Reja: Diplomatiya tushunchasi


XX asr 90-yillarida xalqaro munosabatlarning o`ziga xosligi



Download 417,5 Kb.
bet16/18
Sana29.04.2022
Hajmi417,5 Kb.
#593475
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
diplomatiya 2 (2)

XX asr 90-yillarida xalqaro munosabatlarning o`ziga xosligi
Reja:

  1. XX 90-yillarida yangi siyosiy vaziyatning o`rnatilishi

  2. NATOning mavqeyining o`rtishi

  3. Ko`p qutbli dunyoning shakllanishi

XX asrning ikkinchi yarmi iqtisodiy va siyosiy tendensiyaning o’sishi bilan xarakterlanadi. Bu hol, birinchi galda, bir qator xukumatlararo va noxukumatlararo xalqaro tashkilotlarning tuzili­shi bilan ifodalanadi. Agar Ikkinchi jahon urushiga qadar bunday tashkilotlar soni bir necha o’ntani tashkil etgan bo’lsa, hozirgi davr­da birinchi turdagi tashkilotlarning soni bir necha yuztani, ikkinchi turdagi tashkilotlar esa deyarli 2500 tani tashkil etadi. Ikkinchi jahon urushi tugagandan so’ng, biroz vaqt o’tar-o’tmas BMT, NATO, GATT, XVF, Jahon banklari tashkil topgan bo’lsa, Yevropa Ittifoqi, Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OESR) va hozirgi davrda faoliyatlari to’xtatilgan O’IYoK va Varshava Shartnomasiga poydevor qo’yilgan edi.


Hozirgi zamonaviy dunyoda davlatlar guruhlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, Yevropa Ittifoqi, Amerika Davlatla­ri Tashkiloti, Neftni eksport qiladigan davlatlar tashkiloti (OPEK), Afrika Birligi Tashkiloti, Islom Konferensiyasi Tash­kilotlari muxim rol o’ynamoqda. AQSh, Kanada va Meksika dav­latlari a’zo bo’lib kirgan Shimoliy Amerika mintaqasidagi erkin savdo zonasi (NAFTA)ni tashkil etish nihoyasiga yetdi. 1989 yilda Osiyo-Tinch okeani Iqtisodiy Kengashi (ALEK) tashkil topdi. Osiyo Taraqqiyot banki, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari Assosiasiyasi (ASEAN) va boshqa Ittifoqlar xamda birlashmalar muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda.
Bunday tashkilotlarning soni doimo ortib bormoqda, faoli­yat yurgizayotgan tashkilotlarning funksiyalari esa kengaymoqda. Turli davlatlarning siyosiy partiyalari o’rtasidagi transnasional xamkorliklari keng ko’lamda faoliyat yurgizmoqda. G’oyaviy nuqtai nazarlari bir-biriga mos keladigan partiyalarning raxbarlari partiyalarga xalqaro tus berishga, ularni xalqaro maydonda jipslashtirish va koordinasiya qilishga harakat qilishmoqda. Bunga shu holat guvohlik beradiki, 1961 yilda tarkibiga turli davlatlar­dagi sentristik partiyalarni o’z ichiga olgan Butunjahon xristian Demokratik Ittifoqi tashkil topgan edi. 1983 yilda G’arbiy Yevro­pa davlatlaridagi Konservativ partiyalarni, AQShning Respubli­kachilar partiyasini, Yaponiyaning Liberal-demokratik partiyasi va Avstraliya konservatorlarini birlashtirgan Xalqaro Demokratik Ittifoq ham tashkil topgan edi.
Hozirgi davr jahon siyosatidagi asosiy omillardan biri sifa­tida xar yili o’tkazib turiladigan "Katta sakkizlik'' yig’inlarini ta’kidlab o’tishimiz mumkin. "Katta sakkizlik»ga AQSh, GFR, Fran­siya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Italiya, Kanada va Rossiya kabi indus­trial jihatdan taraqqiy etgan davlatlar kirib, bu davlatlarning boshliqlari har yili iqtisodiyot va tashqi siyosatning muxim masa­lalari yuzasidan fikrlashib, muammolarni bartaraf qilish uchun to’planadi. Sakkizlikning bu yig’inlarida asosiy diqqat-e’tibor iqtisodiy o’sishni ta’minlash, tashqi iqtisodiy aloqalardagi iz­dan chiqqan muvozanatni tiklash, inflyasiya, ishsizlik va boshqa muammolarga e’tibor beriladi. Harbiy-strategik, tashqi siyosiy va boshqa masalalar ham muhim o’rin tutadi.
Yevropadagi integrasion jarayonlar boshqa hududlardagiga nis­batan muvaffaqiyatli kechdi. 1948 yilga keliboq Fransiya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg o’rtasida "Bryussel Pakti" ("G’arbiy Ittifoq") deb nom olgan xujjat imzolangan bo’lib, bu Shartnoma harbiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda hamkorlik qilishni ko’zda tutgan edi. O’sha yilning may oyida Yevropani birlashtirish g’oyasini ilgari surgan Gaaga Kongressi bo’lib o’tdi, 1949 yilda Yev­ropa Kengashi tashkil topdi. Yevropa Kengashi inson huquqlarini ximoya qilish, Yevropa qit’asida qonun ustuvorligi va Parlamentar-demokratiyani ta’minlash, Yevropa davlatlari o’rtasidagi shartnomaviy munosabatlarni rivojlantirish va "umumevropaviy ongni shakllantirish kabi masalalarga o’z diqqat-e’tiborini qaratdi. Natijada Buyuk Britaniya Yevropadagi integrasion jarayonlardan ma’lum bir muddatga uzoqlashgan bo’lsa, GFR esa jarayonning faol ishtirokchisiga aylandi. G’arbiy Yevropa integrasiyasidagi si­yosiy yo’nalish o’rniga, iqtisodiy yo’nalishga asosiy diqqat-e’tibor qaratildi. 1951 yilga kelib Fransiya Tashqi ishlar vaziri Shuman tashabbusi bilan Yevropaning Ko’mir va Po’lat Birlashmasi (YeKPB) tashkil topdi. Bu tashkilotga Fransiya, GFR, Italiya va Benilyuks davlatlari a’zo bo’lib kirdi. YeKPB bu strategik sohaning xomashyosi va mahsulotining umumiy bozorini vujudga keltirdi. Shu tash­kilot doirasida millatlar ustidan boshqaruvning mexanizmlari muvaffaqiyatli sinovdan o’tdi. 1957 yilda "oltilik" YeKPB bazasida Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatini tuzish to’g’risida Rim Kelishuvlarini imzoladi. Bu tashkilot a’zo davlatlarning iqtisodiy tizimini integrasiya qilish jarayonlariga e’tibor qaratdi. YeIH doirasida bir qator Xalqaro institutlar - Kengash (ministrlar darajasida a’zo davlatning veto berish huquqini koordinasiya qiladigan oliy organ), Komissiya (asosiy ijro etuvchi organ). As­sambleya (konsultativ organ, keyinchalik Yevroparlament deb atalgan) va Sud (Oliy arbitraj sud) tashkil etildi.
Dastlab YeIHga a’zo bo’lgan davlatlarning siyosiy suvereniteti to’la saqlanib qolgani holda, integrasiyaning asosiy yo’nalishlari sifatida bojxona bojlaridan asta-sekinlik bilan voz kechish, moliyaviy qonunchilikni bir xillashtirish va yagona agrar siyosatni olib borish kabilar belgilab olindi. Bu vazifalar deyarli 1968 yilga kelganda bajarib bo’lingan edi. 60- yillarning oxirlariga ke­lib G’arbiy Yevropa integrasiyasi jarayonlarining ikkinchi bosqichi boshlangan edi. 1969 yilda ''oltilik'' davlat rahbarlarining Gaagadagi yig’ilishida Fransiya Prezidenti J. Pompidu "Integrasiyani nihoyasiga yetkazish, chuqurlashtirish va kengaytirish" Dasturini ilgari surdi. Shu Dastur doirasida 1972 yilda YeIHni kengaytirish amalga oshirildi. Hamjamiyat tarkibiga Bugok Britaniya, Ir­landiya va Daniya kirdi. Bu jarayon to’xtab qolmadi va keyinchalik yana Ispaniya, Portugaliya va Gresiya, 1995 yilning 1 yanvaridan esa Avstriya, Shvesiya va Finlyandiya ham qo’shildi. 2007 yil yanvariga kelib Yevropa Ittifoqi a’zolarining soni: 27 taga yetdi. 2010 yilga kelib esa YeIH davlatlari soni 28 taga yetdi. 70- yillarnint boshlaridan Valyuta Ittifoqini tashkil etish va YeIH davlatlarining siyosiy integrasiyasini mustahkamlash yuzasidan ham Dasturlar ishlab chiqilgan edi. 2002 yildan YoIH davlatlari yagona pul birligi - yevroga o’tdilar.
1974 yilda ro’y bergan iqtisodiy inqiroz va shundan so’ng G’arb Davlatlarining butun iqtisodiy va texnologik mexanizmlarida ro’y bergan chuqur transformasiyalar tufayli integrasiya jarayonlarida susayish alomatlari sezildi. Shunday bo’lsa-da, 70- yillar mobaynida YeIHning qishloq xo’jaligidagi siyosatini ("Yashil Evpopa', Dasturi) yanada mustahkamlashga, Yevropada yagona hisob-kitob bir-ligi (EKYu)ni joriy etishga va milliy valyutalar kurslarining o’zgarishini koordinasiya qilish amaliyotini tatbiq etish kabi masalalarning asoslarini mustahkamlashga erishildi. 70-80- yil­lar mobaynida YIHga a’zo davlatlarning texnologiya sohasidagi hamkorligi ko’zga ko’rinarli darajada taraqqiy etdi. FAST (tex­nologik tarakqiyotni prognozlashtirish sohasida), ESPRIT (axborotlashtirish tizimi sohasida) va "Evrika" (iqtisodiyotning asosiy sohalarida texnologik rivojlantirishning kompleks in­tegrasiyasi) Dasturlarini amalda tatbiq etish G’arbiy Yevropaning jahonning ilg’or markazlaridan biriga aylanishiga imkoniyat yaratdi.
70- yillarning oxirlariga kelib siyosiy integrasiya sohasida ham ko’zga ko’ringan o’zgarishlar yuz berdi. YeIH Kengashining nufu­zi ancha ortdi. Kengash ishida, asosan, Hamjamiyatta a’zo davlatlar­ning hukumat va davlat rahbarlari ishtirok eta boshlagan edi. 1978 yildan boshlab Yevroparlamentga to’g’ridan-to’g’ri saylovlarning o’tkazila boshlashi uning xalqaro tashkilot sifatidagi statusini yanada oshirib yubordi. Yuqorida o’tkazilgan tadbirlar 80- yillar­ning birinchi yarmiga kelib irinsipial jihatdan integrasiyaning yangi bosqichi - Yevropa Ittifoqini shakllantirishga poydevor yaratdi. Hamjamiyatni strukturaviy jihatdan yangi bosqichga ko’tarish uchun bir kator tadbirlarni amalga oshirish jarayonlari nihoyatda og’ir kechdi. 1992 yilda Maastrixtda imzolangan Shartnomagina Yev­ropa Ittifoqining shakllanishida muhim qadam bo’ldi. Maastrixt Shartnomasining asosiy maqsadi iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, axborot va madaniy sohalarni birlashtirgan yagona makonni tashkil etishdan iborat edi.
1993 yilning 1 yanvaridan boshlab YeI hududlarida yashayotgan 350 mln dan ortiq yevropaliklarga YeIga a’zo davlatlar hududlarida erkin harakatlanish huquqi berildi. Xizmat ko’rsatish, mahsulot va sarmoyaning yagona bozori shakllandi. Hukumatlar qonunchilikni bosqichma-bosqich yagonalashtirishni boshlab yubordi. Yaqin kelajakda valyuta tizimlarini batamom birlashtirish, YeI fuqarolarining yagona institutini tashkil etish, Yevropa davlatlarining harbiy-siyosiy jihatdan yaqinlashuvi va xavfsizlik tizimini yanada mustahkamlash bo’yicha bir qator tadbirlarni o’tkazish rejalashtirib qo’yilgan edi. Maastrixt Shartnomasi YeIning keyingi yillarda rivojlanishining asosiy yo’nalishlarini belgilab bergan edi.

Download 417,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish