Reja: Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari



Download 30,18 Kb.
bet10/10
Sana20.04.2020
Hajmi30,18 Kb.
#46065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
DINSHUNOS

7)Shomonlik. Shomon so’zi tunguscha so’z bo’lib «jazavali kishi» degan ma’noni anglatadi. Bu so’z keyinchalik butun sibirga, so’ngra Evropaga tarqalib, xalqaro atamaga aylangan.

Shomonlik ibtidoiy jamoa tuzumi emirilayotgan davrda jahonning bir talay xalqlarida vujudga kelgan eng qadimgi binlardan biridi, bu dinning ruhoniysi shomon hisoblanadi. Shomonlar o’z qavmlariga, odam yaxshi va yovuz arvohlar panohida, homiyligida yashaydi, odamning sog’ligi, baxti va taqdiri shularning qo’lida deb tushuntiradilar.
Shomonlar odamlar va ruhlar o’rtasida vositachilik qilaolish qudratiga ega bo’lgan kishilardir. Ular kelajakni oldindan aytib berish, uzoq joylardagi voqealarni bilish, kasalliklarni daf etish, tabiat hodisalarini o’zgartirish, marhumlarni narigi dunyoga kuzatib borish kabi hislatlarga ega bo’lgan ruhoniylardir. Ular g’ayritabiiy qobiliyatga ega bo’lib, ashula aytish, raqsga tushish, nog’ora, childirma chalish yo’li bilan jazavaga tushib, yovuz va saxiy ruhlar bilan bevosita munosabatda bo’laolganliklari uchun kasalliklarni davolash, fol boqish va boshqa amallarni bajarishgan.

Tajribali shomonlar odamda iste’odoli ginozchi, folbin, ko’zboylog’ich, qo’shiqchi, shoir, baxshilar bo’lishgan. Ular bemalol ruhlarni chaqiraolar, ularga iltimoslar, iltijolar qilar, xatto ular bilan kurashaolar edilar. Shomonlar urug’-qabilaning obro’li homiysi, qo’riqchisi, ruhi bo’lganlar.


Shomonlikka da’vogar bo’lgan odam «shomonlik kasali»ga yo’liqishi, xususan ruhiy kasalga uchrashi kerak. Ruhlar bunday odamni o’ldirib, so’ng boshqa qiyofada, boshqa sifatda tiriltirib, qaytadan yaratadilar. Shomonlik iqtidori nasliy hisoblangan.
Turli xalqlarning shomonlari turfa rasm-rusumlarga rioya qilishgan, xar xil kiyinishgan, muqaddas buyumlar va ruhlar to’g’risidagi tasavvurlari ham rang-barang bo’lgan. Masalan, Janubiy Sibir xalqlarida shomonlarning maxsus belgilari: qo’ng’iroqli childirmalari, nog’oralari, surnaylari, turli buyumlar osilgan maxsus kiyimlari va o’z marosimlari bo’lgan. Shomonlik jahon dinlarining shakllanishiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatgan. Hozirgi vaqtda ham inson oyog’i etishi qiyin bo’lgan chet o’lkalarda qisman saqlanib qolgan.
Neolit davridagi yutuqlar odamlarning turmushini, ularning ta’sir etadigan barcha sohalarini tubdan o’zgartirdi. Odam o’simliklarni o’stirish, ozuqa zahiralarini hosil etishni asta-sekin o’rgandi. Bu esa odamni o’troq hayot kechirishga majbur etdi. Qadimda hayvonlarni qo’lga o’rgatdi hamda ular berayotgan mahsulotdan foydalanishni o’rgandi. Bu nafaqat go’sht, balki sut va teridir. Ovqat pishirish bilan tanishishi hamda idishlar yasash odamni yangi muhim materiallarni o’zgartirishga majbur etdi. Odam, ovqat va ichimliklarni saqlash uchun mo’ljallangan idishlar, uy qurish uchun foydalanadigan loyni tayyorlashga o’rgandi. Neolit davri yuqori paleolitdan keskin farq qiladi. Shu jumladan tosh buyumlarini silliqlash va sayqal berish – bu esa muhim farq bo’lib ushbu farq davrga nom berdi.
Neolit davri dehqonlarga yangi ishlab chiqarish imkoniyatlarini berdi. Dehqonlar zich va ko’pchilik guruhlar bilan o’rnashardi. Dushmandan hamda yovvoyi hayvonlardan himoyalangan qishloqlar kengayib, atroflarida kichik qishloqchalar o’rnashar edi. Tinchlik va ovqat bilan ta’minlash, tug’ilish va bolalarni tirik qolishi va o’sishiga imkon berar edi. Aholining keskin ko’payishi yangi erlarni o’zlashtirishga, hayot tarzini o’zgarishi diniy tasavvurlarning rivojlanishiga yangi imkoniyatlar yaratdi. Dehqonchilikning ehtiyojlari hosilni uzoq vaqt sabrsizlik bilan kutishi kerakligi hamda aniq vaqtni hisoblash muhimligi, yil fasllarining stikllarini bilish – bularning barchasi dehqon qabilalarining osmonu-erga, quyoshu-oyga, yomg’iru-shamolga yangi qiziqishini paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Bu degani qudratli ruhlarga bog’liqlik sezilarli va ko’zga tashlanadigan bo’lib qoldi. Iltijo va qurbonlik ularga atala boshlandi. Ammo tabiiy imkoniyatlar to’g’risidagi tasavvurlar keskin o’zgardi. Natijada qadimgi ruhlar – animistik sig’inish ob’ekti asta-sekin o’ta qudratli xudolarga aylandilar. Ular uchun mehrob hamda cherkovlar tashkil etilardi va ularda kechayu-kunduz, dehqonlar jamoasidan maxsus ajratilgan mutaxassis xizmatkorlar – kelajakdagi qohinlar xizmat qilardi. Qadimgi totemistik tasavvurlar ham o’zgardi, dehqonlarni hayoti ov natijasiga bog’liq bo’lmagan holda, hayvonlar qadrlana boshlandi, ammo hayvonlar va totemistik tasavvurlar avlodlar xotirasida saqlanib qolavergan. Bu esa zoomorfik tashqi qiyofani biron-bir sig’inilgan xudoda aks etishiga olib keldi. Aksariyat xudolarning ko’rinishi hayvon, qush, baliqlarning yoki boshi yoki tanasi shaklida bo’lar edi. Bu mifologik qahramonlarning yuqorida aytib o’tilgan xudoga qarindoshligi saqlanib qolgan.
Fetishizmning sokin xarakteri o’zgardi, xudolarning qudratli butlari, mehroblar yoki cherkovlar yoniga o’rnatilgan yirik haykallar shakliga aylandi.
Ba’zan butlar o’rniga ramziy haykalchalar, turli shakldagi toshlar guruhi foydalanildi. Fetishizmning rivojlanishida bu haykal va qurilmalar ibodatxonalarning ramzi bo’lib xizmat qildi.
Download 30,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish