O’yin va o’quv faoliyatida bola diqqatini boshqarish usullari.
Bog’cha yoshidagi bolalarda ayrim psixik jarayonlarning rivojlanishi bilan birga ularning shaxsi va shaxsiy xislatlari ham tarkib topa boshlaydi. Bolaning tashqi muhitdagi narsa va hodisalar hamda o’ziga nisbatan bo’lgan to’g’ri , oqilona munosabatlarining asosi huddi shu davrda yuzaga keladi. Bundan tashqari, bog’cha yoshidagi davrda bolaning qobiliyatlari tez rivojlanib, yangi-yangi ehtiyojlar va qiziqishlar hosil bo’ladi. Bola shaxsining ana shunday rivojlanib borishi natijasida uning xarakteriga oid sifatlar namoyon bo’la boshlaydi.
Bog’cha yoshidagi davrda bolada qanday xarakter xislatlari tarbiyalansa, bu xislatlar bolaning maktab yoshidagi davrda va hatto katta odam bo’lib yetishganida ham namoyon bo’ladi. Shuning uchun boshqa yoshdagi davrda bolada ijobiy shaxsiy xislatlarning tarkib topishiga alohida ahamiyat berish lozim.
Bolalar bog’cha yoshidan boshlab xulq-atvorining axloqiy normalari va qoidalarini intensiv ravishda o’zgartira boshlaydilar. Ular o’zlarining u yoki bu xatti-harakatlariga kattalar tomonidan beriladigan baholarga zo’r qiziqish bilan qaraydilar. Shuning uchun ular hamisha nima yaxshi-yu, nima yomonligini, qanday harakat to’g’ri-yu qanday harakat noto’g’riligini aniqlashga intiladilar. Bunday ishda bolalarga hamisha yordam berish kerak, ularning bunday harakatlarini qo’llab-quvvatlash lozim.
Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, axloqiy norma va qoidalarni amalda kattalar hamda tengdoshlari bilan bo’lgan munosabatda qo’llay olish tajribasiga ega bo’lishi kerak. Shundagina bu axloqiy norma va qoidalarni singdira oladi. Ana shuni nazarda tutib, bolalar bilan munosabatda axloq normalari va qoidalaridan chetga chiqmay, bu sohada ularga namunalar ko’rsatish kerak.
Shunday qilib, yuqorida aytib o’tganimizdek, bolaning bkg’cha yoshidagi davrida uning faqat psixik jarayonlarigina emas, balki shaxsi va shaxsiy sifatlari kamol topadi. Maktabga borish bolalarning hayotida juda katta voqeadir. Maktab hayoti bolalarga yangi bir dunyoni ochib beradi, maktab davrida bolalarning asosiy faoliyatlari o’zgaradi. Maktab yoshidan boshlab bolalarning asosiy faoliyatlari, asosiy vazifalarini o’tish, fan asoslarini puxta o’zlashtirish bo’lib qoladi. Yetti yoshli bolalar uchun yangi faoliyat bo’lgan o’qish ulardan yangi sifat, yangi xususiyatlarga ega bo’lishlarini talab qiladi. O’qish faoliyati uchun bolalarda diqqat, o’tkir zehn, mustahkam hotira, tafakkur, yaxshi nutq, iroda va shuning bilan birga mustaqillik, batartiblik xislatlari bo’lishi kerak.
Bolalarning maktabga o’tishlari ularning yaslidan bog’chaga o’tishlariga qaraganda murakkab bosqichdir. Shuni ham nazarda tutish kerakki, bolalar maktabga o’tishlari natijasida ularning ularning ijtimoiy holatlarida o’zgarishlar yuz beradi. Masalan, yetti yoshga yaqinlashgan bolalar bog’chada “katta” ya’ni katta guruh bolalari deb hisoblanar edilar. Maktabga o’tishlari bilan yana “eng kichiklar” qatoriga tushib qoladilar.
Yetti yoshdagi bolalarning maktabga o’tishlari bilan yuzaga keladigan ana shunday jiddiy o’zgarishlarni nazarda tutib, ularni maktabdagi yangi hayotga har tomonlama tayyorlash kerak. Ma’lumki bolalar bog’chasining asosiy vazifalaridan biri bolalarga har tomonlama tarbiya berib, ularni taraqqiyot darajalarining maktabda o’qiy oladigan qilishdan iboratdir. Bu o’z navbatida maktabdagi o’qish ishlari bilan bog’chadagi ta’lim-tarbiya ishlari o’rtasida ma’lum izchillik bo’lishini talab etadi.
Bog’chada bolalarning jismoniy o’sishlariga qanchalik e’tibor berilsa, uning aqliy va axloqiy o’sishlariga ham shunchalik e’tibor beriladi. Bolalarning maktabga chiqishlari doimo nzarda tutilib, ular bilan o’tkaziladigan ta’limiy mashg’ulotlarda bolalarning idroki, diqqati, tasavvuri, xotiralari, xayol hamda tafakkurlari, irodaviy sifatlari tizimli ravishda taraqqiy ettirib boriladi.
Ta’lim va tarbiya murakkab va mashaqqatli jarayongina bo’lib qolmay, hamisha dolzarb masaladir. Prezidentimiz va hukumatimizning xalq ta’limiga jiddiy e’tibori va g’amxo’rligi bejiz emas. Zero ta’lim va tarbiyaning birligi va ustivorligi kelajagimiz ravnaqining asosidir. Prezidentimizning xalq ta’limini rivojlantirish maqsadida qabul qilinayotgan qator farmon va qarorlari har bir pedagog oldiga burch va mas’uliyat yuklaydi. Boshlang’ich ta’limni ta’lim va tarbiyaning poydevori deyish mumkin. Zero tagzamini mustahkam imorat umrboqiy bo’lganidek, boshlang’ich ta’limni puxta egallagan o’quvchi kelajakda komil inson bo’lib etishadi. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi jiddiy e’tibor berish kerak bo’lgan narsa o’quvchilar diqqatining kuchi va barqarorligini oshirishdir.
Diqqat aqliy faoliyatini muayyan bir ob’yektga yo’naltirish va ana shu ob’yektda ma’lum muddat ushlab turishdir. Aqliy faoliyatini barcha turlarida diqqat ishtirok etadi. Agar odam diqqatini o’zi idrok etayotgan narsaga qaratmasa, hech bir ish – harakat sifatli bo’lmaydi.
O’quvchi biror bir predmetga qarab tursa ham uni ko’rmasligi mumkin. Diqqatni qaratish orqali sezgilar kuchaytiriladi. Diqqat – bilim faoliyatining zaruriy shartidir. Eng oddiy ishlardan tortib, o’ta jiddiy, murakkab ishlarni diqqatning ishtirokisiz bajarib bo’lmaydi. Diqqat mimikada, tashqi qiyofada aks etadi. Lekin ayrim hollarda bu qiyofa chalg’ituvchi bo’lishi ham mumkin.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ixtiorsiz diqqat kuchli bo’ladi. Xonaga eshitilgan biror bir tovush, nur, o’rtog’ining past ovozdagi so’zi o’quvchi diqqatini tez bo’ladi. O’quvchilarda ixtiyoriy diqqatni shakllantirish uchun o’qituvchi o’quvchilarni, yoshini, individual xususiyatlarini hisobga olish zarur. Ayrim hollarda biror narsani boshlash qiyin bo’ladi. Ixtiyoriy tashkil qilingan diqqatni ixtiyorsiz holatga o’tishi, ixtiyoriy diqqatdan so’nggi diqqat deyiladi. Diqqatning barqarorligi aqliy faoliyatni tegishli ob’ektga qancha muddat ushlab turilishi bilan belgilanadi. Diqqat beqaror va barqaror bo’ladi. Diqqatning ko’chishi deganda biz uni 1 narsadan 2-narsaga yoki faoliyatini 1-turidan 2-siga o’tishini tushunamiz. Diqqatning bo’linishi bir vaqtning o’zida diqqatni 1 dan ortiq ob’ektga taqsimlashdir. O’qituvchi sinfdagi har bir o’qituvchini nazoratsiz, e’tiborsiz qoldirmasligi kerak. Masalan o’quvchi ona tili darsida doskadagi yozuvni o’qiydi, aytib turib yozadi. U birdaniga 3 ta faoliyatni bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |