Reja: "Devonu lugʻotit turk" asari haqida ma'lumot



Download 15,26 Kb.
Sana22.05.2023
Hajmi15,26 Kb.
#942157
Bog'liq
Erkaboyeva Sarvinoz.


Mavzu"Devonu lugʻotit turk" asarida etnonimlar

Reja:
1. "Devonu lugʻotit turk" asari haqida ma'lumot


2. "Devonu lugʻotit turk"da etnonimlarning oʻrni
3. "Devonu lugʻotit turk" asaridagi etnonimlarning oʻziga xos xususiyatlari

Mahmud Koshgariy, shubhasiz, o’z davrining yirik tilshunoslaridan biri edi. 


Uning hayoti, ilmiy faoliyatini o’rganish,xususan, lingvistik merosini har tomonlama tadqiq etish filologiya fanimiz uchun ahamiyatlidir. «Devonu lugotit turk» asari o’zbek tili tarixida muhim ahamiyatga ega noyob manbadir. Mahmud Koshgariy keng hududda yashagan qabila va xalqlar tilini, ular tillaridagi farq va birlikni, ayrilish va yaqinlik kabi benihoyat ogir masalalarni aniqladi, ularning tillari haqida mukammal asar yaratdi. Bu bilan u turkiy tillar tarixida, turkologiya ilmida, turkologiya tarixida yuksak o’rin oldi. Devondagi til faktlari yolgiz XI asrgagina oid bo’lmay, ular yana ham qadimgi davrlar tilidan ham namunadir. Chunki Mahmud Koshgariy til faktlariga tarixiy asosda yondashadi. U o’z oldiga til tarixini yoritib berishni asosiy vazifa qilib qo’yadi. Uning o’z so’zi bilan aytganda, u bu asarini tilning qadimgi holini o’rganuvchilarga narvonlik xizmatini qiluvchi qo’llanma, keyingi davrdagi til o’rganuvchi tadqiqotchilarga unga qiyos qilib foydalanishlari va kerakli ilmiy xulosalarni chiqara olishlariga mos ko’prik qilmoqchi bo’lgan edi. Shuning uchun u o’z asarida til faktlarining o’sha davrga xos xususiyatlarini ham, avvalgi holatini ham, qadimgi davrlardan boshlab kitob yozilgan davrgacha yuzaga kelgan o’zgarishlarni ham izohlab beradi. Bu jihatdan devon tilning juda qadimgi tarixini, urugchilik davri tilini ochib berish ahamiyatiga ham ega bo’lgan benihoyat muhim manbadir. Mahmud Koshgariyning «Devonu lugatit turk» asari turkiy etnonimlar tarixiga doir qimmatli ma’lumot beruvchi manba sanaladi. Mahmud Koshgariy o’zi yashagan davrdagi Movarounnahrda yashagan elatlar haqida fikr yuritgan. U umumturkiy oiladagi urugqabila va elatlarning yaqinligi, til birligi hamda o’ziga xos bo’lgan farqli tomonlarini ko’rsatib berishga harakat qilgan va ularning joylashish jugrofiy xaritasini bergan. Mahmud Koshgariy «Devonu lugotit turk» asarida turkiy qabila va urug`larning joylashish o’rnini aniq ko’rsatadi, ularning nomlari ro’yxati va ular haqida ma’lumot beradi. U bu xususda yozadi: «Turklar aslida 20 qabiladir. Har bir qabilaning sanoqsiz allaqancha uruglari bor. Men bulardan asosini, ona uruglarini yozdim, shaxobchalarini tashladim... Rumdan kun chiqargacha bo’lgan musulmon va boshqalarni zikr qildim... Rumga yaqin birinchi qabila 
