Yaponiya Yaponiyada hukumatning Raqamli o‘tish rejasi boshqaruvni takomillashtirish va fuqarolarning turmush tarzini yaxshilash maqsadida yangi texnologiyalardan foydalanish va inson resurslarini rivojlantirishga asoslangan.
Mamlakat raqamli asrda o‘z yangi ma’muriy qiyofasini IT-investitsiyalarni optimallashtirish, xaridlar bo‘yicha islohotlar va elektron hukumat rejasini munitsipal (quyi) miqyosda faollashtirishga ko‘maklashish orqali shakllantirmoqda. Fan, texnologiyalar va innovatsiyalar bo‘yicha kengash elektron hukumatning axborot almashinuvi va tarqatilishiga ko‘maklashish, shuningdek, mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator tashabbuslari ustida ish olib borilmoqda.
Yaponiyada elektron hukumatning markaziy portali (e-gov.go.jp) hamda elektron ishtirok (e-Testimony), ochiq ma’lumotlar (data.go.jp) va davlat xaridlari (geps.go.jp) qo‘shimcha elektron hukumat platformalari mavjud.
Yaponiya elektron hukumatining huquqiy asoslari shaxsiy raqamli xavfsizlik va raqamli ma’lumotlardan foydalanish maqsadlariga qaratilgan (tegishli qonunchilik «Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish», «Elektron imzolar va sertifikatlashtirish faoliyati», «Ma’muriy organlar tasarrufidagi axborotdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlar bilan mustahkamlangan.
Xitoy Xitoy — 2020 yilda EGDI ko‘rsatkichi juda yuqori guruhga ilk marotaba qo‘shilgan Osiyoning yetti mamlakatidan biri.
Mamlakatning bu yutug‘ini elektron hukumat siyosati va tashabbuslari milliy va submilliy miqyosda qisman amalga oshirilgani bilan izohlash mumkin.
Xitoyning «aqlli shaharlar»ni rivojlantirishga jiddiy intilishi birinchi marta 2015 yilgi Hukumat faoliyati to‘g‘risidagi hisobotda aksini topdi, elektron hukumatni rivojlantirish ushbu tashabbusning muhim qismi bo‘lganligi sababli munitsipal hukumat organlari elektron hukumat portallarini jadal sur’atlarda yaratishni boshlab yubordi.
Shanxay davlat ma’lumotlari servislar portali — «yagona oyna» tamoyili asosida davlat xizmatlarini ko‘rsatayotgan eng muvaffaqiyatli lokal (mahalliy) loyihalardan biri.
Xitoyda parallel ravishda davlat sektorini boshqarish va xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini oshirish maqsadida katta ma’lumotlar, sun’iy intellekt va 5G singari ilg‘or texnologiyalar elektron hukumat tizimida faol joriy etilyapti. Mamlakat hukumati 2020 yilda resurslarni taqsimlovchi davlat axborot tizimini blokcheyn texnologiyasi vositasida yo‘lga qo‘ydi.
Shuningdek, aholi, tijoriy tashkilotlar va hukumat aloqalarida ijtimoiy tarmoqlarning ilovalari muhim raqamli vositalarga aylanmoqda. Odamlar o‘z smartfonlari orqali davlat xizmatlaridan foydalanishayotgan WeChat va Alipay ilovalari bunga yaqqol misoldir.
Xitoy hukumati, qolaversa, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish uchun ijtioiy tarmoqlarda rasmiy akkauntlarini ochishga katta e’tibor qaratmoqda. Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarning inqirozlar sharoitidagi eng samarali muloqot vositalaridan ekanini anglab yetishdi, xususan, COVID-19 epidemiyasi davrida xitoylik oddiy fuqarolar o‘z salomatligi va favqulodda vaziyatlar haqida xabar berishda Alipay ilovasidan ko‘p foydalanishgan.
Xulosa Xulosa qilib aytish mumkinki, qogʼozbozlik va byurokratiyaga asoslangan ishlash rejimida fuqaroning amalga oshirishi lozim boʼlgan ishi bevosita mansabdor shaxsning ushbu vazifaga yondashuvchanlik qobilyati asosida amalga oshiriladi. Mansabdor shaxs esa bu vazifani bajarishi uchun fuqarodan qandaydir moddiy manfaat istab qoladi va bu korruptsiyaga sabab boʼladi. Shu nuqtai nazardan elektronlashuv moddiy manfaatdorlikni kamaytirish bilan birgalikda shaffof va barcha uchun ochiq tizim yaratilishiga sabab boʼladi. Ochiqlik va shaffoflik esa korruptsiyaning yuzaga chiqishi qarshilik qiladi. Chunki korruptsiya yopiq va sirli makonda ildiz otadi, ochiqlik va shaffoflikdan esa qoʼrqadi.
Oʼz navbatida elektron hukumatning shakllanuvi davlat xizmatchilari yoxud mansabdor shaxslarning vaqtlari va jismoniy kuchlari tejalishini shuningdek ortiqcha ovoragarchilik va sansalorlikning oldi olinishiga ham xizmat qiladi. Jumladan maʼlum maqsadga erishish uchun yoxud biror faoliyatni amalga oshirish uchun manfaatdor shaxs emas balki, hujjatlar harakati amalga oshadi. Bu esa fuqarolarning vaqti va mablagʼi tejalishiga sabab boʼladi. Har qanday masala shaxsning individning aralashuvisiz adolatli tarzda hal etiladi. Bu esa korruptsiyaga barham berishning bosh omili sanaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar https://fayllar.org