Reja: «Estetika» atamasining lug’oviy ma’nosi. Estetika fanining predmeti



Download 46.5 Kb.
Sana07.04.2017
Hajmi46.5 Kb.
16-mavzu: Estetika fanining predmeti.
Reja:


  1. «Estetika» atamasining lug’oviy ma’nosi. Estetika fanining predmeti.

  2. Estetikaning boshqa ijtimoiy fanlar bilan aloqadorligi.

  3. Estetikaning amaliy ahamiyati.

  4. «Dunyoni go’zallik qutqaradi» Dostoyevskiy.

«Estetika» atamasi yunoncha «estezis» ya’ni hissiyot, sezish, hayajon, qo’zg’olish ma’nolariga ega bo’lgan so’zdan olingan. (Bu tor tushuncha).

Aslini olganda estetika fani bir tomondan insonning atrof muhit, voqelikka, go’zallik va xunuklik qadriyatlari doirasidagi olamni yaratish jarayonidagi faoliyatini namoyon etadi.

Insonning estetik tafakkuri shakllanib, rivojlanib, takomillashib borgani sari uning ijtimoiy-ruhiy, mafkuraviy-g’oviy, siyosiy-ma’naviy intilishlari ham tobora tiniqlashib boradi.

Shunday qilib, estetika fani voqelikni estetik mushohada qilish va badiiy ijod jarayonlarining uzviy mutanosibligini namoyon qiladi va ifodalanadi. Boshqacha qilib aytganda, estetika – bu nafosat olami, san’at va badiiy ijod jarayonlari qonuniyatlarini his-tuyg’u, sezgini idrok qilish vositalari orqali o’rganadigan fandir.

Estetika fani insoniyat tomonidan borliqni estetik o’zlashtirish mohiyati va qonuniyatlarini o’rganadi. Borliqni estetik o’zlashtirish esa san’atning asosiy mazmunini tashkil etadi. Shuning uchun estetika fani san’atning ilmiy-uslubiy metodlarini zamini boy xizmat qiladi.

Estetika faning o’ziga xos xusiyati shundan iboratki, bu fan inson tevarak atrofidagi moddiy vg ma’naviy boyliklarning barchasini qamrab olishga, inson faoliyatining barcha jabhalaridagi go’zallik olamini san’at barcha turlari vositasida chuqur o’rganishlariga da’vat etadi. San’at esa estetik boyliklarni yaratish manbaidir.

Estetika fani – badiiy ongning vujudga kelishini va uning ziddiyatli rivojlanishini, shuningdek, inson estetika faoliyatining oliy shakli – san’atning mohiyatini ochib beradi. Estetika fani predmeti, uning muammolari va vazifalari o’zgarib boradi. Buninrg sababi ijtimoiy ziddiyatlarning mavjudligi, san’at, fan, falsafaning rivojlanishi, texnikaning taraqqiyoti va boshqalar ta’sir qildi. Bundan tashqari san’atning yangi tur va janrlarining vujudga kelishi, eskilarning o’zgarishi, kishilarning sub’yektiv qobiliyatlari, estetik kechinmalari, didlari va ideallarining doimo o’zgarib turishi estetika predmetining o’zgarib turishiga katta ta’sir ko’rsatdi.

Estetika so’zi dastlab fanning nomi sifatida 1775 yilda nemis filosofi A. Baumgartin tomonidan «Poetik asarning ba’zi bir masalalari to’g’risida falsafiy mulohazalar» degan asarida ishlatilgan. Bir oz Baumgertenni estetika fa nining asoschisi deb hisoblash noto’g’ri bo’lar edi, chunki estetika nazariyalari antik davrdayoq paydo bo’lgan edi. Keyinroq estetik fikr o’rta asrlarda Renessans davrida kengroq tarqaldi, rivojlandi. XVIII asrga kelib estetika falsafiy xarakterdagi mustaqil fan sifatida ish ko’rdi.