bajanak, so’ng qipchoq, o’guz, yamak, boshgird, basmil, so’ng qay, so’ng yabaqu, so’ng tatar, so’ng qirqiz keladi. Qirgizlar Chin yaqinidadurlar. Bu qabilalar hammasi Rum yonidan kun chiqargacha cho’zilgandir. So’ng chigil, so’ng to’xsi, so’ng yagma, so’ng igrak, so’ng yaruq, so’ng jumul, so’ng uygur, so’ng tangut, so’ng xitoy. Xitoy – Chindir. So’ngra tavgach; bu Mochindir». Shundan so’ng turkiy qabilalar tarkibiga kelib qo’shilgan s o’gdaq, qanjak, argu, hutanliklar, to’bo’tlar, tangutlar, bismil, bulgar, suvar, bajanak kabilar haqida ham ma’lumot beradi. Bundan tashqari, «Devon»da o’guz qabilasi va uning kichik 22 urugini nomma-nom sanab o’tadi hamda ularning tamgalari to’grisida ma’lumot beradi. Bu qabilalarni bilishga odamlarning ehtiyojlari borligi uchun birma-bir izoh qildim. Bu nomlar u qabilalarning eng qadimgi bobolarining ismidir,” – deydi M. Koshgariy «Devon» da 70 ga yaqin urug, qabila, elat va ularga xos bo’lgan toifalar haqida qimmatli ma’lumotlar bor. Etnooykonimlar ko’p asrlar davomida tabiiy holda yuzaga kelgan nomlar bo’lib, ularning ijodkori, yaratuvchisi oddiy xalq hisoblanadi. Bu nomlar, birtomondan, ma’lum ob’ektning atoqli oti, juda qadimiy so’z bo’lsa, ikkinchi tomondan, xalqning tarixini aniqlashtirishga yordam beradi. Etnonim vaetnooykonimlarni tadqiq etish o’zbek tilidagi atoqli otlar tizimining shakllanishbosqichlari xususida qimmatli ma’lumotlar beribgina qolmay, madaniyat vama’naviyatimizning turli yo’nalishlari bo’yicha keng qamrovli izlanishlar olibborishda muhim ahamiyat kasb etadi.«Devonu lugotit turk» asarida bo’ri¸ kiyik¸ qo’zichoq, laylak, toyloq, qarga, quyon, qulon, qo’shchi, qo’zi, qo’chqor, ilon, burgut kabi etnonimlar mavjud bo’lib, ular totem sifatida muqaddaslashtirilgan jonivorlar nomini anglatuvchi so’zlar asosida yuzaga kelgan. Ayonki¸ tamga (bu so’zning azaliy shakli taqma) – ko’pchilik turkiy va mo’gul xalqlarining chorvachilik bilan bogliq bo’lgan ramziy nishon, belgisi nomi. Ibtidoiy o’tmishda qo’lga o’rgatilgan hayvonlarning ma’lum bir shaxsga yoki jamoaga tegishli ekanligini bildirish uchun tamga shakli va turlari 
o’ylab topilgan, keyinchalik bu belgi urug-qabilaning tugi, tugrosi tasviri sifatida tushunilgan. Narsa mol, mahsulot qabila-uruglarni bir-biridan ajratish uchun qabul qilingan belgi tamga sanaladi. Har bir urug va qabila o’zining maxsus tamgasiga ega bo’lgan. Mahmud Koshgariy «Devonu lugotit turk» asarida 20 ta turkiy qabila haqida ma’lumot bergach, ularni bir-biridan farqlovchi o’z belgi tamgasi borligini eslatib o’tadi. Qabila uruglarni shu tamgalariga qarab farqlanishini ta’kidlaydi
Qavmlar va ularning tamgalari bo’yicha quyidagilarni misol tarzida keltirib o’tish mumkin: qoyi, bayot, alqa uyli, qorauyli, yozir, yasir, dudurga, avshar, qiziq, bekdili, karxin, bayindir, bajana, chovuldur, chapkin, salor, imir, ola yunatli, uragir, igdir, bukdiz, avo, kinik va boshqalar. Ot va qora molning soniga kuydirib bosiladigan belgi-tamga, chorva mollarini bir biridan farqlash vazifasini o’tagan. Keyinchalik uning ma’nosi kengaygan, natijada u etnik atamaga aylangan.«Devonu lugotit turk» asaridagi etnonim va etnooykonimlarni o’rganish jarayonida shunday xulosaga keldikki, ular turli urug va qabilalar yoki ularning vakillari jamoa bo’lib yashagan joydagina vujudga keladi. Etnonim va etnooykonimlarlarning¸ asosan¸ affiksatsiya¸ onomastik konversiya va qisman kompozitsiya usuli yordamida vujudga kelishi ma’lum bo’ldi.
«Devonu lugotit turk» asaridagi etnonim va etnooykonimlarlar grammatik tuzilishi jihatidan appelyativ asosli, formantli hamda indikatorli nomlarga bo’linadi. Appellyativ asosli nomlar tarixiy nuqtai nazardan yasama nom bo’lsa-da, hozirda ular tub holga kelib qolgan. Qipchoq, Mangit, Qalmoq, Matchoyi, Sulduz, Tuyalas, Bahrin, Bagish kabi bir qator etnooykonimlar shunday nomlar sirasiga kiradi. «Devonu lugotit turk» asaridagi etnonim va etnooykonimlar tarixiy-etimologik jihatdan turli tillarga mansubdir. Ularning asosiy qismini turkiy tillarga oid etnonim va etnooykonimlar tashkil qiladi. 
Shuningdek, mo’g`ul, fors-tojik qatlamlariga xos etnonimlar ham uchraydi. Devonu lug`otit turk» asari o’zbek tili tarixida muhim ahamiyatga ega noyob manbadir. Mazkur asarni turli aspektlarda tadqiq etish muhim ahamiyatga ega. Umuman, asarni Mustaqillik yillari o’zbek tilshunosligi qo’lga kiritgan yutuqlar asosida o’rganish tilimizning taraqqiyot bosqichlarini o’rganishga yordam beradi. Devon»da juda ko’p xalq, qabila, toifa nom-lari — etnonimlar tilga olingan. Mahmud Koshg’ariy «Devon»ning bosh qismida turk qabilalari haqida so(z yuritib: bajanak, qipchoq, o’g’uz, yamak, bashg’irt, basmil, qay, yabaku, tatar, qirg’iz, chigil, tuxsi, yag’ma, ig’roq, jaruq, jumul, uyg’ur, tangut, xtoy; kitobning lug’at qismida esa kenjak, arg’u, qayig’, bayot, chig’ay (chig’an), sug’doq, uch, qorluq, o’groq, kucha, bulaq, xalach, aramut, turk-man, qiniq, salg’ur kabi etnonimlarni ham tilga olgan.
Bizning fikrimizcha, toponimika uchun yana bir ahamiyatli manba «Devon»da anchagina uchraydigan etnotoponimlardir. Aramut (joy norni), Arg’u (shahar), Bulg’or dengizi, Bulg’or shahri, Kenjak sangir (shahar), Turk (shahar), Tavg’ach (mamlakat), Uyg’ur (vilo-yat), Yabaqu (suv nomi), Yag’ma (qishloq nomi), Yamak (cho'l nomi) kabilar aslida etnotoponimlardir. Bundan tashqari, doira xari-tada ham g’uziya, Qipchoq yurti, Basmil cho’Ii singari bir qancha o’lkalar tilga olingan. Demak, «Devonu lug’otit turk»dan ayni vaqtda etnonimlar va etnotoponimlar to’g’risida ham juda boy material topish mumkin.
Biroq etnonimlaming etimologiyasi to’g’risida Mahmud Koshg’ariy keltirgan rivoyatlarning hammasini ham to’g’ri deb bo’lmaydi. Ma-salan, u turkman — «tiirkmonatid», ya'ni «turkka o’xshash», chigil — «chi gil»b, ya'ni «bu qanday loy», uyg’ur «xud xo'r», ya'ni «o'zi topib yeydigan» degan so’z bo’lib, bu turk qabilalarining nomlari forscha degan xulosani bildirgan. Tanqidiy foydalanilsa, bu ma'lumotlar et-rtbgrafiya, shuningdek, toponimika uchun ishonchli va boy material bo’lib xizmat qiladi.
Kishi ismlari haqida. Ismlar va toponimlar qadimdan bir-biri
bilan bog’liq. Qanchadan qancha toponimlar kishi ismlari bilan atal-gan bo’lsa, bir qancha ismlar toponimiardan kelib chiqqan.
«Devon»dagi kishilar ismlari shu jihatdan qimmatliki, bir necha arabcha ismlarni istisno qilganda, kishi ismlarining deyarli hammasi qadimiy turkiy bo’Iib, hozirgi vaqtda iste'moldan chiqib ketgan. «Devonu lug’otit turk»dagi 60 dan Ortiq kishi ismlari orasida xon-larning, pahlavonlarning, urug’ boshliqlarining, oddiy kishilarning ismlari, laqablari bor.
Akademik I.Y.Krachkovskiy musulmon mamlakatlarida qullarga va cho’rilarga Yoqut, Zumrad, Kofur (kamfara) kabi asl toshlar yoki xushbo’y moddalar nomlarini qo’yish rasrn bo’lgan deb yozgan edi. Mahmud Koshg’ariy ham bu fikrni isbotlaydi. Demak, Kumush, Tilla (ba'zan Oltin) kabi qimmatbaho metall nomlari bilan atalgan ismlar ham dastlab qul va cho’rilarga qo’yilgan.
«Devon»da juda ko’p xalq, qabila, toifa nom-lari — etnonimlar tilga olingan. Mahmud Koshg’ariy «Devon»ning bosh qismida turk qabilalari haqida so(z yuritib: bajanak, qipchoq, o’g’uz, yamak, bashg’irt, basmil, qay, yabaku, tatar, qirg’iz, chigil, tuxsi, yag’ma, ig’roq, jaruq, jumul, uyg’ur, tangut, xtoy; kitobning lug’at qismida esa kenjak, arg’u, qayig’, bayot, chig’ay (chig’an), sug’doq, uch, qorluq, o’groq, kucha, bulaq, xalach, aramut, turk-man, qiniq, salg’ur kabi etnonimlarni ham tilga olgan.
Bizning fikrimizcha, toponimika uchun yana bir ahamiyatli manba «Devon»da anchagina uchraydigan etnotoponimlardir. Aramut (joy norni), Arg’u (shahar), Bulg’or dengizi, Bulg’or shahri, Kenjak sangir (shahar), Turk (shahar), Tavg’ach (mamlakat), Uyg’ur (vilo-yat), Yabaqu (suv nomi), Yag’ma (qishloq nomi), Yamak (cho'l nomi) kabilar aslida etnotoponimlardir. Bundan tashqari, doira xari-tada ham g’uziya, Qipchoq yurti, Basmil cho’Ii singari bir qancha o’lkalar tilga olingan. Demak, «Devonu lug’otit turk»dan ayni vaqtda etnonimlar va etnotoponimlar to’g’risida ham juda boy material topish mumkin.
Biroq etnonimlaming etimologiyasi to’g’risida Mahmud Koshg’ariy keltirgan rivoyatlarning hammasini ham to’g’ri deb bo’lmaydi. Ma-salan, u turkman — «tiirkmonatid», ya'ni «turkka o’xshash», chigil — «chi gil»b, ya'ni «bu qanday loy», uyg’ur «xud xo'r», ya'ni «o'zi topib yeydigan» degan so’z bo’lib, bu turk qabilalarining nomlari forscha degan xulosani bildirgan. Tanqidiy foydalanilsa, bu ma'lumotlar et-rtbgrafiya, shuningdek, toponimika uchun ishonchli va boy material bo’lib xizmat qiladi.
Kishi ismlari haqida. Ismlar va toponimlar qadimdan bir-biri
bilan bog’liq. Qanchadan qancha toponimlar kishi ismlari bilan atal-gan bo’lsa, bir qancha ismlar toponimiardan kelib chiqqan.
«Devon»dagi kishilar ismlari shu jihatdan qimmatliki, bir necha arabcha ismlarni istisno qilganda, kishi ismlarining deyarli hammasi qadimiy turkiy bo’Iib, hozirgi vaqtda iste'moldan chiqib ketgan. «Devonu lug’otit turk»dagi 60 dan Ortiq kishi ismlari orasida xon-larning, pahlavonlarning, urug’ boshliqlarining, oddiy kishilarning ismlari, laqablari bor.
Akademik I.Y.Krachkovskiy musulmon mamlakatlarida qullarga va cho’rilarga Yoqut, Zumrad, Kofur (kamfara) kabi asl toshlar yoki xushbo’y moddalar nomlarini qo’yish rasrn bo’lgan deb yozgan edi. Mahmud Koshg’ariy ham bu fikrni isbotlaydi. Demak, Kumush, Tilla (ba'zan Oltin) kabi qimmatbaho metall nomlari bilan atalgan ismlar ham dastlab qul va cho’rilarga qo’yilgan.
Mahmud Kosbg’ariy ba'zi ismlarning etimologiyasini ham aytib o’tgan. Bektur — «o'rnmgda bek tur, uzoq yasha», To’g’ril — yirtqich qush nomi, So’kman — «jang saflarini sindiruvchi», Burslan — «qop-lon», Suli — Sulayman so’zining qisqargani va hokazo. Bir qancha ismlarni izohsiz tushunish mumkin: Bug’raxon (bug’ra, buvra — erkak tuya), Barsxon (bars — qoplonning bir turi, bu so’z asli turkiy, yo’lbars esa «yo'l-yo(l bars» demak), Qilichxon, Turumtoy (yirtqich qnsh), Arslon tegin va hokazo. Atish, Utush, Abi, Buluch, Tutush, Tekish kabi ismlarning semantikasi esa biz uchun aniq emas.
Ismlarning grammatik xususiyati diqqatga sazovor: ularning 75—80 foizi bir bo’g’inli (Turk, Qaz, Shn va b.) yoki ikki bo’g’inli sodda, ixcham ismlar (Qavan, Qo’tan, Beklan, Chug’lan va h.k.). «Devon»dagi toponimlar bilan ismlar shu jihatdan bir-biriga o’xshaydi.
Qadimgi ismlar, ya'ni antroponimlar toponimikada juda katta ahamiyatga ega. A.I. Popov Dorogobi, Radonej, Jitomir, Ratmirovo singari toponimlar qadimgi sharqiy slavyan ismlaridan olingan deb yozadi. o’rta Osiyoda esa qadimgi tnrk ismlaridan kelib chiqqan nom-larni ajratish oson emas. Shu jihatdan Mahmud Koshg’ariyning antrotoponimlar haqidagi fikri juda qimmatli. Barman shahri Afrosi-yobning o’g’li Barman nomi bilan ataigan, Barsg’an - Afrosiyob-ning o’g’li Barsg’an (to’g’risi - Barsxon) qurgan shahar. Ana shuning uchun ham shunday nom olgan. Ba'zi birovlar esa bu shahar uyg’urlar
begi otboqarining ismi Barsg’on ismiga nisbat berilib, Barsg’on deb atalgan deydilar (III tom, 424-bet). Shu - turklar shohi. U - fotih qiiib qurdirgan shahar, Qazvin - Afrosiyobning qizi Qaz qurgan shahar bo’lib, asli «qaz o'yini» demakdir. Qaz suvi — Ila vodiysidagi katta bir yo'l. Afrosiyobning qizi — Qaz uning qirg’og’iga bir shahar qurgani uchun shunday nom olgan,
Qadimgi kishi ismlariga nisbat berib atalgan joy nomlarini o’rta Osiyo xaritasidan topish toponimchilar oldida turgan muhim vazi-falardan.
Geografik atamalar, o’simlik hamda hayvon nomlari to’g’risida. «Devonu lug’otit turk» leksikasi toponimika uchungina emas, balki umuman til tarixi, dialektologiya uchun bitmas - tuganmas xazina. «Devon»da hozirgi vaqtda keng iste'molda bo’lgan so’zlarni ham, shaklan biroz o’zgargan atamalar hamda hozirgi vaqtda butunlay ish-latilmaydigan so’zlarni ham uchratish mumkin.
Biz geografik atamalarni bir necha guruhga bo’lamiz. o’zbek ada~ biy tilida keng ishlatiladigan atamalar: aziz tog’, ariq, o’ngir, qir, ang’iz, qayir (qumli yer), qoq (qoq - ko’lmak suv), ko% bulut, sag’iz tuproq (sog’ tuproq), batig’ (daryo va boshqalarning chuqur joyi; ilgarilari cho’kmo deb atalgan), yar (jar), qo’rum (qoya parchalari), burun (tog’ bumi, dengiz yoki ko’lga kirib borgan kambar yer), suvlag’ (suvloq), oqin (sel), qishlag’ (qishlanadigan joy, hozir ma'nosi o’zgarib qishloq shaklini olgan), balchiq, yaylag’ (yozda turiladigan joy); yay-yoz (hozir ma'nosi o’zgargan - yaylov), yig’och (yog’och - uzunlik o’lchovi), ynt (yaxmalak, yutchilik), soy, qoya, tupu (tepa), qorayog’ (neft), qari (o’lchov birligi), o’y (chuqur yer); quzuq-quduq va hokazo.
Asosan joy nomlari tarkibida qolgan atamalar: art ~ dovon, tog’ tepasi (Og’ochart, Oqart, Qizilart, Qayinart, o’tizart, Ko’gart, Qizart, Qumart), bciliq - shahar (Beshbaliq, Yangibaliq), o’kuz ~ daryo, yoz, yozi - cho'1 (Yozyovon, Sariyoz, Qizilyoz), tom - devor, kend, ken - shahar, qo’rg’on, qishloq, w/ms/i-u1us, qishloq, shahar, qarshi-saroy, qasr (Qarshi, Katta Qarshi, Kichik Qarshi, Qarshilik, Qarshi-yon), luz yer - tekis, yer (Tuzbel, Kattatuz), kechik (Yettikechuv, Toshkechuv), chimgan — o’tzor, chimzor (ehtimol Chimyon cho’qqisi shu so’zdan olingan), bo’ktir - bo’ktar, tog’ etagi va hokazo.
Ba'zi bir atamalarning ma'nosi butunlay o’zgarib ketgan. Mah-
mud Koshg’ariyning yozishicha, ilgarilari amirlarning mollari boqi-ladigan ko’katzor maydon, shuningdek, atrofi ihota qilingan har bir joy ^o’ng^deyilgan. Hozirgi vaqtda butunlay haydalanmagan yer qo’riq deyiladi. Biroq ba'zi bir shevalarda, chunonchi, Zomin, Jizzax, g’allaorol va Forish tumanlarida daryo yoqalaridagi bo’liq o’tlarni qo’riq deyishadi. Mevalarni urib ketadigan qattiq sovuq «Devon»da ushik deyilgan. Bunday sovuq geografik adabiyotda qora sovuq deb kelinadi.
«Devon»da hozirgi o’zbek tilida ishlatilmaydigan atamalar ham bor: bo’ynak — tog’ bo’yni, o’trug’ — orol, saqig’ — sarob, esin — shamol, turug’ — tog’lardagi qal’a, turar joy, qug’ush ~ tarnov, chig’ir - tor yo’l kabi. Bu so’z «Boburnoma»da ham uchraydi. Hozir-gi vaqtda shevalarda qorga tushgan iz chiyir deyiladi.
Xulosa qilib aytganda, «Devonu lug’otit turk»dagi geografik atama-lar sinchiklab o’rganilishi kerak. Chunki ular ko’pgina toponimlam-ing etimologiyasi uchun «kalit» bo’Iib xizmpt qilis^i mumkin.
«Devomda qaraqan (qarag’an), anduz (andiz), alma, almila (olma), arpag’an, burchaq (lo’viya), sarmusaq (sarimsoq), apshan (yavshan-shuvoq), yilg’un (yulg’un), yandaq (yontoq), qaramuq kabi o’simlik nomlari keltirilgan. Mahmud Koshg’ariy davridan buyon ularning shaklida deyarli o’zgarish bo’lmagan. Ayni paytda qazin (qayin), charun (chinor), avya (ayva - behi), yag’aq (yong’oq), armut (Navoiyda -umrud, Radlovda — urmud), olmurut (nok, nashvati), azxiq (ayrih) ajriq, egir, igir — iyir singari o’simlik nomlari esa fonetik o’zgarish yoki metatcza (harflaming o’rni almashishi) bilan yetib kelgan. Aruk (eruk) bir necha mevali o’simlikning nomi bo’lgan: sariq aruk -o’rik, qora aru — olxo’ri, tulug (ehtimol, tuklik) aruk — shaftoli; Asarda ishg’un, ushg’un, qashg’un — ravoch, jag’mur hamda jamg’ur-sholg’om (uyg’ur va qirg’iz tillarida chamg’ir — turp, rediska), turma -turp, sarig’ turma ~ sabzi (Mahmud Koshg’ariy arg’ular sabzini «kizri», o’g’uzlar «kashur», «gashir» deydilar deb yozadi) kabi o’simlik turlari izohi ham keltirilgan.
Ammo ba'zi bir o’simlik nomlarining izohida chalkashlik borga o’xshaydi. Masalan, so’kso’k nima uchundir «yulg’un daraxti» deb izohlangan. Aslida so’kso’k yulg’un emas. Birinchidan, «Devon»da yulg’un so’zi ham bor. Ikkinchidan, qavs ichida «yaxshi yonadigan yog’och»
deb izoh berilgan. Demak, so’kso’k — saksovul Navoiyda harn so’kso’k so’zi saksovul ma'nosida uchraydi. Xorazmda saksovulni hozir ham so’kso’k deyishadi, Qorako'1 tumanida So’kso’k degan qishloq bo’lgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Q.Sodiqov "Devonu lugʻotit turk"ning oʻziga xosliklari" Toshkent-2017



2.Salima Rustamiy " Devonu lugʻotit turk"dagi lingvistik atmalar" Toshkent-2006

3. N.Rahmonov "Oʻzbek tili tarixi" Toshkent-2007
Download 15,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish