Reja: Dinshunoslik fanining predmeti, sohalari va jamiyatdagi vazifalari 2



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/55
Sana31.12.2021
Hajmi1,08 Mb.
#216208
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
oCMIdOMpFYjhvHHF3kD8QphFlblXekcp

3.  Protestantizm  dini.  Protestanizm  tarixi  Martin  Lyuterdan  (1483-1546)  boshlanadi.  U 

birinchi  bo‘lib  katolik  cherkovi  bilan aloqani  uzdi va  protestant  cherkovining asosiy  qoidalarini 

ishlab  chiqdi  va  uni  himoya  qildi.  Bu  nizomga  ko‘ra,  insonning  Xudo  bilan  bevosita  muloqoti 

mumkin.  Lyuterning  diniy  va  dunyoviy  hokimiyatga  qarshi  chiqishlari,  katolik  dindorlarning 

imonni  va  vijdonni  inson  bilan  Xudo  o‘rtasidagi  vositachi  sifatida  nazorat  qilish  haqidagi 

mulohazalarga qarshi chiqishi jamoatchilik tomonidan favqulodda diqqat bilan tinglandi. 

Protestantizmning  mohiyatiga  ko‘ra,  ilohiy  lutfu  marhamat  insonlarga  cherkovning 

vositasisiz,  bevosita  in’om etiladi. Inson  najot topishi uning shaxsiy e’tiqodi va Isoning vositasi 

orqali  ro‘y  beradi.  Avom  ruhoniylardan  farqlanmaydi,  ruhoniylik  hamma  dindorlarga  bir  xilda 

joriy etiladi. 

Protestantlik  diniy  marosimlarning  ko‘pchiligini  bekor  qildi,  faqatgina  lyuteranlikda  non 

va vino bilan cho‘qintirish saqalanib qoldi. 

O‘lganlarga  bag‘ishlangan  duo  o‘qish,  aziz-avliyolarga  sig‘inish,  muqaddas  murdalarga, 

sanamlarga topinish bekor qilindi. Ibodat uylari ortiqcha hashamlardan, mehroblardan, sanamlar, 

haykallardan tozalandi, ruhoniylarning uylanmaslik shartlari bekor qilindi. Bibliya milliy tillarga 

tarjima qilindi, uni sharhlash har bir xudojo‘yning eng muhim burchi bo‘lib qoldi. 

Asrorlardan  faqat  cho‘qinish  va  mansublik  (cherkovga)  e’tirof  etiladi.  Ibodat  va’z-

nasihatlar,  birgalikdagi  ibodat  va  suralarni  kuylashdan  iborat  bo‘ldi.  Protestantlar  Bogoroditsa 

shaxsiyatini, a’rofni tan olmaydilar. 

Lyuter  tomonidan  tuzilgan  reformatsiya  bosh  taomillari  95  tezis  shaklida  yozib  bergan. 

Ular  Vittenbergning  Nasriy  cherkovining  shimoliy  eshiklariga  yozib  qo‘yilgan.  Mana  shu 

tezislardan biri:  Iso payg‘ambar:  «Tavba  qiling, chunki samoviy  shohlik  yaqinlashib qoldi»  deb 

jar  solganida  shuni  ta’kidlaydiki,  imon  keltirganlar  hayoti  boshdan-oyoq  to‘xtovsiz  tavba-

tazarrudan iborat bo‘lmog‘i darkor. 




Tavba-tazarru  ruhoniy  (avliyo)  oldidagi  birgina  tazarrudan  iborat  emas.  Birinchi  to‘rt 

tezisda, Lyuter ta’kidlaydiki,  haqiqiy tavba uzoq muddatli jarayondir, birgina xatti-harakat bilan 

ro‘yobga chiqmaydi. 

Papa  faqat  o‘zi  belgilagan  jazoni  olib  tashlashi  mumkin.  CHerkov  hech  qaysi  samoviy 

jazodan  insonni  ozod  qila  olmaydi.  Tavba-tazarru  qonunlari  tiriklar  uchun  joriy  qilinadi 

(belgilanadi).  Bu  erda  va  keyingi  bir  qancha  tezislarda  papaning  a’rof  ustidan  hukmronligi  rad 

etiladi. 

«Ruhlar uchun indulgensiya olgan shaxslarga tavbu-tazarru qilish talab qilinmaydi», degan 

ta’limot Iso ta’limoti emas. CHindan tavba qilgan kishilarni Xudo gunohlarini kechadi va abadiy 

azobdan ozod qiladi. Gunohkor papa yorlig‘isiz ham bunday mag‘firatdan umid qilishi mumkin. 

Lyuter  bir  necha  tezislarda  ta’kidlaydiki,  chindan tavba  qilgan,  nadomat  chekkan  xristian 

(nasoro) «samoviy jazoga shoshilmaydi, ya’ni unga samoviy jazo joriy etilmaydi». 

CHerkovning  haqiqiy  xazinasi  muqaddas  Injil  va  xudo  marhamatidir.  Lyuterning 

ta’kidlashicha, «xayrli amallar xazinasi»ning mavjudligi kambag‘allar uchun emas boylar uchun 

foydalidir,  bu  xazinalarga  papa  marhamati  bilan  emas,  o‘z  amallari  bilan  erishuvi  mumkin.  Bu 

xil vositalar bilan Xudoning mehrini qozonmoqni Lyuter sarob deb ataydi. 

Haqiqiy  xristian  Isoga  ergashish  istagi  bilan  yonmog‘i  zarur.  Najot  yo‘li  ruxsatnoma 

yorlig‘ida emas, balki chin yurakdan nadomat chekmoq va tavba qilmoqdadir. 

1517  yili  31  oktyabrda  jamoatchilik  hukmiga  havola  qilingan  tezislar  shundan  iborat. 

Keyinchalik bu kun protestantlar bayrami bo‘lib qoldi. 




Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish