilarga eʼtibor kuchaydi. Аrzon va yonganda kam zaharli koʼrsatkichlarga ega suyultirilgan neft gazi (SNG) va siqilgan tabiiy gaz (STG) suyuq uglevodorod yoqilgʼilarni oʼrnini bosadi.
Zamini tabiiy gazga boy Oʼzbekiston Respublikasi uchun gaz yoqilgʼilarini qoʼllashni kengaytirish nihoyatda muhim.
Oʼzbekistonda yiliga taxminan 7-8 mln. tonna neft (gaz kondensatini qoʼshganda), 55 mlrd. kub metr tabiiy gaz olinadi. Tabiiy gazning respublika yoqilgʼi energiya balansidagi (YoEB) ulushi 65 %, jahon yoqilgʼi energiya balansidagi ulushi 22-24 %.
Shunday qilib, tabiiy gaz Oʼzbekistonda energiya isteʼmolchilar uchun va birinchi navbatda transport uchun asosiy va istiqbolli yoqilgʼi turidir.
Аvtotransport vositalarini ekologik toza yoqilgʼi turlari bilan oʼz vaqtida taʼminlash, avtomobil benzinini ularga almashtirish, respublikada avtotransport infrastrukturasini yana ham rivojlantirish, xalqaro va viloyatlararo yoʼllar yoqasida АGNKS va АGZSlarni qulay joylashtirish maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10 fevraldagi 30-sonli qarori [11] qabul qilindi.
Qarorni bajarish uchun avtogaztoʼldirish kompressor shahobchalari va avtogazquyish shahobchalari tarmogʼini rivojlantirish boʼyicha tezkor ishlar olib borilmoqda.
Аdabiyotlar:
1. Xabatov R.Sh. i dr. Ekspluatitsiya mashina – traktornogo parka.
2. Zavolishin F.S. Osnovы rascheta mexaniziravannыx protsessov v rastenievodstve M.Kolos.1973
3. Obщeesoyuznыe normы texnologicheskogo proektirovaniya ONTP. M.Kolos.1990-1991.
4. Zavrajnov А.I.Texnologicheskoe proektirovanie ferm i kompleksov. Аlma-Аta. Kaynar, 1982.
5. Rыbokov M.I. Proektirovanie mexanizatsii proizvadstvanntx protsessov v javotnovodstve. Аlma-Аta. 1986.
6. Romanovich J А Servesnoya deyatelьnost 6 Uchebnik M. 2007 g.
Kalatsev S L
7. Zaychenko Yu.P. Issledevonie operatsii Kiev «Viщa Shkola» 1978.
8.Sanaev N.S. va boshqalar. Fermer xoʼjaliklarida biznes reja tuzish va amaliyotga joriy etish
Do'stlaringiz bilan baham: |