Nemis filosoflari I.Kant, V. Gegelь estetika faniga «Estetik» degan tushunchani kiritdilar. Bu yangi tushuncha estetika fanini konkretlashtirdi va chuqurlashtirdi. Shundan buyon hamma estetik tushunchalar, masalan, «g°zal», «chiroyli», «olijanob», «fojiali», «hajviy», «satirik», «dramatik», «did» va boshqalar «estetik» degan umumiy asosga ega b°ldilar. Bularning har biri o’z navbatida estetik kategoriyalar sifatida namoyon b°ldi.

«Estetik» kategoriyayalarning asoslanishi estetikadagi muhim kashfiyotlardan biri bo’ldi. Bu kategoriya fan sohasini ancha kengaytirdi, uni voqelikdagi estetik hodisalar bilan bog’ladilar, uning vazifa va maqsadlarini kionkretlashtirdi. XVIII – XIX asrga kelib Belinskiy, Chernishevskiy estetika fa nini rivojlanishiga katta hissa qo’shdi.

Estetika fanining predmeti olamni «go’zallik qonunlari asosida» shakllantiruvchi inson mehnatini o’z ichiga oladi.

Lekin inson olamini «go’zallik qonunlari asosida» shakllantirishdan, o’zgartirishdan oldin, u mehnat qurollarini yaratish lozim edi, Mehnat µurollari tufayligina odam tabiatni «go’zallik qonunlari» asosida o’zgartira boradi. Bundan tashqari inson tabiatni go’zallik qonunlari asosida o’zgartirishi uchun faol harakat qilishi ham lozim.

Biz tabaiat ob’yektlarini «go’zallik qonunlari asosida» o’zgartirishda quyidagi uch jarayon protsessini ko’ramiz.

1). Inson tomonidan mehnat qurollarini tayyorlash jarayoni;

2). Mehnat qurollarining inson a’zolari bilan qo’shilib ketish jarayoni (bu jarayon inson tafakkuri ishining ham o’z ichiga oladi);

3). Mehnat qurollarining san’at asoslari yaratish maqsadida tabiatgba ta’sir qilish jarayoni;

San’at asarlari paydo bo’lishi bilan yangi jarayon – san’at asarlarini «iste’mol» qiluvchilarga ta’sir qilish jarayoni boshlanadi, bu jarayon san’at asarini yaratgan san’atkorning o’zini ham ichiga oladi. San’at asarlarining insonga ta’sir qilish jarayoni – estetikaning tekshirish ob’yektidir.

San’at asarlarining «iste’molchilar»ga ta’siri jarayonida kishilarda estetik tuyg’u, estetik extiyoj, estetik did shakllanadi va natijada estetik ideal vujudga keladi. Bu ideal esa san’at asarini yaratishga undaydi.

Estetik extiyojlar, estetik tuyg’ular, badiiy zidlar, shuningdek san’at asarlari to’satdan paydo bo’lmasdan moddiy ishlab chiqarish rivoji ancha yuqori bosqichga ko’tarilgandan keyingina paydo bo’ladi.

Shunday qilib estetika inson tomonidan ob’yektiv voqelikni badiiy o’zlashtirishning eng umumiy qonunlari to’g’risidagi san’atning voqelikka munosabati uning mohiyati, rivojlanish qonunlari va ijtimoiy o’zgartuvchilik roli to’g’risidagi fandir.

Estetikaning asosiy masalasi – estetik ong voqelikka qanday munosabatda bo’ladi, jamiyatini iqtisodiy bazisi qanday qilib estetik ongning barcha tur va ko’rinishlarini belgilaydi degan masalani hal qilishdan iborat. Estetika o’z taraqqiyotida boshqa fanlarning yutuqlariga ta yayanadi va o’z navbatida ijtimoiy ong va ijtimoiy amaliyotning o’ziga yaxshi shakllariga faol ta’sir ko’rsatadi, ularni boyitadi.

£ozirgi davrda estetika ijtimoiy hayotning barcha sohalariga jumladan moddiy ishlab chiqarishga ijtimoiy texnikaviy ijodga va turmushga kirib bormoqda. Bu hol estetika fanining g’oyaviy – tarbiyaviy roli kun sayin oshib borishini taqozo qiladi va uning oldiga muhim nazariy va amaliy masalalarni xal qilish vazifasini qo’yadi.

Go’zallikka intilish tabiiy ehtiyojdir. Bu ehtiyoj tarbiya vositasida namoyon bo’ladi. Go’zallik qurshovida yashagan inson bilan xunuklik muhitida o’sgan odam o’rtasida katta farq bor. Go’zallik tarbiyasi insonni ma’naviy jihatdan kamolotga yetaklaydi, estetik his-tuyg’ularni taraqqiy ettiradi.

Estetik his-tuyg’u insonni qurshab turgan muhitdagi ruhiy tuyg’u paydo qiluvchi go’zallik va xunuklikni, ulug’vorlik va pastkashlikni, fojiaviylik va kulgililikni idrok etish va baholash qobiliyatidir.

Estetik ehtiyoj – ezgulikka, go’zallikka intilishdir. Bu ehtiyoj mehnat, san’at, axloqiy munosabatlardagi go’zallikni taqozo etadi. Insonning jamiki faoliyat qirralari borliqqa estetik munosabati orqali namoyon b°ladi. Go’zallik san’atda alohida qimmatgba ega. San’at inson munosabatlari go’zalligini – fidoyilik, olijanoblik, ezgulik, yaxshilik, adolat, jasorat, vatanparvar lik kabi tushuncha shaklidagi xolatlarni badiiy ifodalash orqali aks ettiradi.

Estetika fani falsafiy bilimlar tizimida o’ziga xos o’rni egallaydi. U, eng avvalo, falsafiy bo’lib, uning nazariy va uslubiy asoslarini falsafiy tafakkur nazariyasi va tarixi tashkil etadi. Masalan, voqelikni estetik va badiiy o’zlashtirish jarayonlarini o’rganishda xolislik, tarixiy yondoshish, bilish jarayonida amaliy tajribaning ahamiyati kabi uslubiy asosni qo’llash ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin.

Estetika fani mustaqil bilim sohasini tashkil etgban holda u falsafaning rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadi.

Masalan, bilish nazariyasining yanada rivojlanib, mazmunan boyib borishida badiiy bilish ham muhim o’rin tutadi. Bilish nazariyasi, badiiy madaniyat qadriyatlari, voqelikka estetik munosabat, estetik tushunchalar, ayniqsa ijtimoiy ong, uning nisbiy mustaqilligi haqidagi fikr – mulohazalar ham qup jihatdan san’at bilan bog’liqdir.

Estetika fani mazmunan sotsiologiya bilan aloqadordir. Estetika sotsiologiya fani bilan uch tarkibiy qism orqali bog’lanadi:

Ijtimoiy voqea va xo disalar hamda jarayonlarning uslubiy asosi hisoblangan umumsotsiologiya nazariyasi estetikaning ham ilmiy – nazariy asosi b°lib xizmat qiladi.

Sotsiologiya ijtimoiy voqea - hodisalarning xususiy, alohida, nisbiy mustaqil sohalari (siyosat, davlatlar, millatlar, san’at turlari va k°rinishlari)nьi qamrab olgan holda estetika va badiiy ijod jarayonlarining ayrim tomonlari bilan uzviy bog’liqlikda namoyon b°ladi.

Aniq sotsiologik tadqiqotlar orqali olinadigan dastlabki ijtimoiy axborotlar, ma’lumotlar estetik va badiiy faoliyat jarayonlarini ham qamrab oladi. Shunday qilib, estetika sotsiologiyaning barcha bilim darajalari bilan u yoki bu ko’rinishlarda o’zaro aloqadorlikda bo’lib, bu aloqadorlik xilma – xil y°nalishlarda namoyon bo’ladi. Masalan, estetika umusotsio logik nazariyaga tayangan holda o’zining g’oyaviy – mafkuraviy, ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy – axloqiy y°nalishlari va maqsadlarini shakllantiradi. Sotsiologiya san’at bilan jamiyat o’rtasidagi turli – tuman aloqalarni tadqiq etadi.

Estetika fani ruxiyatshunoslik (psixologiya) fani bilan ham chambarchas bog’liq. Voqelikka estetik munosabatning barcha tomonlari estetik did yoki estetik his – tuyg’u, badiiy ijod yoki badiiy idrok qilish jarayonlarining hammasi ruhiyat mezoni bilan o’lchanadi. Chunki estetika u yoki bu darajada insonning ruhiy, xis – tuyg’u holatini ifodalaydi.

Ruhiyatshunoslik (psixologiya) fani estetik munosabatlarning barcha tomonlarini, jumladan, badiiy ijod va idrok jarayonlarini amaliy va nazariy jihatdan tadqiq etadi. Ayni paytda estetika fani inson ruhiy hayotining eng murakkab va nozik tomonlarini qamrab oladi. Estetikaning tarkibiy qismlarini ruxiyatshunoslik fanining erishgan yutuqlari va xulosalarida keng foydalanmasdan turib tasavvur etib bo’lmaydi.

Estetika fanining hozirgi davrga xos xususiyatlaridan biri shuki, bu soxaga kibernetika, matematika kabi fanlarning usul va vositalari ham izchil kirib kelmoqda.

Estetika san’atshunoslik bilim sohalari uchun boshlang’ich nazariy va uslubiy asos bo’lib xizmat qildi. Estetikasiz san’atshunoslik bo’lolmaydi, ya’ni u ayrim voqea hodisalar sharhi bilan shug’ullanishiga majbur b°lib qoladi. Shuni alohida e’tiborga olish kerakki, estetika xususiy san’atshunoslikning umumiy qonuniyatlari, eng avvalo, nafosat tabiati va estetik timsol qonuniyatlarini o’zida namoyon qiladi.

Estetikaning amaliyot uchun ahamiyati nimada?

Estetika amaliyoti adabiy – badiiy tanqidda yaqqol namoyon bo’ladi. Badiiy tanqid bilan estetik nazariya o’rtasida azaldan uzviy bog’liqlik mavjud. Bu bog’liqlikni «tanqid – bu harakatdagi estetikadir» degan ibora mazmunida ham k°ramiz.

Adabiy – badiiy tanqid – bu estetika fani bilan san’at amaliyoti °rtasidagi °zaro bog’liqligi ramzidir.

Estetik nazariya san’atkor dunyoqarashi shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Estetika fani san’atdan baxramand bo’luvchilar – tomoshabin, kitobxon, tinglovchi uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Estetika fani san’at haqida faqat bilimlar beribgina qolmay, kishilarda badiiy ijodga nisbatan xurmat uyg’otadi. Eng avvalo aqliy va jismoniy kuch talab qiladigan soha ekanligidan boxabar qiladi.

Estetik nazariya jamiyat hayotining barcha sohalariga kirib boradi va ularni ma’naviy boyitadi, ijtimoiy – ma’naviy ishlab chiqarishning muhim omili sifatida odamlar estetik madaniyatini shakllantiradi. U boshqa fan sohalari kabi bevosita ishlab chiqarishda qatnashadi. Ayni paytda u jamiyat estetik ongining tarkibiy qismiga aylanadi, jamiyat umumiy taraqqiyotiga munosib hissa qo’shadi.


A D A B I Yo T L A R
Karimov I.A. Ko’p jildlik asarlar to’plami. 1992 2005 yillar.

Erkin va farovon yuksak ma’naviyatsiz qurib bo’lmaydi. (Prezident I.Karimovning «Yoshlik» talabalar shaxarchasida bir guruh talabalar bilan uchrashuvda bildirgan fikrlari.)

Umarov E.U. Estetika asoslari. T.: «Cho’lpon» 2006 y.

Umarov E.U. Estetika. T.: «O’qituvchi» 1995 y.



Nafosatshunoslik. Ma’ruzalar matni. T.: 2000 y.

6. Gegel G.V. Estetika. v 4 x tomax. M. 1968-1973 gg.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa