Zaydiya fiqhining o’ziga xos tomonlari quyidagilar:
Ahl al-kitob (samoviy kitobga ega bo’lgan boshqa din vakillari: yahudiylar, xristianlar, sobilar) tomonidan so’yilgan hayvon go’shtini yeyish, lekin ular bilan quda-andachilik qilish harom;
mahsi (oyoq kiyim)ga mash tortish joiz emas.
Zaydiya mazhabiga mansub asosiy manbalar – Zayd ibn Alining «al-Majmu’» asari va unga sharh sifatida yozilgan SHarafaddin al-Husayn ibn Ahmadning «ar-Ravd an-nodir» kitobi hisoblanadi. Zaydiylar SHimoliy Afrikada Idrisiylar (789-926), Tabaristonda Zaydiylar (863-928), YAman (901-1962) davlatlariga asos solganlar. Zaydiya firqasi vakillari hozirgi kunda Yaman Arab Respublikasi, Saudiya Arabistonida, Pokistonda yashaydilar. Bu firqa bir necha mayda firqachalarga bo’lingan. Ular orasidan jorudiya, sulaymoniya, butriya (solihiya), qosimiya, nosiriya, hoduviyalarni zikr etish mumkin.
_______________________________________
4-Mavzu. Glossariy
Chop etish uchun versiya
Do'stlaringiz bilan baham: |