Reja: Disklar bilan ishlash – skanerlash


K ompakt disk bilan ishlash: ma'lumot yozish, ko'chirish, ochish



Download 0,58 Mb.
bet3/5
Sana16.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#376017
1   2   3   4   5
Bog'liq
Disklar bilan ishlash skanerlash defragmentasiyalash tozalash formatlash mantiqiy qisimlarni yaratish va o’chirish

K ompakt disk bilan ishlash: ma'lumot yozish, ko'chirish, ochish.

Kompakt disk disketaga nisbatan ancha ko'proq ma'lumot saqlash imkoniga ega. Masalan, disketaning hajmi 1,44 MB bo'lsa, kompakt diskning hajmi 650 yoki 700 Mb ni tashkil etadi, ya'ni unga taxminan 500 marta ko'proq ma'lumot yoziladi. Kompakt diskdagi ma'lumotlarni o'qish uchun kompyuterga maxsus qurilma - CD ROM (Compact disk Read Only Memory) Drive o'rnatilgan bo'lishi kerak. Kompakt diskdagi ma'lumotlarni o'qish uchun kompakt diskni qurilmaga o'rnatish kerak. Buning uchun CD ROM qurilmasining Open/Eject tugmasini bosib, lotok ochilganidan keyin, unga diskni o'rnatib, Open/Eject tugmasini takroran bosish zarur. Natijada disk aylanib, undagi ma'lumotlarni o'qish jarayoni boshlanadi. Windows operasion sistemasida o'rnatilgan diskdagi ma'lumotlar turini aniqlash amalga oshiriladi va u aniqlanganidan keyin biror bir amalni bajarish taklif etiladi: Taklif oynasining mazmuni o'rnatilgan dasturlar va disk mazmuniga bog'liq bo'ladi.

D iskda audio va video ma'lumotlar mavjud bo'lsa, ularni biror dasturda ochish, rasm bo'lsa, ko'chirish yoki chop etish taklif qilinadi. Diskdagi ma'lumotlarni ko'chirish xuddi disketadan ko'chirishdek amalga oshiriladi. Diskka ma'lumot yozish uchun kompyuterga maxsus qurilma - CD Writer o'rnatilgan bo'lishi kerak. Bunday qurilmada ma'lumotlarni maxsus turdagi disklarga yozish mumkin - CD-R (Recordable - bir marta yozib, cheksiz o'qish mumkin) va CD-RW (Rewritable - bir necha marotaba yozish va o'chirish mumkin).

Kompakt diskka ma'lumot yozishni Windows XP operasion sistemasi vositalari yordamida amalga oshirish mumkin. Lekin disk yozish, nusxasini ko'chirish, o'chirish va yangilash masalalarini mukammal darajada bajarish uchun maxsus dasturlardan foydalanish tavsiya qilinadi, masalan Ahead Nero Burning ROM dasturidan. Oxirgi yillarda CD texnologiyasi o'rniga yangi - DVD (Digital Versatile Disk - raqamli hajmi katta disk) texnologiyasi keng tarqalib ommalashib bormoqda. Dastlabki DVD disklarga yuqori sifatli videoma'lumotlar yozilgan bo'lib, tasvir va ovoz sifati ko'rsatkichlari sezilarli darajada yuqori bo'lgan. Keyinchalik ulardan nafaqat video, balki boshqa ma'lumotlarni (data) ham yozishda foydalanilmoqda. Shaxsiy kompyuterda DVD disklarni ochish uchun unga DVD ROM qurilmasi o'rnatilgan bo'lishi kerak. DVD ROM qurilmasi nafaqat DVD, balki CD disklarni ham ochish imkoniyatini yaratadi. Hozirgi kunda DVD disklarni o'qishning maksimal tezligi 16 karrani tashkil etadi, ya'ni 13805 Kb/sek*16 =22080 Kbit/sek, CD disklarni o'qishning maksimal tezligi esa 52 karrani tashkil etadi, ya'ni 150 Kbit/sek*52=7800 Kbit/sek. Bundan tashqari DVD disklarni hajmi ancha kattaroq, chunki ulardagi ma'lumot yoziladigan maxsus joy "pit"lar o'lchamlari kichkinaroq va zichroq joylashgan. Natijada DVD diskning hajmi kamida 4.7 Gb tashkil etadi.

O'lchamlari               CD-ROM                 DVD-ROM

Diametr                     120 mm                   120 mm

Kengligi                    1,2 mm                    1,2 mm (0,6 mm qatlam)

Oraliq masofasi         1,6 mkm                   0,74 mkm

To'lqin uzunligi         780 nm infraqizil    640 nm qizil

Hajmi   700 Mb          4,7 Gb

Qatlamlar soni 1         1, 2, 4

DVD disklarning hajmi ularning turiga bog'liq bo'ladi: Bir tomonlama bitta qatlamli DVD disk              4,7 Gb Bir tomonlama ikkita qatlamli DVD disk           8,5 Gb Ikki tomonlama har tomonida bittadan qatlamga ega DVD disk           9,4 Gb

Ikki tomonlama har tomonida iktadan qatlamga ega D VD disk  17 Gb DVD disklariga ma'lumot yozish uchun maxsus disklar (DVD-R, DVD+R, DVD+RW, DVD-RW, DVD DL) va DVD Writer qurilmasidan foydalanish kerak bo'ladi.

 O'zbekiston bozorida CD va DVD qurilmalardan quyidagi firmalar mahsuloti keng tarqalgan: ASUS, LG, Samsung, Benq, Nec, Pioneer, BTC, Teac, Liteon, Toshiba va xokazo.



Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish