Xristianlikning vujudga kelishi, ta’limoti.
Xristianlik jahon dinlaridan biri bo’lib, eramiz 1-asrining 2-yarmida Rim imperiyasining sharqiy viloyatlarida ko’p xudolik dinlari o’rniga qullar va mazlum elatlarning dini sifatida yakka xudolik (monoteistik) tarzda shakllangan. Xristianlik Falastin va O’rta yer dengizi yahudiylari dinlari doirasida vujudga kelgan va o’nlab yillardan keyin esa boshqa, asosan geografik jihatdan qaralganda Rim imperiyasi bilan bog’liq yoki uning siyosiy va madaniy ta’sirida bo’lgan xalqlar orasida tarqalgan. YAngi va eng yangi tarix davrlarida u mustamlakachilik siyosati va missionerlik natijasida yevropadan tashqariga ham tarqalgan. Xristianlik yevropa, Amerika, Avstraliya hamda qisman Afrika va Osiyo qit’alariga tarqalib dunyo xalqlarining deyarli uchdan birini (2 milliardini) tashkil etadi.
Xristianlik vujudga kelishini Bibliyaning xabar berishicha, Iisus Xristos faoliyati bilan bog’lab tushuntiriladi.
Xristianlikning vujudga kelishida sharq dinlarining ham ta’siri bo’lgan. Jumladan, misrliklarning Osiris va Isida, eronliklarning Mitra, yahudiylikning Muso haqidagi rivoyatlari, oxirat to’g’risida hikoya qiluvchi har xil rivoyatlar ham xristianlik ta’limotiga kiritilgan.
Xristianlikdagi odam-xudo to’g’risidagi tushunchani ishlab chiqishda yagona imperiyaga birlashgan Rim imperatorlarining yakka Xudolik to’g’risidagi ichki siyosati ham katta ta’sir ko’rsatgan.
Xristianlik boshqa jahon dinlari kabi mutlaq, abadiy, o’zgarmas karomatni, bilimni, benihoya qudratning egasi bo’lgan yakka xudo haqidagi g’oyani asoslaydi. U uch ko’rinishdagi yakka xudoni o’zida mujassamlashtirganlik aqidasini yaratgan. Uch xil ko’rinishdagi xudo haqidagi ta’limotga binoan, xudoning ichki hayeti sababi o’z-o’zidan mavjud bo’lgan uchlikdagi uch asos yoki "muqaddas uchlik" bo’lgan - ota-xudo, o’g’il-xudo va muqaddas ruhning o’zaro munosabatidir. O’g’il Iso bayon qilingan tarjimai holiga ko’ra ota-xudodan, muqaddas ruh ham ota-xudodan yaratilgan (pravoslav yo’nalishi ta’limoti), (katolitsizmda esa ota-xudo va o’g’il-xudo ham xudodan tug’ilgan).
Xristianlikdagi yo’nalishlar. Xristianlikning shakllanib turli mamlakatlarga yoyilishi, ijtimoiy hayotda yuzaga kelgan siyosiy, iqtisodiy, madaniy, manaviy siljishlarga ham duch kela boshlagan. Boshqa jaxon dinlari kabi unda ham turli yo’nalishlar, mazhablar, sektalarga bo’linish jarayoni sodir bo’lgan.
Protestantlik - bu ham xristianlikdagi yana bir yo’nalish bo’lib, katolitsizm va pravoslaviyedan farqli o’laroq, diniy qarashlar hamda, cherkovlar orasidagi munosabatlar jihatidan bir xil bo’lmagan yo’nalishlarni faqatgina kelib chiqishi jihatidan bir-birlari bilan, XVI asrdagi yangilanish harakati bilan bog’liq bo’lgan kupgina diniy jamoalar, cherkovlar, mazhablar yuzaga keldi.
Protestantlik umumxristianlik asoslari va qarashlarini e’tirof etish bilan bir qatorda, u gunoxdan xalos bo’lishning yangi usullarini ilgari surdi. Iso Masihning kishilar gunohini yuvishga qaratilgan o’zini-o’zi qurbon qilishiga ishonch, dinga ishonuvchi barcha kishilarning ruhoniy bo’lishi mumkinligiga ishonch, Bibliyaning oliy nufuziga ishonch orqali xalos bo’lish ana shular jumlasiga kiradi. SHunday qilib protestantlik xudojo’ylikning asosiy talabini dinda odamning tashqi ko’rinishidan ichki hayotiga olib o’tdi va uni ixtiyoriy diniy ishonch bilan bog’ladi. Protesttantchilik Bibliyaga sig’inishning o’ziga xos shaklini qaror toptirdi. Bu bilan protestant islohotchilari dastlabki xristianlikning oliy maqsadlarini, dindorlarni axlokyay jihatdan tarbiyalashga va jamiyatni ma’naviy jihatdan sog’lomlashtirish uchun ko’maklashishlarga aloxida e’tibor bermoqda. SHuningdek, u ilohiyetchilikka oid bo’lgan qarashlar sistemasining ayrim elementlarida pravoslaviyedagi boshqa, shu qatorda islom bilan bir-biriga tutash bo’lgan umumiy aloqalarni izlamokdalar; fan namoyandalari va jamoatchilik vakillari bilan aloqalarni rivojlantirmoqdalar. Ular pravoslavlar bilan musulmonlar diniy boshqarmalari o’rtasidagi mulokotlarni rivojlantirishga qaratilgan ko’pgina yirik tantanali anjumanlar chaqirilishining tashabbuskori bo’lmoqdalar.
Protestantlik diniy marosimlarning ko’pchiligini bekor qilgan (faqatgana lyuteranlikda non va vino bilan cho’qintirishlar saqlanib qolgan). O’lganlarga bag’ishlab duo o’qish, aziz-avliyolarga sig’inish, ular sharafiga turli-tuman bayramlar o’tkazish, muqaddas murdalarga, sanamlarga topinishlar bekor qilingan. Ibodat uylari ortikcha bezaklardan, mehrob, sanam, haykallardan xoli qilingan, monostirlar va monaxlikdan ham voz kechilgan, ruhoniylarning uylanmaslik sharti bekor qilingan. Bibliya milliy tillarga tarjima qilindi va uni sharhlash har bir xudojo’yning eng muhim burchi bo’lib qoldi.
Lyuteranlik, anabaptizm, anglikanlik, kalvinizm, svingchilik protestantlikning ilk shakllari bo’lgan. Keyinchalik "so’ngti protestantlik" umumiy nomi bnlan ma’lum bo’lgan bir qancha diniy oqimlar, tashkilotlar paydo bo’ldi.
Markaziy Osiyoda ham protestantlik muxlislari uchraydi. Lyuteran jamoalari a’zolari Kirg’izistonda, Qozog’istonda va Tojikistonning Janubiy tomonlarida, Turkmanistonda, O’zbekistonda, chunonchi Sirdaryo, Farg’ona viloyatlarida yashaydilar. Bular asosan nemis millatiga mansub bo’lgan dindorlardir. Toshkentdagi lyuteranlarga, diniy toat-ibodatlarini bajarishlari va umumiy diniy ehtiyojlarini qondirish uchun ular ixtiyoriga 30-yillarda qurilgan Kirxa berilgan. Dushanbada ana shunday diniy maqsad uchun dindorlarning mablag’lari xisobiga va keng jamoatchilikning, jumladan xorijiy mamlakatdagilarning ishtirokida yangi Kirxa qurilgan. Bu jamoada diniy hayot bilan bog’liq cho’qintirish, marhumga janoza o’qish, balog’at yoshiga yetganlarni dindorlar safiga qo’shish va nikoh o’qitish marosimlari o’tkaziladi. Diniy bayramlar muntazam nishonlanadi, diniy targ’ibotlar, va’zlar o’qiladi, diniy muloqotlar tashkil qilinadi.
Markaziy Osiyoda boshqa protestant yo’nalishlari ham mavjud bo’lib, ular baptistlar, adventistlar, iyegovistlar, pyatidesyatniklar, menonitlar deb ataladi. Bu sektalar hozirgi sharoitdagi tarixan o’zgarishlar ta’sirini o’zida muayyan tarzda ifoda etgan diniy jamoalar va guruxlardan iborat. Ular kelib chiqishi jihatidan eski rus sektantchilik shakllariga, protestantchilik harakatiga, pravoslaviyadagi eskicha marosimchilik va boshqa yo’nalishlarga, ya’ni 1917 yildan oldingi cherkovlar orasida ziddiyatlar kuchaygan sharoitlarga borib taqaladi.
Sektantchilikning ikkinchi toifasiga G’arb mamlakatlarida kapitalizm taraqqiyotining turli bosqichlarida vujudga kelgan va Rossiya imperiyasi hududida, jumladan, Turkistonda ham burjua munosabatlari shakllanish jarayonida va faol missionerlik harakatlari natijasida qaror topgan sektantchilik kiradi. O’z muxlislarining soni jihatidan eng kattasi - baptistlar (yunon. suv bilan cho’qintirish) birlashmasidir. O’zbekistondagi xristian sektalarining 65 foizdan ko’prog’ini baptistlar tashkil qiladi. Diniy ta’limot va marosimchilik borasida baptizm an’anaviy protestantchilik asoslariga tayanadi va o’zining yangi asoslarini ham yaratadi, ular balog’at yoshiga yetganlarni yangitdan cho’qintirishadi va o’z saflariga qo’shishib, bu marosimni tabiiy suv havzalarda bajaradilar. CHo’qintirish, non va vinoni tatib ko’rish kabi sirli marosim sifatida emas, balki ramziy marosimlar, harakatlar sifatida qabul qilinadi. Ibodat uylarini jihozlashda xristianlikning ramziy belgilari ishlatilmaydi. Ibodat Bibliyani o’qish va sharhlashdan iborat bo’lib, targ’ibot va ashula aytishlar bilan qo’shib olib boriladi.
O’zbekistonda baptizm XIX asrning oxirlaridan beri mavjud bo’lib, uning Toshkentdagi jamoalari, shu jumladan, "Ettinchi kun" adventistlari Islohchi-adventist, pyatidesyatniklar, menonchilik, injilchi-xristian baptistlar kengashi, iyegova shohidlari kabi protestantchi jamoalari mavjud.
Protestantlik boshqarmalarining Markaziy Osiyo rahbariyati o’z diniy faoliyatlarini yanada faollashtiradigan vositalarni muntazam tarzda izlamokda, shuningdek jamoalarning tuzilishlarini mustahkamlaydigan jidsiy tadbirlar bilan shug’ullanib targ’ibot-tashviqot ishlariga alohida e’tibor qaratib, diniy g’oyalarni, ibodatlarni hozirgi sharoitga moslashtirib, zamonaviylashtirmoqda. Bu hol Markaziy Osiyo protestantlik yo’nalishlaridagi jamoalar va ularning muxlislari soni jihatidan birmuncha ko’payishiga, dindorlar orasidagi muayyan boshboshdoqlik kayfiyatlari yuzaga kelishiga ham sabab bo’lmokda.
Hozirgi kunda Markaziy Osiyodagi protestantlik birlashmalari yangi mustaqil respublikalarda demokratik o’zgarishlarni muvofiqlashtirishga intilayaptilar va islohot jarayonlarining rivojlanish to’lqinlarida targ’ibot ishlarini faollashtirmoqdalar, qolaversa dindorlarning ijtimoiy jarayonlardagi faol ishtiroklarining o’zlariga ma’qul shakllarini belgilamoqdalar.
Ma’lumki, dinlar va dindorlar orasidagi o’zaro xamfikrlik va muloqotlar jamiyat taraqqiy etgan sari rivojlanib boradi. Dinlar orasidagi muloqotlar, hozirgi davrning asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib, xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan masalaga aylanmoqda. O’rta Osiyo dindorlari orasidaga aloqalar, munosabatlarning yanada chuqurlashuvi ular rahbariyati va oddiy dindorlarning eng dolzarb ma’naviy-axloqiy muammolarini, tabiatni asrash va uni muhofaza qilish, bolalar va qariyalar haklda g’amxo’rlik, tinchlikni saqlash va xayriya ishlari, jamiyatiing demokratik jarayonlariga va uning ijtimoiy, siyosiy jihatdan rivojlanishiga ko’maklashish bilan bog’liq masalalarni hal qilishga qaratilgan hamkorliklar asosida rivojlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |