Reja: Fan–ijtimoiy ongning maxsus shakli. Fan taraqqiyoti tarixining asosiy bosqichlari. III davr noklassik fanning shakllanishi Fan klassifikatsiyasini tuzish



Download 79,5 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi79,5 Kb.
#728847
Bog'liq
Fan klassifikatsiyasini tuzish


Reja:
1. Fan–ijtimoiy ongning maxsus shakli. 
2. Fan taraqqiyoti tarixining asosiy bosqichlari.
3. III davr - noklassik fanning shakllanishi

Fan klassifikatsiyasini tuzish.
Fan – murakkab tarkibga ega ijtimoiy hodisa Fanning ijtimoiy-madaniy xodisa ekanligi uning jamiyat xayoti va tarakkiyoti talablari bilan boglikligida namoyon buladi. Dastlabki bilimlar kadimgi Shark mamlakatlari Misr, Bobil, Xindiston, Xitoy va Markaziy Osiyoda shakllangan. XVI-XVII asrlarda ijtimoiy xayotdagi jiddiy uzgarishlar - sanoat, ishlab chitsarishining yuzaga kelishi, xususan, xarbiy, tog, kurilish sanoati, xalkaro savdoning rivoji fanning shakllanishi va tarakkiyoti uchun turtki buldi, zotan sanoatlashgan jamiyatda ishlab chikarishni rivojlantirish uchun tabiatni, undagi narsapar, predmetlar, jarayonlar moxiyatini anglash, ularni urganish zarur edi.
Fan–ijtimoiy ongning maxsus shakli. Fan olamni aks ettirishning eng umumiy shakli, unda olam, uning barcha ko’rinishlarining mohiyati, xossa – xususiyatlari, qonuniyatlari aks etadi. Fanda olam (tabiat, jamiyat, inson, uning moddiy va ruhiy olami haqidagi bilim) ilmiy tushuncha (terminlar), ilmiy taxmin, qonun, nazariya, ta’limot, bashorat kabi shakllarda ifodalanadi. Fan murakkab tarkibin tuzilishga ega ijtimoiy - madaniy xodisa. Fan olamni o’zlashtirishning eng murakkab shakli xisoblanadi. Fan deganda insonning olam, shu jumladan, uning uzi tugrisidagi ilmiy bilimlarni ishlab chikishga yunaltirilgan, yuksak darajada tashkil etilgan faoliyati; uning natijalari bulmish — ilmiy bilimlar tizimi xamda ijtimoiy institut nazarda tutiladi.
Fan – ilmiy bilimlar tizimi. Fan dunyo, shu jumladan odamning o’zi to’g’risidagi ob’yektiv bilimlar tizimi va u fan sohalarida o’z ifodasini topadi. Fan olamni tasvirlaydi, tushuntiradi, bashorat qiladi. Inson olamni ikki xil yo’l bilan uzlashtiradi moddiy xamda ma’naviy. Inson uz extiyojlari va manfaatlaridan kelib chikkan xolda olam, undagi narsa, xodisa. jarayonlarning moxiyatini, konuniyatlarini anglashga intiladi. Bu bilishda uz ifodasii topadi. Bilish — insonning olamga faol munosabati, ijtimoiy — tarixiy amaliyot bilan boshlanadigan yangi bilimlarni xosil kilish, mukammallashtirish jarayoni. Bilish ikki kurinishda - kundalik va ilmiy bilishda namoyon buladi. Ilmiy bilish - olamni chukur, atroflicha bilish, uning konuniyatlarini anglash jarayoni. Ilmiy bilish a) inson va insoniyat tomonidan kulga kiritilgan ilmiy bilimlarni uzlashtirish; b) ilmiy bilimlarni xosil kilish. Bu – ilmiy izlanish (tadkikot) ishlarini olib borish asosida yangi bilimlarni yaratishjarayoni xisoblanadi. Bilim - bilish jarayonining natijasi, inson tafakkurida aks etgan vokelik, kishilarning olam xakidagi ma’lumotlari. Fan dunyo, undagi narsa va xoddisalar xakidagi ob’ektiv ilmiy bilimlar tizimi xisoblanadi. Ilmiy bilimlarni tadkik etuvchi maxsus soxa –epistemiologiya.Ilmiy bilish (tadkikot, izlanish) natijasi — ilmiy bilim. Ilmiybilimlar fan mazmunida uz ifodasini topadi. Fanning boshka ijtimoiy ong shakllaridan asosiy farki – undagiilmiylik mezoni. Fan olamdagi narsa va xodisalarning ob’ektiv qonunlarini ochishni uz oldiga maksad kilib kuyadi. Ilmiy bilimlar tizimlilik xususiyatiga ega. Fan asoslangan, yaxlitlikni tashkil etuvchi ilmiy bilimlar tizimi. Ilmiy bilimlarni xosil kilish murakkab jarayon bulib, uning moxiyatiilmiy bilimlar dinamikasi (rivoji)dao’z ifodasini topadi. Ilmiy bilim - bilmaslikdan bilishga, nomukammal bilimlardan mukammallik sariborishdan iborat uzliksiz tarzda jarayon xisoblanadi. Fan tarakkiyoti avvalgi ilmiy bilimlar asosida yangidan-yangi ilmiybilimlarni kulga kiritishda namoyon buladi.
Fan – faoliyat. Fan ilmiy bilimlarni hosil qilishga qaratilgan, yuksak darajada tashkil etilgan va ixtisoslashtirilgan faoliyat. Fan –inson ma’naviy faoliyatining oliy shakli. Bu olimlar faoliyatida o’z ifodasini topadi va ilmiy tadqiqot, deb yuritiladi.
2.Fan taraqqiyoti tarixining asosiy bosqichlari.
Fanning shakllanishi masalasiga uzok davom etgan tarixiyjarayon sifatida yondashish o’rinli.
1. Fan shakllanguniga kadar bulganfan oldi davri: e.a. birinchi
mingyilliklardan XVII asrgacha
2. Klassik fan: XVII-XIX asrlar
3. Noklassik fan: XIX asrning II yarmi — XX asr.
4. Hozirgi zamon fani Postnoklassik fan: XX asrning ikkinchi yarmi va xozirgi davr.
I. Fan oldi davr. Bu davr eramizdan avvalgi birinchi ming yilliklardan milodiy XVII asrga kadar bulgan davrni uz ichiga olgan va fanningshakllanguniga kadar bulgan davr yoki fan oldi davri deb britiladi. Bu davrdadastlab olam xakidagi sodda, amaliy xarakterdagi bilimlar shakllangan vaularda amaliy xayot tajribasi uz ifodasini topgan. Keyinchalik olam xakidagidastlabki falsafiy bilimlar paydo buldi. Aksari xollarda ular tabiatxodisalari xakidagi bilimlardan tashkil toptan va eng kadimiy falsafa —naturfalsafada uz ifodasini topgan edi. Eramizdan avvalgi VII-V asrlardakadimiy Yunonistonda falsafa fani shakllandi. U Yevropada klassik fanningshakllanishiga turtki buldi.
II davr. Klassik fanning shakllanishi: XVII-XIX asrlar. Bu davrdaGarbiy Yevropada ilmiy inkilob yuz berdi, xozirgi zamon tabiatshunoslikfaniga asos solindi. Ingliz olimi Isaak Nyuton (1643-1727 yillar) “Naturalfalsafaning matematik asoslari” asarida olimlar Galileo Galiley, ReneDekart, Ioann Kepler va boshkalar xamda uning uzi kulga kiritgan ilmiybilimlarni umumlashtirdi va klassik fizikaga asos soldi.XVII asrda birinchi fan akademiyalari tashkil topdi. 1662 yilda Londonkirollik akademiyasi; 1666 yilda Parij fanlar akademiyasi, keyinchalikBerlin (1700 yil) Sankt Peterburg (1724yil), Stokgolm fanlar
akademiyalariga asos solindi. Klasssik fanning shakllanishida Nikolay Kopernikning “Osmonsferalari xarakati” asarida asoslangan olamning tuzilishi tugrisidagi geliotsentrik nazariya aloxida axamiyat kasb etdi. Nikolay kotornik yer - koinot markazi emas, u Venera, Merkuriy, Mars vaboshka planetalar bilan birga Kuyosh atrofida xarakatlanadi; Yer Kuyoshsistemasiga kiruvchi planetapardan biri, degan xulosaga keldi. Uningkarashlarini keyinchalik italyan olimi Jornado Bruno (1548-1660)rivojlantirdi. Klassik fan asosan tabiat xodisaparini tajriba yordamida urganishgaasoslangan edi. Klassik fanning shakllanishida Nyuton kashf kilgan butunolam tortilish konuni aloxida urin tutadi. Bu davrda matematika, fizika, biologiya fanlari rivojlandi,mexanika konunlari kashf kilindi.

Klassik fan olamdagi narsa va xodisalarni, tabiatni insondantashkarida, unga boglik bulmagan xolda mavjud reallik sifatida urganishgaasoslangan edi. Klassik fan, tajriba asosiga kurilgani bilan xarakterli. Butabiatshunoslik fanlari (fizika, biologiya va x.k.)ning jadal rivojida uzifodasini topdi.Nemis olimlari Shvann va Shleyden tomonidan kulga kiritilganorganizmlarning xujayraviy tuzilishi; Charlz Darvinning evolyusion nazariyasi (1859 yil) usimliklar va xayvonot dunyosiorganik olamning tabiiy tarakkiyoti maxsuli ekanligini, ularning uznavbatida noorganik olam tarakkiyotidan kelib chikkanligi, tabiatdagievolyusion jarayonlar tabiiy tanlanish tufayli yuz berishini isbotlab berdi.Klassik faya xam tabiiy, xam ijtimoiy-gumanitar fanlar tarakkiyotiniboshlab berdi.


III davr - noklassik fanning shakllanishi: XIX asr oxiri va XX asr boshlari.Olimlar Per Kyuri (1859-1906 yillar) va Mariya Skladovskaya Kyuri(1867-1934 yillar) kashf etgan radioaktivlik, ingliz olim i Tompson kashfetgan elektron; Rezerford tomonidan asoslab berilgan kvant nazariyasi, NilsBor va Albert Eynshteynning nisbiylik nazariyasi tabiat xodisalarigayangicha yondashuvning shakllanishiga turtki buldi. Agar klassik fan doirasidafazo va vakt uzgarmas, deb talkin etilgan bulsa, noklassik fan davrida fazo vavaktning materiya bilan boglikpigi asoslandi va bu nisbiylik nazariyasida uzifodasini topdi.XIX asming oxiri XX asming boshlarida fanlar taraqqiyoti yangi -noklassik fan bosqichida o‘z ifodasini topdi. Bu bosqich A.Eynshteynningnisbiylik nazariyasi, kvant mexanikasi bilan bevosita bogiiq edi.XX asr oitalaridan boshlangan ilmiy-texnik fan taraqqiyotini yangibosqichiga kotardi.Bu davr fanning tamomila yangi sohalari (kvant fizikasi, kibemetika,informatika, molekulyar genetika, gen injeneriyasi, biotexnologiya vah.k.)ning paydo boiganligi, fanning jamiyat hayotining barchasohalari dagi rolining beqiyos ortib borayotganidan dalolat beradi.


IV davr: postnoklassik fan. XX asrning 70- yillaridan fantarakkiyotida yangi davr boshlandi. Fanda narsa va xodisalar, jarayonlargayangicha tizimli yondoshuvning shakllanishi. Fanlararo alokalarning kuchayishibilimlar sintezi postnoklassik fanning uziga xos xususiyatlari xisoblanadi.Bu davrda fan jadal tarakkiyeta boshladi, unda kupdan - kup yangi soxalar shakplandi.Mikrobiolgiyada klonlashtirish yunalishi paydo buldi; evolyusionximiya yuzaga keldi. Xisoblash texnikasi, boshkarishning avtomatik tizimlari (ASU), yangi ilmiy soxalar - mikroelektronika, nanotexnologiya shakllandi.Olamdagi narsa va xodisalardagi uzgarishlarning ikki xil tarzda kechishi,birinchidan, narsa va xodisaparning yangi muxitga moslashishi; ikkinchidantizimdagi avval an i klan magan keskin uzgarish xolatlari aniklandi. Bu narsava xodisalarga yangi yondashuv metodi- sinergetikaning shakllanishida namoyonbuldi.Agar klassik va noklassik fanning urganish ob’ekti olamning muayyanbir kismi (fragmenta) bulgan va shu asosda xususiy fan (masalan, fizika,biologiya, geografiya .)lar shakllangan va rivojlaigan bulsa, postnoklassikfan olamga, undagi narsa va xodisalarga tizimli yondoshuvga asoslanadi.Postnoklassik fanning uziga xos jixatlari:
- Xozirgi zamon fani olamga, uni urganishga yangicha munosabatniig
shakllanishi;
FAN — dunyo xaqidagi bilimlar sistemasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri. U yangi bilimlarni egallash bilan bogʻliq faoliyatni ham, bu faoliyatning mahsuli — olamning ilmiy. manzarasi asosini tashkil etuvchi bilimlarni ham oʻz ichiga oladi; inson bilimlarining ayrim sohalarini ifodalaydi. F.ning bevosita maqsadi oʻzining urganish predmeti hisoblangan voqelikning qonunlarini kashf etish asosida shu voqelikning jarayon va hodisalarini taʼriflash, tushuntirish, oldindan aytib berishdir.
F.ning ilk kurtaklari kishilik jamiyatining paydo boʻlishi bilan boglik holda maydonga kelgan. Dastlabki bilimlar amaliy xarakterga ega boʻlgan. Tafakkur sistemasining kurtaklari mifologiya sifatida qad. Sharq va Yunonistonda paydo boʻla boshlagan. Mifologiya F.ga oʻtish boʻsagʻasida maʼlum bosqich vazifasini bajargan. Rivojlanish davom etishi bilan mifologiya oʻrnini naturfalsafa egalladi. Avestoyaa mifologiya va fan unsurlari bor edi. Zenon, Demokrit, Aristotel va boshqa kadimgi zamon mutafakkirlari tabiat, jamiyat va tafakkurni goho birgalikda, goho ayrimayrim ravishda bayon etishga urina boshladilar. Dunyoni bir butun, deb ifodalovchi tushunchalar, isbotlash usuli paydo boʻldi. Ellinizm davrida Yevklid, Arximed, Ptolemey tomonidan geom., mexanika, astronomiya sohasida dastlabki nazariy sistemalar yaratildi. Oʻrta asrda Sharq olimlari F.ga ulkan hissa qoʻshdilar. Ular qad. fan yutuqlarini, ilmiy asarlarni saklash, tarjima qilish va ularni tarqatish masalasiga katta eʼtibor berdilar. Ayni vaqtda F.ni yangi yutuklar bilan boyitdilar, yangi kashfiyotlar qildilar. Oʻrta Osiyoning buyuk olimlari ilmfanning yangi tarmoqlarini yaratdilar va yangi qonunqoidalarni kashf etdilar. Muhammad alXorazmiy tenglamalar haqidagi F. sifatida algebra va toʻngʻich algoritmparni yaratdi, astronomiya sohasidagi bilimlarni algoritmik usulda ifodalab berdi. Axmad al Fargʻoniy astronomiyaga sistema tarzini berdi, matematik geogr. va geodeziyaga oid stereografik proyeksiyalar nazariyasini yaratdi. Hamid Xoʻjandiy (10-asr) kub tenglamalar nazariyasini chuqurlashtirdi. Mahmud Koshgʻariy oʻz davrining qomusi boʻlgan "Devonu lugʻotit turk"ni yozdi. Abu Rayhon Beruniy geodeziya, mineralogiya, farmakognoziyani yaratdi. Abu Ali Ibn Sino tabobatning ilmiy zaminini qoʻydi (11-asr) Ulugʻbek, Gʻiyosiddin Koshiy, Ali Kushchi sonlar nazariyasiga muhim hissa qoʻshdilar va kuzatish astronomiyasini yuqori pogʻonaga koʻtardilar (15-asr). Yevropada Uygʻonish davri arafasida, 12-asr boshlaridan alXorazmiy, Ibn Sino, alKindiy, Ibn Rushd va boshqalarning asarlari lotin tiliga tarjima qilina boshladi. Leonardo da Vinchi, R.Bekon, T.Gobbs, N.Kopernik, J. Bruno, G.Galiley, I.Kepler, R.Dekart kabi olimlar tabiat haqidagi F.larni rivojlantirdilar. Astrologiya oʻrnini astronomiya, alkimyo oʻrnini kimyo egalladi.
Yangi davr deb ataluvchi zamonda F.ning ijtimoiy roli yanada oshdi. U madaniyatning muhim tarmogʻi va texnikaning nazariy asosiga aylana boshladi. 16—17-asrlarda klassik fizikaning poydevori qurildi. F.ning nazariya darajasiga koʻtarilganligi tafakkurning induktiv va deduktiv rivojlanishiga yoʻl ochib berdi. Mavjud ilmiy faktlar I.Nyuton tomonidan dinamikaning asosiy qonuni sifatida taʼriflandi. Bu umumlashtirilgan qonundan 16—19-asrlarda xususiy qonuniyatlar kashf etildi. Lagranj, Eyler, Gauss va boshqa ijodi mexanikani moddiy nuqtalar sistemasi tarzida shakllanishiga olib keldi. Mexanika F.i shu darajada mantiqiy rivojlandiki, har xil soha olimlari unga havas qila boshladilar va uning isbotlangan qonuniyatlaridan boshqa sohalarda ham foydalanish harakatiga tushdilar.
Sanoatda tub oʻzgarishlar yuz berishi (18-asr oxiri) tufayli F.ning taraqqiyotida yangi bosqich boshlandi. 19-asrda fizikada yangi F.lar (termodinamika, klassik elektrodinamika) paydo boʻldi, biol.da evolyutsion taʼlimot va hujayra nazariyasi vujudga keldi, energiyaning saklanish va oʻzgarish qonuni shakllandi, astronomiya va mat.da yangi konsepsiyalar rivojlandi (J.Maksvell, M. Faradey, J. Lamark, Ch.Darvin, T.Shvann, M.Shleyden va boshqalar). Geom. sohasida inqilobiy taʼlimot yaratildi: asrlar davomida hukm surib kelgan Yevklid geometriyasi yagona emasligi, balki noyevklid geom.lar ham borligi N.Lobachevskiy tomonidan bayon etildi va keyinchalik isbotlandi. DM.Mendeleyevning davriy sistemasi xar xil kimyoviy elementlar orasidagi ichki boglanishni ifodaladi. Mat. va fizikada 20-asrda ham katta yutuklar qoʻlga kiritildi, texnika F.larida radiotexnika, elektronika kabi sohalar paydo boʻldi. F. va texnikaning yanada rivojlanishiga taʼsiri borgan sari ortib borayotgan kibernetika vujudga keldi. Fizika va kimyo F.laridagi muvaffaqiyatlar hujayralardagi biologik jarayonlarni yanada chuqurroqoʻrganishga imkon berdi, bu hol qishloq xoʻjaligi va tibbiyot F.larining rivojlanishiga olib keldi. F.ning ishlab chiqarish bilan yaqin hamkorligi yuz berib, uning ijtimoiy xayot bilan aloqalari mustahkamlana boshladi. Hozirgi F.lar fantexnika inkilobinnng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
F. tizimi umuman kuyidagi katta guruhlarga boʻlinadi: tabiiy F.lar, gumanitar F.lar, texnika F.lari va ijtimoiy F.lar. Bu guruhlarning har qaysisidan juda koʻp mustaqil F. sohalari ajraladi. Mustaqil F.lar bir-biriga bogʻliq sohalarda ilmiy izlanishning yirik va istiqbolli muammolarini yechishga toʻgʻri keladi, bu hol hrz. paytda fanlararo va kompleks tadqiqotlarni keng avj oldirishni taqozo etadi. Tabiatni muhofaza qilish muammosi bunga yaqqol misol boʻla oladi. Bu muammo texnika F.lari, Yer toʻgrisidagi F.lar, biol„ mat., tibbiyot, iqtisodiyot va boshqalar bilan qoʻshilib ketgan. Bu xildagi ilmiy va ilmiytexnik muammolarni hal qilish uchun xoz. fanlarda tadqiqotlarni dasturiymaqsadli tashkil etish metodi keng qoʻllaniladi. Ilmiy tadqikrtlarni 2 ga: fundamental va amaliy tadqiqotlarga ajratish qabul qilingan. Tabiat, jamiyat, tafakkurga xos qonunlarni bilib olish fundamental tadqiqotlarning, bu tadqiqotlar natijalarini bilim orttirish va ijtimoiyamaliy muammolarni hal qilish uchun qoʻllash amaliy tadqiqotlarning vazifasidir. Fundamental tadqiqotlar, odatda, amaliy tadqiqotlardan oldinda boradi va ular uchun nazariy asos yaratadi. Fundamental va amaliy tadqiqotlar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash, ilmiy yutuqlar natijalarini amaliyotga tezroq joriy etish — hozirgi davr F.i uchun muhim vazifalardan biridir.
Hozirgi davrda F. jamiyat taraqqiyotini olgʻa siljituvchi kuch va vosita boʻlib qolayotganligini kuzatish mumkin. Xalq va millat dunyoqarashini shakllantirish, taʼlimtarbiya, axloq normalarini vujudga keltirish, maʼnaviy barkamol insonni tarbiyalashda F. alohida oʻrin tutmoqda.
Mustaqillik sharoiti Uzbekistonda F.ning rivojiga katta ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Avvalo, F.imiz strukturasi keskin oʻzgardi: maʼnaviy F.lar hisoblanuvchi tasavvuf ilmi tiklandi, hadis bilimlariga yoʻl ochildi, binobarin, ziyolilarimiz, talabalarning ruhiy dunyosi ancha boyidi, yangi oliy oʻquv yurtlari, un-tlar tashkil qilindi; ilm ahli chet eldagi olimlar bilan mustah.kam ijodiy aloqalar oʻrnatdi. Buning natijasida tabiat va texnikatexnologiya haqidagi F.larimiz xam jahon andozasi darajasiga koʻtarila boshladi. Olimlarimiz ilmfanning dolzarb sohalarida tadqiqotlar olib borishga kirishdilar. Tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni matematik modellash, informatika va hisoblash texnikasi qamda ehtimollar nazariyasi sohasidagi, geologik jarayonlarning qonuniyatlarni, molekulyargenetik, genhujayra sohasidagi, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, paxta seleksiyachiligidagi, moddalarning kompleks fizikaviykimyoviy xossalarini oʻrganish bilan bogʻliq, energiyaning noanʼanaviy turlarini yaratish — Quyosh energiyasini kompleks va samarali suratda boshqa turdagi energiyaga aylantirish borasidagi tadqiqotlar ana shular jumlasidandir.
Download 79,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish