Reja Eritrositlar Leykositlar Trombositlar


Organizmlarning yuqumli kasalliklardan himoyalanishning



Download 149,25 Kb.
bet12/16
Sana26.02.2022
Hajmi149,25 Kb.
#473410
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
5-mavzu.fiziologiya

Organizmlarning yuqumli kasalliklardan himoyalanishning uchinchi bosqichi antitelalar va antitoksinlar ishlab chiqarishi hisoblanadi. Bular organizmning maxsus hujayralarida ishlab chiqariladi. Antitelalar organizmga kirgan mikroblarni bir-biriga yopishtirib eritib yuboradi. Antitoksinlar esa mikroblar ajratadigan zaharli moddalarni parchalab zararsizlantiradi.
Odam organizmining antitela va antitoksinlar ishlab chiqarish va ular orqali yuqumli kasalliklarni qo’zg’atuvchi mikroblarga qarshi kurashish, o’zini himoya qilish xususiyati immunitet deyiladi.
Immunitet tabiiy va orttirilgan bo’ladi. Organizmning tug’ma xususiyatiga xos bo’lgan immunitetni tabiiy yoki tug’ma immunitet deyiladi. Orttirilgan immunitet deb, hayot davomida rivojlanib kelib chiqadigan immunitetga aytiladi.
Orttirilgan immunitet tabiiy va sun’iy, shu bilan birga har biri faol va passiv bo’lishi mumkin. Tabiiy faol immunitet yuqumli kasallik (skarlatina, qizamiq) ni boshidan kechirish natijasida odamda ishlanib chiqqan immunitet turiga aytiladi.
Tabiiy passiv immunitet yangi tug’ilgan bolalarda bo’ladi. Masalan, bola ona qornida rivojlanayotgan vaqtda tayyor immun moddalarini onasining qonidan yoki ko’krak bilan boqilayotgan vaqtida onasining sutidan olishi mumkin. Bunda bola organizmi immunitet ishlab chiqarishida faol qatnashmaydi.
Sun’iy faol immunitet deb, organizmga vaksinalar (patogen xususiyatlari nihoyatda kuchsizlantirilgan bakteriya yoki toksinlar) ni yuborish orqali hosil qilingan immunitetga aytiladi. Shuning uchun yuqumli kasalliklar (ichak, qoqshol, quturish va hakazolar) ning oldini olish maqsadida tibbiyotda vaksinalardan keng foydalanilmoqda.
Sun’iy passiv immunitet yuqumli kasallikdan tuzalgan odamning qon zardobida bo’lgan immun moddalar kishi oranizmiga sun’iy ravishda yuborish yo’li bilan hosil qilinadi. Odatda passiv immunitet faol immunitetga qaraganda chidamsizroq bo’ladi va uzoq vaqt saqlanmaydi.
Immunitet ishlab chiqish mexanizmlari har xil bo’lishi mumkin. Fagositoz, gumoral va to’siq funksiyalar deb ataluvchi omillar ana shu mexanizmlarning eng muhim turlaridir.
Fagositoz (grekcha «fageo»-yemoq demakdir) organizm uchun yot bo’lgan zarrachalarning turli hujayralar tomonidan yutilishiga aytiladi. Hujayralarning yo’lida uchraydigan yot zarrachalar, shu jumladan bakteriyalar ham hujayraning sitoplazmasiga o’raladi va natijada uning ichiga qamaladi, keyinchalik u bakteriya hujayralarining ichida hazm bo’lib yo’qoladi.

Download 149,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish