Reja: Falsafada rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi. Qonun tushunchasi. Qonun turlari



Download 72,67 Kb.
bet1/17
Sana09.02.2023
Hajmi72,67 Kb.
#909506
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
mustaqil ish 6






Falsafaning qonun va kategoriyalari

Reja:



1. Falsafada rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi. Qonun tushunchasi. Qonun turlari

2.Falsafaning asosiy qonunlari


3. Kategoriya tushunchasi va uning turlari

4. Falsafa kategoriyalarining tasnifi


5. Harakatchan, ixcham tushunchalar yordamida olamni anglash — falsafiy tafakkurning muhim xususiyati

1. Falsafada rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi. Qonun tushunchasi. Qonun turlari
Falsafiy fikrlash o’ziga xos bir qator tamoyil, qonun-qoidalarga asoslanadi va ularga qatiy rioya etishni talab etadi. Shular ustida qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Dialektik tafakkur olamdagi har qanday narsa yoki hodisani o’rganishda ularning hamma tomon va bog’lanishlarini, shuningdek, uning boshqa narsalar va hodisalar bilan o’zaro munosabatlarini hisobga olishni talab etadi.
Real voqelikdagi narsalar bir-biridan ajralgan, alohida holda mavjud bo’lmasdan, balki bir-biri bilan mustahkam o’zaro bog’lanishlarda bo’ladi va birbirini taqozo qiladi. Shuning uchun olamdagi narsalar mantiqning in’ikosi bo’lgan inson tafakkuri mantig’i voqelikdagi narsa va hodisalarni butun tashqi olam bilan birga jonli va turli-tuman aloqasini qamrab olishi, aks etishi kerak. Nazariy bilim o’rganilayotgan ob’ektning har tomonlama munosabatlarda bo’lishini ko’rsatib berishi lozim. Faqat narsa va hodisalarning hamma bog’lanish va o’zaro munosabatlarini bilish insonga haqiqatga erishish imkoniyatini beradi.
Tabiat va jamiyatda hech bir hodisa ajralgan boshqa hodisalarga bog’liq bo’lmagan holda yasholmaydi va yashashi ham mumkin emas. Sirtdan qaraganda narsalar, voqealar bir-birlaridan ajralgandek bo’lib ko’rinishi mumkin. Aslida esa, ular o’zaro aloqada bo’lib, biri ikkinchisidan kelib chiqadi, bir-birlarini taqozo qilib turadi. Narsa, hodisa va voqealar o’rtasidagi ichki bog’liqlik, aloqadorlik va bir-biriga ta’sir qilishlik ob’ektiv qonuniy holdir. Ana shu qonuniyatni ochib berish - fanning vazifasidir.
Falsafaning voqelikdagi narsa va hodisalarni har tomonlama va o’zaro munosabatda tahlil qilish tamoyili o’rganilayotgan ob’ektga bir tomondan, bir yoqlama, bir munosabatda tahlil etishni maqsad etib qo’ygan formal mantiq tafakkur uslubidan tubdan farq qiladi. Bunday fikrlash usuli sofistika va metafizika, eklektika usullariga ham qarama-qarshidir. Bulardan farqli o’laroq, falsafiy fikrlash usuli narsa va hodisalarni tahlil qilishda ularga xos bo’lgan hamma aloqa vositalarini hisobga olishni talab etadi. Xuddi shunday yondashish olamni chuqur va atroflicha bilish va amaliy faoliyati muvafaqqiyatining shartidir.
Falsafiy fikrlash usuli olamdagi narsa va hodisalarni faqat o’zaro aloqada va bir-birini taqozo qilishda olib qaramasdan, balki harakatda, o’zgarishda va rivojlanishda qarashni talab qiladi. Bu ham falsafaning muhim tamoyillaridan biri bo’lib hisoblanadi. U bevosita narsa va hodisalarning o’zaro aloqadorligi tamoyilidan kelib chiqadi. Buning boisi shundaki, voqelikdagi barcha narsa va hodisalar o’zaro aloqadorligi, bog’lanishlari tufayli bir-biriga ta’sir qiladi va ularning xuddi shu o’zaro ta’siri harakatdir.
Tabiat va jamiyat hodisalarining o’zaro bog’liqligi va bir-biriga ta’sir qilib turishi ularning doimiy harakatda, rivojlanish va o’zgarishda bo’lib turishini ko’rsatib beradi. Hamma hodisalar o’zaro bog’liq bo’lib, biri ikkinchisidan kelib chiqadi. Dunyo abadiy harakat, o’zgarish va rivojlanishda bo’ladi. Shuning uchun ham olamdagi narsa va hodisalarga dialektik mantiq nuqtai-nazaridan yondashish ularni nafaqat o’zaro aloqada va bir-birini taqozo qilishda, balki harakatda, o’zgarishda va rivojlanishda qarashni talab qiladi. Bunday yondashish ham shaklan ham mantiqan metafizik usulga ziddir. Masalan, metafizika uchun o’rganilayotgan ob’ekt ularning fikriy in’ikosi-tushunchalar o’zgarmaydigan, qotib qolgan, biridan keyin ikkinchisi va biri ikkinchisiga bog’lanmasdan alohida tahlil qilinadigan narsalardir.
Narsa va hodisalarni, tadqiq etilayotgan ob’ektlarning barchasini o’zaro aloqada, ularning harakatida, paydo bo’lishi va yo’qolishida qaralishi dialektikaning muhim tamoyillaridan bo’lib hisoblanadi.
Dialektik tafakkurlash usulining yana bir muhim tamoyillari shundan iboratki, har qanday narsa va hodisalarni tahlil qilishda, o’rganishda unga konkret tarixiy yondashmoqni taqozo etadi. Narsa va hodisalarning mohiyatini bilish uchun uni tevarak atrofdagi muhim, sharoit, joy, vaqtga bog’langan holda o’rganish maqsadga muvofiqdir. Konkret-tarixiy yondashish qoidasini e’tiborga olmaslik, nazariya va amaliyotda bir tomonlamalikka olib kelishi muqarrar.
Falsafaning mazkur tamoyili ilmiy bilish va amaliyotda katta metodologik rol o’ynaydi. Narsa va hodisalarga konkret-tarixiy yondashish ularning rivojiga ta’sir ko’rsatadigan omillarni taraqqiy etish yo’nalishlarini belgilab olish imkoniyatini yaratadi. Buni O’zbekiston Respublikasi hayotidan olingan misoldan ham yaqqol ko’rishimiz mumkin. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, hozirgi kunda XXI asr arafasi va uning dastlabki kunlarida mamlakatimizning rivojlanish strategiyasi, islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi faoliyatimizning ustivor yo’nalishini quyidagilar tashkil etadi:

  1. mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish;

  2. jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish;

  3. kadrlar masalasi;

  4. xalq turmush darajasining izchil va barqaror o’sishi, aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish;

  5. iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlash;

  6. jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz daxlsizligini mamlakatimiz hududi yaxlitligini ta’minlash1. Harakat qilish narsa va hodisalar taraqqiyoti qonunlarini oldindan ko’ra bilish imkoniyatini yuzaga keltiradi. Bu esa olamni falsafiy anglash jarayonida dialektika qonun va kategoriyalariga tayanish fan va amaliy faoliyat uchun katta ahamiyatga ega

ekanligidan dalolat beradi.
Qonun — muayyan shart-sharoitda voqealar rivojining xususiyati va yo’nalishini belgilaydigan, ma’lum bir qat’iy natijani taqozo etadigan ob’ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbiy barqaror munosabatlaridir.
Dialektika qonunlari turkumiga quyidagilar kiradi: miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga o’tish qonuni; qarama-qarshiliklar birligi va kurash qonuni; inkorni inkor qonuni. Mazkur qonunlarning mazmun-mohiyatini mukammal o’zlashtirib olish olamni falsafiy anglashning muhim sharti hisoblanadi.

Download 72,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish