Reja Elektron tijoratdagi raqamli innovatsiyalar



Download 27,09 Kb.
bet1/2
Sana31.05.2023
Hajmi27,09 Kb.
#947087
  1   2
Bog'liq
Reja Elektron tijoratdagi raqamli innovatsiyalar




Mustaqil ish
Mavzu: Elektron biznesda tovar va xizmatlarning hususiyatlari

Bajardi:Xodjayev Ikrom


Qabul qilidi:Oybek Allayorov


Reja
1. Elektron tijoratdagi raqamli innovatsiyalar
2. Elektron tijoratda raqamli iqtisodiyotning roli

1. Elektron tijoratdagi raqamli innovatsiyalar
Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotga o’tish kontseptsiyasi industrial davrdan information-texnologik davrning ishlab chiqarish usuliga o’tish bilan bog’liqdir. Ushbu kontseptsiyaning paydo bo’lishiga asosiy sabab - industrial iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va jabhalarini qamrab olgan hamda uning miqyosi, dinamikasi va ichki mohiyatini batamom o’zgartirib yuborgan yangi raqamli information texnologiyalar paradigmasidir.
Ilmiy izlanishlarning ko’rsatishicha, industrial iqtisodiyotning information iqtisodiyot bilan almashinishi agrardan industrial iqtisodiyotga o’tishga aynan ekvivalant emas, chunki yangi paradigma doirasida iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari ilm-fan sohalaridagi puxta bilimlar talab qiladigan komp’yuter texnologiyalari, raqobatbardosh va o’zgaruvchan sharoitlarga tezda moslasha oladigan information tarmoqlarga aniqlanadilar.
Zamonaviy raqamli iqtisodiyot tuzilmasining bunday sifat o’zgarishlari xozirgi kunda global o’zgarish tariqasida ko’rilib, bunda “moddiy” iqtisodiyotdan “intellectual” iqtisodiyotga yoki “bilimlarga asoslangan iqtisodiyot – knowledge-bazed economy”ga o’tish sifatida tushuniladi. Postindustrial iqtisodiyotga kirib kelayotgan bunday yangiliklarning mohiyatini tushunish information texnologiyalarning ma’lumotlarni qayta ishlash natijasida butunlay yangi bilimlar hosil qilib, yangi ko’rinishdagi faoliyat turlarini yaratishini talab qiladi. Keyingi yillarda jahon iqtisodiy adabiyotida keng tarqalgan “Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot” yoki “Intellectual iqtisodiyot” tushunchasi ilmiy bilimlar majmuasi va ular (bilimlar, texnologiyalar, chizmalar, usullar va boshqalar) yozilgan moddiy ma’lumot tashuvchilar (disketlar, fleshkalar, internet resurslari va boshqalar) moddiy va nomoddiy ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy o’sishning asosiy manba’i bo’lib qolishini anglatadi.
Xuddi shu tufayli ilmiy-amaliy, ishbilarmon va professional davralarda raqamli iqtisodiyot rivojlanishi nuqtai-nazaridan bilimlar, ma’lumotlar, yangiliklar va ilmiy-texnologik innovatsiyalar har tomonlama chuqur o’rganila boshlandi. Yangi ixtirolar, ilmiytexnik ma’lumotlar va raqamli innovatsiyalar esa O’zbekiston iqtisodiyoti asosiy sektorlarining raqamli iqtisodiyot nuqtai-nazardan qayta tuzilishi va rivojlanishini aniqlab bera boshladi.
Ammo xozirgi davrda iqtisodiyotning juda ko’p sohalari ilm, fan va texnikaning yutuqlaridan keng miqyosda foydalanmaganliklari tufayli, ma’lum ma’noda depressiv holatga tushib qolganlar. Bu xolat quyidagi bir qancha ob’ektiv va sub’ektiv sabablar bilan bog’liqdir. Avvalo, bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning huquqiy ta’minoti mamlakatimizda yaratilgan emas. Xozirga qadar innovatsion ilmiy-texnik izlanish jarajonlarini normal amalga oshirish va ularning natijalarini amaliyotga tadbiq qilish uchun zaruriy bo’lgan to’liq normativ-huquqiy baza mavjud emas. Masalan, mamlakat miqyosida raqamli iqtisodiyot bilan bog’liq bo’lgan texnologik innovatsiyalar va ularni rivojlantirishning barcha nozik jihatlarini hisobga olgan holdagi asosiy qonun xujjatlari to’liq ishlab chiqilmagan.
Raqamli iqtisodiyotga ilmiy-amaliy bilimlarni investitsiya qilish uchun “respublikada eng yaxshi imkoniyatlar yaratish” masalasi huquqiy jihatdan hozircha to’liq ishlab chiqilmagan. Bu ishlar davlat boshqaruv bo’g’ini mutasaddilarining innovatsiyalar va ilm-fan-texnikani rivojlantirmasdan turib, keskin rivojlanish mumkin emasligini ko’rib, bilib va tushunib turgan holida ham amalga oshirilmayotganlari ta’assufga loyiqdir. Shuning uchun ham, keyingi yillarda halq farovonligi va mamlakatning dunyo bozoridagi o’rnini aniqlab beradigan ilg’or texnologiyalar, innovatsiyalar, ta’lim tizimi va boshqa an’anaviy tarmoqlarda raqamli innovatsion yumushlarni amalga oshira oladigan yuqori malakali kadrlarning yetishmasli holati kuzatilayapti.
Ammo shunga qaramasdan, iqtisodiy fanga va bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning jarayonlari va qoidalari haqida tushuncha beradigan “raqamliinformation iqtisodiyot”, “bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot”, “raqamli innovatsion iqtisodiyot” va “raqamli intellectual iqtisodiyot” tushunchalariga ozmi-ko’pmi ta’rif berilib, ular bo’yicha bir qancha ilmiy ishlar bajarilgan /6-9/. Lekin bu ilmiy-amaliy izlanishlar chalaroq, sayozroq, fragmentar, tizimlashtirilmagan va bir tomonlamalilik bilan tafsiflanadi. Shuning uchun ham o’quv qo’llanmaning ushbu bo’bida bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning ilmiy-metodologik asoslari, uslubiyati, uning infratuzilmasi va funktsiyalari imkon doirasida ko’rib chiqiladi.
Undan tashqari, raqamli innovatsion iqtisodiyotning asosi bo’lgan bilimlar iqtisodiyotining raqamli information iqtisodiyotga aylanish jarayonlari bilan bog’liq bo’lgan asosiy tushunchalar, amaliyot uchun zarur bo’lgan bilimlarni yaratish faoliyati bilan bog’liq masalalar ham bir qadar ko’rib chiqiladi. Eng avvalo, bilim va ma’lumotlarning zamonaviy raqamli iqtisodiyot rivojlanishidagi o’rni o’rganiladi, so’ngra bilim va ma’lumot yaratadigan tizim va uning tuzilishi hamda funktsiyalari ko’rib chiqiladi. Raqamli iqtisodiyot uchun hizmat qiladigan bilimlarga asoslangan tizimning kuchli va kuchsiz tomonlari o’rganilib, uning infratuzilmasi tadqiq qilinadi. Umuman aytganda, bilimlarga asoslangan raqamli innovatsion iqtisodiyot jarayonlarining asosiy tushunchalarini o’rganish sxematik tarzda quyidagi ketmaketlikda amalga oshirilishi mumkin:

Jamiyatning mahsulot ishlab chiqarish infratuzilmasini o’rganilganda unda ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki hizmatlarda qanday bilimlar aks etishi va bu bilimlarning pirovard natijalari qanday bo’lishiga ahamiyat beriladi. Bu yerda asosiy diqqat-e’tibor bevosita bilimlar hosil bo’ladigan va uning shart-sharoitlariga bog’liq bo’lgan raqamli iqtisodiyot infratuzilmasi tushunchasiga qaratiladi. Undan so’ng, uning zamonaviy sharoitlarga bog’liq alohida hususiyatlari viloyatlararo miqyosda o’rganiladi. Bilimlarning biror bir moddiy yoki ma’naviy ne’mat yaratadigan tashuvchisi, saqlovchsi va foydalanuvchisi inson bo’lgani tufayli, jamiyat uchun kerakli bo’lgan amaliy bilimlar asosan ta’lim tizimida hosil qilinadi.


Shuning uchun ham bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotda sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishning asosi - ta’lim muassasalaridagi zamonaviy sifatli ta’lim jarayonida hosil bo’ladi, deyishimiz mumkin. Ishlab chiqarish va ta’lim tizimi orasidagi asosiy bog’liqlik va munosabatlar majmui ham xuddi shu bilan aniqlanadi. Raqamli iqtisodiyotni bilimlardan foydalanish asosida tahlil qilib chiqqanda ishlab chiqarish tizimi, ishlab chiqarish potentsiali, bilimlarga asoslangan iqtisodiyotning ishlab chiqarish jarayoni, bu bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar sub’ektlari, innovatsion tizim, innovatsion potentsial, innovatsion amaliyot sub’ektlari va boshqa tushunchalar o’rganiladi.
Yuqorida tavsif etilgan muammolar bo’yicha bir qancha ilmiy manba’larni /5-8/ tanqidiy ravishda o’rganish shuni ko’rsatadiki, ilk ilmiy izlanishlar informatizatsiya tushunchasi va uning iqtisodiyotga ta’sirini o’rganishga bag’ishlangan – xuddi shu holat “raqamli iqtisodiyot” paradigmasining paydo bo’lishiga olib keldi. Ushbu yo’nalishning muallifi iqtisodiyotdagi neoklassik yo’nalish namoyondasi Dj. Stigler hisoblanadi /11/. Ammo informatsiya tushunchasi mavhumroq bo’lgani uchun, “agent uchun informatsiya” tushunchasi kiritilib, u informatsiya jamlanishi va qayta ishlanishi Bilimlar hosil qilish Bilimlar, ma’lumotlar, yangilklar Jamiyatning mahsulot ishlab chiqarishi 157 natijasida paydo bo’ladigan bilimni namoyish qilishga imkon beradi. Muhitnimg holati haqidagi ma’lumotlar majmui sifatida tushuniladigan ”bilim” tushunchasi informatsiyaga nisbatan birlamchi deb aniqlandi.
Xuddi shuning uchun ham “raqamli informatsion iqtisodiyot” dan “bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot” tushunchasiga o’tildi. Lekin “bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot” tushunchasi unchalik aniq emas va shuning uchun turli hil ilmiy iqtisodiy maktablarning namoyondalari tomonidan bir-biridan farq qiladigan bir qancha ma’nolarda talqin etilishi mumkin. Misol sifatida F. Xayekning “tarqoq bilim” kontsetsiyasini yoki P.N. Zavlin va L.A. Jolents, Polyak olimi Ya. Muyjel, Venger olimi B. Santo va boshqalarning ishlarida o’rganilgan “innovatsion iqtisodiyot” ni keltirish mumkin. Bilimlar iqtisodiyoti tizimi, uning tuzilishi, infratuzilmasi va uning faoliyati mahsullari tahlili A.I. Tatarkin, A. E. Koguta, N.L. Frolova va V.J. Kellening ilmiy ishlarida o’z aksini topgan /9/.
Yangilik kiritishlar va uning raqamli iqtisodiyotdagi ahamiyatini Y. Shumpeter aniqlab, ularning man’bai sifatida raqobatning asosiy faktori bo’lgan korporatsiyalarning ilmiy faoliyatini ko’rsatgan. Ammo bu holda ham asosiy dominanta sifatida yangi g’oyalarni samarador iqtisodiy yechimlarga aylantira oladigan novator-tadbirkor insonning ijodi hisoblanadi. Ikkinchi jahon urushidan so’ng, Amerika iqtisodchisi R. Solou AQSH iqtisodiyotidagi quyidagi qiziqarli bog’liqlikni aniqladi: ishlatilayotgan kapitalning ko’paytirilishi mahsulot o’sishining 12,5% gagina sabab bo’ladi, qolgan 87,5 % li o’sish esa texnologik o’zgarishlarga bog’liq bo’lar ekan.
Shundan so’ng, texnika va texnologiyaning rivojlanishini o’rganadigan bir qancha soha mutahassislari, shu jumladan, iqtisodchilar ham ishlab chiqarish o’sishining asosi - kerakli joyda, kerakli vaqtda va kerakli iqtisodiyot tarmoqlariga ilmiy-texnologik yangiliklar kiritish ekanligini ta’kidladilar. Iqtisodchi P.N. Zavlin fikricha /10/, iqtisodiyot mahsuloti sifatida bilimlarga asoslangan yangiliklar kiritish ishlab chiqarish usuli, ilg’or texnologiya, hizmat ko’rsatish turi, tashkiliy tuzilish, moliyaviy yoki ilmiy izlanish faoliyati ko’rinishida bo’lishi mumkin.Ya. Muyjel va L.A. Jolents esa bilimlar natijasida vujudga kelgan yangilikni “ilmiy g’oya yoki texnik ixtironi amaliy foydalanishgacha olib kelish jarayoni” deb 158 tushuntirishadi. Rossiya olimlaridan V.J. Kelle fikriga ko’ra esa, bilimlar asosidagi raqamli iqtisodiyotning poydevori yangi texnologiyalar va yangi mahsulotlarni yaratish, loyihalash, ishlab chiqarish va tarqatishda ilm-fanni keng miqyosda qo’llashdir. A.I. Tatarkinning fikricha, bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot sharoitlarida ilmiy-texnik bilimlarning amaliyotda qo’llanilishi natijasida yangi mahsulot sifatidagi (mahsulot turi, hizmat turi, texnologiya, tashkiliy usul va boshqalar) “raqamli innovatsiyalar” hosil bo’lib, ulardan foydalanish iqtisodiy yoki ijtimoiy samaralarga olib keladi. Ammo raqamli innovatsiyalarni yangi texnologiya va yangi mahsulotlar sifatida moddiy ishlab chiqarishdagina bo’ladi deb tushunish xato bo’lar edi. Ular inson faoliyatining istalgan sohasiga mansub bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham raqamli innovatsiyalarni ularning tarqalishi va ishlatilishi, ulardan qanday foydalanilishi, yangililik darajasi va boshqalarga nisbatan ham farqlash mumkin.
Shunday qilib, raqamli innovatsion iqtisodiyot bilimlarni yuqori darajada tashkillashtirish asosida yoki bilimlarga asoslangan iqtisodiyot sharoitlarida amalga oshiradi. Undan so’ng paydo bo’ladigan raqamli iqtisodiyot esa ishlab chiqarishning yangi faktori – informatsiyani ajratib olish va uni keng miqyosda ishlatish bilan bog’liq bo’ladi. Zamonaviy bilimlar va informatsiyadan foydalanish asosida uyshtiriladigan ijtimoiy ishlab chiqarishning mahsuloti sifatida yangiliklar kiritish yoki raqamli innovatsiyalar vujudga kelsa, ularning ishlab chiqarilishi, taqsimlanishi, almashinuvi va iste’moli raqamli innovatsion iqtisodiyot borligidan darak beradi. Ushbu iqtisodiyot an’anaviy iqtisodiyotning barcha sektorlarini isloh qilish va rivojlantirish uchun tom ma’nodagi imkoniyatlar yaratib beradi. Shu jumladan, bu holat depressiv, stagnant va rivojlanib kelayotgan holatlardagi milliy iqtisodiyotlarga ham tegishlidir.

Download 27,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish