www.arxiv.uz
Reja:
1. Don ekinlarining halk xo`jaligidagi ahamiyati
2. Don ekinlarining guruhlarga bo`linishi
3. Don ekinlarining rivojlanish davrlari va ularni o`tish sharoiti
1. Don ekinlari inson uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari
don va yorma beradi. Donli o`simliklarning unidan non yopiladi,
Don yuqori kuvvatli ozuka va yengil sanoatiga xom-ashyodir. Dondan
kayta ishlab yog, kraxmal, spirt, ishlab chiqariladi. Don ekinlari
qishloq xo`jalik xayvonlarini yem-xashak bilan ta`minlashda ham muhim urinni egallaydi. Don va uni kayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar oziq-ovqatda, kogoz sanoatlarida va boshqa tarmoklar uchun xom-ashyo bo`lib xizmat qiladi. Don xo`jaligi qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishning asosini tashqil etadi.
Don ekinlari orasida bug`doy eng qimmatli ekin hisoblanadi. Uning doni tarkibida 20-21% gacha oqsil bor. Bug`doydan oliy sort un tortiladi. Bug`doy unining kepagi chorva mollari uchun kuchli konsentrat oziq hisoblanadi.
Javdar uni deyarli non yopishda ishlatiladi. Kepagi mollar uchun yaxshi oziqdir. Somon poxoli to`shama sifatida ishlatiladi.
Arpa doni turli xil maqsadlarda oziq ovqatga, texnikaviy maqsadlarga ishlatiladi va chorva mollariga beriladi. Perlovka (oqlangan arpa) va arpa krupasi eng yaxshi oziq ovqat hisoblanadi. Arpa yormasi cho`chqalar uchun eng qimmatli oziqdir. Arpa doni pivo tayyorlash sanoati uchun bebaho xom ashyodir. Arpadan to`qimachilik sanoatida keng ko`lamda foydalaniladigan solod (undirib yanchilgan arpa) ekstrakti olinadi.
Suli eng muhim yem xashak ekinidir. Uning donidan ham krupa, gerkules, talkon, bolalar uni va bir qancha qimmatli oziq ovqat mahsulotlari tayyorlanadi. Suli otlar va yosh mollar va parrandalar uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi
Makkajo`xori va sholi xar xil mahsulot olinadigan oziq ovqat, yem xashak va sanoatda turli mahsulotlar olish uchun xom ashyolar hisoblanadi.
Tariq krupabop ekin. Oklangan tariq tarkibida oqsil ko`p, tez pishadi va tez xazm bo`ladi, somoni, to`poni va chikitlari to`yimliligi jihatidan o`tloq pichanidan qolishmaydi.
Grechixa krupabop asosiy ekinlardan biridir. Doni tarkibida mineral tuzlar, fosfor, temir va organiq kislotalar, limon, shovul, olma va boshqa kislotalar ko`p bo`ladi, tarkibidagi oqsil va kraxmal tez xazm bo`ladi.
Don ekinlarining oziq ovqatlik, oziquboplik ahamiyatini ifodalaydigan eng qimmatli qismi oqsildir. Don tarkibidagi oqsillarning erish xususiyatiga qarab 4 gurppaga bo`linadi: suvda eriydigan - albumin, tuzlar eritmasida eriydigan - globulin, ishqorda eriydigan - glyutenin va spirtda eriydigan - gliadin. Oqsillarning hammasi ham bir xil kiymatga emas. Oziq ovqatga ishlatiladigan don tarkibida kleykovinadan tarkib topgan gliadin va glyutenin ko`prok ahamiyatga ega. Nonning sifati, xajmi, govakligi ana shu oqsillarning miqdori va nisbatiga boglik. Gliadin va glyuteninning nisbati 1:1 bo`lishi eng yaxshi xisoblanadi.
Bugdoy oqsilining asosiy qismini tashqil etgan aminokislotalarning 8 tasi (hammasi 20 dan ortik) lizin, triptofon, metionin , valin, leytsin, izoleytsin, treonin, fenilopanin oziq ovqat uchun eng zaruriylaridan hisoblanib, ular inson organizmida sintezlanmaydi. Shuning uchun ular organizmga ovqat bilan kirishi zarur.
Ekin maydoni bo`yicha don ekinlari yer yuzida birinchi urinni egallaydi. Xar yili 700 mln.gadan ortik maydonga don ekinlari ekilmokda. Uzbekistonda ham don ekinlarining ekin maydoni keskin ko`payib xozirda suvli yerlarda boshoqli ekinlar 1mln. ga, sholi 137 ming.ga. lalmi yerlarda 300 ming.ga yerga don ekinlari ekilmokda.
1998 yili Uzbekistonda 3,3 mln.t. don davlatga topshirib don mustakilligiga erishildi.
2.Donli ekinlar morfologik va biologik belgilarga qarab 3-ta biologik guruhlarga bo`linadi.
Birinchi guruhga haqiqiy don ekinlari - qo`ng`irboshlilar oilasiga mansub ekinlar kiradi - bu bug`doy, arpa, javdar, suli. Bu o`simliklarning asosiy belgisi - donida uzunasiga ketgan egatcha bo`ladi, bir nechta boshlang`ich ildiz rivojlanadi, to`pguli boshoq yoki ro`vak bo`ladi. Bu ekinlar uzun kunli, issiqlikga talabchan emas, namsevardir.
Ikkinchi guruhga- tariqsimon ekinlari kiradi: makkajo`xori, jo`xori, tariq, sholi-bu o`simliklar qo`ng`irboshlilar oilasiga kiradi. Bu guruhga yana bir o`simlik - marjumak kiradi-u marjumakdoshlar oilasiga mansubdir. Bu guruhning belgilari-donida uzunasiga ketgan egatcha bo`lmaydi, bittadan boshlang`ich ildiz rivojlanadi. Gul to`plami ro`vak yoki so`ta bo`ladi. Ekiladigan navlari bahori, issiqsevar, qisqa kun o`simligi va qurg`oqchilikka chidamli (sholi bundan istisno)
Uchinchi guruh-don-dukkakli ekinlar. Bu guruh vakillari dukkaklilar oilasiga mansubdir. Asosiy vakillari-loviya, soya, no`xat, ko`k no`xat, yasmiq, burchok. Bu ekinlarning hammasi uk ildizli, bargi murakkab, mevasi dukkak, urug`ida oqsil modda ko`p bo`ladi. Biologik jihatdan dukkakli ekinlar xilma-xil bo`ladi.
Urug ekilgandan to hosil yetilguncha o`simlik hayotida keskin o`zgarishlar ruy beradi - o`simlik o`sadi va rivojlanadi. O`simlikni o`sishi-bu miqdor tomondan o`zgarishi (poya o`sadi, barg soni ko`payadi, shoxlanadi). Rivojlanish-bu o`simlikda bo`ladigan sifat tomonidan o`zgarishlar. Fotosintez jarayonida hosil bo`lgan moddalar fermentlar yordamida boshqa ancha murakkab moddalarga aylanadi va o`simlikning xar xil organlarida tuplanib boradi. Bu jarayon o`simlikda sifat tomonidan o`zgarishlarga keltiradi, o`simlikda generativ organlar shakllanadi, rivojlanadi, meva hosil bo`ladi. Sifat tomonidan bo`ladigan o`zgarishlar o`simlikning tashqi ko`rinishidan xar doim aniqlash mumkin emas.
Usuv davrida don ekinlarida quyidagi rivojlanish davrlari kuzatiladi-maysalanish, tuplanish, nay o`rash, boshoqlanish (ro`vaklanish), gullash, pishish. Xar bir davrni o`tish uchun ma`lum sharoit talab qilinadi.
Maysalanish davrida ekilgan urug` suv shimib unib chiqadi, yer betiga boshlang`ich bargi chiqadi. Bundan oldin ekilgan urug`dan mO`rtak ildizi o`sadi. Shu jarayonlarni o`tishi uchun ma`lum miqdorda suv va issiqlik talab qilinadi. O`simlik biologiyasiga qarab sarflanadigan suvni miqdori xar xil bo`ladi. Birinchi guruhga kiradigan ekinlarga urug`ini unib chiqishi uchun 50-60 % suv sarflanadi ikkinchi guruhga kiradigan ekinlar uchun 23-44% talab qilinadi. O`simlik turlariga qarab urug` unib chiqishi uchun 1-10 0S xarorat kerak.
Tuplanish davrida o`simliklarda ikkilamchi ildiz va qo`shimcha poya o`sadi, buning uchun o`simliklar suvga va oziqaga talabchan bo`ladi. Davr 20-25 kun davom etadi.
Nay o`rash davrida o`simlik juda tez o`sadi, sutkalik o`sishi makkajo`xori va jo`xori uchun 8-12 sm, boshqa ekinlar uchun 3-5 sm. bo`ladi. Poya bilan navbatdagi barglar ham rivojlanadi. Bu davr ham 20-25 kun davom etadi. Asosiy talab qiladigan omillar-suv, oziqa, xavo, yorug`lik. Shu davrning oxirida ekilgan navga xos balandlikka va barg soniga ega bo`ladi.
3. Boshoq yoki ro`vak chiqarish davri. Eng yuqorgi barg qinidan
gulto`plamning 1/3 qismi ko`ringanda davr boshlandi deb hisoblanadi. Bu davrda suv va yorug`lik talab qilinadi. Davr 10-15 kun davom etadi. O`simlikning o`sishi davom etadi, ammo ancha sust ketadi.
4. Gullash davri boshoqlanish boshlangandan 2-5 kun utgandan
keyin boshlanadi, bu ham 10-15 kun davom etadi. Ikkita rivojlanish davri ketma-ket kuzatiladi. Bu davrda faqat sug`orish va sun`iy changlatish ishlari olib boriladi. Gullash boshoqning O`rta qismidan, ro`vakda uchki qismidan boshlanadi. Don ekinlari uzidan (bug`doy, arpa, suli.sholi, tariq) va chetdan (makkajo`xori, jo`xori, javdar) changlanadi.Changlanish sharoiti xavo xarorati va xavo namligiga boglik bo`ladi. Xavo issiq va kuruk kelsa ekinlar ko`pincha chetdan changlanadi.
Pishish davri uzok davom etadi-30-45 kun. O`simlik ancha o`zgaradi. Pishish davrida sut, mum va tula pishish davrlar kuzatiladi. Sut pishish davrida don shakllangan, tarkibida 70-80% suv bo`ladi, o`simlik yashil rangda, faqat pastki barglar sal sargayadi, hosil yigilmaydi. Mum pishish davrida don ancha qotadi, suv miqdori kamayadi-30-35% bo`ladi. Shu davrning oxirida don onalik o`simlikdan ajraladi. O`simlik ancha sargayadi, hosil yigilishi mumkin, ayniksa doni tuqiladigan navlar. Tula pishganda don kichrayadi, suvi kamayadi, 14-20% suv bo`lishi mumkin. O`simlik butunlay sargayadi, hosil tezda yig`ib olinishi shart. Usuv davrining davomi kuzgi navlar uchun 180-240 kun, bahori navlar uchun 90-120 kun. Ob-xavoning ta`sirida usuv davri 20-30 kunga o`zgarishi mumkin.
Adabiyotlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |