Reja: Davlat va jamiyat qurilishi haqida tushuncha


Jamoatchilik nazoratining shakllari



Download 38,42 Kb.
bet18/19
Sana24.01.2022
Hajmi38,42 Kb.
#407822
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
azizbek

Jamoatchilik nazoratining shakllari:




  • davlat organlariga murojaatlar va so‘rovlar;

  • davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish;

  • jamoatchilik muhokamasi;

  • jamoatchilik eshituvi;

  • jamoatchilik monitoringi;

  • jamoatchilik ekspertizasi;

  • jamoatchilik fikrini o‘rganish;

  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari mansabdor shaxslarining hisobotlari va axborotini eshitish.

Jamoatchilik nazorati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin. Jamoatchilik nazorati sub’ektlari davlat organlariga arizalar, shikoyatlar va takliflar bilan murojaat qilishga, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularga so‘rovlar yuborishga haqli. 
Jamoatchilik nazorati sub’ektlarining murojaatlari va so‘rovlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Jamoatchilik nazorati sub’ektlarining axborot olishga bo‘lgan huquqi, agar mazkur axborot shaxsga doir ma’lumotlar yoxud davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar jumlasiga kiritilgan bo‘lsa, cheklanishi mumkin. Jamoatchilik nazorati sub’ektlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish huquqiga ega. 
Davlat organlari o‘zining ochiq hay’at majlislarida jamoatchilik nazorati sub’ektlari ishtirok etishi uchun sharoitlar yaratadi.

Jamoatchilik fikrini o‘rganish turli ijtimoiy guruhlarning normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari to‘g‘risidagi, davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining qonun hujjatlari talablariga rioya etishiga, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini ta’minlashga doir faoliyati to‘g‘risidagi fikrini baholash maqsadida axborotni yig‘ish, umumlashtirishdan iborat. Jamoatchilik fikrini o‘rganishni nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlariga muvofiq o‘tkazishi mumkin.

Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatni rivojlantirish konsepsiyasida ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish zarurati to‘g‘risida so‘z yuritilar ekan, jumladan, shunday deyiladi:

“Fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishiga erishish, amalga oshirilatoygan islohatlarimizning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini ta’minlashda, ularning rolini kuchaytirishda “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida” gi Qonunning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi”.

Mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va faoliyatining samaradorligini oshirish:

Mustaqilik yillarida mahalla institutining nufuzini oshirish nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy balki siyosiy, tarbiyaviy va ulkan ma’naviy ahamiyat ega bo‘lgan ustuvor vazifa sifatida belgilanib, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda uning ishonchli tayanch va ta’sirchan kuch bo‘lib, xizmat qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Hozirgi kunda yurtimizda 10 mingga yaqin fuqarolar yig‘inlari tomonidan ilgari mahalliy davlat hokimiyati organlariga taalluqli bo‘lgan 30 dan ziyod ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik vazifalar muvaffaqiyatli bajarib kelinmoqda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida oxirgi 5 yil mobayinida fuqarolar yig‘inlarining 1600 ga yaqin xizmat binolari joriy, 367 tasi kapital ta’mirlandi va 350 dan ziyodi rekonstruksiya qilindi, namunaviy loyihalar asosida 216 ta bino yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashiga yuridik shaxs maqomini bergan holda uni fuqarolar yig‘inlarining uyushmasi shaklida tashkil etish nazarda tutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlarda tuzilgan kengashlarni esa Respublika kengashining tarkibiy tuzilmalari sifatida tashkil etish belgilandi.


Download 38,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish