Boshqaruv omillari:
menejment darajasi;
aksionerlar va menejerlar o‘zaro munosabatlari xarakteri.
Elektron tijoratning rivojlanishi umumjahon iqtisodining rivojlanishiga quyidagi sabablarga ko‘ra ta’sir ko‘rsatadi:
yagona axborot maydonini hosil qilish jarayonini jadallashtirish;
jahon bozorida barcha insonlarning amaldagi o‘zaro axborot almashinuvi mexanizmi yaratish;
markazlashmagan mahsulotlar, o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan alohida turdagi bozorlarni rivojlantirish;
elektron to‘lov tizimidan foydalanish orqali pul vositalari aylanuvini amalga oshirish;
olib-sotarlik hajmi kamayadi, ishlab chiqarish sohasiga sarmoyalarning kiritilishini kengaytirish;
yangi turdagi servis xizmatlarini yaratish;
mahsulot va xizmat bozorida ochiq raqobat uchun sharoit yaratish;
elektron tijorat bozorlarida yangi turdagi mahsulot va xizmat harakatlarini jonlantirish, xaridor uchun qulay shakldagi xizmat amalga oshirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |