Reja: Dinshunoslik fanining predmeti, sohalari va jamiyatdagi vazifalari 2



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/55
Sana31.12.2021
Hajmi1,08 Mb.
#216208
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55
Bog'liq
oCMIdOMpFYjhvHHF3kD8QphFlblXekcp

Buddaviylikning tarqalishi. 

 Buddaviylikning  yoyilishida  Sangxa  -  buddaviylik  jamoalarining  roli  katta  bo‘lgan.  Ular 

yilning  ob-havosi  yaxshi  bo‘lgan  9  oyida  shaharma-shahar,  qishloqma-qishloq  yurib,  ular 

aholisini  buddaviylikga  da’vat  qilib  ularga  Budda  ta’limotini  o‘rgatib  yurishgan.  Faqatgina 

Musson  yomg‘irlari  tinmay  quygan 3  oydagina  o‘z  ibodatxonalarida  muqim  bo‘lib  ibodat bilan 

shug‘ullanganlar. 

Eramizdan  avvalgi  273-232  yillarda  hukmronlik  qilgan  Imperator Ashoka  davri  buddaviylikning 

keng  hududga  yoyilishiga  katta  imkoniyatlar  yaratdi.  Ashoka  o‘zining  ilk  hukmronlik  paytidanoq 

buddaviylikka e’tiqod qila boshladi. U buddaviylikka, monaxlariga, ularning Hindiston bilan chegaradosh 

davlatlarga qilgan missionerlik harakatlariga xayrixohlik qildi. Ular o‘z da’vatlari asosida biron-bir erlik 

aholi  yoki  ruhoniylar  tomonidan  qarshilikka  uchrasalar,  ular  hech  qanday  qarshi  harakat  qilmay,  o‘z 

yo‘llarida davom etganlar. Agar mahalliy aholi tomonidan o‘zlariga nisbatan xayrixohlik sezsalar, o‘sha 

erga ko‘proq ahamiyat berib, ularni ko‘proq da’vat qilishgan. 

Buddaviylik  jamoalari  har  qanday  boshqa  din,  madaniyat  yoki  urf-odatlar  qamrovida  yoki 

aralashuvda  bir  necha  yuz  yillab  o‘zlarini  saqlab  qolish,  hamda  fursat  kelganda  ularga o‘z ta’sirlarini 

o‘tkazish  qobiliyatiga  egadirlar.  Ularni  bu  xususiyatlari  Hindistonda  musulmon  hukmdorlar  davrida, 

SHri-Lankada  portugallar,  gollandlar  va  inglizlar  mustamlakasi  davrida,  Xitoy  va  YAponiya 

konfutsiychilari  davrida,  Janubi-SHarqiy  Osiyoga  buddaviylikning  yoyilishida  yaqqol  namoyon 

bo‘lgan. 

SHunday  qilib,  buddaviylik  eramizdan  avvalgi  1  ming  yillik  oxirlarida  SHri-Lankaga  va 

O‘rta  Osiyo  hamda  Old  Osiyoni  o‘z  ichiga  olgan  Kushon  imperiyasiga  kirib  keldi.  Bizning 

diyorimizda  olib  borilgan  arxeologiya  qazish  ishlari  asnosida  O‘ratepa,  Dalvarzintepa,  Quva, 

Zartepa,  Qorovultepa,  Ayritom  mavzelaridan  topilgan.  SHakyamuni  sanamlari,  hayvon 

haykalchalari,  ramziy  g‘ildiraklar  va  stupa  qoldiqlarining  guvohlik  berishicha  Kushon 

imperiyasida buddaviylikka katta ahamiyat berilgan. 

Buddaviylik  eramizning  I  asrida  Xitoyga,  IV  asrda  Koreyaga,VI  asrda  YAponiyaga,VII  asrda 

Tibetga, XIII asrdan XVI asrgacha Mongoliyaga, XVII asrdan XVIII asrlargacha Buryatiya va Tuvaga, 

XIX-XX asrlarda Amerika va Evropa qit’alariga kirib borgan. 

Xitoy  manbalarining  xabar  berishicha  buddaviylik  Xitoy  hududiga  kirib  borishida 

diyorimizdan  borgan  budda  olimlarining  xissasi  katta  bo‘lgan.  Taxminan  30  ga  yaqin  da’vatchi 

olimlar Xitoyning turli shaharlarida budda ta’limotini yoyganlar. Xanuzgacha Samarqand, Buxoro, 

SHoshdan borgan budda olimlarining maqbaralari muqaddas joy sanaladi.  

Buddaviylik o‘z ta’limotida hech qachon boshqa xudolarga sig‘inishni ta’qiqlamagan. Balki 

ularga ibodat qilish insonga vaqtincha tasalli berish mumkin. Biroq, nirvana holatiga olib bormaydi 

deb aytgan. SHu sababli buddaviylik ta’limoti turli joylarda yoyilishi bilan ular ibodat qilib kelgan 

xudolari yoki ulug‘langan shaxslari timsollari ibodatxonalarni egallagan. 

Masalan,  Hindistonning  buddaviylikka  mansub  xudolari  «dunyoni  yaratuvchi  Braxma», 

«chaqmoq  va  momaqaldiroq  xudosi  Indra»,  «hunarmandchilik  ishlari  xudosi  Xatimanu», 

Tibetda:  «Tibet  eposi  qahramoni  Baser»  timsoli,  Mongoliyada  CHingizxon  kabi  milliy  panteon 

buddaviylik  ilohlari  sifatiga  aylandi.  Biroq  bu  panteonlar  Nirvana  holatiga  olib  bormaydi. 

Faqatgina Budda nirvanaga olib boradi va insonni qiynoqdan qutqaradi. 




Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish