4. Ketma-ket ulashga oid misollar. Ketma-ket ulash texnikada keng qo’llaniladi. Masalan, elektr qo’ng’iroq bilan tugma ketma-ket ulanadi. Shuning uchun qo’ng’iroq zanjir ulangandagina chalinadi. Elektr uzgich (viklyuchatel) o’zi ulashi va uzishi kerak bo’lgan asbob bilan ketma-ket ulanadi. Archa bezagidagi (girlyanda) lampachalar ham ketma-ket ulanadi.
Asboblarning ketma-ket ulanishiga oid misollarni juda ko’p keltirish mumkin.
5. Ampermetrning qarshiligi qanday bo’lishi kerak? Ampermetr zanjirdagi tok kuchini o’lchash uchun mo’ljallangan va shuning uchun zanjirga tok kuchi o’lchanishi kerak bo’lgan qism bilan ketma-ket ulanadi. Ampermetrning ulanishi zanjirdagi tok kuchini o’zgartirmasligi kerakligi mutlaqo ravshan. Bu hol ampermetrning qarshiligi juda kichik bo’lgandagina amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |