Tayanch tushunchalar
Falsafa - yunoncha phileo - sevaman, Sophia - donolik degan ma’noni anglatadi. Insoniyat tarixidagi eng qadimiy ilmlardan biri. Olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yo‘qlik kabi ko‘plab muammolar xaqida baxs yuritadigan fan.
Dunyoqarash - Inson o‘zini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi, unga baho berishi, xulosa chiqarishi bo‘lib, dunyoni inson ongidagi o‘ziga xos in’ikosidir. Insonning o‘ziga va uni qurshab turgan borliqqa bo‘lgan munosabatlarini ifodalaydigan ko‘nikmalari, malakalari, bilimlari hamda dunyoni amaliy va nazariy o‘zlashtirish hamdir.
Mif - yunoncha mifos so‘zidan olingan bo‘lib, afsona, rivoyat, xikoyat kabi ma’nolarini anglatadi. Ibtidoiy davr kishilari ongi va tushunchasida inson, tabiat, jamiyat va koinotning paydo bo‘lishi bilan bogliq voqealar, shuningdek, tabiat va jamiyat hodisalarining aks etishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |