Insonning kelib chiqishi haqidagi birinchi yondashuv insonning paydo bo‘lishiga olib kelgan tabiatning qonuniy rivojlanishi g‘oyasidan kelib chiqadi. Bunda inson jonsiz, keyinchalik esa – jonli moddaning tabiiy evolyusiyasi mahsuli sifatida qaraladi. Mazkur konsepsiya, 1859 yilda, inson kelib chiqishining tabiiy-ilmiy talqiniga asos bo‘lgan, CH.Darvinning «Hayvon va o‘simlik turlarining kelib chiqishi haqida» deb nomlangan mashhur asarini e’lon qilgan evo-lyusion nazariyasiga tayanadi va hozirgi vaqtda molekulyar biologiya va gen injeneriyasi sohasida erishilgan eng so‘nggi yutuqlar ta’sirida o‘z shakl-shamoyilini sezilarli darajada o‘zgartirib, aksariyat olimlar uchun ularning ilmiy faoliyatida o‘ziga xos dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Ikkinchi yondashuv insonga, Xudo yoki kosmik Aql mehnatining mahsuli sifatida qarab, uni g‘ayritabiiy asosdan keltirib chiqaradi.
2.Inson falsafiy muammo sifatida. Inson borlig’i.
Inson to’g’risidagi ilk tasavvurlar falsafa maydoniga kelishidan ancha avval xam bulgan. Bular tabiat va inson nisbati to’g’risidagi ertaqlarda, turli asotirlarda (miflarda) ifodalangan eng sodda fikrlar edi. Ayni shu fikrlar asosida va ular bilan aloqadorlikda insonni falsafiy tushunishga doyr ta’limotlar yuzaga keladi. Inson va uning moxiyati xaqidagi dastlabki bunday falsafiy ta’limotlar Qadimgi Xindiston, keyinrok Xiyuyda rivoj-landi.
Qadimgi Xindiston falsafasida bu masala "inson kaerdan paydo bulgan", "biz qayerda yashaymiz", “qayoqqa qarab borayapmiz" kabi savollar tarzida kuyilib bu savollar tarzida kuyilib, bu savollarga berilgan javoblarda insonning ijtimoiy - ma’naviy moxiyatini taxlil etish bilan birga uning barcha jonli mavjudotlar bilan umumiyligiga xam e’tibor qaratilgan.
Inson muammosi taxlilida xitoylik Konfusiyning ta’limoti aloxida ajralib turadi. uning falsafiy karashlarida insonning axloqiy tabiati, oiladagi xayoti va davlatni boshkarishi masalalari katta urin olgan. Garchi Konfusiy ta’limotida tabiat masalalari aloxida va bevosita urin olmagan bulsada "osmon" va "osmon xukmi" tushunchasi xiyla katta salmokka egadir. "Osmon xukmi" - bu takdir bo’lib, inson xayoti va ulimi uning tomonidan belgilab kuyilgan.
Konfusiyning "uzinga nimani istasang, boshkalarga xam uni ravo kur", degan fikrida insoniylik, kishilarga izzat xurmat kursatish yullari ifodalangan. U yana bilish – insonni bilishdir, deb aytgan edi.
Konfusiychilik bilan enma en mavjud bulgan daosizm (dao - yul demakdir) falsafii maktabi vakillari xam inson muammosini jiddiy tadqiq qilganlar. Bu maktab vakillari ta’limotiga ko'ra inson uzining xaetida dao - butun Olamning uz uzidan kelib chiqishi, rivojlanishi va barxam topishining doimiy tabiiy qonunlariga amal qilib yashash kerak. YA’ni, uning barcha xatti-xarakatlari Olam qonunlari va insoniy tabiatga mos bulmogi lozim.
Islom falsafasi vakillari inson muammosining barcha asosiy jixatlari bilan shugullandilar. Jumladan, ularni insonning kelib chiqishi, uning olamda tutgan urni. voqelikni uzlashtirish imkoniyatlari, ezgulik yulini tanlagan insonning ideali va xakozo masalalar qiziqtirgan edi. Bu masalalarni taxlil etish natijasida Forobiy insonning barcha mavjudotlaridan farki aql idrokdadir, degan xulosaga kelgan bulsa, Ibn Sino aqlning uzini umumiy karashlar va aloxida narsalar to’g’risida fikr yuritishga kodirlik shaqlida talkin kiladi.
Bu muammo xaqidagi Beruniyning fikrlari xam axamiyatlidir. U insonning Xudo tomonidan yaratilganligini kursatib, ayni vaqtda uning butun xaeti va jismoniy tuzilishi jugrofik omillar bilan xam boglik ekanligini kursatib shunday degan edi: "inson tanasi, rangi, xaqiqiy qiyofasi, tabiiy belgilari fakat kelib chiqishigagina emas, balki tuprok, suv, xavo va turar joyiga xam boglikdir".
Inson muammosi taxlili yangi zamon falsafasining barcha bos- kichlaridan egallagan urni, tutgan axamiyatiga ko'ra utmish davrlarida mavjud bulgan ta’limotlardan sifat jixatidan farklandi. Uygonish davri tafakkurida utmishdagi ta’limotlarning birontasida bulmagan xol insonni betakror individualliklarning yigindisi sifatida olib karash boshlandi, insoniyat betakror insonlardan tashkil topgani kursatildi. Bundan esa tirik tabiatda bulganidek, inson tabiatining xam bir xil emasligi, ayni paytda insoni bilan insoniyatning manfaatlari mushtaraqlashadigan muxim nuktalar borligi to’g’risida xulosalar chikariladi.
Xozirgi zamon inson falsafasining mazmuni davr qo’ygan masalalarga javob berish bilan takozolangandir. Xaqiqatdan xam insoniyat xozirgi vaqtda ilmiy bilimlar va dolzarb xayotiy muammolarni xal etish uchun zarur bulgan ilmiy texnikaviy va madaniy vositalar etishmayotganligini emas, balki bu vositalardan donolik bilan foydalanishmayotganligini yaqqol sezmokda. Bu donolik markazida doimiy kadriyatlar xisoblangan tinchlik, donolik, ijtimoiy adolat va boshkalar turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |