12.02.2022y 1-2-Mavzu: Elektr energiya ishlab chiqarish. Elektrostansiya turlari. Issiqlik elektrostansiyalari. Rengin jarayoni qayta qizitgichli elektrostansiyalar. REJA: - 1. Elektr energiya ishlab chiqarish.
- 2. Elektrostansiya turlari.
- 3. Issiqlik elektrostansiyalari.
- Jamiyatning taraqqiyoti undagi ishlab chiqarish darajasi va kishilar hayoti uchun zarur moddiy sharoitlarni yaratish bilan belgilanadi. Shu sababli, energiyani iste’mol qilish bundan keyin ham ishlab chiqarish darajasini o‘sishini ta’minlagani holda oshib boradi. Energiyaga bo‘lgan talabning uzluksiz ravishda ortib borishi yangi energiya resurslarini qidirib topish, energiyani bir turdan boshqa turga o‘zgartirishning yangi usullarini ishlab chiqish zaruratini yaratdi. Hozirgi davrda turli xil energiyalardan – Quyosh energiyasi, organik yoqilg‘ining kimiyoviy energiyasi, daryolar, dengizlar va okeanlar suvlarining mexanik energiyasi, shamol energiyasi, og‘ir yadrolarning parchalanishida hosil bo‘luvchi yadro energiyasidan foydalanish an’anaviy hisoblanadi.
1. Elektr energiya ishlab chiqarish.
Elektr energiyasi ishlab chiqarishdan boshqa turga aylanishigacha bo‘lgan jarayon Elektr energiya uzatilishidagi yo’qotishlar -
- Zamonaviy elektrostansiyalar induksion generatorlar yordamida boshqa turdagi energiyalar elektr energiyaga aylantiriladigan ulkan korxonalardir. Amaldagi elektrostansiyalarning asosiy turlarini qarab chiqamiz.
2. Elektrostansiya turlari.
1. Issiqlik elektrostansiyalari. - Issiqlik elektrostansiyalari yoqilg’i (ko’mir, neft, mazut, torf, yonilg’i slanetslar, gaz) energiyasini elektr energiyaga aylantiradi. Наг bir issiqlik elektrostansiyalarida yoqilg’ini tayyorlash sexi, qozonxona, bug’ turbina sexi va yordamchi elektr stansiyasi (podstansiya) bo’ladi.
- Yoqilg’ini tayyorlash sexida yoqilg’i uning to’liq yonishini ta’minlash uchun maxsus tayyorgarlikdan o’tkaziladi. Masalan, toshko’mir maxsus qurilmalar yordamida keraksiz aralashmalardan ajratiladi va kukun qilib maydalanadi. Yondirish uchun tayyorlangan yoqilg’i maxsus o’tkazgich quvurlar orqali o’txona (o’choq) va bug’ qozonidan iborat bug’ generatoriga uzatiladi.
- Yoqilg’i yonganida ajraladigan issiqlik qozondagi suvni bug’latish va hosil bo’lgan bug’ni qizdirish uchun sarflanadi. Qozondan olingan bug’ning bosimi 240 atmosferagacha, temperaturasi esa 560°C ga yetadi (bunday temperaturada temir qizaradi).Bug’ qozondan bug’ turbinasiga keladi. Turbinaning vali induksion generatorning rotoriga mahkamlangan. Bug’ turbinasi va generatordan iborat bo’lgan blokni turbogenerator deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |